O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi



Download 5,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/96
Sana04.03.2022
Hajmi5,19 Mb.
#482696
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   96
Bog'liq
qishloq xojaligi mashinalari 2

3-§. Miqdorlagichlar 
 
Miqdorlagich qutidagi urug‘ning ma’lum qismini ajratib olib, 
uni urug‘ o‘tkazgichga tushirib turadi. Ekilayotgan urug‘ning dala 
bo‘ylab bir tekis taqsimlanishi miqdorlagichning ishiga bog‘liq. 
Uning mexanik, pnevmatik, pnevmomexanik turlari mavjud. 
So‘nggi vaqtda, asosan, g‘altaksimon, disksimon va pnevmatik 
miqdorlagichlar ishlatilmoqda. G‘altaksimon miqdorlagich 
urug‘ni uzluksiz uzatsa, disksimon donalab ajratib beradi, shu 
sababli 
g‘altaksimon miqdorlagich qatorlab, disksimon va 
pnevmatik turi esa donalab ekadigan seyalkalarda ishlatiladi.
Bir gektar maydondagi o‘simlik soni me’yorida bo‘lishi 
uchun seyalka ma’lum miqdordagi urug‘ni ekishi kerak.


93 
G‘altaksimon miqdorlagichlar 
novli yoki shtift (tish)li 
turlarga bo‘linadi. Shtiftli g‘altaksimon miqdorlagich mineral 
o‘g‘itlar uchun ishlatiladi. 
Novli g‘altaksimon miqdorlagich 
universaldir, ular don va 
sabzavot ekinlari urug‘ini, tukli chigitni ekadigan seyalkalarda 
ishlatiladi. Bunday apparat novli g‘altak 2, to‘garakcha 3, tub 1, 
korpus 4 va mufta 5 lardan tuzilgandir 
(37-rasm).
G‘altak 2 val 6 
ga mix bilan mahkamlangan bo‘lib, u korpus 4 ning ichiga 
joylashtiriladi. Korpus 4 esa urug‘ qutisi tubidagi teshiklar tagiga 
o‘rnatiladi. G‘altakning novli tomoni korpus yon devorining 
ichida erkin aylanadigan to‘garakcha 3, silliq dastasimon qismiga 
esa mufta 5 kiydirilgan. Muftaning qovurg‘asi korpusning 
ikkinchi devoridagi o‘yiqqa kirib turadi. Val 6 yordamida g‘altak 
aylanganda, uning novli qismi to‘garakchani harakatlantirib 
turadi.
 
37-rasm. G‘altaksimon miqdorlagich: a–qismlarning ko‘rinishi; b–tubni 
sozlash sxemasi; 1–tub; 2–novli g‘altak; 3– to‘garakcha; 4–korpus; 5–mufta; 
6–g‘altak vali; 7–tubni buradigan val; 8–bolt;
9– sozlovchi bolt; 10–prujina. 
G‘altakning silliq qismi qo‘zg‘almas muftaning ichida 
aylanadi. Uning diametri g‘altakdagi novlarning tashqi diametriga 
teng bo‘lgani uchun g‘altakni o‘qi bo‘ylab to‘garakchaga nisbatan 
surib, korpus ichidagi ishchi qismining uzunligi o‘zgartirilsa, 














10 



94 
g‘altak bo‘shatgan bo‘shliqni mufta to‘liq egallaydi va urug‘ning 
qutidan erkin to‘kilishiga yo‘l bermaydi. Mufta g‘altakka zich 
tegib turishi uchun uning bo‘sh qismi val 6 ga o‘rnatilgan shayba 
va mixga tirab qo‘yilgan. G‘altak ishchi qismining uzunligi 
o‘zgartirilsa, novlarning urug‘ni ajratib olayotgan hajmi, ya’ni 
urug‘ miqdori o‘zgaradi. 
Korpusning pastki ochiq joyini tub 1 yopib turadi. Tub 1 
to‘kish mexanizmi vali 7 ga bolt 8 bilan mahkamlangan bo‘lib, 
bo‘sh turgan uchi qiya kesilgan. Natijada g‘altakdagi nov qirrasi 
ilintirib kelayotgan urug‘ tubdan birdaniga tushib ketmasdan, oz-
ozdan to‘kilib, ekilayotgan urug‘ning yerga to‘dalanib 
tushishining oldi olinadi. Tub 1 ning holatini sozlash uchun, 
sozlovchi bolt 9 va prujina 10 o‘rnatilgan. Agar tasodifan tubning 
ustiga yirik jism tushib qolsa, prujina 10 siqiladi, g‘altak bilan tub 
orasidagi tirqish kengayib, uni o‘tkazib yuboradi va sinishdan 
saqlaydi. 
Sirti o‘ta silliq bo‘lgan urug‘ni ekishda tub bilan g‘altak 
orasidagi tirqishdan urug‘ o‘z-o‘zidan chiqmasligi uchun, tirqish 
1–2 mm dan oshmasligi kerak. Bunga bolt 9 bilan prujina 10 ning 
siqilish darajasini o‘zgartirish orqali erishiladi. Dukkakli 
ekinlarning yirik urug‘ini ekishda tirqish 8–10 mm ochiladi, aks 
holda urug‘ siqilib shikastlanishi mumkin. Tirqishni kengaytirish 
uchun val 7 ni birmuncha burib qo‘yish kifoya. Agar g‘altak bilan 
tub orasidagi tirqishdan sirti silliq, ya’ni to‘kiluvchan bo‘lgan 
urug‘ning o‘z-o‘zidan chiqish xavfi bo‘lmasa, g‘altak novlari 
urug‘ni tub bo‘ylab sidirib chiqaradi, ya’ni miqdorlagich «pastdan 
ajratish» sxemasida ishlaydi. To‘kiluvchan urug‘ chiqish xavfi 
bo‘lsa, g‘altak teskari aylantiriladi; u urug‘ni yuqoriga ko‘tarib, 
to‘siqdan oshirib, urug‘ o‘tkazgichga tashlaydi. Miqdorlagich 
«ustidan ajratish» sxemasida ishlab, juda mayda urug‘larni ham 
ekish mumkin. 
G‘altak ajratayotgan urug‘ning miqdori uning qutidagi urug‘ga 
bevosita tegadigan uzunligiga bog‘liqdir, g‘altak korpus ichiga 
ko‘proq kiritilsa, ajratilib olinadigan urug‘ miqdori ham ko‘p bo‘-
ladi. 

Download 5,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish