O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi


Jinoyatda ishtirokchilikning shakllari: oddiy



Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/141
Sana16.12.2022
Hajmi53,9 Mb.
#888539
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   141
Bog'liq
Жиноят хукуки умумий кисм

 
11.3. Jinoyatda ishtirokchilikning shakllari: oddiy
ishtirokchilik, murakkab ishtirokchilik,
uyushgan guruh, jinoiy uyushma


69 
Maxsus adabiyotlarda va darsliklarda jinoyatda ishtirokchilik turlicha klassifikatsiyalangan bo'lib, jinoyatda 
ishtirokchilik shakl va turlarga bo'linadi. 
Jinoyat sodir etishda ishtirokchilik shakli deganda, jinoyat sodir etishdagi o'zaro aloqadorlik, ishtirokchilar 
harakatini oldindan til biriktirgan holda amalga oshirilish darajasi, subyektiv aloqadorligi va xususiyatiga ko'ra, farq 
qiluvchi bir necha shaxslarning birga-likdagi harakati tushuniladi. Yuqorida keltirilgan har bir belgi ishtirokchilar 
o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik, til biriktirganlik va umumiy maqsadga erishishi uchun muvofiqlashtirilganligiga ko'ra farq 
qiladi. 
Ishtirokchilar harakatining yuqori darajada tashkil qilinganligi va til biriktirganligi ko'zlangan maqsadga erishishni 
osonlashtiradi. 
Ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyani tahlil qilishda sud va tergov organlari qonunda to'g'ridan to'g'ri 
ko'rsatilmagan, lekin jinoyatni to'g'ri kvalifikatsiya qilish imkonini beradigan belgilarga e'tibor berishlari lozim. 
Ishtirokchilik obyektiv (ishtirokchilar o'rtasidagi obyektiv alo-qadorlik) va subyektiv (ular o'rtasidagi subyektiv 
bog'liqlik) me-zonlarga ko'ra turlarga bo'linadi. 
Obyektiv mezon ishtirokchilarning obyektiv tomondan aloqa-dorligida ifodalanadi, bu asosga ko'ra 
ishtirokchilik, ikki turga bo'linadi: 
1) oddiy ishtirokchilik; 
2) murakkab ishtirokchilik. 
Obyektiv mezon ishtirokchilar o'rtasidagi jinoyat sodir etish-dagi aloqadorlikni ifodalaydi, ya'ni rollarning 
taqsimlanishi, kim qaysi vazifani bajarishini belgilab qo'yilishi va boshqalar. Oddiy ishtirokchilikda birgalikda 
bajaruvchi shaxslar Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismi moddasida ko'rsatilgan jinoyatning obyektiv tomonini 
bevosita til biriktirmagan holda sodir etadilar. 
Murakkab ishtirokchilikda (bajaruvchi bilan bir qatorda dalo-latchi, tashkilotchi, yordamchi jinoyat sodir 
etishda ishtirok etadi) jinoyat sodir etishda birgalikda ishtirok etishnirig o'ziga xosligi shunda ko'rinadiki, faqat 
ishtirokchigina Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismi moddasida ko'rsatilgan jinoyatning obyektiv tomonini bevosita 
bajaradi, boshqa ishtirokchilar esa jinoyatni bilvosita bajaradilar. 
Ishtirokchilik to'satdan vujudga kelishi mumkin, bu ishtirokchilarning jinoiy harakatini amalga oshirish uchun 
birlashishida ifodalanadi. Bezorilik, nomusga tegish jinoyatlari ko'pincha birgalikda sodir etiladi. 
Ishtirokchilikning subyektiv mezoni ishtirokchilarning jinoiy harakatni amalga oshirishda o'zaro kelishganligi 
bilan belgilanadi. Bu mezon asosida ishtirokchilik: 
1) oldindan til biriktirilgan; 
2) oldindan til biriktirilmagan ishtirokchiliklarga bo'linadi. 
Oldindan til biriktirilmagan ishtirokchilik, bevosita jinoyat sodir etish jarayonida yoki muayyan vaqt oralig'ida 
(masalan, A. ismli shaxs odam o'lirish maqsadida B.ni ura boshlaydi, buni kuzatib lurgan V. ismli shaxs ham unga 
qo'shilib B.ni uradi va odam o'ldirish jinoyati sodir etiladi), lekin jinoyat sodir etilgunga qadar til biriktirilmadi. Bunday 
ishtirokchilikda til biriktirganlik darajasi minimal bo'lib, jinoyat obyektiv tomonini tashkil qiluvchi hara-katlar to'liq 
yoki qisman amalga oshiriladi, ishtirokchilar o'z harakati orqali boshqasining harakatini to'ldiradi. 
Oldindan kelishilgan ishtirokchilikda birgalikda jinoyat sodir etish haqida oldindan til biriktirib, shuningdek, 
jinoyat sodir etili-shidan oldinroq til biriktirgan holda jinoyat sodir etiladi. Ishti-rokchilikni kvalifikatsiya qilish uchun 
bu kelishuvga erishilgandan so'ng qancha vaqt o'tganligi ahamiyatga ega emas. 
1994-yilgi Jinoyat kodeksining 29-moddasida esa, jinoyatda ishtirokchilikning quyidagi shakllari belgilangan bo'lib, 
bularga: 
1) oddiy ishtirokchilik; 
2) murakkab iishtirokchilik; 
3) uyushgan guruh; 
4) jinoiy uyushmalar kiradi. 
Ikki yoki undan ortiq shaxsning oldindan til biriktirmay jinoyat sodir etishda qatnashishi oddiy ishtirokchilik, 
deb topiladi (Jinoyat kodeksining 29-moddasi, 2-qismi). 
Ishtirokchilikning birinchi shaklida jinoyatning oldindan til biriktirmay sodir etilganligi uchun 
ishtirokchilikning boshqa shaxslarga nisbatan ijtimoiy xavfliligi kamroq. Chunki ular birgalikda harakat qilsa-da, 
uyushganlik belgisi yo'q, ammo jinoyat birgalikda sodir qilinganligi uchun ishtirokchilikning eng sodda shakliga 
kiritilgan. Oddiy ishtirokchilikning ijtimoiy xavfliligi shundaki, bunda jinoiy harakat bir nechta shaxs tomonidan sodir 
etilganligi uchun undan yetadigan zarar, shubhasiz, bir kishi yetkazgan zararga nisbatan bo'ladi. 
Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismi bir qancha moddalarida bir guruh shaxslar tomonidan jinoyat sodir qilishi 
o'sha jinoyat uchun jazoni og'irlashtiruvchi holat sifatida nazarda tutilgan. Masalan, bir guruh shaxslar tomonidan 
qasddan odam o'ldirish (97-moddaning 2-qismi, «p» bandi); bir guruh shaxslar tomonidan qasddan badanga og'ir shikast 
yetkazish (104-moddaning 2-qismi, «k» bandi); qasddan badanga o'rtacha ogir shikast yetkazish (105-moddaning 2-
qismi, «p» bandi); nomusga tegish (118-moddaning 2-qismi, «v» bandi); jinsiy ehtiyojni zo'rlik ishlatib g'ayritabiiy 
usulda qondirish (119-moddaning 2-qismi, «v» bandi). 


70 
cheklangan bo'lsa, kvalifikatsiya qilinadigan holatlarni belgilashda, uni jinoiy guruh yoki jinoiy uyushma sifatida talqin 
qilinmaydi. 
Qonunda jinoyat tarkibida kvalifikatsiya qilinuvchi holat sifatida bir guruh shaxslar tomonidan jinoyat sodir 
etilishi ko'rsatilgan bo'lsa (Jinoyat kodeksining 97-moddaci, 2-qismi, «p» bandi; 104-moddaning 2-qismi, «k» bandi; 
118-moddaning 2-qismi, «v» bandi) jinoiy javobgarlik uchun oldindan til biriktirganlik ahamiyatga ega bo'lmaydi. Bu 
holatda jinoyat sodir etgan shaxs-larning harakti ushbu jinoyatni sodir etishga qaratilganligini aniqlash lozim. Agar bu 
jinoyat ularning umumiy qasdidan tashqarida sodir etilgan bo'lsa, ushbu band bilan kvalifikatsiya qilinmasdan, 
moddaning boshqa tegishli qismlari bilan javobgarlikka tortiladi. 
Ikki yoki undan ortiq shaxsning birgalikda jinoiy faoliyat olib borish uchun oldindan bir guruhga birlashishi 
uyushgan guruh, deb topiladi. Uyushgan guruh ishtirokchilikning oddiy va murakkab ishtirokchilikka nisbatan xavfliroq 
bo'lgan shaklidir. Uyushgan guruhni xususiyatlovchi belgilardan biri - bu uning barqaror ekanligi. Bunda tashkilotchi 
jinoiy rejani tuzadi, ishtirokchilar o'rtasida vazifalarni taqsimlaydi, ular faoliyatini yo'naltiradi va guruhdagi tartibni 
mustahkamlaydi. Uyushgan guruhda ikki yoki undan ortiq shaxs odatda bir nechta jinoyat qilish uchun birlashadi. 
Uyushgan guruhning asosiy belgisi oldindan til biriktirish yoki oldindan jinoiy harakat bilan shug'ullanish uchun 
uyushishi va guruh a'zolari orasida vazifalarning aniq taqsimlanishi, rejaning puxtaligi, texnik ta'minot va 
barqarorlikdan iboratdir. Aynan barqarorlik ushbu guruhni boshqa guruhlardan ajratib turadi. Ular orasidagi barqarorlik 
guruh rahbari guruh a'zolari bilan aloqa qiUb, ularning harakatini nazorat qilib, boshqarib turishida namoyon bo'ladi. 
Sud-tergov amaliyotini o'rganish shuni ko'rsatmoqdaki, uyushgan guruh a'zolari orasida vazifalar aniq tartibda 
taqsimlanadi. Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismi qator moddalarida uyushgan guruhning jinoiy harakati o'sha 
jinoyatni og'irlashtiruvchi holati sifatida ko'rsatilgan bo'lsa (masalan, 164-moddaning 4-qismi, «v», 166-moddaning 4-
qismi, «v» bandi, 176-moddaning 3-qismi, «b» bandi, 177-moddaning 3-qismi, «b» bandi va boshqalar), Jinoyat 
kodeksining 56-moddasiga havola qilingan holda jazo tayinlanmaydi. 
Uyushgan guruh faqat jinoiy faoliyat bilan shug'ullanish uchun tashkil etiladi. 

Download 53,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish