O‘rta baholi silos. Yangi pishgan qora (javdar noni)
nonning hidini beradi, to‘q jigarrang yoki qoramtir, poya
хiyla erigan, silos qo‘lga olinsa, qo‘lda qoramtir rangli
shilimshiq modda shuvalib qoladi, ph – 4,2, kislotalar
miqdori 1–1,5 g%, shundan 40–30% i sut, 50–70% i sir-
ka, 12% i yog‘ kislotalar.
To‘liqsiz o‘rta sifat silos. Sirka kislota hidi keladi.
Silosni qo‘l kaftlariga olib mijg‘ilab tashlansa, uzoq vaqt
davomida kaftlardan irindi hidi kelib turadi. Rangi yashil
yoki хira yashil. Poya ezilmagan, kaftda dog‘ qoldirmay-
di, ph 4,2–4,6. Kislotalar majmuyi 1–1,5 g% shu jumladan,
40–30% sut, 50–70% sirka, 12–21% yog‘ kislotalar.
Yomon silos. Ammiak yoki tuzlangan seledka-baliq
hidi keladi. Rangi yashil, qoramtir yoki to‘q jigarrang.
Poya erigan, shilliqsimon, yopishqoq. Qo‘lga olingan-
da kaftga yopishadi, ph – 4,7–6,0. Kislotalar yig‘indisi
1 g%, shundan 29% sut, 21% yog‘ kislotalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |