Ishlab chiqarish bilan bog‘liq (taklif) inflatsiyasi
Bu inflatsiyaning sabablari quyidagilar bo‘lishi mumkin:
har xil jarayonlar va tarkibiy o‘zgarishlar tufayli mehnat unumdorligining pasayishi natijasida mahsulot ishlab chiqarishga ketgan xarajatlar oshadi. Umuman, iqtisodiyot bo‘yicha ishlab chiqarish hajmi, binobarin, tovarlar bo‘yicha taklif qisqaradi va to- varlar bahosi oshadi. Korxonalarning foyda hajmi qisqaradi;
har xil yangi xizmat turlari paydo bo‘ladi, ishlab chiqarishga nisbatan kam mehnat unumdorligida yuqori ish haqi olishga imkoniyat tug‘iladi. Natijada tovar va xizmatlarga bo‘lgan baho oshib boradi;
d) aholini ijtimoiy jihatdan himoyalash maqsadida ish haqi oshishi, tovarlar bahosi oshishiga olib keladi va yana ish haqi oshadi va h.k., bu zanjir uzluksiz davom etishi mumkin.
Inflatsiyada nafaqat chakana baho, balki ulgurji baho ham oshib boradi. G‘arb mamlakatlarida inflatsiyaning asosiy ko‘rsatkichi qilib, chakana baholarning o‘zgarishi (oshishi) qabul qilingan. Agar ma’lum davrda baholar ikki marta oshsa, muomaladagi pul ham ikki marta qadrsizlangan hisoblanadi.
Chakana baholar o‘sishini hisoblash maxsus davlat organlari tomonidan aniqlanadigan baholar indeksiga asoslanadi. Baholar indeksini hisoblashning boshlang‘ich nuqtasi sifatida (yuz foiz deb) bazis yili olinadi va joriy yilda baholar o‘zgarishi, o‘rtacha yillik o‘sish sur’ati hisoblanishi mumkin. Baholar indeksi joriy yildagi tovarlar va xizmatlar bahosi yig‘indisi, ya’ni tovarlar bozor savati bahosining shu tovar va xizmatlarning bazis yildagi umumiy bahosi, bozor savati bahosiga nisbati sifatida aniqlanishi mumkin. Yuqoridagi fikrni quyidagicha formula ifoda qilishi mumkin:
Joriy (2007) yilda = Joriy (2007) yMa bozor sarati bahosi _ 100 baholar indeksi Bazis yildagi bozor savati bahosi
(masalan, 2006-yil)
Baholar indeksini hisoblashda iste’mol tovarlar bahosining indeksi katta ahamiyatga ega. Baholar indeksi turli usullarda baholar darajasini solishtirishga imkon beradi. Joriy yildagi baholar indeksining bazis yildagi baholar indeksiga nisbatan oshishi — in- flatsiya — «baholar darajasining oshishi»dan, baholar indeksining kamayishi — deflatsiya — «baholar darajasining kamayishi»dan dalolat beradi.
Aytaylik, bazis yili 1990-yil bo‘lsin (baholar darajasini 100 % deb olamiz) va 1997-yilda baho darajasi 350. Demak, 1990—1997-yillarda baholar 3,5 marta yoki 250 % ga oshgan yoki 1990-yilda biron tovar 100 so‘m turgan bo‘lsa, 1997-yilda shu tovar 350 so‘m turadi.
Iste’mol tovarlar bahosi indeksidan tashqari, ba’zi guruh tovarlar va xizmatlar, masalan, kiyim, oyoq kiyimlar, transport, uy-joy xizmatlari va boshqalar bo‘yicha baholar indekslarini hi- soblash mumkin.
Baholar indeksiga asoslanib inflatsiya sur’atlarini aniqlash mumkin. Buning uchun joriy yil baholar indeksidan bazis davr baholar indeksini chegirib, bazis yili baholar indeksiga bo‘lamiz. Masalan, 2005-yilda iste’mol tovarlarning baho indeksi 110, 2007-yilda 140 bo‘lsa, 2007-yilda inflatsiya sur’ati quyidagicha aniqlanadi:
Iiiflataya = 140!110 . ш = 27 27 %.
sur’ati 110
Demak, 2007-yilda inflatsiyaning o‘sish sur’atlari taxminan 27,3 % ga teng bo‘ladi. Inflatsiyaning o‘sish sur’atlari to‘g‘risida fikr yuritganda, uning rivojlanishini son jihatdan aniqlashning boshqa yo‘li ham mavjud. Bu usul «70 lar qoidasi» deb ataladi. Agar har yili inflatsiya darajasi ma’lum bo‘lsa, baholar ikki karra oshishi uchun necha yil kerak ekanligini aniqlash mumkin. Buning uchun «70» ni har yilgi inflatsiya darajasiga bo‘lish kerak. Masalan, inflatsiyaning har yillik darajasi 5 % bo‘lsa, baholar darajasi 14 yildan keyin, ikki karra oshishi kerak. Agar har yillik inflatsiya darajasi 20 % bo‘lsa, baholar darajasi 3 yildan keyin ikki karra oshishi kerak. Shuni ta’kidlash kerakki, bu usul hamma vaqt ham, masalan, inflatsiyaning o‘sish sur’atlari yuqori (har kuni, oyda o‘zgarib boradigan) bo‘lsa, qulay hisoblanmaydi. «70 lar qoidasi» aholi jamg‘armalarining, real yoki milliy mahsulot hajmining ikki marta oshishi uchun necha yil kerak ekanligini to‘g‘ri aniqlab berishga imkon beradi.
Pulning qadrsizlanish darajasi alohida olingan mamlakatda har xil bo‘lishi mumkin. Inflatsiya darajasi rivojlangan mamlakat- larda pastroq va u tez o‘tishi, iqtisodiy jihatdan kam rivojlangan mamlakatlarda uning darajasi yuqori, surunkali va «davolash» ham ko‘proq vaqt talab qilishi mumkin. Masalan, 1971-1984-yillarda baholar o‘sishi sur’atlarini olsak, u rivojlangan mamlakatlarda 4,9 % dan (Germaniya) 71 % (Jazoir)gacha bo‘lsa, rivojlanayot- gan mamlakatlarda 8,5 % dan (Hindiston) 153 % ga (Argentina) yetgan. Inflatsiyaning namoyon bo‘lishi har bir mamlakat iqti- sodining rivojlanish darajasiga, milliy xo‘jalik faoliyatiga va xusu- siyatiga, milliy an’analariga, mintaqaviy, iqtisodiy va siyosiy rivojlanish xususiyatlariga bog‘liq.
Rivojlangan mamlakatlarda inflatsiyaning sharoit va omillari har xilligini hisobga olib uni quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin. Birinchi guruhga rivojlanayotgan Lotin Amerikasi, Afrika mam- lakatlari kiradi. Bu davlatlarga surunkali budjet taqchilligi, iqtisodiy muvozanatning yo‘qligi asosiy va aylanma fondlar qiyma- tining doimo indeksatsiya qilinishi, milliy valuta kursining chet el valutasiga nisbatan tushib borishi pul qadrsizlanishining omillari hisoblanadi. Bu mamlakatlarda surunkali budjet defitsitini emissiya yo‘li bilan moliyalashtirish natijasida yillik pul qadrsizlanishi bir necha ming foizga yetishi kuzatilgan.
Argentina, Chili kabi mamlakatlarda inflatsiya pul qadrini yemirib tashlashi natijasida oddiy biror tovarni sotib olish uchun bir necha million pul birligi zarur bo‘lgan. 1983-yilda iyungacha, ya’ni muomalada eski peso bo‘lganda Argentinada bir juft tufli yetti million peso, yengil mashina sotib olish uchun bir necha milliard peso kerak bo‘lgan. Bu hol hisob-kitoblarni olib borishda, pul muomalasida juda katta qiyinchilik tug‘dirgan. Bir necha marta o‘tkazilgan denominatsiyalar pul qadrsizlanishini to‘xtatishga asos bo‘la olmagan. Lotin Amerikasi mamlakatlarida bo‘lgan infla- tsiya darajasini baholar indeksidan ham ko‘rish mumkin. Bu mamlakatlarda baholar indekslari bir necha sonlardan iborat bo‘l- gan. Masalan, Chilida 1971-1984-yillarda baholar indeksi 842162 yoki bu ko‘rsatkich shu yillarda baholar 8,4 ming marta oshganini, Argentina uchun shu indeks 436432250, bu baholar 436 ming marta oshganini bildiradi. Yuqoridagi jadval ma’lumotlari ko‘r- satib turibdiki, 1990-yilda Nikaraguada tovarlar bahosi 8500 %, Peruda — 8291,5 %, Braziliyada 2359,9 % ga oshgan.
Ikkinchi guruh mamlakatlar — Kolumbiya, Ekvador, Vene- suela, Eron, Suriyada ham iqtisodiy muvozanatning yo‘qligi, mo- liyaviy siyosatdagi kamchiliklar — taqchillikni moliyalashtirish, iqtisodiyotga ko‘p kreditlar ajratish inflatsiyaning bo‘lishini ta’min- lamoqda. Bu mamlakatlarda inflatsiya shiddatli xarakterga ega bo‘lib, baholarning yillik o‘sishi 30—40 % atrofida, ba’zida undan yuqori bo‘ladi. Inflatsiya sur’atiga qarab jamg‘armalar, to‘lovlar bo‘yicha indeksatsiya o‘tkazib boriladi, ishsizlik oshib boradi.
Uchinchi guruhga: Hindiston, Indoneziya, Pokiston, Tailand, Filippin kiradi. Bu mamlakatlarda cheklangan iqtisodiy muvozanat mavjud bo‘lib, eksportdan valuta tushumi ancha yuqori. Yillik in- flatsiya sur’ati 5—20 % atrofida va qisman indeksatsiya o‘tkazilib turiladi.
To‘rtinchi guruh davlatlar — Singapur, Malayziya, Janubiy Koreya, Bahrayn, Saudiya Arabistonida iqtisodiy muvozanatning mavjudligi inflatsiya sur’atlarining sustligini ko‘rsatadi. Bu mamla- katlardagi inflatsiya 2—6 % ni tashkil qiladi va uni sudraluvchi inflatsiya, deb qarash mumkin. Bu mamlakatlarda tovarlar va xizmatlar bahosi oshishi ustidan qattiq nazorat olib boriladi. Ishsizlik boshqa mamla- katlarga nisbatan kam, iqtisodi rivojlangan bozor sharoitida bosh- qariladi. Eksport hajmi va chet el valutasi tushumining yuqoriligi, inflatsiyaning oldini olishda katta rol o‘ynaydigan omil hisoblanadi.
Albatta, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi rivojlangan mamlakatlarda inqiroz darajasining oshib ketishiga olib keldi.
2010-yilning yanvar-fevral oylarida inflatsiya darajasi Ukrainada 3,7 %, Turkiyada 3,3 %, Rossiyada 2,5 %, Qozog‘istonda 2,3 % ni tashkil etdi. Yevropa davlatlarida iste’mol tovarlarining bahosi Ita- liyada 1,5 %, Ispaniyada 1,2 %, Gretsiyada 1,4 % ga kamaygan bo‘lsa-da, bugungi kunda inflatsiya ko‘rsatkichi oshib bormoqda.
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, Rossiya Federatsiyasida inflatsiya keyingi yillarda pasayish ko‘rsatkichiga ega bo‘lib, o‘rtacha darajasi 9—10 % ni tashkil qilmoqda.
O‘zbekistondagi inflatsiya mustaqil O‘zbekiston zaminida vu- judga kelgan emas. Tarixan u sobiq Ittifoqda yuzaga kelgan. Bu inflatsiyaning umumiy iqtisodiy sababi davlat boshqaruvida iqti- sodga nisbatan siyosatga ko‘p e’tibor berilganidadir. Natijada ish- lab chiqarish sur’atlari tushib ketgan. Tovar kamyobligi yashirin jarayon bo‘lib, tovarlarni ishlab chiqarish uchun ko‘p xarajat qilinsa-da (xomashyolarning narxi yuqoriligi tufayli), tovarlar past bahoda sotilgan. Farq davlat budjetidan qoplana borgan. 1992-yilning boshidan erkin baholarga o‘tish natijasida (oziq- ovqat va yoqilg‘i resurslaridan tashqari) inflatsiya yuzaga otilib chiqdi va tez sur’atlar bilan rivojlanib ketdi. Shu tufayli O‘zbe- kistondagi inflatsiya sobiq Ittifoq davrida yuzaga kelgan inflatsiya- ning qoldig‘i deyish mumkin. Sobiq Ittifoqda, jumladan, O‘zbekis- tonda o‘tgan asrning 90-yillaridagi inflatsiyaning asosiy sabablari:
iqtisodiy muvozanatning yo‘qligi, ishlab chiqarish sur’atlari tushib ketishi;
mahsulotlar sifati hamda mehnat unumdorligi pastligi;
ishlab chiqarishda xarajatlar salmog‘ining oshib ketishi, behuda sarflar, iqtisod prinsiplariga rioya qilmaslik va boshqalar hisoblanadi.
Bundan tashqari, rivojlangan bozor sharoitiga o‘tmasdan turib baholarning erkinlashuvi, tovar massasi ustidan ba’zi bo‘limlarning yakka hukmronlik o‘rnatishi, baholarni xohlagancha boshqarish, kredit, moliya siyosatlarini noto‘g‘ri olib borish, iqtisodning «dollar- lashuvi», «milliy valuta hududi»ning yemirilishi, valuta tushumlari va milliy boylikning chetga oqib ketishi va boshqalar inflatsiya jarayonining yanada rivojlanishiga olib kelgan. Inflatsiya jamiyat- ning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |