13.3. Zaruriy mudofaa
Zarariy mudofaa institutining tushunchasi va belgilarining jinoyat huquqida berilishi ijtimoiy adolatni amalga
oshirishda g'oyat katta ahamiyatga egadir. Jinoyat huquqida zaruriy mudofaa tushunchasi qonun bilan muhofaza
qilinadigan obyektlarni jinoiy tajovuzlardan muhofaza qilish jarayonida tajovuzkorga shunday zarar yetkazish yo'li
bilan amalga oshiriladigan huquqiy mudofaani o'z ichiga oladiki, bunday mudofaa zarariy mudofaa chegarasidan chetga
chiqib amalga oshirilganida mudofaalanuvchi shaxsning jinoiy javobgarligini kelitirib chiqaradi. Jinoyat kodeksining
37-moddasida zaruriy mudofaaning qonuniyligi doirasi va shartlari, zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqishning
huquqiy holati nazarda tutilgan.
Jinoyat kodeksining 37-moddasiga ko'ra:
Zaruriy mudofaa
holatida sodir etilgan, ya'ni mudofaalanuvchi yoxud boshqa kishining shaxsi yoki huquqlarini,
jamiyat yoki davlat manfaatlarini qonunga xilof tajovuzlardan tajovuzchiga zarar yetkazgan holda himoya qilish
chog'ida qilingan harakat, agar zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqilmagan bo'lsa, jinoyat, deb topilmaydi.
Zaruriy mudofaa holatida qilingan harakat qonunga xilof hisoblanmaydi, chunki hayotga, sog'liqqa, jinsiy
erkinlikka, mulkka va boshqa jinoyat qonuni bilan qo'riqlanadigan obyektlarga qilingan tajovuzlardan himoya qilish har
bir fuqaroning burchi hisoblanadi va zarariy mudofaa holatida tajovuzchiga zarar yetkazish jinoyat hisoblanmaydi.
Har bir fuqaroning o'zi, boshqa shaxslar, davlat manfaatlarini va qonun bilan qo'riqlanadigan har qanday boshqa
ijtimoiy munosabatlarni himoya qilish huquqi O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida (20, 27 va boshqa
moddalarida) mustahkamlab qo'yilgan. Xususan, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 27-moddasida
respublika fuqarolari sha'ni va obro'siga, hayoti va sog'lig'i, shaxsiy hayoti, erkinligi va qadr-qimmatiga qarshi
tajovuzlardan sudda himoyalanish, shaxsning sha'ni va obro'siga qarshi tajovuzlardan zaruriy mudofaalanish huquqiga
ega ekanligining belgilanganligi ushbu masalani hal etish uchun rahbariy ahamiyat kasb etadi.
84
Jinoyat qonunida birinchi marta har qanday fuqaro boshqa shaxslar yoki hokimiyat organlariga yordam so'rab
murojaat qilish yoxud tajovuzdan o'zga yo'sinda qutulish imkoniyati bor-yo'qligidan qat'iy nazar, to'g'ridan to'g'ri
zaruriy mudofaani qo'llash huquqiga egaligi belgilab qo'yiladi (Jinoyat kodeksining 37-moddasi, 3-qismi). Haqiqatan
ham jinoyatchilikka qarshi kurash olib borishda jinoyat qonun bilan qo'riqlanadigan obyektga qilingan tajovuzdan
qochib qutulish orqali emas, balki jinoyatning oldini olishga qaratilgan qat'iylik bilan qilingan harakatlar orqali
erishiladi. Zaruriy mudofaa huquqi har bir fuqaroning jinoyat qonuni bilan qo'riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarga
nisbatan qilingan tajovuzlardan himoya qilish huquqini kafolatlovchi konstitutsiyaviy qoida hisoblanadi.
Bizning fikrimizcha, zaruriy mudofaa huquqi himoya huquqi bilan ta'minlangan manfaatlarga qarshi qasddan,
shu bilan birga birgalikda, ehtiyotsizlikdan sodir etilgan tajovuz natijasidir.
Fuqarolarning sha'ni va qadr-qimmati jinoyat qonuni bilan muhofaza qilinadi, ushbu obyektlarga qilingan
tajovuz jinoyat deb topiladi (Jinoyat kodeksining 139,140-moddalari). Shuning uchun jinoyat qonuni bilan muhofaza
qilinadigan bunday manfaatlar mudofaalanuvchi qonunda mustahkamlangan zaruriy mudofaaning huquqiyligi
shartlariga rioya qilinganida, zaruriy mudofaa choralari bilan himoya qilinishi mumkin. O'zbekiston Respublikasi Oliy
sudi plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi «Ijtimoiy xavfli tajovuzlardan zaruriy mudofaa huquqini ta'minlovchi
qonunlarni sudlar tomo-nidan qo'llanilishi to'g'risida»gi qarori 1-bandida ham shunday fikr nazarda tutilgan.
Jinoyat huquqi nazariyasida, mudofaalanuvchining ijtimoiy xavfli tajovuzlardan qonun bilan mustahkamlangan
shartlarga rioya qilib amalga oshiradigan harakatlari faqat qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlarni himoya etish
maqsadida amalga oshirilgan bo'lsa, zaruriy mudofaa, deb topilishi lozim.
Ijtimoiy xavfli tajovuzlardan tajovuzchiga zarar yetkazish orqali himoya qilish, jinoyatchilikka qarshi kurashda
ham ahamiyatga egadir. O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining yuqorida nomi keltirilgan qarorida ayrim
sudlar tajovuzga uchragan shaxs, undan qochib qutulish, boshqa fuqarolarga va hokimiyat vakillariga yordam so'rab
murojaat qilish yoki boshqa usullar bilan tajovuzdan saqlanish imkoniyatiga ega bo'lsa, bunday tajovuzga qarshi faol
ravishda mudofaalanish huquqiga ega bo'lmaydilar, degan noto'g'ri fikrga asoslanadilar, deb ta'kidlanadi. Shu
munosabat bilan plenum sudlar shuni e'tiborga olishlari kerakki, fuqarolar qonun talabiga muvofiq ijtimoiy xavfli
tajovuzdan qochib qutulish yoki boshqa usullar bilan saqlanish imkoniyatiga ega bo'lishlaridan qat'iy nazar, tajovuz
qiluvchiga zarar yetkazish yo'li bilan aktiv himoyalanish huquqiga egadirlar, deb ko'rsatilgan.
Yuqorida aytilganlardan xulosa qilib aytish mumkinki, zaruriy mudofaa holatida qilingan harakat jinoyat
hisoblanmaydi, chunki u ijtimoiy-xavfli bo'lmay, aksincha, ijtimoiy foydali harakatdir. Zaruriy mudofaada ijtimoiy
xavflilik xususiyatining yo'qligi shun-daki, zaruriy mudofaani qo'llash orqali shaxsning hayoti, sog'ligi, jinsiy erkinligi
(daxlsizligi), mulki va qonun bilan qo'riqlanadigan boshqa ijtimoiy munosabatlarga nisbatan qilingan tajovuz bartaraf
qilinib, kelib chiqishi mumkin bo'lgan zarariy oqibatlarning oldi olinadi. Tajovuz qiluvchining hayoti va sog'lig'i tajovuz
vaqtida qonun bilan qo'riqlanmaydi.
Zaruriy mudofaani qo'llash har bir shaxsning shaxsiy huqu-qidir va bunday huquqni amalga oshirish faqat uning
o'zigagina bog'liq bo'lib, bu huquq zaruriy mudofaani qo'llash vaqtida amalga oshiriladi. Ammo ayrim turkumdagi
shaxslar uchun zaruriy mudofaani qo'llash shaxsning yuridik majburiyati hisoblanadi. Bularga qonunda to'g'ridan to'g'ri
ko'rsatib qo'yilgan yoki xizmati yuzasidan jinoyatchilikka qarshi kurash olib borish, odamlarni qutqarish, jamoat
tartibini saqlash vazifasi yuklatilgan shaxslar kiradi.
Jinoyat qonuniga zaruriy mudofaa institutining kiritilishi, qonun himoyasidagi manfaatlarni g'ayriqonuniy
tajovuzlardan mudofaa qilishda har bir fuqaroni faol qatnashishini ta'minlash maqsadiga xizmat qiladi. Zaruriy
mudofaani qo'llashning zarurati va asoslari jinoyat qonuni bilan qo'riqlanadigan obyektlarga (shaxsga, davlat va jamoat
manfaatlariga) ijtimoiy xavfli tajovuz qilinganligidir.
Shaxsning o'ziga yoki boshqa shaxslarning manfaatlariga jinoiy tajovuz qilinganligi zaruriy mudofaani
qo'llashning asosi bo'lib xizmat qiladi. Qonunda jinoyatning subyekti yoshiga yetmagan yoki aqli noraso shaxslarning
ijtimoiy xavfli tajovuziga nisbatan ham zaruriy mudofaaning qo'llanishiga yo'l qo'yiladi.
Shuningdek, qonunda birinchi marta (Jinoyat kodeksining 37-moddasi, 4-qismi) zarar yetkazish maqsadida
qasddan hujum qilish istagini qo'zg'atish zaruriy mudofaa hisoblanmasligi ko'rsatilgan. Bu yerda shunday holatlar
nazarda tutilganki, bunda aybdor muayyan bir shaxsga zarar yetkazish maqsadida uning jig'iga (asabiga) tegadi»,
keyinchalik u bilan hisob-kitob qilish maqsadida uning javob harakatlarini sodir qilishini xohlaydi.
Bunday hollarda aybdor yetkazilgan zarar uchun umumiy asoslarda javobgarlikka tortiladi. Jinoyat kodeksi va
O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining plenumi qarorida shaxs o'zining g'araz niyatlari (urishish, azob berish, o'ch
olish) tufayli hujumning kelib chiqishiga sabab bo'lgan bo'lsa, bunday harakatlarni zaruriy mudofaa yo'sinda qilingan,
deb topish mumkin emas, bunday holatlarda sodir etilgan xatti-harakatlar umumiy asoslarda kvali-fikatsiya qilinishi
lozim, deb ta'kidlangan.
Zaruriy mudofaaning mohiyati shunda namoyon bo'ladiki, qonun muhofazasidagi manfaatlarga qarshi
qaratilgan g'ayriqonuniy tajovuzdan mudofaalanuvchi tajovuz qiluvchiga shunday zarar yetkazadiki, yetkazilgan zarar
zaruriy mudofaa instituti bo'lma-ganida jinoiy javobgarlikka sabab bo'lardi. Aynan shuning uchun zaruriy mudofaaning
qonuniy yoki g'ayriqonuniyligi jinoyat qonuni bilan tartibga solinadi. Zaruriy mudofaa holatida tajovuzchiga muayyan
zararning yetkazilishi mudofaalanuvchining qilmishi tufayli vujudga kelgan ijtimoiy xavfning oldini olibgina qolmay,
85
agar u qonunda belgilab qo'yilgan talablarga javob bersa, bunday faoliyatning ijtimoiy foydali, deb ham topilishiga asos
bo'ladi.
Zaruriy mudofaa tajovuz va himoyadan iborat ekanligi sababli uning huquqiyligi shartlari ham tajovuzdan
zaruriy mudofaa-lanishning huquqiy shartlari va himoyaga xos zaruriy mudofaaning huquqiy shartlariga bo'linadi.
Shunday qilib, zaruriy mudofaa institutining yuridik tabiati to'g'risidagi masalaga ikki xil yondashuv mavjud:
•
Do'stlaringiz bilan baham: |