O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi



Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/141
Sana16.12.2022
Hajmi53,9 Mb.
#888539
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   141
Bog'liq
Жиноят хукуки умумий кисм

birinchidan, 
jinoiy 
javobgarlikka tortiluvchi shaxsning huquqiy maqomini belgilash; 
ikkinchidan, 
Jinoyat kodeksi oldida turgan vazifalarni 


93 
bajarilishini ta'minlash; 
uchinchidan, 
huquqni muhofaza qiluvchi organlarning obro'-e'tibori va nufuzini ko'tarish uchun 
muhimdir. 
Shu sababli tergov va sud organlari ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida zarar yetkazish 
institutini zaruriy mudofaa va oxirgi zaruratdan farqlashda quyidagilarga e'tibor berishlari lozim: 
1) ushlashga bo'lgan huquq ijtimoiy xavfli qilmish sodir etilishi bilan vujudga kelsa, zarariy mudofaa mudofaalanuvchi 
shaxsga qarshi yo'naltirilgan tajovuz sodir etilishi bilan, oxirgi zaruratga bo'lgan huquq esa, nafaqat, shaxsdan, balki 
xohlagan manbadan kelib chiquvchi xavfning paydo bo'lishi natijasida yuzaga keladi; 
2) ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash bo'yicha tashabbus barcha hollarda bunday huquqqa ega bo'lgan 
shaxslar tomonidan amalga oshiriladi, zaruriy mudofaa va oxirgi zaruratda esa, shaxs bunday sharoitga kirib qolishi 
tufayli zarar yetkazishga majbur bo'ladi. 
Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash huquqi bunday qilmish sodir etilishi bilan vujudga keladi va 
amalga oshiriladi, zaruriy mudofaa va oxirgi zarurat esa tajovuz yoki xavfning amalga oshirilishi fakti bilan shartlangan 
bo'ladi. 
Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashdan asosiy maqsad — bunday shaxsni hokimiyat organlariga 
topshirish bo'lsa, zaruriy mudofaa va oxirgi zaruratda maqsad - tajovuzchini yengish va xavfni bartaraf etish 
hisoblanadi. 
 
13.6. Buyruq yoki boshqa vazifani ijro etish
Jinoyat kodeksining 40-moddasida, shaxsning buyruq yoki boshqa, farmoyishni, shuningdek, mansab 
vazifalarini qonunan bajarishi tufayli zarar yetkazilgan bo'lsa, jinoyat, deb topilmaydi, deb ko'rsatilgan. 
Buyruq deganda, muayyan hokimiyat organi, tashkilot, korxona, idora boshlig'ining o'z vakolatlari doirasida 
muayyan bir harakatni bajarish yoki bajarmaslik to'g'risida (yozma yoki og'zaki) buyruq berishi tushuniladi. Buyruq 
vakolatli shaxsning ijro etish majburiyati yuklangan shaxsga bergan ma'lum bir harakat (harakatsizlik)ni bajarish 
haqidagi qonun va qonunosti aktlarga asoslangan talabidir. Aynan shu ta'rif buyruqni boshqa ta'sir choralari - iltimos, 
ishontirish, majburlovdan ajratib turadi. 
Buyruq bilan birga «tavsiyalar», «farmoyishlar» va «farmonlar» ham berilishi mumkin. Bular masalalarni hal 
qilish, ularni qabul qilish vakolatiga ega bo'lgan shaxsning huquqiy maqomi bo'yicha o'zaro farqlanadi. Bu aktlarning 
asosiy umumiy jihati - ularning ijro etish majburiyati yuklangan shaxs tomonidan bajarilishidir 
Qonun tomonidan buyruq yoki boshqa farmoyishlarning shakli aniq belgilanmagan bo'lib, ular yozma, og'zaki 
yoki namoyish-korona (konklyudent) shaklda bo'lishi, shuningdek, texnik aloqa vositalari orqali yuborilishi mumkin. 
Lekin ayrim hollarda buyruqning faqat yozma shaklda bo'lishi talab qilinadi. Bunday talablarga rioya etilmasligi uning 
haqiqiy emas, deb topilishiga sabab bo'ladi. 
Boshqa farmoyishlarga ta'rif berishda shuni inobatga olish lozimki, farmoyishlar berish usullari unchalik 
ahamiyat kasb etmaydi. Buyruq yoki boshqa farmoyishlar, agar ular boshliqning vakolati doirasidan chiqmagan bo'lsa, 
ijro etilishi majburiydir. 
Buyruq yoki boshqa farmoyishlardan farqli ravishda xizmat majburiyatlari mansab vakolatiga qarab 
hodimlardan bajarilishi talab qilinadigan funksional majburiyatlar doirasini o'zida aks etadi. O'zbekiston Respublikasi 
qonunchiligiga ko'ra, xizmat majburiyatlari ish beruvchi va xodim o'rtasidagi mehnat shartnomasida belgilangan yozma 
shaklda bo'lishi kerak. Aks holda, ular g'ayri-qonuniy, deb hisoblanishi mumkin. Bundan tashqari, farmoyishlar va 
boshqaruv aktlari belgilangan mazmunda qabul qilinishi, ya'ni qonun talablariga mos holda tuzilishi kerak. 
Buyruq yoki boshqa farmoyishni ijro etish huquqiylik shartlariga mos kelgan taqdirda qilmishning jinoiyligini 
istisno qiluvchi holat, deb topilishi mumkin. Buyruq, farmoyish yoki boshqa xizmat majburiyatlari Jinoyat kodeksidagi 
talablarga zid bo'lmagan harakat yoki harakatsizlik orqali bajarilishi kerak. Aks holda, bunday harakat yoki 
harakatsizlik mustaqil jinoyat sifatida kvalifikatsiya qilinadi. 
Buyruq yoki boshqa vazifani ijro etishning huquqiyligi belgi-larilari quyidagilardir: 

birinchidan, 
buyruq va boshqa farmoyishlarni ijro etuvchi shaxslar shu buyruq va boshqa farmoyishlar beruvchi 
shaxsning bo'ysunuvida (qaramog'ida) bo'lishi kerak. 
• 
ikkinchidan, 
buyruq va boshqa farmoyishlarni tegishli shaklda bajarish uni bajaruvchi shaxsning majburiyati, ya'ni 
xizmat burchi hisoblanadi. 

uchinchidan, 
buyruqni ijro etuvchi shaxs tomonidan sodir qilingan qilmish harakat yoki harakatsizlik shaklida bo'lishi 
mumkin. 

to'rtinchidan, 
buyruq va boshqa farmoyishlarni ijro etishda Jinoyat kodeksi bilan qo'riqlanadigan ijtimoiy 
munosabatlarga ma'lum darajada zarar yetkazilishi kerak. 
Bajaruvchi tomonidan yetkazilgan zarar uchun o'sha buyruq yoki farmoyishlar bergan shaxs javobgarlikka 
tortiladi, bunday hollarda bajaruvchi jinoyatni sodir etishning quroli sifatida xizmat qilib yoki boshqa farmoyishlarni 
ijro etgan qilmishi uchun javobgarlikka tortilmaydi. Buyruqning huquqiy shaitlari va buyruqni ijro etishning huquqiy 
shartlarini ajrata olish kerak: 

beshinchidan, 
buyruqning huquqiy shartlari: 
— buyruq yoki boshqa farmoyishlar mansabdor shaxs tomonidan uning vakolat doirasida berilishi kerak; 


94 
— buyruq qonunda ko'rsatilgan tegishli shaklda (yozma, og'zaki, texnik vositalar orqali) berilishi kerak; 
— buyruq g'ayriqonuniy, deb hisoblanmaydi (bunday holda uning jinoiyligi haqida gap ketishi ham mumkin emas); 

oltinchidan, 
buyruqni ijro etishning huquqiy shartlari: —buyruqni ijro etuvchi shaxs tomonidan jinoyat qonuni bilan 
qo'riqlanadigan manfaatlarga zarar yetkazilganidagina buyruq ijro etuvchi shaxsning javobgarligi hal qilinadi; 
— ijro etuvchi buyruq bilan belgilangan harakatlar doirasidan chetga chiqmasligi kerak; 
— buyruqni ijro etuvchi faqat qasddan yetkazilgan zararli harakatlari uchun javob beradi; 
— g'ayriqonuniy ravishda berilgan buyruq yoki farmoyish yoxud mansab vazifasini bajarmagan yoki buzgan shaxs 
jinoiy javobgarlikka tortilmaydi. 
Jinoyat kodeksining 40-moddasi, 2-qismida jinoiyligi oldindan ayon bo'lgan buyruq yoki boshqa farmoyishni 
bajarib, jinoyat sodir etgan shaxs umumiy asoslarda javobgarlikka tortilishi haqida bayon qilingan. Bunday hollarda 
jinoiy buyruq yoki boshqa farmoyishni bajarishdan oldin uni bajarayotgan shaxs uning jinoiyligini bilishi va bila turib 
jinoiy buyruq yoki boshqa farmoyishni bajarishi lozim. Ijrochi buyruqning jinoiyligini oldindan bila turib uni bajarsa, 
bunday holat ishtirokchilik sifatida baholanib, buyruq beruvchi tashkilotchi, uni ijro etuvchi esa bajaruvchi shaxs, deb 
topiladi. 
G'ayrihuquqiy yoki jinoiyligi ma'lum bo'lgan buyruq, farmoyish yoki boshqa xizmat majburiyatlarini 
bajarmaslik yoki buzish, agar bunday qilmish qonunda jinoyat, deb belgilangan bo'lsa ham (Jinoyat kodeksining 279, 
280-moddalari), jinoiy javobgarlikni istisno qiladi. 
Shaxs buyruqni, farmoyishni yoki mansab burchlarini, basharti, ular shaxsga noto'g'ri berilgan bo'lsa, ijro etgani 
yoki buzgani uchun javobgarlikka tortilmaydi. Agar uning qilmishi boshqa jinoyat tarkibi belgilarini o'zida ifodalagan 
bo'lsa, javobgarlikka tortiladi. 
Buyruq, boshqa farmoyishlar yoki mansab majburiyatlarining g'ayriqonuniyligi ularning jinoiy yoki huquqqa 
xiloflik xususiyatidan kelib chiqadi. 

Download 53,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish