O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi



Download 0,76 Mb.
bet40/73
Sana13.01.2022
Hajmi0,76 Mb.
#355809
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   73
Bog'liq
pul muomalasi

Tijorat sohasi uchun kreditlar berish. Bu soha bo‘yicha kredit- lar savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi xo‘jalik subyektlariga beriladi. Bu kreditlar tez aylanib kelish xususiya- tiga ega bo‘lib, tijoratchilar ehtiyojini qondirishda katta ahamiyat- ga egadir. Bank tomonidan kreditlar qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha oldi-sotdi operatsiyalarini amalga oshiruvchi, fond birjasi vosi- tachilari: broker, makler, diler firmalariga beriladi.

Ko‘chmas mulk uchun ipoteka kreditlari berilishi mumkin. Ular ham oddiy, ham ixtisoslashgan ipoteka banklari tomonidan beri­ladi. Bu hozirda xorij amaliyotida keng tarqalgan bo‘lib, hatto ba’zi manbalarda kreditning alohida shakli sifatida namoyon bo‘ladi. Biz- ning amaliyotimizda esa bu faqatgina 1996-yildan boshlab keng tarqala boshladi. Xususiylashtirish jarayoni rivojlanishi, mulkka egalik asoslari qonunlashtirilishi ipoteka kreditining yanada ravnaq topishiga olib keldi.

Banklararo kreditlar — bank kreditining keng tarqalgan shakl- laridan biri. Banklararo kreditning joriy stavkasi ma’lum bir tijo- rat bankining boshqa turlardagi ssudalar berish siyosatini aniq- lab beruvchi muhim omil hisoblanadi. Bu me’yorning aniq miq- dori (hisob stavkasi) Markaziy bank tomonidan belgilanadi.

Tijorat krediti iqtisodiyotda kredit munosabatlari vujudga kelishining birinchi shakllaridan bo‘lib, veksel muomalasini vu­judga keltirgan va naqd pulsiz hisob-kitoblarning rivojlanishiga yor- dam bergan. Tijorat kreditining subyektlari sifatida yuridik shaxs- lar: mol yetkazib beruvchi va mol sotib oluvchi korxonalar, kreditning obyekti sifatida sotilayotgan tovar ishtirok qiladi. Tijo- rat krediti o‘zining amaliy ko‘rinishini huquqiy shaxslar o‘rtasida tovar va xizmatlarning to‘lov muddatini cho‘zish orqali sotish shaklidagi moliya xo‘jalik munosabatlarida topadi. Bu kredit shak- lining asosiy maqsadi tovarlarni sotishni tezlashtirish va shu orqali foyda olishdan iborat.

Tijorat kreditining an’anaviy vositasi bo‘lib, qarz oluvchining qarz beruvchiga nisbatan moliyaviy majburiyatlarini aks ettiruv- chi veksel hisoblanadi. Veksel — bu qarz majburiyati bo‘lib, qarz oluvchi o‘z zimmasiga qarzni ko‘rsatilgan summada, ko‘rsatilgan joyda, belgilangan muddatda to‘lash majburiyatini oladi.

Amaliyotda vekselning ikki turi qo‘llaniladi: oddiy va o‘tkazma veksel. Oddiy vekselni qarz oluvchi korxona qarz beruvchi kor- xonaga beradi va tovarlar hamda ko‘rsatilgan xizmatlar uchun unga to‘lash majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.

O‘tkazma vekselda kreditor tomonidan belgilangan tovar va xizmatlar summasi uning topshirig‘iga asosan uchinchi shaxsga yoki vekselni ko‘rsatuvchiga o‘tkazilishi zarur. Kreditorning vek­selda ko‘rsatilgan summani uchinchi shaxsga to‘lash to‘g‘risidagi buyrug‘ini ifodalovchi hujjat amaliyotda tratta deb ham yuritiladi.

Tijorat krediti bank kreditidan quyidagi xususiyatlari bilan farq qiladi:

  1. Kreditor (qarz beruvchi) rolida maxsus kredit-moliya tash- kilotlari emas, balki tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish hamda sotish bilan shug‘ullanuvchi turli yuridik shaxslar ishtirok qiladi.

  2. Tijorat krediti faqatgina tovar shaklida beriladi.

  3. Tijorat kreditida ssuda kapitali, sanoat va savdo kapitali bilan integratsiyalashgan holda harakat qiladi. Bu bozor iqtisodiyoti sha- roitida turli ixtisosdagi va faoliyat yo‘nalishdagi korxonalarni o‘z ichiga oluvchi xolding, moliyaviy kompaniyalarning vujudga keli- shida o‘z aksini topadi.

  4. Berilgan vaqt oralig‘ida tijorat kreditining o‘rtacha qiymati doimo bank foizining o‘rtacha stavkasidan kichik bo‘ladi.

  5. Qarz beruvchi va qarz oluvchi o‘rtasidagi shartnoma huqu­qiy rasmiylashtirilganda tijorat krediti bo‘yicha to‘lov (foiz stav- kasi) alohida aniqlanmaydi. Foiz to‘lovi tovar bahosiga qo‘shilgan holda rasmiylashtiriladi.

Xorijiy mamlakatlar amaliyotida tijorat krediti keng tarqal- gan. MDH davlatlari bank amaliyotida tijorat krediti qo‘llanilmaydi.

Sobiq Ittifoq davrida kredit munosabatlarining rivojlanishiga nazar soladigan bo‘lsak, 1930-1932-yillardagi kredit islohotigacha ama- liyotda tijorat kreditidan foydalanilgan. Bu kredit tovarlar ishlab chiqarishning mo‘l-ko‘lchiligi sharoitida tovarlarni sotish jarayonini tezlashtirishda qulay hisoblanadi. O‘tgan asrning 30-yillarida kreditning bu shaklidan foydalanishda ma’lum kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgani uchun kredit islohoti o‘tkazish davomida bu kreditdan foydalanish bekor qilindi va xo‘jaliklar to‘g‘ridan to‘g‘ri bank tomonidan kreditlashga o‘tkazilgan.

Hozirgi sharoitda jahon amaliyotida tijorat kreditining, asosan, uch turi qo‘llaniladi:

  • qayd qilingan to‘lov muddati bo‘yicha kredit;

  • tovarlarni sotgandan keyingina qarzni to‘lash bo‘yicha kredit;

  • ochiq hisobvaraq bo‘yicha kreditlash.

Bunda tijorat krediti shartlari bo‘yicha, keyingi tovar partiya- sini jo‘natish, oldingi jo‘natilgan tovarlar bo‘yicha qarzlarni to‘lash muddatigacha amalga oshirilishi zarur.

Korxonalar tijorat kreditidan, shuningdek, bank kreditidan foydalanishi inkor qilinmaydi. Tijorat krediti bank kreditidan farq qilsa-da, ularning harakati bir-biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lishi mumkin. Korxonalar tijorat kreditidan foydalanganda, bank krediti korxona faoliyatiga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir qiladigan kredit sifatida namoyon bo‘la olmaydi. Tijorat kreditida korxo- nalarning hisobraqamlarida mablag‘lari bo‘lmagan sharoitda kor­xonalar tovarlarni kreditga sotib oladi. Shuning uchun iste’molchi korxonalar bank kreditiga ehtiyoj sezmasligi mumkin. Ayni vaqtda mol sotuvchi korxona faoliyatida tovarlarini kreditga sotganligi uchun mablag‘ga muhtojlik sezadi. Mana shu sharoitda mol yetkazib beruv- chi korxona pul mablag‘lariga bo‘lgan ehtiyojini qoplash maqsadi- da kredit olish uchun bankka murojaat qiladi. Bu hol, o‘tgan asr­ning 30-yillari amaliyotida bank tomonidan egri kreditlash deb yuritilgan. Egri kreditlash deb yuritilishining sababi shundaki, kreditni haqiqatda mablag‘i yetarli bo‘lmagan korxona, mol sotib oluvchi korxona olishi zarur edi. Mol sotib oluvchining xo‘jalik faoliyatidagi mablag‘lar yetishmovchiligi mol yetkazib beruvchiga bank tomonidan kredit berish yo‘li bilan qoplangan.

Yuqorida ko‘rsatilgan kamchiliklarni hisobga olmagan holda ti­jorat krediti tovarlar sotish jarayonini tezlashtirishda va korxo- nalarning aylanma mablag‘larini xo‘jalik faoliyatidan tezroq bo‘shashini ta’minlashda katta ahamiyatga ega.


Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish