Iste’mol krediti. Iste’mol krediti o‘zining maqsadi bilan kredit- ning boshqa shakllaridan farq qiladi. Uning farqli belgisi jismoniy shaxslarni kreditlash hisoblanadi. Kreditning bu shaklida kredit beruvchi sifatida maxsus kredit muassasalari bilan birga, tovar va xizmatlarni sotishni amalga oshiradigan jismoniy shaxslar ham bo‘ladi.
Iste’mol krediti ikki shaklda: pul yoki tovar shaklida berilishi mumkin. Jismoniy shaxslarga ko‘chmas mulkka egalik qilish uchun, qimmat bo‘lgan davolanishni to‘lash, har xil tovarlar va uy jihozlari sotib olish va boshqa ehtiyojlarni qondirish uchun iste’mol kreditlari beriladi. Pul shaklida iste’mol krediti banklar tomonidan, tovar shaklida esa tovarlar chakana savdosi jarayonida to‘lov muddatini cho‘zish orqali amalga oshiriladi.
O‘zbekistonda hozirgi kunlarda uy-joy sotib olish, uy-joy qu- rish uchun pul shaklidagi, uzoq muddatli iste’mol krediti va tovar shaklida avtomobil krediti berilmoqda.
Davlat krediti. Kreditning bu shaklining asosiy xususiyati kredit munosabatlarida davlatning qatnashuvidir. Bunda davlat bir to- mondan qarz beruvchi va ikkinchi tomondan qarz oluvchi sifatida ishtirok qilishi mumkin. Qarz beruvchi vazifasini bajara turib, davlat, davlat kredit institutlari, jumladan, Markaziy bank orqali iqtisodiyotning har xil sohalarini kreditlashni o‘z zimmasiga oladi. Davlat tomonidan:
iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini kreditlash;
moliyaviy resurslarga ehtiyoj sezayotgan davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan aniq tarmoq yoki mintaqalarga, agar budjetdan moliya- lashtirish imkoniyati tugagan bo‘lsa, vaqtincha foydalanishga mab- lag‘ ajratilishi mumkin.
Undan tashqari, tijorat banklariga banklararo kreditlar bozo- rida kredit resurslarni kimoshdi savdosi yo‘li bilan yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri sotish jarayonida davlat tomonidan mablag‘lar vaqtincha foydalanishga berilishi mumkin.
Davlatning qarzlari ko‘paygan hollarda davlat budjeti kamo- madini moliyalashtirish maqsadida, davlat qarz oluvchi sifatida, davlat qarzlarini joylashtirish jarayonini amalga oshiradi. Davlat kreditining xarakterli xususiyati shundaki, davlat tomonidan olin- gan qarz mablag‘lari ishlab chiqarish fondlari aylanishida yoki moddiy boyliklar yaratishda ishtirok qilmaydi. Bu mablag‘lar dav- lat qarzlarini qoplash uchun ishlatiladi.
Davlat xazina majburiyatlarini chiqarish, moliya bozorida qim- matli qog‘ozlarini joylashtirish, zayomlarni chiqarish, sotish yo‘li bilan banklar aholining va boshqa moliya-kredit institutlarining pul mablag‘larini yig‘adi hamda ularni davlat qarzi va budjet kamo- madini qoplash (moliyalashtirish)ga sarflaydi. Shuni ta’kidlash zarurki, o‘tish davrida davlat krediti faqatgina moliyaviy resurs- larni jalb qilish manbayi sifatida emas, balki iqtisodiyotni markaz- lashgan kredit tizimi orqali tartibga solishning samarali vositasi sifatida ishlatilishi kerak.
Xalqaro kredit. Kredit munosabatlarining xalqaro miqyosda (davlatlar o‘rtasida) amalga oshirilishi xalqaro kreditning yuzaga kelishiga olib keladi. Bunga xalqaro miqyosda harakat qiluvchi kredit munosabatlarini to‘plash sifatida qarash zarur. Kredit bu shaklining bevosita ishtirokchilari millatlararo moliya-kredit in- stitutlari, tegishli davlat hokimiyati, kredit tashkilotlari va alohida yuridik shaxslar bo‘lishi mumkin.
Xalqaro kredit bir davlat, shu davlat banki, yuridik shaxsi tomonidan ikkinchi bir davlatga, uning banklariga, boshqa yuridik shaxslariga muddatlilik va to‘lovlilik asosida beriladigan kredit hisoblanadi. Xalqaro kredit davlat va xalqaro institutlar ishtirok etgan munosabatlarda pul (valuta) shaklida, tashqi savdo faoliya- tida esa tovar shaklida bo‘lishi mumkin.
Xalqaro kredit quyidagi xususiyatlari bilan xarakterlanadi:
qarz oluvchi va qarz beruvchi sifatida davlat tashkiloti va muas- sasalari, banklar, kompaniyalar, xalqaro valuta-kredit tashkilot- lari qatnashadi;
qarzga olingan mablag‘lar qarz oluvchi mamlakat tomonidan daromad keltiruvchi kapital sifatida ishlatiladi;
qarz beruvchi mamlakatga to‘lanadigan ssuda foizining manbayi qarz oluvchi mamlakat aholisi tomonidan yaratilgan milliy daromad hisoblanadi.
Xalqaro kredit mahalliy kredit bilan bir qatorda, fondlar ayla- nishining barcha bosqichlarida qatnashadi.
Xalqaro kredit xalqaro iqtisodiy munosabatlar doirasida quyidagi funksiyalarni bajaradi:
mamlakatlar o‘rtasida kapitalning qayta taqsimlanishini ta’minlaydi;
kapitalning konsentratsiyalashuviga va markazlashuviga sha- roit yaratadi va bu jarayonni tezlashtiradi;
har xil valutalarda xalqaro hisob-kitoblarni olib borishda muomala xarajatlarini qisqartiradi.
Xalqaro kreditlar:
xarakteri bo‘yicha — davlatlararo, xususiy, firma kreditlariga;
shakli bo‘yicha — davlat, bank, tijorat;
tashqi savdo tizimida tutgan o‘rni bo‘yicha — eksportni kredit- lash, importni kreditlashga;
muddati bo‘yicha — qisqa muddatli — 1 yilgacha, uzoq mud- datli — 5 yildan ortiq muddatga;
obyekti bo‘yicha — tovar va valuta;
ta’minlanganligi bo‘yicha — tovar-moddiy boyliklar bilan yoki hujjatlar bilan ta’minlangan kreditlarga bo‘linadi.
Tovar shaklida beriladigan xalqaro kredit yoki firma kreditlari tijorat kreditining xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasida qo‘llanilishi hisoblanadi va bir mamlakat firmasining tovari ik- kinchi mamlakat firmasiga kreditga — to‘lov muddati kechiktirilib sotiladi. Bu jarayon, odatda, tratta (o‘tkazma veksel) bilan rasmiy- lashtiriladi. Eksportni kreditlashda davlat tomonidan subsidiya ajra- tilganligi uchun firma kreditlari bo‘yicha foiz stavkalari, odatda, foiz stavkalarining bozor bahosidan past bo‘ladi.
Xalqaro bank kreditlarining bank eksport kreditlari (xorijiy import qiluvchilarga xususiy tijorat banklari, maxsus tashqi savdo banklari tomonidan beriladigan kredit), yevrokredit (yirik tijorat banklari tomonidan yevrovaluta bozori resurslari hisobidan yev- rovalutada, 2 yildan 10 yilgacha bo‘lgan muddatga, o‘zgaruvchan foiz stavkada kreditlar berish) kabi turlari mavjud. Xalqaro davlat krediti ikki tomonlama kelishuv asosida rivojlangan mamlakatlar tomonidan rivojlanayotgan mamlakatlarga tovar yoki valuta shak- lida, foiz to‘lash yoki foiz to‘lamaslik sharti bilan, uzoq yoki qisqa muddatga beriladi.
Xalqaro valuta-kredit tashkilotlarining kreditlari qisqa muddatli — 1 yilgacha (Xalqaro valuta fondining kreditlari), o‘rta muddatli — 5 yilgacha (Jahon tiklanish va taraqqiyot banki) va uzoq muddatli — 20 yilgacha (Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki va boshq.) kreditlar berishi mumkin. Xalqaro valuta-kredit tashkilot- laridan olingan kreditlar xususiy tijorat banklaridan olingan kredit- lardan (bu kreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi yiliga 7—9 % ni tashkil qiladi) arzonga tushadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |