O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi



Download 0,76 Mb.
bet36/73
Sana13.01.2022
Hajmi0,76 Mb.
#355809
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   73
Bog'liq
pul muomalasi

Character — qarz oluvchining xarakterini baholash, uning av- valgi qarzlari, qarzni to‘lay olish qobiliyati hamda bozordagi obro‘yi;

Capasity — qarz oluvchining boshlagan ishni oxiriga yetkaza olish, tegishli daromad olish hamda bank kreditlarini qaytara bi- lish qobiliyati;

Capital — qarz oluvchi sarmoyasining yetarliligi;

Conditions — shartlar. Bunda iqtisodiy muhim va mazkur biz- nesning rivojlanishi nazarda tutiladi;

Coloteral — garov (kafolat, kafillik, sug‘urta polisi, tovar- moddiy boyliklar) va boshq.

Rejali iqtisodiyot davrida kreditlashning bu tamoyillaridan tashqari, yana bir necha boshqa tamoyillar qo‘shimcha ravishda amal qilar edi. Sotsialistik xo‘jalik davrida yuqoridagi tamoyillar ikkinchi darajali hisoblanar edi. Quyidagi tamoyillar esa asosiy, birinchi darajali tamoyillar bo‘lib, kreditlash jarayonida banklar ko‘proq shu tamoyillarning bajarilishiga e’tibor berar edi.

  1. Kreditni rejaning bajarilganligiga qarab berish. Bu tamoyil- ning mohiyati shunda ediki, bank kreditlarining umumiy hajmi va shakllari banklarning kredit rejalari asosida o‘rnatilgan. Bunda kor- xona va tashkilotlarga beriladigan kreditlar ularning ishlab chiqa- rish rejalarini bajarishlariga qarab berilar edi. Undan tashqari, kredit hajmi bo‘yicha muayyan reja tuzilar va shu rejaga asosan, kredit berilishi, uning hajmi va shakli belgilanib, bank tomonidan boshqarilardi.

Ushbu tamoyilga asosan, kredit rejasida ko‘zda tutilgan bank ssudalari kvartal yoki oyiga bir marta emas, balki tovar-moddiy boyliklarini yaratish jarayoniga va ularni ishlab chiqarish maqsad- lariga sarflash yoki sotishning ma’lum bosqichlarida bank tomoni­dan o‘rnatilgan miqdorda berilar edi.

  1. Differensiyalashtirish (kreditlashda harxilyondashish) tamoyili. Bu tamoyil ijtimoiy zaruriy me’yorlarga mos holda ishlab chiqarish va mahsulotni realizatsiya qilish asosida korxona va tashkilotlarning qanday moliyaviy natijaga erishganligiga qarab belgilangan. Xo‘jalik faoliyatining natijalariga qarab korxonalar «yaxshi ishlaydigan» va «yomon ishlaydigan» korxonalarga bo‘lib kreditlangan. Bu tamoyilga asosan, ijobiy moliyaviy natijalarga erishgan korxona va tashkilot- larga kreditlash jarayonida ma’lum yengilliklar berilgan. Korxona- larda moliyaviy qiyinchiliklar bo‘lganda, ishchilarga ish haqi to‘lash uchun yoki boshqa to‘lovlarni amalga oshirish uchun kreditlar berilgan. Undan tashqari, yaxshi ishlaydigan korxonalarga yengil sharoitda kreditlar berilgan, masalan, kreditning foiz stavkasi kamaytirilgan, korxona uchun zarur bo‘lganda kreditning mud- dati uzaytirilgan va h.k.

Agar korxona ishlab chiqarish rejasini bajarmasa yoki bankdan olingan kreditlar bo‘yicha o‘z majburiyatlarini vaqtida amalga oshir- masa, bunday korxona yomon ishlovchilar qatoriga kiritilib, bank tomonidan iqtisodiy choralar qo‘llanilgan. Yomon ishlovchi kor- xonalarga kreditlashda bank jiddiy yondashgan, ya’ni kreditlarni juda qisqa muddatga, yuqori foiz stavkalari bo‘yicha bergan. Ba’zida bank oldindan bergan kreditlarini muddatidan ilgari undirib olgan, kor- xona yuqori tashkilotining kafolati asosida kredit bergan yoki ba’zi hollarda kredit berishni umuman to‘xtatib qo‘ygan.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida bu tamoyillarning barchasi ham o‘rinli bo‘lmasligi mumkin.

  1. Kreditning shakllari va turlari, ularning tavsifi

Kreditga bo‘lgan talab qaysi usulda va muddatda, kim tomoni­dan qondirilishiga va qarz oluvchilarga taklif qilinishiga qarab, kre­dit bir necha tur va shakllarga bo‘linadi. Uzoq davrlardan buyon kreditning quyidagi turlari qo‘llanilib kelinmoqda:

  1. Qisqa muddatli kreditlash.

  2. Uzoq muddatli kreditlash.

Qisqa muddatli kreditlashda qarzlar bir necha oydan bir yil- gacha bo‘lgan muddatga beriladi. Bu turdagi kreditlar ishlab chiqa- rish aylanma fondlari va muomala fondlarining doiraviy ayla- nishining uzluksizligini ta’minlaydi. Bizga ma’lumki, aylanma fond- larning doiraviy aylanishi deyarli barcha ishlab chiqarish soha- larida bir yil va undan kamroq vaqt davom qiladi. Bir yil fondlar aylanishining tabiiy o‘lchovi sifatida xizmat qiladi. Shuning uchun ham, bir yil qisqa va uzoq muddatli kreditlashning chegarasi bo‘lib xizmat qiladi. Qisqa muddatli kreditlar o‘z tabiatiga qarab, quyi- dagi turlarga bo‘linadi:


Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish