O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi


Kasb yoki xo'jalik faoliyatiga bog'liq asosli tavakkalchilik



Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/141
Sana16.12.2022
Hajmi53,9 Mb.
#888539
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   141
Bog'liq
Жиноят хукуки умумий кисм

13.7. Kasb yoki xo'jalik faoliyatiga bog'liq asosli tavakkalchilik 
Bugungi kunda barcha sohalarda, shuningdek, fan va texnikaning intensiv ravishda rivojlanib borayotganligi 
munosabati bilan yangi-yangi texnologik jarayonlarni va alohida texnik, ishlab chiqarish operatsiyalarini uzaytirish, 
ilmiy tadqiqodlar olib borish va ularni hayotga tatbiq qilish davomida biz xohlasak-xohlamasak, jinoyat huquqi 
tomonidan qo'riqlanadigan obyektga nisbatan bir qancha hollarda ancha zarar yetkazayotgan yoki yetkazishi mumkin 
bo'lgan zararga ongli ravishda tavakkalchilik asosida yo'l qo'yamiz. 
Ma'lum bir tavakkalchilik bilan amalga oshiriladigan tajriba, eksperimentlarsiz ishlab chiqarish tashkil qilinmas 
ekan, texnika, tibbiyot kelajakda rivojlanmaydi. Albatta, biror eksperiment, tajriba o'tkazilganda, tavakkal qilmasdan 
bo'lmaydi, tavakkalchilikda esa, maqsadga erishishga yuz foiz ishonch bo'lmaydi. Shu munosabat bilan ham qonun 
chiqaruvchi Jinoyat kodeksiga yangi norma sifatida qilmishni istisno qiluvchi holat — kasb yoki xo'jalik faoliyatiga 
bog'liq asosli tavakkalchilikni kiritdi. 
Respublikamiz yangi jinoyat qonuniga bunday harakatni qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi holat sifatida 
alohida modda sifatida kiritilishining ahamiyati katta. Chunki bunday harakat zamirida ij'timoiy foydali xususiyat, 
ilmiy-texnikaviy ishlab chiqarish bilan bog'liq bo'lgan zaruriy faoliyat orqali keltirilishi mumkin bo'lgan jiddiy 
zararning oldini olishga hamda imkon qadar ijobiy natijalarga erishishga qaratilgan inson ongi va mehnati yotadi. 
Bu fan, texnika, taraqqiyotini ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun olimlar va ishlab chiqarish xodimlari tomonidan 
tajribalar o'tkazish davrida yo'l qo'yiladigan xato va kamchiliklardan cho'chimasligi va mana shu xato, kamchiliklari 
uchun javobgarlikka tortilishdan qo'rqmasliklari maqsadida qilingandir. 
Tavakkalchilik ijtimoiy foydali maqsadlarga boshqa harakatlar bilan erishish mumkin bo'lmaganida va tavakkal 
qilgan shaxs jinoyat qonuni bilan qo'riqlanadigan manfaatlarga yetkazilishi mumkin bo'lgan zararni bartaraf etish uchun 
yetarli choralarni ko'rgan bo'lsa, asosli, deb topiladi. 
Jinoyat kodeksining 41-moddasiga ko'ra: «Ijtimoiy foydali maqsadga erishish uchun kasb yoki xo'jalik 
faoliyatiga bog'liq asosli tavakkalchilik qilib, huquqlar va qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarga zarar yetkazish 
jinoyat, deb topilmaydi». 
Quyidagi bir qator shartlar mavjud bo'lgandagina kasb yoki xo'jalik faoliyatiga bog'liq asosli tavakkalchilik 
qonuniy hisoblanadi. 
Birinchi sharti 
tavakkalchilikning ijtimoiy foydali maqsadlarga yo'naltirilganligidir. Ya'ni tavakkalchilik, 
shaxsiy maqsadga emas, ijtimoiy foydali natijalarga erishishga qaratilgan bo'lishi kerak. Shaxsiy maqsadlarga 
yo'naltirilgan tavakkalchilik asosli, deb hisoblanmaydi. Bu borada shaxsiy maqsadlarni shaxsiy motivlardan farqlay 
olish muhim. 
Bizga ma'lumki, motiv — u yoki bu qilmish sodir etish istagini tug'diruvchi sabab. Shu sababli shaxsiy motiv 
ijtimoiy foydali bo'lishi ham mumkin. Masalan, olqishlarga sazovor bo'lish uchun shaxsni o'limdan qutqarish. 
Demak, ijtimoiy foydali maqsad — qilmishni kasb yoki xo'jalik faoliyati bilan bog'liq tavakkalchilik sifatida 
kvalifikatsiya qilish, unga to'g'ri huquqiy baho berish hamda jinoiy javobgarlik masalasini hal qilish uchun muhim. 
Ikkinchi sharti 
tavakkalchilik zamonaviy ilmiy-texnika bilimlari va tajribalariga mos kelishi lozim, shunday 
tajribalarni e'tiborsiz qoldirishi mumkin emas. 


95 
Tavakkalchilik bilan bog'liq qilmishlarning zamonaviy bilim va tajribalarga mosligi haqidagi qonun talablari, 
awalambor, bunday qilmishlarning subyektiv bilimlar va subyektiv tajribalarga muvofiq bo'lishini bildiradi. 
Uchinchi sharti 
o'z oldiga qo'yilgan maqsadga tavakkal qilmay erishishning iloji bo'lmasa, shaxs boshqalarning 
huquq va qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlariga zarar yetkazilishining oldini olish uchun tegishli choralarni ko'rgan 
bo'lsa, bunday tavakkalchilik asosli, deb topiladi. Ya'ni, bunday hollarda shaxs o'z-o'ziga ishonish orqali harakat 
qilmasdan, balki aniq hisob-kitob olib boradi va qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarga zarar yetkazilishining oldini 
olishga harakat qiladi. Oldini olish choralarini ko'rish zarurligi obyektiv va subyektiv mezonlar asosida belgilanadi. 
Obyektiv tomondan xavfsizlik choralarini ko'rish zarurligi shundan iboratki, tavakkalchilik bilan bog'liq 
harakatlarni amalga oshirish sharoiti aynan shu choralarning ko'rilishini talab qiladi (masalan, yong'in bilan bog'liq 
tajribalarni o'tkazishda yong'in xavfsizligini ta'minlash choralarini ko'rish). Subyektiv tomondan xavfsizlik choralarini 
ko'rish zarurligi shuni bildiradiki, shaxs kelib chiqishi mumkin bo'lgan salbiy oqibat va uning hajmini anglay oladi, shu 
sababli zarar kelib chiqmasligi yoki ahamiyatsiz bo'lishi uchun ham u shunday choralarni ko'radi. 
Yuqorida sanab o'tilgan barcha shartlar mavjud bo'lgan taqdirdagina tavakkalchilik asosli va huquqiy 
hisoblanadi, yetkazilgan zarar esa jinoiy emas, deb topiladi. Bu borada yetkazilgan zararning hajmi ahamiyatga ega 
bo'lib, agar u erishilgan ijtimoiy foydali maqsaddan kamroq bo'lsa, jinoiy javobgarlikni keltirib chiqarmaydi. 
Kasb yoki xo'jalik faoliyatiga bog'liq asosli tavakkal qilishdan ko'zlangan ijtimoiy foydali natijaga erishilmagan 
va «yetkazilgan zarar» ijtimoiy foydali maqsadga erishish natijasida olinishi mumkin bo'lgan natijadan ko'proq bo'lgan 
taqdirda ham tavakkalchi shaxsni javobgarlikka tortishga sabab bo'lmaydi. 
Tavakkalchilik, agar muayyan maqsadga erishish uchun qilinmasdan, unga eksperimentlar o'tkazmasdan turib ham 
erishish mumkin bo'lsa va tavakkalga yo'l qo'ygan shaxs huquq va qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarga zarar 
yetkazishining oldini olmagan bo'lsa, asossiz deb topiladi. 
Ayni vaqtda tavakkalchilik odamlarning halok bo'lishi xavfi, ekologiya holatining buzilishi yoxud boshqa og'ir 
oqibatlarning kelib chiqishi mumkinligini bila turib qilingan bo'lsa, masalan, sifatsiz oziq-ovqatlarni sotuvga chiqarish, 
katta maydondagi yerlarni zaharlash xavfi, suv shoxobchalarining zaharlanishi va hokazolar ro'y bersa, asosli 
tavakkalchilik hisoblanmaydi. Demak, quyidagilar: 
A). Ko'pchilik shaxslar hayoti uchun xavfli tarzda amalga oshirilgan; 
B). Ekologik halokat yoki ommaviy qashshoqlik xavfini tug'diruvchi; 
D). Boshqacha og'ir oqibatlami keltirib chiqaruvchi tavakkalchilik asosli, deb topilmaydi. 
Odamlaming halok bo'lish xavfi deganda, tavakkalchilikni amalga oshirish oqibatida ikki yoki undan ortiq 
odamlaming hayoti xavf ostida qolishi tushuniladi. 
Ekologik halokat 
— insonlar faoliyati natijasida tabiatga zarar yetkazilishi va bu zarar insoniyatning keyingi 
hayoti uchun jiddiy xavfni keltirib chiqarishini bildiradi ( masalan, gaz, neft avariya-lari, keng ko'lamli o'rmon 
yong'inlari). 
Boshqa og'ir oqibatlar deganda, bir necha shaxslar sogiig'iga og'ir shikast yetkazilishi, transport tizimining uzoq 
muddatda izdan chiqishi, portlash yoki yong'in natijasida uylar va boshqa inshoot-larning vayron bo'lishi va shu kabi 
holatlar tushuniladi. 
Qonun doirasida belgilangan asosli tavakkalchilik chegarasidan chetga chiqish esa, Jinoyat kodeksining 55-
moddasi, «e» bandiga, ya'ni shaxsning ijtimoiy foydali maqsadi bo'lganligi tufayli jazoni yengillashtiruvchi holatlar 
qatoriga kiritilgan. 
Kasb yoki xo'jalik faoliyati bilan bog'liq asosli tavakkalchilik holatida zarar yetkazishni oxirgi zarurat holatida 
zarar yetkazishdan farqlay olish uchun quyidagi belgilarga e'tibor berish kerak: 
• oxirgi zaruratda xavf manbayi mavjud bo'lib, qilmishning o'zi zararni bartaraf etishga qaratilgan bo'ladi, asosU 
tavakkalchilikda esa qilmish tahdid soluvchi xavf bilan shartlanmaydi, u ijtimoiy foydali maqsadga erishishga 
yo'naltirilgan bo'ladi; 
• oxirgi zaruratda yetkazilgan zarar bartaraf etilgan zarardan kamroq bo'lishi kerak, asosli tavakkalchilikda esa zararning 
hajmi tavakkal qiluvchi shaxs qilmishini baholashda unchalik ahamiyatga egaemas. 
Tavakkalchilik bilan bog'liq qilmishlar asosida zarar yetkazish ehtimoliy bo'lib, oqibatning kelib chiqishi zarar 
hisoblanmaydi, oxirgi zaruratda esa, zarar yetkazish ko'proq zarar yetkazilishidan qutulishning yagona vositasidir. 

Download 53,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish