O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi



Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/141
Sana16.12.2022
Hajmi53,9 Mb.
#888539
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   141
Bog'liq
Жиноят хукуки умумий кисм

Jinoiy faoliyat deganda, 
jinoyat 
ishtirokchilarining bir nechta jinoyat sodir qilishi tushuniladi. Uyushgan guruhning doimiy a'zolari bajargan vazifasidan 
qat'iy nazar, uni tayyorlashda qatnashgan bo'lishsa, barcha jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlikka tortilishlari shart. Agar 
shaxs uyushgan guruh a'zosi bo'lmasa, jinoyat sodir qilinayotganda o'zi tushunmagan holda yordam bergan bo'lsa, uning 
harakatlari uyushgan guruh tomonidan qilingan, deb kvalifikatsiya qilinmaydi. 
Jinoyat kodeksining 242-moddasi, 2-qismida uyushgan qurolli guruh tuzish, unga rahbarlik qilish yoki unda 
ishtirok etish uchun javobgarlik belgilangan. Jinoiy uyushmaning boshqa belgilar bilan birgalikda qurollanish belgisi 
ham, ya'ni guruhda yoki guruh a'zo-laridan birida o'qotar yoki sovuq qurol bo'lishi kerak. Ikki yoki undan ortiq 
shaxslarning amalda uyushgan jinoiy guruh tuzishi yoki unga rahbarlik qilish yoki unda ishtirok etish bilanoq jinoyat 
tugal-langan hisoblanadi. Uyushgan qurolli guruh tuzganlik 242-mod-daning 2-qismi bilan kvalifikatsiya qilinadi. 
Jinoiy guruh ishtirokchilari harakatini kvalifikatsiya qilish oldindan til biriktirib jinoyat sodir etishdan farq 
qiladi. Agar jinoyat oldindan til biriktirgan holda bir necha bajaruvchilar tomonidan sodir etilgan bo'lsa, u faqat 
«Maxsus» qismdagi tegishli moddaning o'zi bilan 28-moddani qo'llamagan holda kvalifikatsiya qilinadi. Uyushgan 
guruh tomonidan jinoyat sodir etilganda ishtirokchilarning jinoyat sodir etishdagi vazifasi qanday belgilanganligidan 
qat'iy nazar, (tashkilotchi, bajarvchi, dalolatchi, yordamchi, ishtirok-chi) 28-moddani qo'llagan holda javobgarlik 
belgilanadi. Agar uyushgan guruh tomonidan sodir etilgan jinoyat «Maxsus» qism-ning tegishli moddasida 
kvalifikatsiya qilinadigan holat sifatida ko'rsatilgan bo'lsa (masalan, Jinoyat kodeksining 202-moddasi, 3-qismi, «d» 
bandi), qilmishni 28-moddaga murojaat qilmagan holda shu moddaning o'zi bilan kvalifikatsiya qilish lozim bo'ladi va 
barcha ishtirokchilar aniq bir jinoyat tarkibi uchun zaruriy hisoblangan belgi asosida javobgarlikka tortiladilar. 
Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismi moddalarida «uyushgan guruh yoki uning manfaatlarini ko'zlab jinoyat 
sodir etish» degan tushuncha ishlatiladi, bunda umumiy qoida bo'yicha jinoiy guruhning jinoiy faoliyatidan guvohlik 
beravchi bir necha jinoiy tajovuzlarni amalga oshirilishi nazarda tutilgan. Ammo amaliyotda guruh a'zolaridan biri bir 
jinoyatni sodir etishda ishtirok etib, keyin o'zining jinoiy faoliyatini to'xtatgan hollar ham uchrab turadi. Bunday 
hollarda ularning jinoiy qilmishlari sonidan qat'iy nazar, u uyushgan guruh tarkibida jinoyat sodir etganligi uchun (o'zi 
buni anglagan hollarda) jinoiy javobgarlikka tortiladi. 
Yana bir farq shundaki, oldindan til biriktirib jinoyat sodir etishda guruh faqatgina bir marotaba jinoyat sodir 
etish uchun tuzildi, uyushgan guruhda esa, bir necha marotaba jinoyat sodir etish uchun tuziladi. Demak, uyushgan 
guruh oldindan til biriktirish, barqarorlik, vazifalarning taqsimlanganligi, bir qancha jinoyat sodir etish maqsadida 
tuzilganligi kabi qator o'ziga xos belgilar bilan xususiyatlanadi. Uyushgan guruhning barqarorligi deganda, guruh 
ishtirokchilari o'rtasidagi doimiy aloqadorlik va jinoyat sodir etishga tayyorgarlik ko'rish yoxud bir yoki bir necha 
marotaba jinoyat sodir etishning maxsus usullaridan foydalanish tushuniladi. 
Barqarorlik obyektiv tomondan quyidagilar bilan xususiyatlanadi: 
• 
birinchidan, 
tashkilotchining jinoiy faoliyatni amalga oshirish maqsadi asosida tashkil etilgan guruh o'rtasidagi o'zaro 
aloqadorlik, umuiy jinoiy maqsad va manfaat, jinoiy guruh a'zolari o'rtasida vazifalarning taqsimlanganligi; 
• 
ikkinchidan, 
jinoyatga tayyorgarlik ko'rish jarayonida maxsus usullardan foydalanish, guruhdagi qat'iy tartib, doimiy 
nazorat va guruh a'zolari harakatini boshqarish, yuqori darajada kelishganlik va uyushganlik. 


71 
Ishtirokchilikning eng xavfli shakli jinoiy uyushmadir. Ikki yoki undan ortiq uyushgan guruhning jinoiy faoliyat 
bilan shug'ullanish uchun oldindan birlashishi 
jinoiy uyushma, 
deb topiladi (Jinoyat kodeksining 29-moddasi, 5-qismi). 
Jinoiy uyushma ishtirokchilikning boshqa shakllaridan yuqori darajada uyushganligi, barqarorligi, texnik 
vositalari bilan ta'min-langanlik darajasiga ko'ra, a'zolarining birgalikdagi keskin harakati kabilar bilan farq qiladi. 
Jinoiy uyushmaning xavfliligi u tomonidan sodir etiladigan jinoyatning xususiyati va og'irlik darajasi bilan belgilanadi. 
Jinoiy uyushma ancha murakkab tashkiliy tuzilmadir. Undagi har bir uyushgan guruh o'ziga maxsus ajratilgan 
vazifalarnigina bajaradi. Shu belgi jinoiy uyushmani uyushgan guruhdan ajratib turadi. 
Jinoiy uyushmaning asosiy belgilaridan yana biri uning ikki yoki. undan ortiq uyushgan guruhdan tashkil 
topganligidadir. Mantiqiy jihatdan ham jinoiy uyushma yoki bir necha guruh birlashganida a'zolar ko'pchilikni tashkil 
etganligi sababli u ikki kishidan tashkil topishi mumkin emas. 
Jinoiy uyushma a'zolari o'rtasida jinoiy maqsadga erishish uchun vazifalar taqsimlanadi. Jinoiy uyushma o'zida 
jinoiy guruhlarni o'zining tarkibiy bo'g'ini sifatida birlashtiradi. Jinoiy uyushmaning tarkibiy bo'g'ini deganda, rahbarni 
hisoblaganda ikki yoki undan ortiq shaxsni jinoiy uyushma maqsadini amalga oshirish maqsadida muayyan yo'nalishda 
faoliyat yurituvchi (masalan, jinoyatga tayyorgarlik ko'rish) guruh tushuniladi. Bunda har bir guruh o'z faoliyatini jinoiy 
uyushma maqsadini amalga oshirish uchun alohida-alohida amalga oshiradi. Buni aniqlash uchun har bir guruh faoliyati 
jinoiy uyushma maqsadlarini amalga oshirishga, uni qo'llab-quwatlashga qaratilganligi, barcha guruhlar faoliyati yagona 
tashkiliy boshqaruv asosida boshqarilganligiga e'tibor berish lozim. Yagona tashkiliy boshqaruv, bitta tashkilotchidan, 
shuningdek, bir guruh tashkilotchilardan iborat bo'lishi mumkin. 
Jinoyat qonunida birinchi marta (Jinoyat kodeksining 242-mod-dasida) jinoiy uyushma tashkil etish, ya'ni jinoiy 
uyushma yoxud uning bo'linmalarini tuzish yoki unga rahbarlik qilish, shuningdek, ularning mavjud bo'lishi va ishlab 
turishini ta'minlashga qaratilgan faoliyat uchun javobgarlik belgilanadi va uyushma tuzilganidan boshlab jinoyat 
tugallangan, deb hisoblanadi. 
Agar Jinoyat kodeksining 212-moddasida javobgarlik belgilan-gan jinoyatning subyekti bo'la olmaydigan shaxs 
jinoiy guruhga kirib qolgan bo'lsa, guruh a'zolari qanday jinoyatni sodir qilish uchun uyushgan bo'lsalar, o'sha jinoyatni 
sodir etishga suiqasd qilish deb, agar bevosita qatnashgan bo'lsa, o'sha jinoyatda ayblanib javobgarlikka tortiladi. 

Download 53,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish