O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi



Download 0,76 Mb.
bet35/73
Sana13.01.2022
Hajmi0,76 Mb.
#355809
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   73
Bog'liq
pul muomalasi

Kreditning maqsadli bo ‘lishi. Bu tamoyilning mohiyati shun- daki, qarz oluvchi tomonidan olingan kreditlar aniq bir maqsad- ni amalga oshirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi zarur. Kreditning qaysi maqsadga yo‘naltirilganligi, masalan, tovar-moddiy boyliklar sotib olishga yoki ishlab chiqarish xarajatlarini qoplashga va hokazo aniq obyektga maqsadli yo‘naltirilganligi korxona bilan bank o‘rtasida tuziladigan kredit shartnomada ko‘rsatilgan bo‘ladi. Korxona olgan kreditini faqatgina kredit shartnomada ko‘rsatilgan ishni bajarishga sarflashi kerak. Bunda kredit muayyan, aniq obyektga: ishlab chiqarish xarajatlariga, ishlab chiqarish zaxiralariga, tayyor mah- sulotga, jo‘natilgan tovarlarga, hisob-kitob hujjatlariga va hoka- zolarga beriladi.

Yuqorida keltirilgan tamoyillar kreditning iqtisodiy kategoriya sifatida mavjud bo‘lishi va harakat qilishining muhim tomonlarini o‘zida ifodalaydi.

Bizning fikrimizcha, bozor iqtisodiyoti sharoitida kreditning yuqorida keltirilgan tamoyillaridan tashqari, kreditdan oqilona foy- dalanishni ifodalovchi tamoyil — kreditning samaradorligi tamoyi- lini kiritishimiz zarur. Bu tamoyil nafaqat kredit va foiz summa- sini bankka qaytarib to‘lashni, bundan tashqari, shu kredit yorda- mida kreditlanadigan yoki moliyalashtiriladigan soha, tarmoq, kor- xona qancha samaradorlikka erishishini ifodalashi zarur. Bozor iqti­sodiyoti sharoitida beriladigan kreditlar ma’lum bir loyihaning bajarilishiga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Banklar loyihalarni kreditlash yoki moliyalashtirishdan oldin loyihani bajarish uchun yo‘nal- tiriladigan mablag‘larning samaradorligini hisoblab chiqishlari zarur.

Agar biz bozor iqtisodiyoti yuqori rivojlangan mamlakatlarda kreditlash va loyihalarni moliyalashtirish amaliyotiga e’tibor bera- digan bo‘lsak, bu mamlakatlarda korxona, tashkilotlarga kredit berishdan oldin qo‘yiladigan mablag‘larning samaradorligi hisob- kitob qilib chiqiladi. Zero, loyihaga qo‘yiladigan mablag‘lar sama­ra beradigan bo‘lsagina, shu loyiha uchun mablag‘ ajratiladi. Har bir korxona va tashkilot uchun kreditdan foydalanishda uning sa- maradorligiga alohida e’tibor berish foydadan xoli emas, chunki samaradorlik kreditning zaruriy shartlaridan biri hisoblanadi. Kreditning samaradorligi ishlab chiqarish va savdo hajmiga to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liq. Samaradorlik tamoyilining mavjudligi va unga rioya qilish kreditning boshqa tamoyillarining bajarilishi uchun asos hisoblanadi. Samaradorlik kreditdan aniq, maqsadli foydalanishni taqozo qiladi. Shunga asoslangan holda kreditning samaradorligini sodda qilib quyidagicha ifodalash mumkin:

Sotilgan tovar mahsulot hajmi

Samaradorlik = .

Kredit qo'yilmalarining o'rtacha qoldig'i

Bu ko‘rsatkich kredit qo‘yilmalar o‘rtacha qoldig‘ining 1 so‘miga to‘g‘ri keladigan sotilgan tovar mahsulotning hajmini ko‘rsatadi. Kreditni jalb qilish yordamida ishlab chiqarish sur’atlarining o‘sishi, tovarlarni sotish hajmining oshishi kreditning samara-

dorligini belgilab beradi. Korxona kam kredit resurslar hisobiga ko‘p mahsulot sotuviga erishadigan bo‘lsa, kreditning samara- dorligi shuncha yuqori bo‘ladi.






R

R

a

* OFk -K OFk -K • Of
Kreditlashning yuqori samaradorligi minimal mehnat xara- jatlari orqali maksimal foydaga erishadigan korxonalar uchun xarakterlidir. Agar kredit samaradorligiga ta’sir qiluvchi boshqa omillarni ham hisobga oladigan bo‘lsak, kreditning samarador- ligini kengroq olgan holda quyidagicha ifoda qilish mumkin:

bu yerda, Skr — kredit qo‘yilmalarining samaradorligi; R — to‘la tannarxida realizatsiya qilingan tovar mahsuloti; OFk — kreditor qarzdorlikni hisobga olgan, lekin qarz mablag‘larini hisobga olma- gan holdagi aylanma fondlarining o‘rtacha qoldig‘i; K — qisqa mud- datli kredit qo‘yilmalarining o‘rtacha qoldig‘i; Okr — hisobot dav- ridagi qisqa muddatli kreditning aylanish soni; Ogf — hisobot dav- ridagi aylanma fondlarining aylanish soni.

Ifodadan ko‘rinib turibdiki, kredit resurslarning samaradorligi, asosan, ikki omil: sotilgan mahsulotning hajmi va kredit resursla- rining aylanish davriga bog‘liq. Savdo hajmi qanchalik katta bo‘lsa va kredit resurslarining aylanish davri qanchalik qisqa bo‘lsa, kredit qo‘yilmalarining samaradorligi shunchalik yuqori bo‘ladi. Bank to- monidan berilgan mablag‘lar xo‘jalik aylanmasida, ishlab chiqarishga tezroq joriy qilinsa va kredit mablag‘lar ishlab chiqarish va muomala jarayonini tezroq bosib o‘tsa, ular keltiradigan samaradorlik shun­chalik yuqori bo‘ladi. Bank krediti mablag‘lar doiraviy aylanishi- ning biror bosqichida ushlanib qoladigan bo‘lsa, bu hol kreditni to‘lash muddatining kechiktirilishiga olib keladi. Bu, albatta, kreditning samaradorligi pasayganligidan dalolat berishi mumkin.

Kreditning samaradorligini ta’minlash maqsadida g‘arb mam- lakatlari amaliyotida kreditlashning biz uchun yangi qoidasi qo‘lla- niladi. Bu qoida kreditlashda «5 «C»lar qoidasi» deb yuritiladi. «5 «С» lar qoidasi»ga asosan, har bir «С» bo‘yicha korxonaning faoliyati tahlil qilib chiqilib, talabga javob bersagina kredit beriladi. Qoidaga asosan, «С» harflari korxonalarning xo‘jalik faoliyatining quyi- dagi jihatlarini ifodalaydi:


Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish