99
Sud jinoyatchini tuzatish va qayta tarbiyalash maqsadlarini ko'zda tutib, jazo belgilaganda, har bir shaxsning o'ziga xos
xususiyatlarini e'tiborga olib, maqsadga muvofiq jazo chorasini tanlashi zarur. Ba'zan aybdorga jarima jazosini
tayinlash, axloq tuzatish ishiga jalb qilish orqali jinoiy jazoning maqsadiga erishish ham mumkin. Ozodlikdan mahrum
qilish jazosi esa, ijtimoiy xavflilik darajasi yuqori bo'lgan jinoyatni sodir etgan shaxslarga nisbatan qo'llaniladi.
Qonunda takroran jinoyat sodir etganlik uchun og'irroq jazo belgilanishi ham jinoyatlarning oldini olishga
qaratilgan muhim choralardan biridir.
Mahkumni tuzatish va qayta tarbiyalash ozodlikdan mahrum qilingan yoki boshqa jazo chorasi qo'llanilgan
mahkumlar bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlarga ham bog'liqdir. Bu tarbiyaviy choralardan muhimi - mahkumlarni
mehnatga jalb qilish, ular bilan siyosiy tarbiyaviy ishlarni olib borish, ularning umumiy madaniy saviyalarini oshirish va
boshqa tadbirlardan iborat.
Ozodlikdan mahrum qilish jazosini o'tash muassasalaridagi maxsus tartib ham bunda katta ahamiyatga ega.
Mahkumni tuzatish va qayta tarbiyalashda davlat organlari bilan birga jamoyat tashkilotlari va mehnat jamoasining o'rni
ham alohida ahamiyat kasb etadi.
Yangi jinoyat qonuni modelini yaratishda jinoiy jazoning maqsadlaridan biri, jinoyatning umumiy va maxsus
oldini olish qilib belgilandi. Jinoyatni umumiy oldini olishda — sudlangan shaxs orqali boshqa shaxslarni
ogohlantiriladi. Maxsus oldini olish esa, shaxsni qayta tarbiyalashga qaratilgandir.
Jazoning maqsadiga erishish mexanizmi uning jazolash xususiyati va mahkum tomonidan uni o'talishida
ifodalanadi. Agar jazoni qo'llash natijasida mahkum tomonidan yangi jinoyat sodir etilishining oldi olinishi, bunda
individual oldini olish, deyiladi. Bu o'rinda shaxsning o'z aybini tan olganligi, jazoni o'taganligi, azob chekkanligi,
sharoitning o'zgarganligi yoki shaxsning tuzal-ganiigi katta ahamiyatga egadir.
Individual oldini olishning samaradorligi shundaki, u mah-kumning jazoni o'tashi natijasida ichki aihiyatida
vujudga kelgan o'zgarishni ifodalaydi. Bu maqsadga turli darajada erishtiruvchi jazolar bor. Masalan, o'lim jazosini
qo'llash orqali bu maqsadga erishib bo'lmaydi. Ozodlikdan mahrum qilish jazosi jinoyatlarning individual oldini olishda
katta samara berib, bu holat jazoni o'tash jarayonida ro'y beradi. Ozodilikdan mahrum qilish bilan bog'liq bo'lmagan
jazo, ya'ni ijtimoiy nazoratni kuchaytirgan holda qo'llanuvchi shartli hukm qilish ham individual oldini olish maqsadiga
erishishga xizmat qiladi.
Jinoyatchilikning umumiy oldini olish tushunchasi haqida turli fikrlar bildirilgan. Ba'zi hollarda bu tushunchaga
keng ma'noda qaralib, bu nuqtayi nazar umumiy ogohlantirish barcha fuqarolarga, jamiyatning barcha a'zolariga
qaratilgan, degan talqinga asoslanadi.
Jazoning jinoyat sodir etgan aniq bir shaxsga nisbatan qo'llanishi, jinoyat huquqiy taqiqning buzilishi qanday
oqibatga olib kelishi mumkinligini ko'rsatadi. Bir vaqtning o'zida umumiy oldini olish jinoyat qonunchiligini buzish
mumkin emasligi va jinoiy javobgarlikning muqarrarligiga ishontirish, aybdorning jazolanishi jamiyat a'zolariga
tushuntirish orqali tarbiyaviy funk-siyani ham bajaradi.
Uncha xavfli bo'lmagan jinoyatni sodir etgan, ijtimoiy xavfi yuqori bo'lmagan shaxslarga qisqa muddatli ozodlikdan
mahrum qilish yoki axloq tuzatish ishlari kabi jazolarni qo'llash orqali ham maqsadga erishish mumkin.
Jinoyat qonuni muammolarini yechishda, jazoning maqsadi haqidagi jamoatchilikning fikri katta ahamiyatga
ega. Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, jamoatchilik fikri jinoiy javobgarlikni va qonundagi sanksiyalarni qat'iylashtirish
zarurligini ko'rsatib, bir vaqtning o'zida ozodlikdan mahrum qilish jazosidan ko'zlangan maqsadlarga erishish darajasi
yuqori emas va jazoni ozodlikdan mahrum qilish joylarida o'tagan shaxsni to'g'ri yo'lga qaytarish va qayta tarbiyalash
qiyin, fikri bildirilgan.
Jazoning maqsadlaridan yana biri mahkumning jinoiy faoliyatini davom ettirishiga to'sqinlik qilishdan iborat.
Shaxsga jinoyat sodir qilganlik uchun u yoki bu turdagi jazo qo'llanilganda, uning huquqi cheklanadi va xulqi nazorat
ostiga olinadi. Ayniqsa, qamoq va ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan mahkum qattiq nazorat ostiga
olinadi va o'z jinoiy faoliyatini davom ettirish imkoniyatidan mahrum bo'ladi.
Davlat jinoiy jazoni qo'llash bilan jinoyatchini o'z fuqarolaridan izolatsiya qilgan holda undan himoya qiladi,
boz ustiga jinoyat sodir etish imkoniyatidan mahrum qiladi. Ma'lum darajada, bu, maxsus ogohlantirish choralari
doirasiga kiradi. Ushbu maqsadning qonunda mustaqil ajratib ko'rsatilganligi to'g'ri bo'lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: