O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi



Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/141
Sana16.12.2022
Hajmi53,9 Mb.
#888539
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   141
Bog'liq
Жиноят хукуки умумий кисм

umummajburiylik 
va 
mustaqillik xususiyatlarim 
o'zida aks ettiradi. 
Jinoyat huquqining 
umummajburiylik xususiyati 
shunda namoyon bo'ladiki, shaxs jinoiy qilmish sodir etdimi — 
u javobgarlikka tortilishi kerak, jinoyat sodir etganlikda aybdor, deb topilgan shaxsni javobgarlikka tortish esa, davlat 
tomonidan majburlov choralari (kuchi)ni qo'llash orqali ta'minlanadi. Jinoyat huquqining bunday xususiyatga egaligi 
ushbu huquq sohasi normalarining imperativligini bildiradi. 
Jinoyat huquqining umummajburiylik xususiyati quyidagi ikki omil bilan belgilanadi: 

birinchidan, 
jabrlanuvchini himoya qilish, uning huquqlari va qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini 
tiklash hamda jinoiy qilmish natijasida yetkazilgan zararni qoplash; 

ikkinchidan, 
jinoiy qilmish sodir etgan shaxsni tarbiyalash, uni jinoiy javobgarlikka tortish, jinoiy oqibatni, 
ya'ni jinoyat tufayli yetkazilgan zararni bartaraf etishga majburlash. 
Boshqacha qilib aytganda, jinoyat huquqining umummajburiylik xususiyati jamiyat manfaatlarini jinoiy 
tajovuzlardan himoya qilishning jinoyat-huquqiy mexanizmi hisoblanib, jamiyatdagi har bir shaxsning xavfsizligini 
ta'minlovchi shart-sharoitlarni ifodalaydi. Bunday shart-sharoitlarning yetarli darajada bo'lishi davlatning huquqiy-
tartibga solish funksiyasi bilan bog'liq bo'lib, jinoyat huquqining ijtimoiy-tartibga solish funksiyasini hamda mavqeyini 
belgilab beradi. 
Jinoyat huquqining 
mustaqillik xususiyati 
uning boshqa ijtimoiy munosabatlami tartibga soluvchi huquq 
sohalaridan ajratilganligini bildirmaydi, balki jinoyat huquqining mustaqilligi uning huquq sohasi sifatida davlat va 
jamiyat manfaatlari, xavfsizligi va normal rivojlanishiga tajovuz qiluvchi qilmishlarni jinoyat, deb topish uchun asos 
bo'luvchi belgilar doirasini mustaqil o'mata olishida ifodalanadi. 
Shu tariqa, jinoyat huquqi keng ma'noda juda murakkab, keskin salbiy ijtimoiy voqelik hisoblangan 
jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi me'yoriy normalar manbayi sifatida tushuniladi. 
Jinoyat huquqining boshqa huquq sohalaridan mustaqil ekanligi uning quyidagi o'ziga xos xususiyatlarga ega ekanligi 
bilan tavsiflanadi: 
• 
birinchidan, 
faqat jinoyat huquqigina qilmishning jinoiyligi va jazoga sazovorligini, jinoiy javobgarlik asosini, 
jazo qo'llash hamda jinoiy javobgarlik va jazodan ozod qilishni belgilovchi huquqiy normalar uchun yagona qonuniy 
manba sifatida namoyon bo'ladi; 

ikkinchidan, 
jinoyat huquqi o'zining tartibga solish pred-metiga ega bo'lib, ushbu huquq sohasining predmeti 
hisoblanuvchi ijtimoiy munosabatlar jinoiy qilmish sodir etilishi bilan vujudga keladi; 
• 
uchinchidan, 
jinoyat huquqi maxsus tartibga solish uslubiga ega bo'lib, bunday uslublar va ularning harakatiga ta'sir 
etuvchi yuridik faktlar boshqa huquq sohalari uchun xos emas. 
Har bir huquq sohasining predmeti va metodlari uning boshqa huquq sohalaridan farqlarini ko'rsatuvchi asosiy 
mezon hisob-lanadi. 
Jinoyat huquqi predmeti — 
jinoyat huquqi normalari bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar. 
Jinoyat huquqining predmeti deganda, 
shaxs, jamiyat va davlat manfaatlariga xavf soluvchi jinoiy qilmish sodir 
etilishi bilan vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlar tushuniladi. 
Jinoyat huquqi predmetini aniqlash, 
bu — jinoyat huquqi normalari bilan tartibga solinadigan ijtimoiy 
munosabatlar doirasini belgilash demak. 
Keng ma 'noda jinoyat huquqining predmeti deganda, 
shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini ko'zlagan holda 
jinoyat huquqi normalarining ijtimoiy munosabatlarga ta'sir etish tartibi tushuniladi
1

Jinoyat huquqining predmeti bo'lib, ijtimoiy 

Download 53,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish