101
1) jarima;
2) axloq tuzatish ishlari;
3) qamoq;
4) ozodlikdan mahrum qilish jazolari belgilangan.
1959-yilgi Jinoyat kodeksidagi jazo tizimiga nisbatan yangi Jinoyat kodeksidagi jazo tizimida sezilarli
o'zgarishlar mavjud. Jazo tizimidan jamoat izzasi, surgun badarg'a singari jazolar chiqarildi.
Jinoyat qonunida belgilangan barcha jazo turlari: asosiy va qo'shimcha; muayyan muddat bilan bog'liq bo'lgan
va muddat bilan bog'liq bo'lmagan; mahkumlarga nisbatan moddiy jafo keltiruvchi, ma'naviy jafo yetkazuvchi, ularning
ayrim huquqlarini cheklovchi jazolar va o'limjazosiga bo'linadi. Asosiy jazoga quyidagilar kiradi:
1) jarima;
2) axloq tuzatish ishlari;
3) xizmat bo'yicha cheklash;
4) qamoq;
5) intizomiy qismga jo'natish;
6) ozodlikdan mahrum qilish;
7) o'lim jazosi.
Qo'shimcha jazoga harbiy yoki maxsus unvondan mahrum qilish kiradi. Jinoiy jazolarning liberallashtirilishi
munosabati bilan Jinoyat kodeksi jazo tizimidan mol-mulkni musodara qilish chiqarildi.
Muayyan huquqdan mahrum qilish jazosi ham asosiy jazo sifatida, ham qo'shimcha jazo sifatida qo'llanishi
mumkin. Umumiy va maxsus jazolar jazo chorasi subyektning maxsus belgilariga qarab qo'Haniladi.
Umumiy jazolar, bu jinoyat subyekti belgilariga ega bo'lgan har qanday shaxsga nisbatan qo'llanishi mumkin
bo'lgan jazo tizimidir. Maxsus jazo, qonunda qat'iy belgilangan subyektlar doirasiga qo'llaniladigan jazo chorasidir.
Masalan, intizomiy qismga jo'natish va harbiy unvondan mahrum qilish faqat harbiylarga nisbatan qo'Haniladi.
Muayyan muddat bilan bog'liq bo'lmagan va muayyan muddat bilan bog'liq bo'lgan jazolar qo'llanilayotgan
jazoning xususiyatiga qarab ajratiladi. Muayyan muddat bilan bog'liq jazolarga sud tomonidan belgilanadigan,
maksimal va minimal muddatlari ko'rsatilgan jazolar (ozodlikdan mahrum qilish, axloq tuzatish ishlari, qamoq va
muayyan huquqdan mahrum qilish) kiradi.
Shunday jazolar ham borki, ularning ijrosi muayyan vaqt bilan bog'liq bo'lmaydi: jarima, harbiy yoki maxsus
huquqdan mahrum qilish. Bundan tashqari, mahkumlarga nisbatan moddiy jafo keltiruvchi jazolar mavjud bo'lib,
bunday jazolarga jarima jazosi misol bo'ladi.
Mahkumlaruing ayrim huquqlarini cheklovchi jazolarga muayyan huquqdan mahrum qilish kiradi.
Ma'naviy jafo keltiruvchi jazolarga xizmat bo'yicha cheklash, harbiy yoki maxsus unvondan mahrum qilish
jazosi kiradi. Mahkumning ozodligini cheklovchi jazolarga qamoq, intizomiy qismga jo'natish, ozodlikdan mahrum
qilish jazolari kiradi.
Bundan tashqari, o'z mazmuni va qo'llanish xususiyatiga ko'ra mehnat, axloq tuzatish bilan bog'liq va bu bilan
bog'liq bo'lmagan jazolar mavjud. Mehnat-axloq tuzatish bilan bog'liq jazolarga ozodlikdan mahrum qilish axloq
tuzatish ishlari, kabi jazolar kiradi. Jinoyat kodeksida o'lim jazosi ham belgilangan.
Jinoyat qonunida belgilangan jazo choralari tizimi qat'iy bo'lib, sud sudlanuvchiga nisbatan qonunda
belgilangan jazo chorasidan boshqa biron-bir jazo chorasini qo'llay olmaydi. Jinoyat kodeksida belgilangan jazo tizimi,
jazolash siyosatiga to'la mos kelib, o'zida jinoyat huquqi prinsiplarini to'liq ifodalaydi. Amaldagi jinoyat qonuni o'z
xususiyati va mazmuniga ko'ra, turli jazo choralarini belgilab, jinoyatchilikka qarshi kurashda samaradorligini
oshirishga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: