121
2. Sud jazo tayinlashda nimalarni hisobga olish kerak?
3. Jinoyatlarning xususiyati deganda nimalarni tushunasiz?
4. Jinoyatlarning ijtimoiy xavfliligi deganda nimani tushunasiz?
5. Jinoyat tufayli yetkazilgan zararning xususiyati deganda nimani tushunasiz?
6. Jinoyat tufayli yetkazilgan zararning miqdorlarini bayon eting.
7. Aybdorning shaxsi deganda nimalarni tushunasiz?
8. Jazoni yengillashtiruvchi holatlar deganda nimani tushunasiz?
9. Jazoni og'irlashtiruvchi holatlarning huquqiy ahamiyati nimalarda ifoda-lanadi?
10. Bir necha jinoyatlar uchun jazo tayinlash tartibi qanday?
11. Bir necha jinoyatlar yuzasidan qo'shimcha jazolarni tayinlash tartibi qanday?
12. Bir necha hukmlar bo'yicha jazo tayinlash tartibi qanday?
16-bob. JAVOBGARLIKDAN OZOD QILISHNING TURLARI
16.1. Jinoiy javobgarlikdan ozod qilish va uning turlari
Jinoyat qonuniga muvofiq, sodir etgan qilmishida jinoyat tarkibi mavjud bo'Igan, shuningdek, jinoyat sodir
etishda aybdor deb topilgan shaxs ham jinoiy javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin. Jinoiy javobgarlikdan ozod qilish
instituti sodir etilgan qilmish Jinoyat kodeksida javobgarlik belgilangan jinoyatni sodir etishdan ixtiyoriy qaytish (26-
modda), muayyan jinoyat tarkibi mavjud bo'lgari, ammo kam ahamiyatli qilmish (36-modda), zaruriy mu-dofaa (37-
modda), oxirgi zarurat (38-modda), ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida zarar yetkazish (39-mod-
da), buyruq yoki vazifani ijro etish, kasb yoki xo'jalik faoliyati bilan bog'liq bo'Igan asosli tavakkalchilik kabi jinoyat
huquqiy munosabatlarda qilmishning jinoiyligini istisno etuvchi holatlar tushunchasi bilan ifodalanuvchi holatlardan
farq qiladi. Chunki jinoiy javobgarlikdan ozod qilish haqidagi normalar sodir etgan qilmishi jinoyat bo'lmagan
shaxslarga nisbatan qo'llanilmaydi. Boshqacha qilib aytganda, bunday qilmishlar aybsizlik mezoni bilan baholanadi.
Jinoiy javobgarlikdan ozod qilish shaxsni oqlashdan ham farq qiladi. Shaxsni oqlash, oqlovchi hukm
chiqarishga asos bo'Igan jinoyat tarkibining mavjud emasligi yoki sodir etilgan jinoyatga shaxsning
aloqador emasligida
ifodalanadi.
Jinoiy javobgarlikdan ozod qilish uchun ikki belgi mavjud bo'lishi lozim:
a) shaxsning jinoyat tarkibi mavjud bo'Igan qilmishni sodir etishi, shuningdek, uni jinoiy javobgarlikka tortish uchun
barcha asoslarning mavjud bo'lishi;
b) mazkur shaxsni jinoiy javobgarlikdan ozod qilish uchun barcha qonuniy asos va shart-sharoitlarning mavjud
bo'lishi.
Shaxs tomonidan sodir etilgan qilmishda jinoyat tarkibi belgilarining mavjud bo'lmasligi, uni jinoiy
javobgarlikka tortish uchun asos bo'lmaydi.
Jinoiy javobgarlikdan ozod qilish o'z mazmuniga ko'ra, shaxsni sodir etilgan qilmishning huquqiy oqibatlaridan
ozod qilishdan iboratdir. Shaxsni jinoiy javobgarlikdan har qanday asoslarga ko'ra ozod qilish qilmishning huquqiy
tabiatini o'zgartirmaydi. Chunki sodir etilgan qilmish doimo jinoyat bo'lib qolaveradi va o'z mohiyatini o'zgartirmaydi.
122
Demak,
jinoiy javobgarlikdan ozod qilish ~
vakolatli davlat organining sudlov yoki
ayblovni bekor qilish,
shuningdek, jinoyat sodir etishda aybdor bo'Igan shaxsga nisbatan davlat majburlov chorasini qo'llashni bekor qilish
haqidagi akti.
Jinoiy javobgarlikdan ozod qilish ikkiga bo'linadi:
•
birinchisi
shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish muddatining o'tganligi yoki amnistiya akti asosida jinoiy
javobgarlikdan ozod qilish.
Qonunda ko'rsatilgan asoslar mavjud bo'Igan hollarda jinoyat ishini ko'rayotgan surishtiruv, tergov organlari va
sud shaxsni jinoiy javobgarlikdan ozod qilishi va jinoyat ishini yuritishni tugatishi lozim. Bu Jinoyat kodeksining 64-
moddasida belgilangan jinoiy javobgarlikka tortish muddatining o'tishi yoki amnistiya aktining qo'llanishi to'g'risidagi
qoidalardan kelib chiqadi.
Jinoiy javobgarlikdan ozod qilishning ikkinchi turiga, javobgarlikdan ozod qilishning qolgan barcha turlari
kiradi: qilmish yoki shaxsni ijtimoiy xavfliligini yo'qotganligi
munosabati bilan; aybdorning o'z qilmishiga chin
ko'ngildan pushaymon bo'lganligi munosabati bilan; yarashganlik munosabati bilan; kasalligi tufayli javobgarlikdan
ozod qilish (65—67-moddalar) va voyaga yetmagan shaxsga nisbatan majburlov chorasini qo'llagan holatda javob-
garlikdan ozod qilish (88-modda) kiradi. Bu moddalarda ko'rsa-tilgan holatlar surishtiruvchi,
tergovchi, prokuror va sud
uchun majburiyat keltirib chiqarmaydi, balki bu ularning huquqlari bo'lib hisoblanadi. Bu Jinoyat kodeksining jinoiy
javobgarlikdan ozod qilish haqidagi moddalarida belgilangan: «Jinoyat sodir etgan shaxs jinoiy javobgarlikdan ozod
qilinishi mumkin», degan qonuniy asosga ko'ra belgilanadi.
Jinoiy javobgarlikdan ozod qilishning umumiy sharti shaxsning ijtimoiy xavfi katta bo'lmagan yoki uncha og'ir
bo'lmagan jinoyat sodir etganligi hisoblanadi.
Ijtimoiy xavfi katta bo'lmagan qilmish deganda, qasddan
sodir etilib, qonunda uch yildan ko'p bo'lmagan
muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar tushuniladi.
Uncha og'ir bo'lmagan jinoyatlarga esa, qasddan sodir etilib, qonunda uch yildan ortiq, lekin besh yildan ko'p bo'lmagan
muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar, shuningdek, ehtiyotsizlik
oqibatida sodir
etilib, qonunda besh yildan ko'p bo'lmagan muddatga ozodlikdan mahrum etish tarzidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar
kiradi. Masalan, zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib, qasddan odam o'ldirish (Jinoyat kodeksining 100-
moddasi), kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan badanga og'ir yoki o'rtacha og'ir shikast yetkazish (Jinoyat
kodeksining 106-moddasi).
Jinoyat kodeksining 65-67-moddalariga asosan javobgarlikdan ozod qilishda jinoyatning tasnifidan tashqari
boshqa holatlar, yetkazilgan zararning xususiyati, aybdorning shaxsi va ijtimoiy xavflilik darajasi ham e'tiborga olinishi
lozim, bundan shaxsni jinoiy javobgarlikdan ozod qilish maqsadga muvofiqliligi kelib chiqadi. Bunday holatlarga:
jinoyat tufayli yetkazilgan zararning aniq miqdori va uni qoplanganligi haqidagi rasmiy ma'lumotlar, Fuqarolik
kodeksida ko'rsatilgan jismoniy va ma'naviy zararning qoplanganligi, jinoiy javobgarlikdan ozod qilish masalasi
ko'rilayotgan shaxs haqidagi ma'lumotlar, shuningdek, boshqa ma'lumotlar (oilaviy ahvoli, nima bilan shug'ullanishi va
boshqalar) kiradi. Jinoyat protsessual qonunchiligida belgilangan dalillar va jinoiy javobgarlikdan ozod qilish
shartlari
aniqlangan bo'lishi lozim.
Yuqorida ko'rsatilgan jinoiy javobgarlikdan ozod qilish turidan farqli ravishda, kasalligi tufayli yoki shaxs
ijtimoiy xavfliligini yo'qotganligi, javobgarlikka tortish muddatining o'tishi, shuningdek, amnistiya akti bilan
javobgarlikdan ozod qilishda sodir etilgan jinoyatning aniq bir turi ko'rsatilmagan. Bunday ozod qilish ijtimoiy xavfi
katta bo'lmagan yoki uncha og'ir bo'lmagan jinoyatni sodir etgan shaxs bilan bir qatorda og'ir va o'ta og'ir jinoyat sodir
etgan shaxslarga nisbatan ham qo'llaniladi.
Ikkinchi farqi shundaki, javobgarlikka tortish muddatining o'tishi bilan yoki amnistiya akti asosida jinoiy
javobgarlikdan ozod qilish jinoiy ishni ko'rayotgan surishtimv organlari, prokuratura va sud
uchun qonunda belgilangan
holatlar aniqlangan vaqtdan boshlab majburiy hisoblanadi.
Jinoiy javobgarlik va jazodan ozod qilish tushunchasi bir-biridan mazmun jihatidan farq qiladi:
•
Do'stlaringiz bilan baham: