O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi



Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/141
Sana16.12.2022
Hajmi53,9 Mb.
#888539
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   141
Bog'liq
Жиноят хукуки умумий кисм

 
NAZORAT SAVOL1ARI 
1. Jinoyat qonuni va lining belgilari nimalardan iborat? 
2. Jinoyat qonuni kim yoki qaysi davlat organi tomonidan qabul qilinadi? 
3. Jinoyat kodeksining «Umumiy» qismi normalari bilan «Maxsus» qismi normalari farqi nimada? 
4. Dispozitsiya nima? Ularning turlarini bayon eting. 
5. Sanksiya nima? Ularning turlarini izohlang. 
6. Jinoyat qonunining amal qilish doirasi deganda, nimani tushunasiz? 
8. Jinoyat qonunlarining vaqt bo'yicha amal qilish tartibi qanday? 
9. Jinoyat qonuni qaysi hollarda orqaga qaytish kuchiga ega? Ularning har biriga alohida to'xtalib o'ting. 
10. Jinoyat qonunlarini sharhlash deb, nimaga aytiladi va sharhlashning qanday turlaridan ko'proq 
foydalaniladi? 
 
 
3-bob. JINOYAT TUSHUNCHASI
3.1. Jinoyat tushunchasi va belgilari
Jinoyat tushunchasi jinoyat huquqi fanining predmetini tashkil etuvchi toifalardan bin hisoblanadi. Jinoyat 
huquqida boshqa huquq tarmoqlari uchun baza hisoblangan «jinoyat» tushunchasining mohiyati ochib berilgan. 
Jinoyat huquqining asosiy vazifasi shaxs va jamiyat o'rtasida yuzaga keladigan nizolarning ijtimoiy xavfli 
ekanligi va ularning jinoyat huquqiy tartibga solinishi kerakligini belgilashdan iboratdir. 
Jinoyat - 
bu ijtimoiy va huquqiy hodisa hisoblanadi. 
Jinoyat kodeksining 2-moddasida ko'rsatilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida jinoyat tushunchasini 
belgilab qo'ygan. 
Jinoyat kodeksida jinoyat tushunchasi aniq belgilangan bo'lib, 14-moddaning 1-qismiga ko'ra, Jinoyat kodeksi 
bilan taqiqlangan, aybli ijtimoiy xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizlik) jazo qo'llash tahdidi bilan jinoyat, deb 
topiladi. 
Jinoyat - 
shaxsning jinoyat qonuni bilan taqiqlangan ma'lum bir shakldagi xatti-harakati hisoblanadi. 
Jinoyat tushunchasi 
harakat yoki harakatsizlik shaklidagi shaxsning xulq-atvori (xatti-harakati, faoliyati)ni 
ifodalaydi. Shu bilan birga, jinoyat qonunida ruhiy jarayonlar, o'ylar, fikriy xulosalar qanchalik zarar keltiruvchi 
bo'lishiga qaramay, jinoyat hisoblanmasligi belgilab qo'yilgan. 
Jinoyatga moddiy tushuncha berish g'oyat muhim bo'lib, bu nafaqat' jinoyat huquqining o'ziga, balki jinoyat-
protsessual, jinoyat-ijroiya huquqi, kriminalistika, kriminologiya va boshqa huquqiy fanlar uchun ham zarardir. 
Shaxs tomonidan sodir qilingan qilmish (harakat yoki harakatsizlik) jinoyat, deb hisoblanishi uchun u ijtimoiy 
xavfli bo'lishi kerak. 
Ijtimoiy xavflilik — 
bu jinoyat qonuni bilan qo'riqlanadigan manfaatlar (obyektlar)ga zarar yetkazilishi yoki 
shunday zarar yctkazish xavfi hisoblanadi. 
Demak, shaxs tomonidan sodir qilingan qilmish jinoyat, deb hisoblanishi uchun u ijtimoiy xavflilik xususiyatiga 
ega bo'lishi kerak, bunday qilmish quyidagi shakllarda namoyon bo'ladi: 
1. 
Harakat — 
bu faol xulq-atvor bo'lib, nafaqat, shaxs tana a'zolarining (jismoniy) harakatida ifodalanadi, u aytilgan 
so'z, ruhiy, tahdidlar (qo'rqitishlar)da ham namoyon bo'lishi mum-kin. 
2. Harakatsizlik ~ 
passiv xulq-atvor bo'lib, bajarilishi shart yoki mumkin bo'lgan majburiyatni bajarishning real imkoni 
bo'la turib bajarmaslikda ifodalanadi. 


19 
3. 
Aralash jinoyatlar - 
bu shunday jinoyatlarki, ular obyektiv tomondan harakat va harakatsizlik yig'indisidan iborat 
bo'ladi yoki boshqacha aytganda, harakat va harakatsizliklar natijasi hisoblanadi. Bunday jinoyatlar ko'pincha ma'lum 
bir qoidani buzish bilan bog'liq bo'ladi. Masalan, Jinoyat kodeksining 204, 260, 266-mod-dalarida javobgarlik 
belgilangan qilmishlar. 
Harakat bilan sodir etilgan jinoyatlar bir yoki bir necha harakatlardan iborat bo'lishi mumkin. Harakat bilan 
sodir etilgan jinoyatlarda harakatning boshlanishi va tugallanishi boshqa jinoyat-huquqiy hodisalarni - jinoyatdan 
ixtiyoriy qaytish, zaruriy mudofaa, oxirgi zarurat, ishtirokchilik kabilarni belgilab berishi ham mumkin. Masalan, 
ishtirokchilikda amalga oshirilayotgan harakatlarda jinoyat tashkilotchi, dalolatchi harakatlari bilan boshlansa, 
bajaruvchi harakati bilan tugallanadi. 
Bundan tashqari, «jinoiy harakat» jinoyat huquqida takroran sodir etilgan jinoyatlar, uzoqqa cho'zilgan va 
davomli jinoyatlami aniqlashga yordam beradi. Shuningdek, harakat tushunchasi orqali jinoyat sodir etish bosqichlari
tamom bo'lmagan jinoyatlami ham aniqlash mumkin. 

Download 53,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish