Motivatsiya haqida umumiy tushuncha
Reja:
1 Motiv haqida tushuncha
2 «Motivatsiya» tushunchasi
SHaxsning jamiyatdagi ijtimoiy xulqi va uzini qanday tutishi, egallagan mavqei xam sababsiz, o’z-o’zidan ruy bermaydi. Faoliyatning amalga oshishi va shaxs xulk-atvorini tushuntirish uchun psixologiyada «motiv» va «motivatsiya» tushunchalari ishlatiladi. «Motivatsiya» tushunchasi ≪motiv≫ tushunchasidan kengroq ma’no va mazmunga ega. Motivatsiya — inson xulq-atvori, uning bog’lanishi, yo’nalishi va faolligini tushuntirib beruvchi psixologik sabablar majmuini bildiradi. Bu tushuncha u yoki bu shaxc xulqini tushuntirib berish kerak bo’lganda ishlatiladi, ya’ni: ≪nega?, ≪nima uchun?*, ≪nima maqsadda?≫, ≪qanday manfaat yo’lida?* degan savollarga javob qidirish — motivatsiyani tushuntirish demakdir. Demak, u xulqning motivatsion tasnifini yoritish olib keladi.
SHaxsning jamiyatda odamlar orasidagi xulqi va o’zini tutishi sabablarini o’rganish tarbiyaviy axamiyatga ega bo’lgan narsa bo’lib, masalani yoritishning ikki jixati farqlanadi: a) ichki sabablar, ya’ni xatti-xarakat egasining sub’ektiv psixologik xususiyatlari nazarda tutiladi (motivlar, extiyojlar, maqsadlar, mo’ljallar, istaklar, qiziqishlar va xokazolar); b) tashqi sabablar — faoliyatning tashqi shart-sharoitlari va xolatlari. Ya’ni, bular ayni aniq bir xolatlarning kelib chiqishiga sabab bo’ladigan tashqi stimullardir.SHaxs xulq-atvorini ichkaridan, ichki psixologik sabablar tufayli boshqarish odatda shaxsni dispozitsiyalar xam deb ataladi. Ular shaxs tomonidan anglanishi yoki anglanmasligi xam mumkin.Ya’ni, ba’zan shunday bo’ladiki, shaxs o’zi amalga oshirgan ishi yoki o’zidagi o’zgarishlarga nisbatan shakllangan munosabatning xaqiqiy sababini o’zi tushunib yetmaydi, ≪Nega?≫ degan savolga ≪O’zim xam bilmay qoldim, bilmayman≫, deb javob beradi. Bu anglanmagan dispozitsiyalar yoki ustanovkalar deb ataladi. Agar shaxs biror kasbga ongli tarzda qiziqib, uning barcha sir-asrorlarini egallash uchun astoydil xarakat qilsa, bunda vaziyat boshkacharok buladi, ya’ni, dispozitsiya anglangan, ongli xisoblanadi.
SHu nuqtai nazardan f motiv — aniqroq; tushuncha bo’lib, u shaxsdagi u yoki bu xulq-atvorga nisbatan turgan moyillik, xozirlikni tushuntirib beruvchi sababni nazarda tutadi. Mashxur nemis olimi Kurt Levin motivlar muammosi, ayniqsa,- shaxsdagi ijtimoiy xulq motivlari borasida keng qamrovli tadqiqotlar olib borib, shu narsani aniqdaganki xar bir odam o’ziga xos tarzda u yoki bu vaziyatni idrok qilish va baxolashga moyil buladi. SHunisi ajablanarliki, usha bir aniq vaziyat xususidagi turli shaxslarning baxolari xam turlicha buladi. Bundan tashqari, bir shaxsning o’zi xam o’zidagi xolat, kayfiyatga bogliq xolda bir xil vaziyatni aloxida xollarda turlicha idrok qilishga moyil bularkan. SHuning uchun xam odamning ayni paytdagi real xarakatlarini usha ma’lum sharoitdagi ichki va tashqi stimullarga uning bergan baxosi yoki reaktsiyasi sifatida qaramay, balki unda shunga o’xshash xolatlarni idrok qilishga ichki bir xozirlik — dispozitsiyaning mavjudligi bilan tushuntirish to’g’riroq, bo’ladi SHu ma’noda shaxs xulqining motivatsiyasi turli sharoitlardan ortgirilgan tajribaga tayangan, ongli taxlillar, xattoki, ijtimoiy tajriba normalarining ta’sirida shakllanadigan sabablar kompleksini o’z ichiga oladi. Masalan, texnika oliygoxlarida: ≪Materiallarning qarshiligi≫ nomli kurs bor deylik. SHu kursni ozlashtirish va undan sinovdan o’tish ko’pchilikka osonlikcha ruy bermaydi. Xali kurs boshlanmasdanok, yosh talabalarda shu kurs va uning talablariga nisbatan shunday ustanovka shakllanadiki, albatta, bu kurs kiyin, uni olib boruvchi o’kituvchi o’ta talabchan, qattiqqo’l va xokazo degan. Bunday motivatsiya mana necha avlod talabalar boshdan kechirayotgan holat. Endi aniq bir shaxening dars jarayoni boshlangandan keyingi xarakatlari aniq bir motivlar bilan izoxlanadi va tirishqoq talaba uchun bu fan xam boshqa fanlar katori tinimsiz izlanish, o’z vaqtida darslarni tayyorlashni talab qilsa, boshqasi uchun (dangasarok talaba uchun) bu darsdan keyin dars yo’k va u qachon shu semestr tugashini kutib xarakat kiladi. Xar kanday motivlarning orqasida shaxsning exgiyojlari yotadi.Ya’ni, maqsadli xayotda shaxsda avval u yoki bu exgiyojlar paydo bo’ladi va aynan ularning tabiati va zaruratiga bog’lik tarzda xulq motivlari namoyon bo’ladi. Misol uchun talabaning o’quv faoliyatini olish mumkin. Bilim olish maqsadi bilim, ilm olish, qiziquvchanlik ehtiyojini paydo kiladi. Bu extiyoj taraqqiyotning ma’lum bir davrida, masalan, bog’cha yoshidan boshlab koniktirila boshlaydi. Bolaga sotib olib berilgan kitoblar, daftar va boshka ukuv kurollari, ma’lum ta’lim maek anida tashkil etilgan shart-sharoitlar va u yerdagi bevosita bilim olishga karatilgan faoliyatning uzi, bola uchun motiv o’rnini bosadi. Yana bir oddiy misol: qo’lingizda kitob bor. Siz xali uni o’qishni boshlamadingiz. Lekin o’ish istagi bor, shu istakning ortida esa, o’sha mazmunni bilish va uning tagiga yetish extiyoji turadi. Rus olimi R. Nemov shaxsdagi motivatsion soxani quyidagicha tasavvur kiladi. Umuman, xar qanday shaxsdagi mavjud ehtiyojlarni ikki guruxga bo’lish mumkin:
1. Biologik ehtiyojlar — bu — fiziologik (tashnalik, ochlik, uyqu), jinsiy, moslashuv extiyojlari.
2. Ijtimoiy ehtiyojlar — bu — mexnat kilish, bilish, estetik va axlokiy-ma’naviy exgiyojlar.
Ehtiyojlarni biologik xamda ijtimoiy turlarga bo’lganimiz bilan shu narsani unutmasligimiz lozimki, shaxsdagi xar qanday ehtiyojlar xam ijtimoiylashgan bo’ladi, ya’ni, ular o’sha jamiyat va muxitdagi qadriyatlar, madaniy me’yorlar va insonlararo munosabatlar xarakteriga bog’liq bo’ladi. Masalan, eng tabiiy va tushunarli xisoblangan bizning yemishga — ovqatga bo’lgan ehtiyojimizni olsak, u xam aniq bir muxitga qarab turlicha xarakatlarni keltirib chiqaradi. Yana misol uchun, to’y marosimlari yoki juda to’kin dasturxon atrofida o’tirgan odam nima uchun shunchalik ko’p ovqat iste’mol qilib yuborganini bilmay qoladi. Agar bu tabiat qo’yni yoki paxta dalasidagi xashar bo’lsa-chi, bir burda issiq non ham butun tanaga roxat baxsh etuvchi malkam bo’lib, ochlikni bilintirmaydi. Kamtarona dasgurxondan ovqat yeb o’rgangan kishi oz-oz yeyishga o’rgansa, yoshligidan me’yordan ortiq yeb o’rgangan odam vrach oldiga borib, o’zi uchun ozdiruvchi dori-darmon surasa so’raydiki, lekin uyda o’zi yemishini nazorat qilishi kerakligini bilmaydi. Demak, bu xam madaniyatga, etikaga, oila muxitiga bevosita bogliq; narsa ekan-da.Umuman shaxs ijtimoiy xulqi motivi xakida ran ketganda, uning ikki tomoni yoki elementi ajratiladi: xarakat dasturi va maqsadi. Xarakat dasturi maqsadga erishishning vositalariga aniqlik kiritadi. SHuning uchun xam dasturda nazarda tutilgan vositalar maqsadga erishishni oqlashi kerak, aks xolda dastur Xech narsa bermaydi. Masalan, ba’zi ota-onalar farzandlarini yaxshi tarbiyalash va undan ideallaridagi shaxs yetishib chiqishini orzu qilib, uning oldiga juda og’ir tarbiyaviy shartlarni qo’llaganlar, bunda bola erkinligi buziladi, u qat’iy nazorat muxitida ushlanadi. Oqibatda bola keyinchalik boshqarib bo’lmaydigan, qaycar, uncha-muncha tashqi ta’sirga berilmaydigan bo’lib qolib, xar qanday boshqa ijtimoiy sharoitda qiynaladigan bo’lib koladi. SHuning uchun xam motiv xar doim anglangan, exgiyojlar muvofiqlashtirilgan va maqsadlar va unga yetish vositalari aniq bo’lishi kerak. SHundagina ijtimoiy xulq jamiyatga mos bo’ladi.__
Do'stlaringiz bilan baham: |