O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi


-mavzu: Kichik guruh yoshidagi bolalarning vaqtni chamalash haqidagi tasavvurlarini



Download 1,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/34
Sana17.04.2020
Hajmi1,65 Mb.
#45576
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   34
Bog'liq
3111801-НУД (2)


15-mavzu: Kichik guruh yoshidagi bolalarning vaqtni chamalash haqidagi tasavvurlarini 
shakllantirish. 
        Nazariy:Kichik guruh yoshidagi bolalarning vaqtni chamalash haqidagi tasavvurlarni  
shakllantirish.Kichik maktabgacha yoshdagi bolalarning kun qismlarini bir-biridan farqlashni 
idrok qila bilishining o’ziga xos xususiyatlari. 
       Amaliy:Vaqt  tushunchalarini  shakllantirish  ishini  kundalik  turmushda  o’tkazish.  Kun 
qismlarini  farqlashda  bolalarning  kun  davomidagi  faoliyatining  ahamiyati.  “Bolajon”  tayanch 
dasturi taxlili. Mashg`ulotlar ishlanmalaridan namunalar. 
 
5-bo`lim.MTM-da  o`rta guruh yoshidagi  bolalarning matematik tushunchalarini 
rivojlantirish. 
16-mavzu: O`rta guruh yoshidagi  bolalarning  son-sanoq haqidagi  matematik 
tushunchalarini rivojlantirish 
         Nazariy  mashg`ulot::  O`rta  guruh  yoshidagi    bolalarning    son-sanoq  haqidagi  
tushunchalarini rivojlantirish. Mashg’ulotlarda ishni tashkil etish. O’qitish metodlari. 
         O’quv faoliyati ko’nikmalarini rivojlantirish. Bolalarda tevarak-atrofda turgan yakka (bitta) 
predmetlarni va predmetlar yig’indisi (ko’p)ni mustaqil topa olish ko’nikmasi mustahkamlash. 5 
gacha  sanashni  o’rgatish.  Sonlarning  miqdori    predmetlarning  fazoviy  belgilariga  bog’liq 
emasligini ko’rsatish. Bolalar faoliyatining har xil turlarida sanoqning qo’llanilishi. Predmetlarni 
sanab ajratish usullari. Turli analizatorlar yordamida idrok etiladigan to’plamlarni sanash.   
 
17-mavzu: O‘rta guruh yoshidagi bolalarning kattalik haqidagi tushunchalarini 
rivojlantirish.  
          

        Nazariy mashg`ulot: O`rta guruh yoshidagi  bolalarning  kattalik haqidagi  tushunchalarini 
rivojlantirish. Mashg’ulotlarda ishni tashkil etish. O’qitish metodlari 
        Amaliy  mashg`ulot:Predmetlarning  o'lchamlarini  taqqoslashga,  3,4,5tagacha  predmetning 
o'lchami  o‘rtasidagi  nisbatni  aniqlash.  Bolalarning  ko'z    bilan  chamalash  qobiliyatini  o'stirish. 
O'tra  guruh  bolalarning    kattalik  haqidagi  tushunchalarni  shakllantirishda  “Bolajon”  tayanch 
dastur vazifasi taxlili.  
Kattalik  bo'yicha tizilgan  mashg'ulot  ishlanmalarini   ko'rgazmalar asosida uyushtirib ko'rsatish, 
namunaviy mashg'ulot ishlanmasini analiz savollari yordamida taxlil qilish. 
 
18-mavzu: O‘rta guruh yoshidagi bolalarni geometrik shakl haqidagi tushunchalarini 
rivojlantirish  
         Nazariy mashg`ulot: Predmetlarni sezish-harakat tuyg'usi bilan tekshirib chiqish bo`yicha 
mashg`ulot  ishlanmasi  bilan  tanishtirish.  Predmetlarning  shakllarini  geometrik  figuralar 
namunalari  bilan  solishtirib      ko'rish.  Bolalarni  geometrik  shakllar  haqidagi  tushunchalarini 
rivojlantirishda mashg’ulotlararo aloqalarni qo'llash. 
19-mavzu: O‘rta guruh yoshidagi bolalarni  tevarak atrofda mo`ljal olishga o`rgatish. 
 
        Nazariy mashg`ulot: Bolalarga berilgan yo'nalishda harakat qilish.U yoki bu predmetning 
o`ziga  nisbatan  joylashuvini  so`z  bilan  ifodalash.  «Oldinda»,  «orqada»,  «pastda»,  «yuqorida», 
“ong”, “chap”, “yaqin”, “uzoq” so'zlari haqida tasavvur hosil qilish. 
Amaliy  mashg`ulot:  Tevarak  atrofda  mo`ljal  olishga  o`rgatishda  hayotiy  vaziyatlardan 
foydalanish. “Maktabgacha ta`lim” tayanch  dasturi taxlili. 
 

20-mavzu: O‘rta guruh yoshidagi bolalarni vaqtni chamalash haqidagi  
tushunchalarini rivojlantirish  
           Amaliy  mashg`ulot:Kun  va  uning  qismlarini  bilish,  ularning  ketma-ketligi  va  nomini 
bilish.    Harakat  tarzini  ifodalovchi    tez-sekin  kabi  so’zlarni  farqlash.  “Kun  qismlari”,  “Kun”, 
“Tun”,“Bugun”,  “Ertaga”,  “Kecha”  kabi  tushunchalar  bilan  tanishtirish.  Kun  qismlari  haqidagi 
bilimlarini  mustahkamlashga  oid  mashg`ulot  ishlanmalaridan  namunalar.  Bolalarni  vaqtni 
bilishga o’rgatishda “Maktabgacha ta`lim” tayanch dasturi vazifalari taxlili. 
6-bo`lim. Bolalarning matematik tushunchalarini rivojlantirishda qo’llaniladigan 
zamonaviy didaktik vositalar 
21-mavzu: Bolalarning matematik tushunchalarini rivojlantirishda  axborot 
texnologiyalaridan foydalanish. 
          Nazariy mashg`ulot:Bolalarning matematik tasavvurlarini rivojlantirishda komp`yuterdan 
foydalanishning  maqsadi.    Komp`yuter      imkoniyatlaridan  foydalanish  ishining  mazmuni.         
Bolalarning  matematik  tasavvurlarini  rivojlantirishda  komp`yuterdan  foydalanish    metodlari 
,mashg`ulotlarda  foydalaniladigan  slaydalardan  namunalar,  texnika  xavfsizligi,  sanitariya 
gigiyena qoidalari. 
22-mavzu: Mashg`ulotlarni muvoffaqqiyatli o`tkazishda didaktik vositalarning  
to`g`ri tanlanishining  ahamiyati 
        Nazariy  mashg`ulot:  Ko’rgazma  materiallar  bilan  ishlashning  o`ziga  hos  xususiyatlari  . 
Ko’rgazma  materiallar  turlari.  Ko`rgazmalarga  qo’yilgan  talablar.Ko’rgazma  materiallarini 
saqlash. 
Amaliy  mashg`ulot:    Asosiy  matematik  tushunchalarning  har  bir  bo`limiga  oid  ko`rgazma  va 
tarqatma materiallardan namunalar. 
23-mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarning matematika mashg`ulotlarida o`zlashtirish   
darajalarining  monitoringi   
              

       Nazariy  mashg`ulot:  Dasturning  to`rt  yo`nalishidagi  hamma  faoliyatlar  bo`yicha 
bolalarning  bilim,  ko`nikma  va  malakalarini  egallaganlik    darajalarini  aniqlash  ishining 
muhimligi. 
      Amaliy mashg`ulot: Maktabgacha yoshdagi bolalarning matematika mashg`ulotlarida olgan 
bilimlarini  rivojlanish  ko`rsatkichlari  mezonlari  asosida    tahlil  qilish.  Mashg`ulotlarda  olingan 
bilim  ko`nikma  va  malakalarni  bir  yilda  ikki  marta    kichik,  o`rta,katta,    tayyorlov  guruhlari 
bo`yicha aniqlash. 
7-bo`lim.MTM-da  katta guruh yoshidagi bolalarning matematik tushunchalarini 
rivojlantirish. 
24-mavzu: Katta guruh yoshidagi bolalarning  son-sanoq haqidagi matematik 
tushunchalarini rivojlantirish. 
         Nazariy mashg`ulot:Mashg`ulotlarda ishni tashkil etish.Miqdor va sanoq.Bolalarga to`g`ri 
usullardan  foydalanib  6,7,8,9,10  sonlarining  hosil  bo`lishi  bilan  tanishtirish.  Turli  analizatorlar 
ishtirokida  sanash.  Butunni  qisimlarga    bo’lish.  Birliklardan  hosil  bo’gan  sonning  miqdoriy 
tarkibi.Sonlarning tartib va miqdor  ahamiyati. Qo’shni sonlarni taqqoslash  haqida bilim berish. 
25-mavzu: Kattalik. Katta guruh yoshidagi bolalarni o’lchashga o’rgatishning              
o’ziga xosligi 
           Nazariy mashg`ulot: Katta guruh yoshidagi bolalarni o’lchashga o’rgatishning o’ziga 
xosligi. 
         Amaliy  mashg`ulot:Kattaliklarni  aniqlashda    predmetlarni  taqqoslashni  mashq  qilish. 
Shartli  o`lchov  bilan  tanishtirish.  Uzunligi  va  enini  farqlashga  o’rgatish.  Bolalarni  kattaliklar 
haqidagi  tushunchalarini  mustahkamlshda  o`yinlardan  foydalanish.  “Bolajon”  tayanch  dasturi 
vazifalari taxlili. 
26-mavzu: Katta guruh yoshidagi bolalarni geometrik shakl haqidagi tushunchalarini 
rivojlantirish  
        Nazariy  mashg`ulot:Katta  guruh  yoshidagi  bolalarining  geometrik  shakl  haqidagi 
tushunchalarni rivojlantirish. 
        Qurshab turgan tevarak-atrofdagi buyumlardan doira , uchburchak , kvadrat , shaklini topa 
olishga o`rgatish.  Hajmli geometrik jismlar (shar, kub, silindirlar)  bilan tanishuv. 
Geometrik shakllardan turli figura siluetlar hosil qilishga oid o`yin namunalar (Tangram). 
Katta  guruh  bolalarini  har  xil  mashqlar  orqali  geometrik  shakllar  haqidagi  bilimlarini 
rivojlantirish.  Geometrik  shakllar  haqidagi  bilimlarni  kundalik  hayotda,  loy  va  plastilindan 
narsalar yasash mashg’ulotlarida mustahkamlash. 
 
 
27-mavzu: Katta guruh yoshidagi bolalarni  tevarak atrofda mo`ljal olishga o`rgatish 
        Amaliy mashg`ulot:Bolalarning atrofdagi narsalarning o`ziga nisbatan vaziyatini so`z bilan 
ifodalash  ko`nikmasini  mustahkamlash;  o`ngda,  chapda,  oldinda,  orqada,  uzoqda.  Aytilgan 
yo'nalishda  xarakat  qilish  ko'nikmasini  rivojlantirish.    Oraliq  yo`nalishlarini  bilishga  o`rgatish. 
“Maktabgacha ta`lim”  
tayanch dastur tahlili. 
28. Katta guruh yoshidagi bolalarning vaqtni chamalash  haqidagi tushunchalarini 
rivojlantirish 
 
        Nazariy:  Katta  guruh  yoshidagi  bolalarning  vaqtni  chamalash    haqidagi  tushunchalarini 
rivojlantirish. Vaqt o’lchovining kelib chiqishi tarixi. 
        Amaliy:  Vaqt  haqidagi  bilimlarni  mustahkamlash  va  chuqurlashtirish.  Bolalarni  hafta 
kuhlari  bilan  tanishtirish.  Kun  davomidagi  faoliyatlarda  vaqt  haqidagi  tushunchalarni  berilishi.  
Katta  guruhda  taqvim  bilan  ishlash  uslubi.  “Taqvim  bilan  tanishuv“  mujassam  mashg`ulotini 
uyushtirib ko`rsatish.  
8-bo`lim.MTM-da va  maktabga tayyorlov guruhi bolalarini matematik tushunchalarini 
rivojlantirish 
29-mavzu: Maktabga tayyorlov guruhi bolalarining son-sanoq  haqidagi  matematik 

 tushunchalarini rivojlantirish  
         Nazariy  mashg`ulot:  Son  va  sanoq.Bolalarni  20  gacha  to`g`ri  va  teskari  sanashga 
o’rgatish,  sanoq  malakalarini  rivojlantirish.  Sonni  Ikki  kichik  songa  ajratib  terib  qo`yishga 
(20gacha),    ko`rgazmalilik  asosida  va  ikkala  kichik  sondan  yaxlit  sonni  tuzishga  o`rgatish. 
Yonma-yon  turgan  sonlarni  taqqoslash.  Ilk  iqtisodiy  tushunchalar,  pul  qiymatlari  haqida 
tushuncha berish. 
30-mavzu: Maktabga tayyorlov guruhi bolalarini raqamlar bilan tanishtirish 
       Nazariy  mashg`ulot:    0dan  20  gacha  bo`lgan  raqamlar  bilan  tanishtirish.  Aytilgan  yoki 
raqam bilan belgilangan sondan keyin keluvchi va oldingi sonning nomini aytishga o`rgatish.  
     Amaliy  mashg`ulot:Raqamlarni  ko’rinishi  bilan  tanishtirishda  turli  ertak,  topishmoq  va 
maqollardan  foydalanish.  Raqamlarni  kartochkalar  asosida  ko’rsatib  ular  yordamida  eng  sodda 
amallarni bajarishga o’rgatish usullari. (mashg`ulotlar ishlanmalaridan namunalar)  
31-mavzu: Arifmetik masalalar tuzish va yechish 
 
           
        Nazariy  mashg`ulot:  Bolalarni  masalalar  tuzish  va  yechishga  o`rgatish.Masalalarni 
yechishga o'rgatish bosqichlari.Masala tuzilishi bilan tanishtirish. 
         Bolalarga  arifmetik  amallarni  ifodalash.  Bolalarga  masalalarni  tasvirlash  va  xisoblash 
usullarini ko`rsatish.Oddiy arifmetik masalalarni tuzish va yechishni mashq qilish. Vazifalarning 
yechimini “yozishda” sonlarning raqam belgilari va amal belgilari; plyus (+), minus (-), barobar 
(=) dan foydalanish.  
          Masalalarni  yechishni  o'rgatishda,  drammalashtirish  ishi  usullari.Hisoblash  usulini  
bittalab  qo'shib  sanash  va  ajratib  sanashdan  boshlash.  Turli  usullardan  foydalanib  bolalarni 
masalalar yechish malakalarini rivojlantirish.Qiziqarli masalalardan namunalar. 
 
32-mavzu: Maktabga tayyorlov guruhi yoshidagi  bolalarni o’lchashga o’rgatish 
 
        Nazariy  mashg`ulot:O`lchashning  ma`nosi  va ahamiyatini tushuntirish. O`lchash usullari. 
O`lchashda amal qilish lozim bo`lgan qoidalar. 
        MTM-da  va oilada  maktabga tayyorlov guruhi  yoshidagi  bolalarini predmetlarni o’lchash,  
o’lchashga  o’rgatish  haqidagi  bilimlarni  mustahkamlash.Narsalarning  bo’yi  va  enini  shartli 
o’lchov  birligi  yordamida  o’lchash  va  taqqoslash.  Narsalarni  2,  4,  8ta  teng  bo’lakka  bo’lish 
usullarini ko’rsatish.Misollar asosida  butunning  bir qismdan kattaligini, qismning esa  butundan 
kichikligini  farqlash.  O`lchash  usullarini  ko`rsatish,o`lchashda  amal  qilish  lozim  bo`lgan 
qoidalar. 
         Kattaliklarni shartli o`lchov bilan o`lchash haqidagi tasavvurlarni tarkib toptirish. Suyuq va 
to`kiluvchi  jismlarni  shartli  o`lchov  birligi  bilan  o`lchash  va  o`lchash  natijasini  son  bilan 
aytishga o`rgatih.  
 
33-mavzu:Maktabga tayyorlov guruhi yoshidagi bolalarni geometrik shakl haqidagi  
tushunchalarini rivojlantirish 
        Nazariy    mashg`ulot:    “Beshburchak”,  “oltiburchak”,    “Ko’pburchak”  bilan  tanishtirish. 
Atrofdagi  narsalar  orasidan  o’ziga  tanish  bo’lgan  geometrik  figuralarni  topish.  Buyumlarning 
shakli haqidagi bilimlarini mustahkamlash. 
           Buyumlarning  shaklini  atash,  figuralarni  guruhga  ajratish,  figuralarning  bir-biriga 
o’xshashligi, farqini bilish, taqqoslash, o’lchash, sanash, (katak daftar varag’ida chizish, qirqish, 
yangi 
bir 
figuradan 
boshqa 
figurani 
hosil 
qilish). 
Uchburchak, 
to’rtburchak, 
to`g`rito`rtburchaklar  haqidagi  tushunchalarni  rivojlantirish.  Geometrik  mazmundagi  qiziqarli 
o’yin va mashqlar.  
          Maxsus  geometrik  shakllar  yig’masi  yordamida  namuna  ko’ntur  asosida  yangi  figurani 
yuzaga keltirishga o’rgatish.  Maxsus  geometrik  shakllar  yig’masiga  oid  “Sexrli  aylana”, 
“Kolumbovo tuxumi” o’yinlarini bilan tanishtirish.  

 
34-mavzu: Maktabga tayyorlov guruhi yoshidagi bolalarni  tevarak atrofda mo`ljal 
olishga o`rgatish 
          Nazariy mashg`ulot: Tevarak atrofda mo`ljal olishga o`rgatish metodlari. Tevarak-atrofda 
mo’ljal  ola  bilishni  mashq  qildirish.  Aytilgan  yo’nalishni  tez  va  to’g’ri  belgilashga  o’rgatish. 
Xonada,  MTM    maydonchasida  o’zi  yashayotgan  yerida  mo’ljalni  to’g’ri  tanlash.  Tekislikda 
mo’ljal qilish malakasini mustahkamlash. 
35-mavzu: Maktabga tayyorlov guruhi yoshidagi bolalarni vaqtni chamalash haqidagi 
tushunchalarini rivojlantirish 
        Nazariy mashg`ulot:  Vaqt intervali, davomiyligi, ketma-ketligi, harakat ritmi kabilar: kun 
davomidagi  faoliyatlarda  tanishtirish.Barcha  vaqt  o'lchovlari  (daqiqa,  soat,  sutka,  hafta,  oy,  yil 
vxk); etalonlari ma'lum sistemasini tashkil etishi. 
       Vaqtni 
bilish 
va  qadrlash.  Qadimda  odamlar  vaqtni  qanday  o`lchaganliklari 
haqida.Maktabga tayyorlov guruhi bolalari eng qisqa vaqt oraliqlarini aniqlay olishi.   Bolalarda 
“vaqt  hisobi”ni  tarbiyalash.  Bolalarni  kun  qismi,  hafta,  oy,  yil  fasllari  kabi  vaqt  o’lchovining 
ketma-ketligi va ularning sonli tavsifnomasi.  Yil kalendari.   
        Bolalarni  soat  turlari,  daqiqalar  oraliqlari  bilan  tanishtirish,  vaqtni  o’lchash  va  baholash. 
Kun tartibidagi doimiy faoliyat bilan tanishtirish, vaqtni soat bilan belgilash.  
 
36-mavzu: Bolalarda  matematik tushunchalarini rivojlantirishda ta’limiy didaktik 
o’yinlar. 
          Nazariy 
mashg`ulot
Ta’limiy-didaktik 
o’yinlarning 
bolalarni 
matematik     
tushunchalarini  rivojlantirishdagi  o`rni.  Didaktik  o’yinlarning  hususiyatlari.  Mustaqil  didaktik 
o`yin  tuzishni  mashq  qilish.  Didaktik  o’yinlarni  tanlash  prinsiplari.    Didaktik  o`yin  va 
mashg`ulotlardan namumalar. 
          Mustqail ish.Mustaqil ravishda didaktik o’yinlar, didaktik materiallar, mashqlar tuzish  
va tayyorlashga o’rgatish. Dastur vazifalarini,  jamlagan  holda  hal qilishga doir  mashg’ulotlarni 
o’tkazish.          
 
37-mavzu: MTM-larda  bola shaxsini rivojlantirishda ilk matematik tasavvurlarni 
shakllantirish  markazini tashkil etish. 
         Nazariy  mashg`ulot:  Bola  shaxsini  shakllantirishda  predmetli-rivojlantiruvchi  muhit. 
MTM-larda  predmetli-  rivojlantiruvchi  xudud.Guruhda  matematik  tasavvurni  shakllantirish 
markazini  tashkil  qilish  va  jihozlash  uchun  zarur  bo`lgan  tarkibiy  narsalar(didaktik  o`yinlar, 
manipulyativ  stol  o`yinlari  va  o`yinchoqlar),  matematikaga  oid  materiallar.  “Iqtidorli  bolalar” 
bilan ishlash uslubi. “Maktabgacha ta`lim” tayanch dasturiga (bilish jarayoni) kiruvchi “Qurish-
yasash” bo`limi vazifalari. 
38-mavzu:MTM-larda “Quvnoqlar va zukkolar” matematik musobaqali    o`yinlarni 
tashkil etish 
  
            Nazariy mashg`ulot: “Quvnoqlar va zukkolar” matematik musobaqali o’yinlarni tashkil 
etish.Musobaqali o`yinlarni tashkil etishda tarbiyachining ro`li. 
 Amaliy mashg`ulot:Musobaqalarni tashkil etishda o`yin vaziyatlaridan foygalanish.“Quvnoqlar 
va zukkolar” matematik mazmundagi musobaqali o’yin  stsenariylariylarini tuzishni mashq. 
9-bo`lim.Bolalarni  matematik tushunchalarini rivojlantirishda maktab , MTM va oilaning 
hamkorlikdagi ishi 
39-mavzu:. Bolalarning  matematik tushunchalarini rivojlantirishda  maktab, MTM va 
oilaning hamkorlikdagi ishi 
         Nazariy mashg`ulot: Bolalarni  ilk  matematik tasavvurlarini o’stirishda  maktab  va MTM, 
MTM  va  oilaning  hamkorlikdagi  ishni  tashkil  etish.  Bolalarni    maktabga  tayyorlashga  oid 
ishlarni yo’lga qo’yishda tarbiyachi va mudiraning roli.  

         Bolalarni ilk matematik tasavvurlarini o’stirishda maktab, MTM va oilaning hamkorlikdagi 
ishining mazmuni. 
        
10-bo`lim.Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning matematik tushunchalarini 
rivojlantirishda MTM va oilaning aloqasi 
40-mavzu: Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning matematik tushunchalarini 
rivojlantirishda MTM va oilaning aloqasi 
         Nazariy  mashg`ulot:    Bolalarning  matematik  bilimlarini  rivojlantirishda    MTM  va 
oilaning  aloqasi.  Sanoq  mashg’ulotlarini  oilada  tashkil  etish.Bolalarni  aqliy  rivojlanishida 
o’lchash  bilan  tanishtirish.  Ota-onalar  farzandlarini  matеmatikaga  o’rgatish  ishini  masalalardan 
boshlashlari. 
Ota-onalar 
farzandlari 
bilan 
shug’ullanganlarida 
o’yin 
mеtodlaridan 
foydalanishlari. 
          Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning  matеmatik tushunchalarini rivojlantirishda oila 
bilan olib borilayotgan ishlar.  
VI. O`quv fanining moddiy-texnik ta`minoti 
        O`qituvchi  va  o`quvchilar  uchun  stol  va  stullar;  doska,  fanni  o`qitishga  oid 
stendlar,plakatlar, tarbiyachilar uchun namoyish qiluvchi, bolalar uchun tarqatma materiallardan 
namunalar.        Fanni  o’zlashtirishda  darslik,  o’quv  va  uslubiy  qo’llanmalar,  ma`ruza  matnlari, 
tarqatma  materiallar,  elektron  materiallardan  foydalaniladi.  Ma`ruza,  amaliy    darslariga  mos 
ravishdagi ilg’or pedagogik texnologiyalar tatbiq etiladi. 
VII.O`quv fanining o`zlashtirish darajasini nazorat qilish va baholash 
           Baholash-ta`lim jarayoninig ma`lum bosqichida o`quv maqsadlarga erishganlik darajasini 
oldindan  belgilangan  mezonlar  asosida  o`lchash,  natijalarni  aniqlash  va  tahlil  qilishdan  iborat 
jarayondir.Ta`lim jarayonida ta`lim oluvchilarning nazariy bilimlari va aqliy faoliyat darajalarini 
baholashda  og`zaki  va  yozma  baholash    shakllaridan  foydalaniladi.Test  usuli,  reyting  tizimi, 
o`quvchining  bilim  va  ko`nikmalarini  egallash  jarayonini  nazorat  qilishdan  esa  pedagogik 
jarayon natijalarini xolisona baholashda foydalaniladi. 
Joriy nazorat-so`rovlar, seminarlar, yozma ishlar, uy vazifalari ya`ni o`qituvchi o`z amaliyotida 
qo`llaydigan barcha so`rov turlarini o`z ichiga oladi; 
Oraliq  –nazorat-  semester  tamom  bo`lganda  va  o`quv  dasturining  tegishli  bo`limi 
tugallangandan keyin amalga oshiriladi.  
Yakuniy nazorat-  Semestr tamom bo`lganda va o`quv dasturining tegishli bo`limi tugagandan 
keyin amalga oshiriladi. 
Baholash “5” ballga asoslangan reyting tizimi asosida amalga oshiriladi. 
VIII. Tavsiya etilgan adabiyotlar va saytlar ro`yhati. 
Foydalanilgan asosiy adabiyotlar ro`yxati: 
 
1. “Maktabgacha ta`limga qo`yiladigan Davlat talablari”  O`zRXTB. MMXQTMORO`MM 2017 
2 “Bolajon” tayanch dasturi. Toshkent. O`zRXTB. MMXQTMORO`MM. 2016 yil 
3.N.U.Bikbayeva  “Maktabgacha  yoshdagi  bolalarda  matematik  tushunchalarni  shakllantirish”  
O’qituvchi. Qo’llanma.-1995. 
4.M.E.Jumayev.  “Bolalarda  boshlang`ich  matematik tushunchalarini rivojlantirish  nazariyasi  va 
metodikasi” Toshkent. «Ilm-Ziyo» Qo’llanma - 2013. 
5.Z.A.Raxmonqulova, N.Qurbonova “Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni 
shakllantirish” O`zRXTB. MMXQTMORO`MM “Lider press” Toshkent 2009 
6.Z.A.Raxmonqulova,  U.  Raxmonqulov,  N.  Qurbonova  “Maktabgacha  yoshdagi  bolalarning 
matematik  tasavvurlarini  shakllantirish”    O`zRXTB.  MMXQTMORO`MM  “Bekinmachoq-
plyus” 2012 
7.  Pfn.F.Voxobova,  Sh.B.Nabixanova,D.T  Karimova    ”Maktabgacha  yoshdagi  bola  shaxsini 
rivojlantirishga  yo`naltirilgan  ta`lim  asoslari”  pedagogika  kolleji  o`quvchilari  uchun  o`quv 
qo`llanma. Toshkent-2015 
Qo’shimcha adabiyotlar: 

1. Z.A.Valiyeva.Yo.U.Muniboеv. “Iqtisod alifbosi” 1-sinf  Toshkent. «Sharq».  Qo’llanma-1997 
2. N.U. Bikbayeva “Matematikadan jadvallar” Toshkent. MTM tayyorlov guruhlari uchun 
tavsiya. «O’qituvchi»-1995 yil. 
3. Qudrat Do’stmuhammad.  “1 dan o’ngacha” MTM tayyorlov guruhlari uchun tavsiya 
Toshkent. «Sharq»-2000 
4. P. Ibrohimova. “Matematik hazillar, topishmoqlar, labirintlar” «Kichik yoshdagi o’quvchilar, 
ota – onalar va tarbiyachilar uchun» Toshkent. «O’qituvchi» -1996. 
5. Sh.Boltayeva.“O’ynaymiz, o’ylaymiz, aqlimizni charxlaymiz” UICC «Uzincomcenter» MTM 
tayyorlov guruhlari uchun tavsiya         Toshkent- 2002 yil. 
6. E.A.Bondarrenko. “Готовимся к школе”, “Играя развиваем мышление” Mосква ЗАО 
«БАО – ПРЕСС». MTM tayyorlov guruhlari uchun tavsiya-2005  
7. N.A.Muratova. “Математика” для обучения детей в д/с и дома. Екатеренбург. У-
Фактория». Qo’llanma-2002. 
8. Jukova “Энциклопедия развития и обучения для дошкольников”. Санкт – Петербург, 
Москва. НЕВА». Энциклопедия- 2005.  
9. Bolaga yo`naltirilgan ta`lim dasturi- “O`zing yasa”  O`zRXTB. MMXQTMORO`MM. 
Toshkent-2012 yil. 
10.  “Bolaga yo`naltirilgan ta`lim dasturini tashkil etish” O`zRXTB. MMXQTMORO`MM. 
Toshkent-2012 yil. 
 
Ushbu fanni o`qitishda turli axborot kommunikasiya resurslaridan, hamda boshqa o`quv, 
ilmiy va uslubiy ma`lumotlar manbalaridan keng foydalaniladi. 
 
Axborot-resurs markazining VEB sayti 
ARMning elektron pochta manzili: Saodat  
Ta`lim muassasasi internetga “ZIYO-Net” tarmog`i orqali ulangan. 
Kollejning VEB sayti www.toshped.zn.uz. 
Kollejning elektron pochtasi E-mail.toshpedkollej@mail.ru. mavjud. 
1.ZiyoNET. Ta`lim portali. www.ziyonet.uz. 
         2.www.google.uz. 
         3.O`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi Markazi; www.markaz.uz. 
         4.www.TEACHER.uz.   
         5.www.vospitatel.com.ua. 
         6.www.dovosp.ru. 
         7.www.obruch.ru. 
         8.http://fikr.uz/post/fikr.maktabgacha ta`lim/5086.html 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

 
 
 
 
 
 
 
 
Download 1,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish