124
qatorda tashkilotchi, dalolatchi, yordamchilar ishtirok etadi. Bajaruvchi jinoyatning obyektiv tomonini bajargan
vaqtidan boshlab javobgar hisoblanadi.
Tashkilotchi jinoyat qonuniga ko'ra, ekssess bajaruvchini istisno etganda ishtirokchilar tomonidan sodir etilgan
barcha jinoyatlar uchun javobgar bo'ladi. Tashkilotchining harakati bir qancha bosqichdan iborat bo'lishi mumkin. Agar
tashkilotchi faqat jinoiy guruhni tashkil etish bilan cheklangan bo'lsa, jinoiy maqsadga qaratilgan so'nggi harakati
bajarilgunga qadar jinoiy javobgarlikka torish muddati o'tmagan hisoblanadi.
Dalolatchini jinoyat ishtirokchisi sifatida jinoiy javobgarlikka tortish bajaruvchi tomonidan jinoyat sodir etilgan
vaqtdan hisoblanadi. Dalolatchini jinoiy javobgarlikka tortish muddati, u tomonidan dalolatchilik harakati
amalga
oshirilgan vaqtdan boshlab hisoblanadi. Dalolatchining harakati mustaqil xususiyatga ega. Uning jinoiy harakati shaxsni
jinoyat sodir etishga og'dirgan vaqtidan boshlab tamom bo'lgan hisoblanadi. Dalolatchiga nisbatan jinoiy javobgarlikka
tortish muddatining qo'llanishi bajaruvchi tomonidan jinoyat sodir etilgan vaqtga bog'liq emas.
Shuning uchun
dalolatchiga nisbatan javobgarlikka tortish muddati, u dalolat qilayotgan shaxsni jinoyat sodir etishga jalb qilgan
kundan boshlab hisoblanadi. Bu dalolatchi tomonidan qilingan harakatlar shaxsni jinoyat sodir etishga og'dirmagan
holda tatbiq etilmaydi. Bunday harakat ishtirokchilikda dalolatchilik bo'lmasdan, balki jinoyatga tayyorgarlik
hisoblanadi. Bunda jinoiy javobgarlikka tortish muddati oxirgi jinoiy harakat sodir etilgan vaqtdan boshlab hisoblanadi.
Ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlarda yordamchi ham o'z o'rniga ega bo'lib, uning jismoniy yordamchilik
qilganida (jinoyat sodir etish uchun qurol yetkazib berish) javobgarlikka tortish muddati oxirgi harakat sodir etilgan
vaqtdan hisoblanadi.
Intellektual yordamchilik ko'p marotaba maslahatlar, ko'rsat-malar berish, bajaruvchi bilan muloqot qilish
kabilardan iborat bo'lib, uning har bir harakati jinoyatni sodir etishda umumiy bog'liqlikni tashkil etadi. Shuning uchun
bu jinoiy harakat tugagungacha yordamchilik tamom bo'lgan hisoblanmaydi. Javobgarlikka tortish muddati oxirgi
yordamchilik harakati amalga oshirilgan (maslahat, ko'rgazma berish) vaqtdan boshlab tugallangan hisoblanadi.
Shunday qilib, ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlarda javobgarlikka tortish muddatini hisoblash turli
usullarda amalga oshiriladi. Ishtirokchilarning bajaruvchi bilan aloqadorligi, ular alohida, ko'p hollarda turli vaqtlarda
sodir etiladi. Ularning ijtimoiy xavfliligi, har bir holatga qarab, alohida belgilanadi. Ayni shu asos ishtirokchilardan har
birining harakati uchun bajaruvchidan alohida javobgarlikka tortish muddatini hisoblash imkonini beradi.
Ishtirokchilikda jinoyat sodir etishda ulardan har birining jinoyat sodir etishdagi roliga qarab alohida-alohida
belgilanadi.
Jinoiy javobgarlikka tortish muddatini belgilashda asosiy e'tibor davomli va uzoqqa cho'zilgan jinoyatlarga
nisbatan muddatni hisoblashga qaratilishi lozim.
Uzoqqa cho'zilgan jinoyatni kvalifikatsiya qilishda aynan jinoyatning boshlanish vaqtini jinoiy harakat sodir
etilish vaqtidan, jinoyatning tamom bo'lish vaqti esa, aybdorning o'zini jinoyatni tugatishga yoki qaratilgan yoki
qilmishning tamom bo'lishiga sabab bo'luvchi holatlarning yuz berishini e'tiborga olish lozim. Ushbu jinoyatning tamom
bo'lish vaqtini belgilaydi. Jinoyat tamom bo'lgan vaqtdan boshlab jinoiy javobgarlikka tortish muddati o'ta boshlaydi.
Jinoiy javobgarlikka tortish muddati uzoqqa cho'zilgan jinoyatlarda qilmish aybdorning o'ziga bog'liq bo'lgan
holatlarga aybdorning o'zi yoki o'ziga bog'liq bo'lmagan boshqa holatlarga ko'ra tamom bo'lish vaqtidan hisoblanadi.
Uzoqqa cho'zilgan jinoyatlarda jinoiy javobgarlikka tortish muddati jinoyatning faktik
jihatdan tugaganligini
belgilovchi holat (aybdorning aybini bo'yniga olishi yoki uning usManishi)ning yuzaga kelishi bilan boshlanadi.
Davomli jinoyatlarda jinoiy javobgarlikka tortish muddati aybdorning yagona qasdi asosida sodir etilgan oxirgi jinoiy
harakatning tugashi bilan o'tishni boshlaydi.
Bir qancha jinoyatlarda ham jinoiy javobgarlikka tortish muddati o'ziga xos xususiyatga ega. Jinoyatlaming real
jamida Jinoyat kodeksining 64-moddasidan kelib chiqib, shaxs alohida harakatlar orqali turli jinoyatlar sodir etganida,
jinoiy javobgarlikka tortish muddati uning har bir jinoiy qilmishi uchun alohida-alohida hisoblanadi. Bu o'rinda Jinoyat
kodeksining 64-moddasi, 4-qis-midagi yangi qasddan jinoyat sodir etilishi oldingi sodir etilgan og'ir yoki o'ta og'ir
jinoyat uchun jinoiy javobgarlikka tortish muddatini o'tishini to'xtatadi. Bu o'rinda muddatning o'tishi yangi jinoyat
sodir etilgan vaqtdan boshlab hisoblanadi.
Jinoyatlaming ideal jamida bir harakat orqali shaxs ikki yoki undan ortiq jinoyat sodir etsa, muddatning o'tishi
har biri uchun alohida-alohida hisoblanadi.
Takroriy jinoyat sodir etilganda muddatni hisoblashda har bir sodir etilgan qilmishdan kelib chiqish lozim.
Takroriy jinoyat sodir etish birinchi jinoyat uchun javobgarlikka tortish muddati o'tib ketmagan bo'lsa ahamiyatga ega
bo'ladi. Shuning uchun takroran jinoyat sodir etilganida muddatning o'tishi ularning har biri uchun alohida-alohida
hisoblanadi.
Agar shaxs jismoniy yoki ruhiy kasalligi tufayli javobgarlikdan ozod qilingan va tuzalgan bo'lsa, muddatning
o'tishi jinoyat sodir etilishi bilan emas, balki shaxs tuzalgan vaqtdan boshlab hisoblanadi.
Jinoiy javobgarlikka tortish muddatini hisoblash, jinoyat sodir etilgan kundan boshlab
hukm qonuniy kuchga
kirgunga qadar davom etadi. Bu qoida jinoiy javobgarlikka tortish muddatining tugashini belgilaydi.
Shaxs belgilangan muddat o'tmasdan, yangi jinoyat sodir etsa, jinoiy javobgarlikka tortish muddati uziladi va har bir
jinoyati uchun alohida-alohida hisoblanadi. Shaxs og'ir yoki o'ta og'ir jinoyat sodir etganda va belgilangan muddat
125
o'tmasdan turib, yangi qasddan jinoyat sodir etsa, muddat uziladi va javobgarlikka tortish muddati yangi jinoyat sodir
etilgan kundan boshlab hisoblanadi (Jinoyat kodeksining 64-moddasi, 4-qismi).
Jinoiy javobgarlikka tortish muddati agar jinoyat sodir etgan shaxs tergov yoki suddan yashirinsa uziladi.
Muddat o'tishining uzilishini asosiy shartlari:
1) jinoyat ishini qo'zg'atilishi bilan bog'liq bo'lib, agar jinoyat ishi qo'zg'atilmagan bo'lsa, odil sudlovdan bosh tortish
haqidagi masalaning bo'lishi ham mumkin emas;
2) ayblanuvchining sud va tergovdan bo'yin tovlashi hisoblanadi.
Sud va tergovdan bo'yin tovlash deganda, shaxsning jinoiy javobgarlikdan qochish maqsadida qilingan va sud
hamda tergov organlarining tegishli hududlarda ayblanuvchini qidirish bilan bog'liq harakatlari tushuniladi. Shaxsni
qidirish bilan bog'liq bo'lgan muddat javobgarlikka tortish muddatiga qo'shilmaydi. Muddatning o'tishi
aybdor topilgan
yoki aybini bo'yniga olib, arz qilgan kundan boshlab hisoblanadi.
Bunda shaxs ongli ravishda jinoiy javobgarlikdan bo'yin tovlashga harakat qiladi va qidiruv organlari unga
nisbatan maxsus chora-tadbirlar ko'rishga majbur bo'ladilar. Bundan tashqari, qonunda maxsus 25 yillik muddat
o'rnatilgan bo'lib, bu muddatning o'tishi bilan shaxs jinoiy javobgarlikdan har qanday sharoitda, shu jumladan, jinoyat
sodir etgan shaxsning surishtiruv yoki tergovdan yashiringanligi uchun muddatning uzilishi yoki to'xtatib qo'yilishi yoki
og'ir yoxud o'ta og'ir jinoyat sodir etgandan so'ng qasddan yangi jinoyat sodir etgan hollarda ham jinoiy javobgarlikdan
ozod qilinadi.
O'lim jazosiga mahkum qilinishi mumkin bo'lgan jinoyatni sodir etgan shaxsni javobgarlikdan ozod qilish
masalasi esa, sud tomonidan hal qilinadi. Agar sud javobgarlikka tortish muddati o'tishi lozim deb topmasa, o'lim
jazosi
o'rniga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlaydi.
Agar shaxs Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismida nazarda tutilgan tinchlik va insoniyat xavfsizligiga qarshi
jinoyatlarni sodir etgan bo'lsa: urashni targ'ib qilish (150-modda); agressiya (151-mod-da); urushning qonun va
udumlarini buzish (152-modda); genotsid (153-modda), yollanish (154-modda); terrorizm (155-modda); milliy, irqiy
yoki diniy adovat qo'zg'atish (156-modda) kabi jinoyatlarni sodir etgani taqdirda javobgarlikka tortish muddati
qo'llanilmaydi.
Jinoyat-protsesual kodeksining 84-moddasi, 1-qismida shaxsni javobgarlikka torish muddati o'tib ketgan bo'lsa,
ayblilik masalasi hal qilinmay turib, jinoyat ishi tugatilishi lozimligi belgilangan.
Jinoiy javobgarlikdan ozod qilish: dastlabki tergov davrida — surishtiruv, tergov organlari va prokurorning jinoyat
ishini tugatish to'g'risidagi qarori; sud majlisini tayinlash bosqichida esa, sudning jinoyat ishini tugatish to'g'risidagi
ajrimi bilan tugatiladi.
Agar shaxs jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishga jalb qilingandan keyin, javobgarlikka tortish muddati
o'tgan bo'lsa, ayblanuvchi, sudlanuvchi vafot etgan taqdirda ayblanuvchi, sudlanuvchining yaqin qarindoshlari talab
qilsa, ishni umumiy tartibda davom ettirish mumkin. Bunday hollarda hukm qihsh uchun asoslar mavjud bo'lsa, ayblov
hukmi jazo belgilanmasdan chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: