103
jinoyatni sodir etganligi uchun asosiy jazo sifatida tayinlanganda bir yildan besh yilgacha bo'lgan muddatga tayinlanadi.
Masalan, savdo va xizmat ko'rsatish qoidalarini buzish jinoyati uchun (189-modda) besh yilgacha muayyan huquqdan
mahrum qilish jazosi qo'llanishi mumkin.
Qo'shimcha jazo tariqasida tayinlanganida bir yildan uch yilgacha bo'lgan muddat belgilanadi. Bunday holda
sud tomonidan ushbu jazo «Maxsus» qismining tegishli moddasida riazarda tutilgan har qanday jazoga qo'shimcha jazo
tariqasida tayinlanishi mumkin. Muayyan huquqdan mahrum qilishning qo'llanishi jazoning ogohlantirish funksiyasini
amalga oshiradi, mahkum boshqa mansab yoki faoliyat turi bilan bog'liq bo'lgan jinoyat sodir etish imkoniyatiga ega
bo'lmaydi. Agar muayyan huquqdan mahrum qilish Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismi moddasi sanksiyasida asosiy
jazo sifatida ko'rsatilgan bo'lsa, qo'shimcha jazo sifatida qo'llanishi mumkin emas.
Muayyan huquqdan mahrum etish faqat aybdor jinoyat sodir etish vaqtida ushbu huquqqa ega bo'lgan holdagina
qo'llaniladi. Agar u ushbu huquqqa jinoyat sodir etgandan so'ng ega bo'lgan bo'lsa, sud bu jazo turini qo'llashi mumkin
emas.
Muayyan huquqdan mahrum etish jazosi qo'llanilganida, bu jazoga mahkum qilingan shaxsni o'zi faoliyat
ko'rsatayotgan tizimda ishlashi mumkinligini istisno etilmaydi. Qonunda faqat aniq bir mansabni egallashni (masalan,
mulkiy boyliklarni tasarruf qilish) yoki aniq bir faoliyat bilan shug'ullanish taqiqlanishi nazarda tutiladi.
Qonunga ko'ra, aybdor bir vaqtning o'zida u yoki bu mansabni egallashi yoki biron-bir faoliyat turi bilan
shug'ullanish huquqidan mahrum etilishi mumkin emas. Bu jazo turini qo'llashda faoliyat turi aybdorning asosiy moddiy
ta'minot manbayi ekanligiga e'tibor berish lozim. Agar bu faoliyat aybdorning asosiy moddiy ta'minot manbayi bo'lsa
(masalan, ovchilik faoliyati), unga nisbatan bu jazoni qo'llash kerak emas. Bu jazo turini qo'llashda mahrum
qilinayotgan faoliyat turi aybdorning yagona kasbi bo'lgan hollarda muayyan huquqdan mahrum qiUshning maqsadga
muvofiq ekanligini hisobga olish lozim.
Bunday jazoni tayinlash vaqtida hukmning qaror qismida mansabning nomi yoki faoliyat turi aniq ko'rsatilishi
kerak. Hukm chiqarilayotgan vaqtga kelib sudlanuvchining jinoyat sodir etish bilan bog'liq bo'lgan mansabni
egallamayotganligi yoki faoliyat bilan shug'ullanmayotganligi ushbu qo'shimcha jazoni qo'llash uchun to'sqinlik
qilmaydi. Bu jazo turi qo'llanilayotgan moddaning sanksiyasida asosiy jazolardan biri sifatida ko'rsatilgan bo'lsa ham,
asosiy jazo tariqasida qo'llanishi mumkin.
Muayyan huquqdan mahrum qilish jazosi ozodlikdan mahrum qilish, intizomiy qismga jo'natish yoki
qamoqjazosiga qo'shimcha jazo tariqasida tayinlangan bo'lsa, asosiy jazoning butun muddatiga va undan so'ng hukmda
belgilangan muddatgacha davom etadi. Boshqa asosiy jazolarga qo'shimcha jazo tariqasida tayinlanganda, uning
muddati hukm qonuniy kuchga kirgan vaqtdan boshlab hisoblanadi.
Shaxs shartli hukm qilinganda, muddatning o'tishi hukm chiqarilgan kundan boshlab hisoblanadi. Agar sinov
muddati davomida yangi jinoyat sodir etsa, bir necha hukm yuzasidan jazo tayinlanadi. Agar asosiy jazo tariqasida
ozodlikdan mahrum qilish, intizomiy qismga jo'natish qamoq, axloq tuzatish ishlari kabi jazolardan biri tayinlangan
bo'lsa, hukm qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab hukmda ko'rsatilgan muddatdan boshlab hisoblanadi.
Muayyan mansabni egallash yoxud u yoki bu faoliyat bilan shug'ullanishni taqiqlanishi sud tomonidan
belgilangan muddatning o'tishi bilan bekor bo'ladi. Jinoyat kodeksining 78-moddasi, 1-qismi, «v» bandiga ko'ra,
muayyan huquqdan mahrum qilish jazosi uchun sudlanganlik holati jazo muddati tugagandan so'ng bir yil o'tgach
tugallanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: