Bank krediti iqtisodiyotda keng tarqalgan kredit munosabat- larining shakllaridan biridir. Uning obyekti pul mablag‘larini be- vosita ssudaga berish jarayoni hisoblanadi. Bank kreditini beruvchi kredit muassasalari kreditlash jarayonini amalga oshirish uchun Markaziy bankdan maxsus litsenziya (ruxsatnoma) olgan bo‘lish- lari zarur. Qarz oluvchi sifatida yuridik shaxslar, aholi, davlat, xorijiy davlat mijozlari ishtirok qilishlari mumkin. Kredit muno- sabatlarining vositasi bo‘lib, kredit shartnoma yoki kredit keli- shuvi hisoblanadi. Bu kredit turi bo‘yicha olinadigan daromad yoki stavka tomonlar bilan kelishiladi va bank foizi yoki ssuda foizi ko‘rinishida bo‘ladi.
Jahon amaliyotida bank kreditidan foydalanishda uning turli xil xususiyatlari hisobga olinadi. Qisqa muddatli bank kreditlari qarz oluvchi korxonaning xo‘jalik faoliyatida aylanma mablag‘lar yetish- movchiligini to‘ldirish uchun qo‘llaniladi. Bozor iqtisodiyoti tamoyillariga mos keluvchi bunday jarayonning bo‘lishi ssuda ka- pitali bozorida mustaqil segment pul bozorining yuzaga kelishiga olib keladi. Qisqa muddatli kreditlar fond bozorida, savdo va xiz- matlar ko‘rsatishda, banklararo kreditlash rejimida ko‘proq qo‘llaniladi.
Hozirgi sharoitda qisqa muddatli kreditlar quyidagi ko‘rsat- kichlar bilan xarakterlanadi:
kreditlarning juda qisqa muddatlar (ba’zida bir oygacha muddat)ga berilishi;
kreditning muddati va foiz stavkasining bir-biriga teskari pro- porsional (kreditning muddati juda qisqa bo‘lsa-da, foiz stavkasi juda yuqori) bo‘lishi;
ishlab chiqarish sohasidan ko‘proq muomala sohasiga xizmat ko‘rsatish.
Hozirgi vaqtda bir yil muddatga beriladigan kreditlardan tijorat xarakteridagi faoliyatni amalga oshirish, agrar sektorda va investitsiya- larni talab qiluvchi innovatsion jarayonlarni kreditlashda keng foy- dalanilmoqda. Uzoq muddatli kreditlar asosiy fondlar harakatini ta’minlaydi va ular kredit resurslarning katta hajmi bilan ajralib turadi. Uzoq muddatli kreditlar 1 yildan ortiq muddatga, davlat tomonidan tegishli moliyaviy kafolatlarni olgan holda, kreditning muddati 10 yil va undan ortiq muddatga uzaytirilishi mumkin.
Qarzni to‘lash usuli. Qarzdor tomonidan to‘liq summada to‘la- nadigan kreditlar. Bu usul qisqa muddatli kreditlarni qaytarish- ning an’anaviy usuli hisoblanib, huquqiy jihatdan rasmiylash- tirilishi juda sodda mexanizmga ega bo‘ladi, chunki bu usulda tabaqalashtirilgan foiz stavkasini hisoblash mexanizmini qo‘llash talab qilinmaydi.
Kreditni to‘lashda kredit shartnomasida ko‘rsatilgan muddat davomida bo‘lib to‘lanadigan kreditlar bo‘lishi mumkin. Qarzni to‘lashning bu usulida kreditni qaytarishning aniq shartlari kredit shartnomada keltirilgan bo‘ladi. Kreditni bo‘lib-bo‘lib to‘lash usuli, ko‘pincha, uzoq muddatli kreditlarni to‘lashda ishlatiladi.
Kredit bo‘yicha foizni undirib olish usuli. Amaliyotda olingan kreditlar bo‘yicha foiz stavkalarini to‘lashning bir necha usullari mavjud:
kreditni to‘lash muddati kelganda, foiz stavkasini ham qo‘shib to‘lash usuli. Bu usul bozor iqtisodiyoti yaxshi taraqqiy qilgan mamlakatlarning xo‘jalik tashkilotlari faoliyatida keng qo‘llaniladigan an’anaviy usul bo‘lib, u hisob-kitob xarakteri jihatidan oddiy bo‘ladi. Bu usul ko‘proq qisqa muddatli ssudalarni to‘lashda qo‘llaniladi;
kredit shartnomasida ko‘rsatilgan muddat davomida bir tekis- da qarz oluvchi tomonidan to‘lanadigan kredit bo‘yicha foizni undirib olish usuli. Amaliyotda bu usul uzoq muddatli kreditlarni to‘lashda qo‘llaniladigan an’anaviy usuldir va tomonlar kelishgan holda kredit bo‘yicha foizlarni to‘lashga har xil yondashishlari mumkin. Masalan, kredit uzoq muddatga berilgan bo‘lsa, kredit bo‘yicha foiz stavkasini to‘lashni kreditdan foydalana boshlagani- dan bir yoki ikki yil o‘tgandan keyin belgilab berish mumkin;
qarz oluvchiga kredit berilayotgan vaqtda kredit uchun to‘lana- digan foiz bevosita bank tomonidan ushlab qolinadigan kreditlar. Kredit uchun foiz stavkasini bu usulda to‘lash rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitiga mos kelmaydi va uning uchun xarakterli emas. Bu usul faqat sudxo‘rlik kapitalida ishlatiladi. Mamlakatda iqtisodiy holat nobarqaror bo‘lganida, banklar qisqa muddatli kreditlashni va kreditlar bo‘yicha foizlar to‘lashni shu usulda olib borganlari qulay hisoblanib, amaliyotda shu usuldan keng foy- dalanadilar.