O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi



Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/141
Sana16.12.2022
Hajmi53,9 Mb.
#888539
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   141
Bog'liq
Жиноят хукуки умумий кисм

 
13.4. Oxirgi zarurat
Qilmishning jinoiyligini istisno etuvchi holatlardan yana biri oxirgi zaruratdir. Jinoyat kodeksining 38-
moddasida: «Oxirgi zarurat holatida, ya'ni shaxsning yoki boshqa fuqarolarning shaxsiga yoxud huquqlariga, jamiyat 
yoki davlat manfaatlariga tahdid soluvchi xavfni qaytarish uchun qonun bilan qo'riqlanadigan huquq va manfaatlarga 
zarar yetkazgan holda sodir etilgan qilmish, basharti, shu xavfni o'sha holatda boshqa choralar bilan qaytarishning iloji 
bo'lmasa hamda yetkazilgan zarar oldi olingan zararga qaraganda kamroq bo'lsa, jinoyat, deb topilmaydi», deb belgilab 
qo'yilgan. 
Oxirgi zarurat quyidagi holatlarda vujudga kelishi mumkin: 
1. Shaxsning xulq-atvori; 
2. Ekstrimal shart-sharoitlardagi shaxs organizmining fiziologik holati; 
3. Hayvonlarning tajovuzi; 
4. Harakatdagi mashina va mexanizmning tuzalmas holati; 
5. Tabiiy, texnogen va shunga o'xshash favqulodda holatlar. 
Jinoyat qonuni bilan qo'riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarga xavf solayotgan tajovuzni yo'qotish bilan bog'liq 
bo'lgan harakatlar jinoyat qonuni bilan qo'riqlanadigan boshqa ijtimoiy munosabatlarga zarar keltirishdan iborat bo'lgani 
kabi, oxirgi zarurat qonu-niyligining ham asosiy shartlari mavjuddir. Bu shartlarni tahdid solayotgan xavfga va undan 
himoyalanishga tegishli bo'lgan shartlarga ajratish mumkin. 
Oxirgi zaruratning tahdid solayotgan xavfga nisbatan huquqiy shartlari. 
Oxirgi zaruratning tahdid solayotgan 
xavfga nisbatan huquqiy shartlari haqida gapirganda, uning ijtimoiy xavfliligi, mavjudligi va haqiqiyligi kabi belgilariga 
to'xtalib o'tish lozim. 
Birinchi sharti oxirgi zarurat holati xavf manbayining vujudga kelishi bilan namoyon bo'ladi. Xavf manbayi 
bo'lib, turli xil voqealar bo'lishi mumkin. Ularga inson tomonidan sodir etilgan harakatlar, tabiiy ofat (zilzila, suv 
bosishi, yong'in va hokazolar), hayvonlarning (quturgan itning, ho'kizning) odamlarning hayoti va sog'lig'iga tahdid 
solishi mumkin bo'lgan agressiv harakatlari kiradi. Turli xil nosoz mexanizm va qurilmalar ham xavf manbayi bo'lishi 
mumkin. 
Tahdid solishi mumkin bo'lgan xavf manbalarining to'liq ro'yxatini tasawur qilib bo'lmaydi. Shuning uchun 
jinoyat qonuni bilan qo'riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarga xavf tug'diruvchi barcha hodisalar, voqealar, harakatlar 
oxirgi zarurat holatini keltirib chiqaruvchi manbalar hisoblanadi. 
Xavf manbayi shaxsning xulq-atvori bo'lgan taqdirda tergov va sud organlari sodir etilgan qilmishning 
subyektiv tomoniga e'tibor berishlari kerak. Agar shaxsning qilmishi bir necha xatti-harakatdan iborat bo'lsa, uning 
dastlabki va keyingi qilmishlaridagi maqsad hisobga olinishi kerak. Shaxs dastlabki xatti-harakatini qasddan sodir etib, 
keyinchalik vujudga kelgan ijtimoiy xavfli oqibatni bartaraf etish maqsadida yana bir ijtimoiy xavfli qilmish sodir etsa, 
uning so'nggi qilmishi oxirgi zarurat holatida sodir qilingan, deb topilishi kerak. Masalan, shaxs boshqa bir shaxsga og'ir 
tan jarohat yetkazib, keyinchalik esa, uning hayotini qutqarib qolish uchun avtomashinani oUb qochsa, shaxsning 
keyingi qilmishi oxirgi zarurat, deb kvalifikatsiya qilinib, jinoiy javobgarlikka tortilmaydi. 
Ikkinchi sharti xavfining mavjudligi. 
Xavfning mavjudligi, xavfning vujudga kelishi yoki jinoyat qonuni bilan 
qo'riqlanadiran ijtimoiy munosabatlarga real xavf mavjudligini bildiradi. Taxminiy, ma'lum bir vaziyatda vujudga 
keladigan, bartaraf etilgan yoki xayoliy xavf mavjud, deb hisoblanishi oxirgi zarurat holatini vujudga keltirmaydi. 


88 
Uchinchi sharti 
xavfning haqiqiy bo'lishi lozim. Agar shaxs turli sabablarga ko'ra, xavfning mavjud emasligini 
bilishi lozim bo'lmagan yoki mumkin bo'lmagan bo'lsa, lining bu xayolan xavfni bartaraf qilishga qaratilgan harakati 
ham jinoyat, deb hisoblanmaydi. 
Xavfning haqiqiyligi deganda, uning obyektiv va real tarzda mavjud bo'lishini tushunish kerak. Agar xavf 
haqiqiy bo'lmasdan, shaxs uning mavjudligi haqida noto'g'ri taxmin qilgan bo'lsa, shaxsning bunday qilmishi taxminiy 
oxirgi zarurat deb baholanib, javobgarlik masalasi faktik xatoga oid umumiy qoidalarga ko'ra hal qilinadi. Shaxsning 
bunday qilmishi quyidagicha: 
• oxirgi zarurat holati sifatida, shaxs o'zining taxminlari xato-ligini bilmagan va bilishi mumkin bo'lmagan hollarda, 
uning harakati shaxs o'zining taxmini xatoligini bilmagan bo'lsa, lekin ishning holati bo'yicha bilishi lozim va mumkin 
bo'lsa, ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan jinoyat sifatida baholanadi. 
Oxirgi zarurat holati nazariy va amaliy jihatdan ishlab chiqilgan mezonlarga javob berishi kerak. Bunday 
mezonlar - qilmishning ijtimoiy foydaliligi, majbur bo'lganlik tufayli sodir etilishi, boshqa shaxslarga yetkazilishi 
mumkin bo'lgan zararni bartaraf etishga qaratilganligi, oxirgi zaruratning qonunda belgilangan doiradan chetga 
chiqmasligi va h.k. 
Qilmishning ijtimoiy foydaliligi uning shaxs, jamiyat yoki davlat manfaatlarini ko'zlab sodir etilganligini 
bildiradi. 
Qilmis hning majburiyligi deganda, vujudga kelgan vaziyatda qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarga zarar 
yetkazish xavfni bartaraf etishning oxirgi yagona usuli ekanligi tushuniladi. Qonun bilan qo'riqlanadigan boshqa 
manfaatlarga zarar yetkazmasdan xavfni bartaraf etish imkonining mavjudligi oxirgi zaruratning haqiqiyligini istisno 
etadi. Agar shaxs bunday imkoniyat mavjud-ligini bilmagan va bilishi mumkin ham bo'lmasa, uning qilmishi oxirgi 
zarurat, deb baholanishi mumkin. 
Oxirgi zarurat holati belgilariga to'g'ri keladigan qilmish sodir etilganida faqat uchinchi shaxslar huquq va 
manfaatlariga zarar yetkazishi kerak. Uchinchi shaxslar deganda, oxirgi zarurat bo'yicha bartaraf etilgan xavf bilan 
aloqador bo'lmagan shaxslar, jamiyat va davlat manfaatlari hisoblanadi. 
To'rtinchi sharti muayyan holatdagi xavfni boshqa vositalar bilan bartaraf etib bo'lmasligi sababli boshqa 
ijtimoiy munosabatlarga zarar yetkaziladi. Agar boshqa mudofaa choralari orqali xavfni bartaraf qilish mumkin bo'lsa, 
oxirgi zarurat holati bo'lmaydi. Chunki xavfni bartaraf etishga qaratilgan harakat ijtimoiy munosabatlarga tahdid 
solayotgan xavfni bartaraf etishning yagona yo'li, vositasi, yechimi bo'lishi shart. 
Yetkazilgan zararning muvofiqligi oxirgi zaruratning huquqiy shartlaridan bid bo'lib, yetkazilgan zararning 
bartaraf etilgan zararga nisbatan kamroq bo'lishini bildiradi. Bunday shart oxirgi zarurat holatida zarar tajovuzchiga 
emas, balki qonun bilan belgilangan boshqa manfaatlarga yetkazilishi tufayli shunday qilib belgilangan. Yetkazilgan va 
bartaraf etilgan zararning mosligi — zarar yetkazilgan va himoya qilingan huquq va manfaatlar muvofiqligini bildiradi. 
Tergov va sud organlari yetkazilgan va bartaraf etilgan zararning miqdor va sifat jihatdan mos kelishining 
quyidagi tamoyillariga ahamiyat berishlari kerak: yetkazilgan zarar bartaraf etilgan xavfdan ko'ra ko'p bo'lsa, bunday 
hollarda tergov va sud organlari yetkazilgan zararning bartaraf etilgan xavfdan ko'ra kamroq bo'lishiga e'tibor berishlari 
kerak (masalan, shaxsning hayoti va sog'lig'ini himoya qilish maqsadida uning mulkiga zarar yetkazilishi). 
Sifat jihatdan bir xil zarar yetkazilsa, ya'ni yetkazilgan va bartaraf etilgan zarar bir xil manfaatlarga 
yo'naltirilgan bo'lsa. Bunday hollarda yetkazilgan zarar bartaraf etilgan xavfdan miqdor jihatdan kam bo'lishiga e'tibor 
berish kerak (masalan, og'ir tan jarohat yetkazilishini bartaraf etish maqsadida shaxsga yengil tan jarohat yetkazilishi). 
Bartaraf etilgan xavfning xususiyati va darajasi jihatdan farq qiluvchi zarar yetkazilishiga. Masalan, Jinoyat 
qonuni bilan qo'riqlanadigan bir necha obyektlarni himoya qilish maqsadida undan ham muhimroq boshqa obyektga 
zarar yetkazilishi (masalan, bir necha shaxslarga og'ir tan jarohat yetkazilishining oldini olish maqsadida shaxsning 
hayotiga suiqasd qilish). 
Oxirgi zaruratning mudofaaga nisbatan huquqiy shartlari: 

Download 53,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish