O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi



Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/141
Sana16.12.2022
Hajmi53,9 Mb.
#888539
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   141
Bog'liq
Жиноят хукуки умумий кисм

 
1.2.3. Demokratizm principi 



Demokratizm prinsipi Jinoyat kodeksining 6-moddasida belgilangan bo'lib, unga ko'ra, jamoat birlashmalari, 
fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari yoki jamoalar jinoyat sodir etgan shaxslar axloqini tuzatish ishiga qonunda 
nazarda tutilgan hollarda jalb qilinishlari mumkin. 
Ushbu prinsip, ya'ni demokratizm prinsipi: 
• 
birinchidan, 
jinoyat sodir etgan shaxslarni axloqan tuzatish maqsadini ko'zlaydi; 
• 
ikkinchidan, 
qonunda nazarda tutilgan hollarda jamoat birlashmalari, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari 
yoki jamoalarni jalb qilinishini ta'minlaydi. 
Demokratizm prinsipining asosiy vazifasi 
jinoyat sodir etgan shaxslarni qayta tarbiyalash jarayonida jamoat 
birlashmalarini, jamoatchilikni jalb etish hisoblanadi. Albatta, ushbu ishga jamoat birlashmalarini jalb qilish shartlari, 
shakli va tartibi qonunda alohida ko'rsatib o'tilgan bo'lishi kerak. 
Demokratizm prinsipini boshqacha tarzda «jamoatchilik yordami prinsipi», deb ham atash mumkin. Ushbu 
prinsipning bunday nomlanishiga sabab — jinoyat qonunida jinoyat sodir etgan shaxslarni qayta tarbiyalashda 
jamoatchilik yordamiga tayanilganligi ushbu norma orqali ifodalangan. 
Ayrim olimlar fikriga ko'ra, demokratizm prinsipi sotsializm davridan qolgan bo'lib, qonuniylik prinsipining 
buzilishiga olib keladi. Lekin bu fikrga qo'shilib bo'lmaydi. Chunki jinoyat sodir etgan shaxsni qayta tarbiyalash 
insonparvarlik prinsipining asosini tashkil etib, demokratizm prinsipi jinoyatchilarni qayta tarbiyalash maqsadini 
ko'zlaydi va ularni qayta tarbiyalashning shakllaridan birihisoblanadi. 
 
1.2.4. Insonparvarlik prinsipi
Bu prinsip Jinoyat kodeksining 7-moddasida belgilab qo'yilgan bo'lib, uch asosiy qoida (norma)larni o'z ichiga 
oladi: 
1. Jazo va boshqa huquqiy ta'sir choralari jismoniy azob berish yoki inson qadr-qimmatini kamsitish maqsadini 
ko'zlamaydi. 
2. Jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan uning axloqan tuzalishi va yangi jinoyat sodir etishining oldini olish uchun 
zarur hamda yetarli bo'ladigan jazo tayinlanishi yoki boshqa huquqiy ta'sir chorasi qo'llanilishi kerak. 
3.Jazolash maqsadiga Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismi tegishli moddalarida nazarda tutilgan yengilroq choralarni 
qo'llash orqali erishib bo'lmaydigan taqdirdagina og'irroq jazo choralari tayinlanishi mumkin. 
Insonparvarlik prinsipi shaxsning sha'ni va qadr-qimmatini himoya qilishga qaratilgan bo'lib, uning asosi 
Konstitutsiyaning 26-moddasida o'z aksini topgan. Unga ko'ra, hech kim qiynoqqa solinishi, zo'ravonlikka, shafqatsiz 
yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emas. 
Insonparvarlik prinsipi ikki: 
• 
birinchidan, 
jamiyatning har bir a'zosining shaxsiy va mulkiy xavfsizligini, uning huquq va erkinliMarini jinoyat 
huquqiy vositalar orqali himoya qilinishini ta'minlash; 
• 
ikkinchidan, 
jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan qo'llani-ladigan jazo chorasi qiynoq, zo'ravonlik, jismoniy azob, 
inson sha'ni va qadr-qimmatini kamsituvchi tazyiqlardan xoli bo'lishi ma'nosida qo'llaniladi. 
Bu prinsip Jinoyat kodeksining bir necha moddalarida o'z aksini topgan. Xususan, Jinoyat kodeksining 2-
moddasida jinoyat qonunining vazifalari sifatida shaxs, uning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish birinchi o'ringa 
qo'yilgan. Shuningdek, Jinoyat kodeksida qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi holatlar, juvobgarlik va jazodan ozod 
qiluvchi holatlar mustahkamlangani jinoyat qonunimiz insonparvarlik prinsipiga amal qilingan holda Ui/.ilganligidan 
darak beradi. 
Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismi esa shaxs, uning hayoti, sog'lig'i hamda huquq va erkinliklarini muhofaza 
qilish haqidagi normalarni o'z ichiga olgan bo'lim va boblardan boshlangan. Shuningdek, insonparvarlik prinsipi jinoyat 
huquqining javobgarlik va jazodan ozod qilish institutida ham amal qiladi. Qonun chiqaruvchi organ tomonidan Jinoyat 
kodeksining «Umumiy» qismiga «Voyaga yetmaganlar javobgarligining xususiyatlari» deb nomlanuvchi alohida VI 
bo'limning kiritilganligi ham insonparvarlik prinsipidan darak beradi. 

Download 53,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish