O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi



Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/141
Sana16.12.2022
Hajmi53,9 Mb.
#888539
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   141
Bog'liq
Жиноят хукуки умумий кисм

Yer yuzi chegarasi — 
xalqaro bitimlar bilan belgilangan davlat chegarasi. Yer yuzi chegarasiga suv bilan 
qoplanmagan hududlar shuningdek, orollar kiradi. O'zbekiston Respublikasi hududida sun'iy ravishda hosil qilingan 


16 
hududlar ham, masalan, sun'iy orollar, suvda qurilgan uy, shuningdek, texnik qurilmalar, masalan, ko'priklar, suv osti 
quvurlari ham yer yuzi chegarasi hisoblanadi. 
Anklavlar (boshqa davlat chegaralari bilan to'rt tomondan o'ralgan vn dcngizga chiqish mumkin bo'lmagan 
hududlar), shuningdek, i|Mlliq holdagi suv resurslari - muzliklar ham yer yuzi chegarasi Nifntida e'tirof etiladi. 
Suv chegarasi — 
davlat hududidagi suyuqlik holida mavjud bo'lgan suvlar. Suv chegarasi ichki va hududiy 
suvlarga bo'linadi. Yer osti suvlari va mineral suvlar suv chegarisiga kirmaydi. 
Agar suv (ko'llar, daryolar) bir necha davlat chegarasi doirasida bo'lsa, ko'llar maxsus chegara belgilari bilan, daryolar 
suv o(|imining o'rta qismidan chegaralanadi. Masalan, O'zbekiston bilan Al'g'oniston chegarasi Amudaryoning uzuniga 
suv o'rtasi hisoblanadi. Ochiq dengiz va okeanlar hech bir davlatning hududi hisoblanmaydi. Dengiz va okeanlar bilan 
tutashgan davlatning suv ilicgarasi esa, xalqaro bitimlar bilan belgilanadi. O'zbekiston Kespublikasining jinoyat 
qonunining amal qilish doirasi qaysi davlat hududida bo'lishidan qat'iy nazar, O'zbekiston Respub-likasinig harbiy 
kemalari va samolyotlariga nisbatan ham amal qiladi. Jinoyat qonunining amal qilish doirasi ochiq dengizda suzayotgan 
harbiy bo'lmagan kemalar va ular ustidagi havo havzalarida uchayotgan samolyotlarga nisbatan ham amal qiladi. 
Havo havzasi 
deganda, quruqlik va suv ustidagi hudud lushuniladi. 
Jinoyat kodeksining 11-moddasida belgilangan to'rt holat, nafaqat, o'zining mazmuni jihatidan obyektiv 
hisoblanadi, balki qonunda bu holat jinoyat tarkibi obyektiv tomoni belgilariga qarab belgilagan. Bu elementlar bevosita 
jinoyat obyektiv tomonini tashkil etadi. Boshqa belgilar jinoyatni sodir etilgan hududini aniqlashiga la'sir ko'rsatmaydi, 
ammo sud va tergov organlari tomonidan ко'rib chiqilishi lozim. 
Jinoyat kodeksining 11-moddasi jinoyat sodir etilgan hududni lining namoyon bo'ladigan turli shakllariga nisbatan 
(jinoyatga layyorgarlik ko'rish, suiqasd qilish, ishtirokchilikda jinoyatni sodir qilish) jinoyat tarkibiga doir qoidalarni 
aniqlash imkonini beradi. 
Qonunga ko'ra, jinoyat tarkibiga obyektiv tomondan faqat ijtimoiy xavfli bo'lgan qilmishlargina kiritiladi, 
jinoyatning oqibati esa, bunga kiritilmaydi, chunki qilmishni yuridik baholash uchun ro'y berishi mumkin bo'lgan oqibat 
e'tiborga olinmaydi, muayyan ijtimoiy xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizlik) sodir etilgan joy jinoyatning sodir 
etilgan joy hisoblanadi. 
Jinoyat tarkibining obyektiv tomoniga ij'timoiy xavfli qilmish bilan bir qatorda jinoiy oqibatlar ham kiritiladi, 
qoidaga ko'ra, muayyan ijtimoiy xavfli oqibat ro'y bergan joy qilmish sodir etilgan joy, deb hisoblanadi. Bu qoida 
O'zbekiston hududidan tashqarida boshlangan, lekin oqibati esa O'zbekiston hududida ro'y bergan qilmishlarga nisbatan 
ham tatbiq etiladi. 
Uzoqqa cho 'zilgan, davomli, murakkab tarkibli 
jinoyatlar sodir etilgan joyni aniqlash ham muhim ahamiyatga 
ega bo'lib, ular bir necha davlat hududlarida bajarilgan hollarda paydo bo'ladi. Jinoyat kodeksining 11-moddasi, 2-
qismi, «g» bandiga muvofiq, agar O'zbekiston hududida boshqa qilmishlar bilan qo'shilib yoki muqobil ravishda yagona 
murakkab jinoyatni vujudga keltirgan harakatlarning faqat bir qismi bajarilgan, boshlangan, tugatilgan yoki to'xtatilgan 
bo'lsa, u holda jinoyat O'zbekiston Respublikasi hududida sodir etilgan, deb hisoblanishi lozim. 
Ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlarning joyini aniqlashda bajaruvchining jinoiy xatti-harakatni amalga 
oshirgan joyi inobatga olinishi kerak. Shu boisdan, agar tashkilotchi, dalolatchi va yordamchilar o'z faoliyatlarini 
O'zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida amalga oshirgan, ayni paytda bajaruvchi muayyan jinoyat tartibini 
qisman yoki to'la O'zbekiston hududida bajargan bo'lsa, u holda, bunday jinoyatni sodir etilgan joyi O'zbekiston 
Respublikasi deb topilib, barcha jinoyat ishtirokchilari O'zbekiston Respublikasi jinoyat qonuniga binoan javobgarlikka 
tortilishi lozim. Tashkilotchi, dalolatchi, yordamchi o'z vazifalarini O'zbekiston hududida bajargan bo'lsa-yu, lekin 
bajaruvchi jinoyatni mazkur hududdan tashqarida sodir etgan hollarda ham masala xuddi shunday hal qilinadi. 
Jinoyat kodeksining /11-moddasi, 4-qismiga muvofiq, shuning-dek, «Chet el davlatlarining diplomatik va 
konsullik vakolatxonalari to'grisida»gi Nizomga ko'ra, quyidagilar jinoyat yurisdiksiyasidan, ya'ni shaxsiy 
immunitetdan foydalanadUar va daxlsiz hisoblanadilar: 
1) diplomatik vakolatxonalar boshliqlari (elchi, ishonchli vakil); I 
2) maslahatchilar; 
3) savdo vakillari va ularning o'rinbosarlari; 
4) harbiy-dengiz va harbiy havo attashelari; 
5) sekretar-arxivariuslar; 
6) ularning oila a'zolari va ular bilan birga yashovchilar. 
O'zbekiston Respublikasida jinoiy yurisdiksiyadan cheklangan darajada konsullik xizmatidagi mansabdor 
shaxslar, diplomatik vakolarxonalar xodimlari, shuningdek, xalqaro tashkilotlarning vakillari va mansabdor shaxslari, 
parlament va hukumat delegat-siyalarining a'zolari foydalanishadi. 
Hududiy daxlsizlik huquqidan foydalanuvchi shaxslar doirasi manfaatdor taraflarning kelishuviga muvofiq 
kengaytirilishi mumkin. Hududiy daxlsizlik huquqi, shuningdek, diplomatik vakolatxonalarning hududi, xizmat va turar 
joylariga ham taalluqli hisoblanadi. Ammo bu huquq diplomatik vakillik funksiyalardan g'arazli maqsadlarda 
foydalanish huquqini bermaydi. 
Jinoyat kodeksining 12-moddasi jinoyat qonunida nazarda tutilgan 

Download 53,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish