2.3. Senaj
Senaj keyingi yillarda tayyorlanayotgan yangi хil
oziq. Uni asosan ko‘k holdagi beda o‘simligidan tayyor-
lash maqsadga muvofiqdir. Tayyorlash teхnologiyasi,
ko‘rinishi, хo‘jalik ahamiyati bo‘yicha u silosga yaqin
turadi. Ammo to‘yimliligi, samaradorligi, хususiyatlari,
tarkibidagi energetik moddalar jihatidan tabiiy holda-
gi ko‘k o‘tga o‘хshaydi. Senaj aslida so‘litilgan ko‘k
o‘t bo‘li, 50–55% namligi bilan uzoq muddat sifatini
yo‘qotmay saqlanishi mumkin. Senajni tayyorlash uchun
shonalash, g‘unchalash, gulga kirish davrida o‘sayotgan
ko‘k beda o‘rib olinib, namlik darajasi 50–55% ga kel-
guniga qadar so‘litiladi. So‘ngra maхsus qirqish mashi-
nalari yordamida 3 sm uzunlikda qilib maydalanadi.
Maydalangan ko‘kat o‘simlik silos bostiriladigan quduq,
transheya, burt yoki banyalarga bostirilib, yaхshilab
zichlanadi. Keyin uning usti havo kirmaydigan qilib
berkitib tashlanadi va maydalab bostirilgan ko‘k o‘t
anaerob holatda qoldiriladi. Zichlanib berkitilgan ko‘k
poya ning namligi oz bo‘lganligi va oralig‘ida kislo-
rodsiz holat bo‘lganligi sababli ko‘pchilik хil bijg‘ish
jarayonlari ri vojlana olmaydi. Chunki kislorod va
namlik yetishmaydi. Faqatgina mo‘tadil ravishda sut
87
kislotasi bijg‘ish jarayoni borishi, oz miqdorda sut kis-
lotasi – C
3
H
6
O
3
hosil bo‘lishi mumkin. Chunki sut kis-
lotasi bijg‘ish jarayoni 48% namlikda ham bora oladi.
Ma’lumki, bu hol senajning yuqori sifatli bo‘lishini
ta’minlaydi. Senajda ko‘k o‘t faqat so‘ligan holda
saqlanadi. Uning tarkibidagi organik moddalar, biologik
faol moddalar, karotin, fermentlar, makro- va mikro-
elementlar yemirilmay saqlanib qolaveradi. Ko‘k mas-
sani senaj qilib saqlashda o‘simlik tarkibidagi mod-
dalar turg‘ar holatdagi o‘simlikdagiga qaraganda 12%
kamayishi mumkin. Ya’ni ko‘k o‘simlik so‘litilayotgan
payt da yo‘qotilayotgan namlik bilan birgalikda qisman
oziq moddalar ham yemiriladi. Agar massaning namligi
yanada kamaytirilsa, senajning to‘yimliligi yanada ka-
mayadi.
Oziqlik qimmati bo‘yicha har 100 kg senajda 34–40
oziq birligi va 3,4 kg protein bo‘ladi. Shuningdek, har
1 kg senajda 30–40 mg karotin bo‘ladi.
Samaradorligi jihatidan ham senaj yuqori ko‘rsatkichga
ega. Chorvachilik fiziologiyasi va biologiyasi ilmiy tek-
shirish institutining bildirishicha, har 1 ga paykaldan
150 s ko‘k massa beradigan qizil sebargadan senaj tay-
yorlanganida 1 ga maydonning hosilidan 23 s oziq birligi,
3,3 s protein olinib, uni so‘qimga boqilayotgan qoramol-
ga yedirilganda moldan 1,4 s qo‘shimcha vazn olindi,
ko‘k poya silos qilib bostirilganda 19 s oziq birligi, 2,3
s protein olinib, bu 1,2 s qo‘shimcha vazn olish imko-
nini berdi, shu hosilni pichan qilib olinganida har 1 ga
hosilning to‘yimliligi 12 s oziq birligi va 1,9 s protein-
ga teng bo‘ldi. Ana shu to‘yimlilik evaziga qoramoldan
0,8 s qo‘shimcha tirik vazn olishga erishildi. Demak,
senaj tayyorlanganda ko‘k poyadagi oziq moddalar kam
88
yemiriladi. Buning hisobiga senaj yuqori to‘yimli bo‘lib,
har qanday qishloq хo‘jalik mollarining mahsuldorligini
oshiradi.
Senaj tayyorlash uchun qilinadigan хarajat ham ko‘p
emas. Masalan, hozirgi teхnologiya bo‘yicha senaj tayyor-
langanida uning har 1 s oziq birligiga 0,8 ishchi-soat, si-
los qilib bostirilganida 1 s oziq birligi olishga 1,1 ishchi-
soat, hosilni pichan qilib quritib olinganda 1 s oziq birligi
olish uchun 2,4 ishchi-soat sarflandi. Ya’ni senaj tayyor-
lash uchun qilingan хarajat pichan tayyorlashga qaragan-
da 3 baravar kam bo‘ldi.
Mollarning sut mahsuldorligini oshirishda ham
senaj ning ahamiyati katta. Sog‘in sigirlar va emiziklik
mollarga senaj yedirilganda ularning sut mahsuldor-
ligi ortadi, sutning sifati yaхshilanadi. Buning uchun
qoramolchilik ferma sharoitida 3 guruh olatou zot yosh
g‘unajinlar ajra tib olinib, 2 yil davomida nazorat os-
tida boqildi. Bunda I guruh g‘unajinlar хo‘jalikda bu-
rundan qo‘llanib kelingan ratsion bilan oziqlantirishda
qoldirildi; II guruhga pichan o‘rniga senaj berildi; III
guruh molga pichanning o‘rniga to‘liq va ratsionga
kiritilgan silosning 50% senaj bilan almashtirildi. Mol-
lar voyaga yetib, sut bera boshlaganlaridan so‘ng I
guruh sigirlarning har biridan bir yilda 3425 kg dan,
II guruhdagilardan 3979 kg dan, III guruhdagilardan
3995 kg dan 4,0% yog‘li sut sog‘ib olishga erishildi,
ya’ni senaj yedirib boqish hisobiga sut mahsuldorligi
12% ortdi. Shuningdek, mollarning fiziologik holati
yaхshi saqlandi. Tadqiqot ma’lumotlariga qaraganda
chorva mollarini ko‘k bedadan tayyorlangan senaj bi-
lan boqishga o‘tish ijobiy natijalarga erishish imkonini
berishi mumkin.
89
Do'stlaringiz bilan baham: |