O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi



Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/141
Sana16.12.2022
Hajmi53,9 Mb.
#888539
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   141
Bog'liq
Жиноят хукуки умумий кисм

«tegishli» 
hissasini qo'shmog'i lozim: biri uyushtiradi, biri guruh tuzadi, boshqasi ma'lumot yig'adi, to'rtinchisi jinoyat. Qurolini 
tayyoriaydi, beshinchisi uni amalga oshiradi (ya'ni, to'g'ridan to'g'ri jinoyatning obyektiv tomonini amalga oshiradi). 
Ushbu murakkab jarayonda har bir ishtirokchining harakati bir-biriga mos kelishi va sababiy bog'langan bo'lishi kerak, 
uning natijasi jinoyat ishtirokchilarining umumiy xohishi va qoniqishi bo'lishi kerak. 
Demak, ishtirokchilikda jinoyat sodir etishdagi birgalikdagi harakat o'zaro bog'liq va shartli harakatlar bilan 
jinoyat sodir etilishi bilan belgilanadi. Jinoyat harakatning birgalikdaligi barcha ishtirokchilar uchun jinoiy oqibatning 
bir xilligi, umumiy jinoiy oqibat va har bir ishtirokchi o'rtasidagi harakatning o'zaro bog'liqligida ifodalanadi. Harakat, 
jinoiy oqibat va har bir ishtirokchining o'zaro aloqadorligi yig'indisi ishtirokchilikni ifodalaydi. 
Bir qancha shaxslarning kuchlarini birlashtirish natijasida jinoyat sodir etilganida, ularning har biri mustaqil 
tarzdagi jinoiy oqibatga erishishga harakat qilgan bo'lsa yoki ular harakati jinoiy oqibat bilan bevosita bog'liq bo'lmasa, 
bunday jinoyatni ishtirokchilikda jinoyat sodir etish deb baholab bo'lmaydi. Chunki ularning harakati birgalikda 
bo'lmay, umumlashgan bo'ladi, xolos. Masalan, A. ismli shaxs B. ismli shaxsni o'ldirishga qasd qiladi va unga og'ir tan 
jarohati yetkazadi, shifokor S. uni davolashi jarayonida infeksiya yuqtirishi natijasida B.vafot etadi. Bu ikki harakat 
o'rtasida o'zaro bog'liqlik bo'lmaganligi uchun ishtirokchilik, deb baholanmaydi. 


66 
Jinoyat kodeksining 27-moddasiga ko'ra, ishtirokchilikning subyektiv belgilari ikki yoki undan ortiq shaxsning 
qasddan jinoyat sodir etishida namoyon bo'ladi. Ya'ni, 27-moddaning mazmuniga ko'ra, ishtirokchilik faqat qasddan 
sodir qilinadigan jinoyatlardagina bo'ladi. Ishtirokchilar o'rtasida jinoyat sodir etish uchun oldindan kelishuvning 
mavjud bo'lishi birgalikdagi harakatni belgilashda qiyinchilik tug'dirmaydi. Ular o'rtasida oldindan kelishuvning mavjud 
bo'lmasligi ishtirokchilikni aniqlashni qiyinlashtiradi. Birgalikdagi harakat qilish mezoni bo'lib: 
• 
birinchidan, 
umumiy kuch asosida yagona maqsadga erishish uchun harakat qilish
• 
ikkinchidan, 
boshqa ishtirokchilarning yagona umumiy natijaga erishishga qaratilgan harakatini bilish va hisobga olish 
xizmat qiladi. 
Jinoyat sodir etishda bir qancha shaxslarning ishtiroki obyektiv vaziyatlarni birgalikda kuch ishlatish asosida 
natijaga erishish, shuningdek, subyektiv vaziyat - ishtirokchilarning harakatini birlashganligi va kuchlarni birlashtirish 
asosida yagona maqsadga erishishga qaratilganligini bilishni o'z ichiga oladi. Birgalikdagi ishtirokchilar uchun umumiy 
bo'lgan muayyan natijaga erishish uchun harakat qilish ishtirokchilar kuchining birlashganligini bildiradi. Shaxslarning 
birlashishi jinoiy natijaga oson erishish zaruriyatidan kelib chiqadi. 
Subyektiv mezonning ikkinchi belgisi ishtirokchilar bir-biri-ning harakatini oldindan bilganligini anglatadi. 
Ishtirokchilikning subyektiv mezoni ishtirokchilarning o'zaro xabardorligi va kelish-gan holda harakat qilishi bilan 
xususiyatlanadi. 
O'zaro xabardorlik shu bilan xususiyatlanadiki, jinoyat sodir etishdagi barcha ishtirokchilarni, 
birinchidan, 
jinoyatni birgalikda sodir etganligi, 
ikkinchidan, 
har qanday emas, balki aniq jinoyatni sodir etish, 
uchinchidan, 
nafaqat, 
bir shaxs qilmishining ijtimoiy xavfliligi, balki boshqa shaxslar harakatining ijtimoiy xavfliligi hisobga olinadi. 
Ishtirokchilikda qilingan jinoyatlarda ikki yoki undan ko'p shaxslar o'z intilishlarini birlashtiradi. O'z 
xohishlaridagi natijaga erishishga harakat qiladilar, ehtiyotsizlik orqasida jinoyat sodir qilganda esa, oqibat kelib 
chiqishini xohlamaydigina emas, balki uning kelib chiqishini oldindan ko'ra bilmaydi ham. 
Subyektiv bog'liqlikning yana bir belgisi shundan iboratki, bunda bir jinoyatchining harakati boshqa ishtirokchi harakati 
bilan chambarchas bog'liqdir. Ya'ni jinoyat sodir qilishda bir nechta jinoyatchi birga harakat qiladi va shulardan hech 
bo'lmaganda ikkitasi jinoiy natija uchun o'z harakatlarini birlashtiradi va ijtimoiy xavfli oqibat kelib chiqishini bilgan 
holda u harakat qiladi va oqibatni xohlaydi. Agar jinoyat sodir qilishda jinoyatchilar bir-birlari bilan o'zaro xabardor 
bo'lmasalar, ularning har biri sodir etgan harakatlari uchun alohida-alohida javob beradi. 
Jinoyatda ishtirokchilik instituti o'z xizmati nuqtayi nazaridan jinoyat ishtirokchilarini va ijtimoiy 
munosabatlarni jinoiy tajovuz-lardan himoya qilish vazifasini o'z zimmasiga oladi. Jinoyatda ishtirokchilikning ushbu 
vazifasi bir qator holatlarda jinoyatning bir qancha shaxslar tomonidan sodir etilishi bilan bog'liq. Ishtirokchilikda 
jinoyat sodir etish qoidalari va holatlari, 
birinchidan, 
ishtirokchilikda jinoyat sodir etishning obyektiv va subyektiv 
belgilarini, 
ikkinchidan, 
bunday ijtimoiy xavfli qilmish uchun jinoiy javobgarlikka tortiluvchi shaxslar doirasini 
chegaralab qo'yadi, 
uchinchidan, 
ishtirokchilardan har birining jinoyat kodeksi bilan qo'riqlanadigan obyektga ta'sirini, 
shuningdek, ishtirokchilikda jinoyat sodir etishning farq qiluvchi xususiyatlarini bir kishi tomonidan sodir etilgan 
qilmishdan farqlarini belgilaydi, 
to'rtinchidan, 
javobgarlikka tortish asoslarini va uni har bir ishtirokchiga nisbatan 
tatbiq etilishini belgilaydi. 
Yuqoridagilardan kelib chiqib shunday xulosa qilish mumkinki, ishtirokchilikda jinoyat ishtirokchilari ijtimoiy xavfli 
harakat sodir qilayotganliklarini, qilmishlari jinoyat ekanligi va o'z harakatlari natijasida qanday ijtimoiy xavfli oqibat 
kelib chiqishini oldindan ko'ra biladilar. 

Download 53,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish