O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi



Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/141
Sana16.12.2022
Hajmi53,9 Mb.
#888539
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   141
Bog'liq
Жиноят хукуки умумий кисм

birinchidan, 
qo'llanish asosiga ko'ra, jinoiy javobgarlikdan ozod qilish umumiy qoida bo'yicha faqat ijtimoiy xavfi 
katta bo'lmagan va uncha og'ir bo'lmagan jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan qo'llanilsa, jinoiy jazodan ozod 
qilishda jinoyatning tasnifi (og'irlilik darajasi)ga qat'iy bog'liq emas; 
• 
ikkinchidan, 
subyektiga ko'ra, jinoyat protsessi ishtirokchisi tomonidan jinoiy javobgarlikdan gumon qilinuvchi, 
ayblanuvchi va sudlanuvchi ozod qilinishi mumkin. Jinoiy jazodan esa, faqat mahkum, shuningdek, sud hukmi e'lon 
qilingan shaxs ozod qilinishi mumkin. 
Jinoiy javobgarlikdan shaxs, nafaqat, sud tomonidan, balki surishtimv, tergov va prokuratura organlari 
tomonidan jinoiy ishni dastlabki tergov jarayonida yoki shaxs jinoyat protsessi ishtirokchisi bo'lmay turib, ya'ni jinoyat 
ishini qo'zg'atishdan oldin ozod qilinishi mumkin. Jinoiy jazodan ozod qilish esa, faqat sud qarori bilan Ghioiy jazodan 
ozod qilib sudning hukmi, jinoyat ishni tugatish to'g'risidagi ajrim yoki qaror) chiqarish bilan amalgam oshiriladi. 
Aynan bir asos ishning qaysi bosqichda ko'rilayotganligiga qarab jinoiy javobgarlik va jazodan ozod qilishga 
ham xizmat qilishi mumkin. Yuqoridagi holat amnistiya aktiga tegishli bo'lib, u shaxsga nisbatan sud hukmi 
chiqarilgunga qadar jinoiy javobgarlikdan, sud hukmi chiqarilganidan so'ng esa, asosiy va qo'shimcha jazodan ozod 
qilish uchun tatbiq etiladi. 


123 
Jinoyat kodeksida jazodan ozod qilishning quyidagi turlari ko'rsatilgan: 
1) javobgarlikka tortish muddatining o'tib ketganligi munosa-bati bilan jinoyat uchun javobgarlikdan ozod qilish (64-
modda); 
2) qilmish yoki shaxs ijtimoiy xavfliligini yo'qotganligi muno-sabati bilan javobgarlikdan ozod qilish (65-modda); 
3) aybdor o'z qilmishiga chin ko'ngildan pushaymon bo'lgan-ligi munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilish (66-
modda); 
4) yarashilganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilish (66'-modda) 
5) kasallik tufayli javobgarlikdan ozod qilish ( 67-modda); 6)amnistiya akti asosida javobgarlikdan ozod qilish (68-
modda); 7)voyaga yetmagan shaxsga nisbatan majburlov chorasini qo'llagan holatda javobgarlikdan ozod qilish (88-
modda). 
Jinoiy javobgarlikdan ozod qilish huquqiyjihatdan jinoyat sodir etgan shaxsni sodir etilgan qilmishning barcha 
huquqiy oqibatlari: sud hukmi asosida davlat tomonidan tayinlanadigan va shaxsni rasmiy tarzda jinoyatchi, deb 
topadigan ta'sir chorasidan, jazodan va sudlanganlikdan ozod qiladi. Shuningdek, bu institutning qo'llanilishi barcha 
turdagi jinoyat protsessual majburlov va ehtiyot choralarini bekor qiladi. Shaxsni jinoiy javobgarlikdan ozod qilish 
uning aybsizligini anglatmaydi va uni fuqarolik-huquqiy, masalan, sodir etgan qilmishi uchun mulkiy javobgarlikni 
qo'llash, shuningdek, ma'muriy, intizomiy ta'sir choralaridan ozod qilmaydi. 

Download 53,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish