O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi



Download 3,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/48
Sana29.12.2021
Hajmi3,45 Mb.
#83188
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   48
Bog'liq
ozbek musiqa adabiyoti

Ikroт Akbarov 
(1921-2011)
o‘zbekiston xalq artisti, Respublika davlat mukofoti 
sovrindori, atoqli kornpozitor ikrom akbarovsiz XX asrning 
ikkinchi yarmidan respublikamiz professional musiqa san’atining 
rivojlanish jarayonini tasawur eiish qiyin. U simfonik asarlar, 
kantata, oratoriya, opera, balet, miisiqali drama va komediya
xor hamda estrada qo‘shiqlari bilan o‘zbek musiqasi rivojiga 
katta hissa qo‘shib kelmoqda,
ikrom ilhomovich akbarov 1921-yil 1-martda Toshkentdagi 
hunarmand oilada tug‘ildi. Bolaligidan musiqaga qiziqishini 
sezgan amakisi ilyos akbarov tavsiyasi bilan Hamza nomidagi 
Toshkent tnusiqa bilim yurtida fortepiano bo‘yicha ta’lim oladi. 
ota onasining xohishi bilan Toshkent Pedagogika bilim yurtida 
ham o‘qiydi 1939-yili Toshkent davlat konservatoriyasining 
kompozitorlik fakultetiga о‘qishga kiradi Bu yerda Yu.Fortunato, 
s.Vasilenko, l.Revutskiy va a.Kozlovskiy kabi atoqli 
kompozitorlardan saboq oladi.


128
ikrom akbarov konservatoriyani muvaffaqiyatli 
tugallaganidan keyin Hamza nomidagi Toshkent bilim yurtida 
musiqa nazariyasidan dars bera boshlaydi. Uning konservatoriya 
professorlari m.shteynberg, B.arapov, V.Voloshinovlardan olgan 
saboqlari zoye ketmadi. Ularning rahbarligida i.akbarovning 
turli cholg‘ularga, ansambl va orkestrlarga yozgan musiqiy 
asarlari yosh ijodkorlar uchun katta tajriba maktabini o‘tadi.
Kompozitor leningrad konservatoriyasida o‘qishni 
davom ettirdi va 1954-yil o‘z yurtiga qaytib, Toshkent 
konservatoriyasida muallimlik qila boshladi 1954-yildan buyon 
faqat ijod bilan shug‘ullanmoqda,
1954-yilda H.H. Niyoziyga bag‘ishlab yaratgan “shoir 
xotirasi” simfonik poemasi kompozitorga shuhrat keltirishi bilan 
uning ijodiy faoliyatida burilish yasadi. U mazkur asaridan so‘ng, 
simfonik va vokal-simfonik janrlarda badiiy barkamol asarlar 
yaratdi. Uning “o‘zbekcha syuita”si (1956), “Epik poema”si 
(1962), “Pochta” nomli syuitasi (1963), samarqand shahrining 
2500 yllik yubileyiga atab yozgan “samarqand hikoyalari”, 
“orzu” baleti asosida yozgan “simfonik syuita”si, “Navro‘z” 
baleti asosidagi simfonik syuitasi, «Raqs» nomli fortepiano 
uchun konserti hamda 1962-yil yaratgan skripka va simfonik 
orkestr uchun konsertlari bunga yorqin misol bo‘la oladi.
Kompozitor erishgan ijodiy yutuqlari uning vokal-
simfonik, kantata va oratoriya asarlarida ham namoyon 
bo‘ldi. masalan: K. yashin so‘ziga «Hamza» nomli vokal-
simfonik syuitasi (1962), Hofiz so‘ziga «Ballada»si (1961), 
m.shayhzoda so‘ziga «Toshkentnoma» oratoriyasi (1967), 
alisher Navoiyning «Xamsa»si asosida yozilgan shu nomli 
kantatasi (1969), Beruniyning 1000 yillik yubileyiga bag‘ishlab 
o.matchon so‘ziga «abadiyat» balladasi (1973), T.To‘la so‘ziga 
«Zafarnoma» vokal-simfonik poemasi (1972), d,Polinin so‘ziga 
yozgan «do‘stlik» vokal-simfonik poemasi (1972), H.olimjon, 
JJabborov, H.G‘ulom, T.To‘la so‘zlariga «mening shahrim» 


129
nomli kantatasi (1983), H.olimjon, H.G‘ulom so‘zlariga yozgan 
«mangu xotira» oratoriyasi (1985) kabi asarlari o‘ziga xosligi 
bilan ajralib turadi.
i.akbarov 1959-yili «orzu» nomli ilk baleti, 1964-yili 
«Nigor», 1968-yili «Navro‘z» baletlari bilan raqs san’atining 
rivojiga o‘z hissasini qo‘shdi. 1973-yili «so‘g‘d elining 
qoploni», 1998-yil «ibtido xatosi», «Jaloliddin manguberdi» 
nomli operalarini yaratdl
Kompozitor musiqali drama va komediyalar ham yaratib, 
ushbu janrlar rivojlanishiga barakali hissa qo‘shib kelmoqda. 
1969-yil Z. Fatxulin pyesasi asosida «Kumush to‘y», shu yili 
yana T.To‘la pyesasi asosida «qiz buloq» hamda «yulduzlarni 
ko‘raman», «momo yer» (1965), «Kumush shaharning malikasi» 
(1985) kabi musiqali dramalar; «o‘jarlar (1973), «To‘ydan oldin 
tomosha» (1983) kabi musiqali komediyalari uchun musiqa 
bastaladi.
ikrom akbarov o‘zining dilbar qo‘shiqlari bilan xalqimiz 
orasida mashhur bo‘ldi.
ayniqsa, o‘zbekiston xalq artisti Botir Zokirov ijro etgan 
«Ra’no», «Gazli», «mahbubga», «Ketma, Nigor», «qaydasan», 
«yor kel», «azizim» kabi qo‘shiqlari bilan elga tanildi.
Kompozitor bir necha kinofilmlarga ham musiqa bastalagan: 
«Hamza» (1961), «sinchalak» (1961), «sen etim emassan»  
(1962), «osiyo ustida bo‘ron» (1964), «ikki dil dostoni»  
(1966), «Gulbahor» (1956), m.Burxonov va m.leviyevlar bilan 
hamkorlikda yaratgan «maftuningman», «orol baliqchilari» 
shular jumlasidandir.
ikrom akbarov kamer-cholg‘u janrlarida ham asarlar 
yaratdi. U fortepiano, skripka, violonchel, turli ansambllar uchun 
yaratgan asarlari xalqiraiz olqishiga sazovor bo‘ldi.
Kompozitor ikrom akbarovga «o‘zbekistonda xizmat 
ko‘rsatgan san’at arbobi», «o‘zbekiston xalq artisti» faxriy 
unvonlari berilgan. Respublika davlat mukofotiga sazovor 
bo‘lgan. 1999 yili «El-yurt hurmati» ordeni bilan taqdirlangan.


130

Download 3,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish