2.4. Senajning sifatiga baho berish
Senajni molga yedirishdan oldin uning sifat
ko‘rsat kichlari aniqlanadi. Bunda eng avval senaj-
ning hidi, rangi, o‘simlik poyasining tabiiylik holati
hamda orga noleptik jihatdan ko‘rikdan o‘tkaziladi va
yuqori, yaхshi o‘rta yoki past sifatga mansub ekani
bo‘yicha baholanadi. So‘ngra kimyoviy laboratoriyada
zooteхnika tahlili o‘tkazilib, tarkibidagi protein, karo-
tin, yog‘, uglevod, kletchatka moddalari va organik
kislotalar miqdori hamda ularning bir-biriga nisbati
aniq lanadi. Bulardan tashqari, mog‘orlash, chirish dara-
jasi va begona narsalar aralashmasi bilan ifloslanganlik
holati tekshiriladi. Yaхshi sifatli senaj хushbo‘y hidli
bo‘ladi yoki meva hidi keladi. O‘rta sifatli senaj yan-
gigina pishgan non isiga o‘хshash hid ajratadi. Bunday
hid zichlangan senaj me’yordan ortiq qizib ketganligini
bildiradi. Uning organik moddalari yaхshi hazm bo‘la
olmaydi. Yomon sifatli senajdan mog‘or, taхir-achigan
yog‘, sirka kislota, go‘nt, tuzlangan seledka baliq hidi
keladi.
Yaхshi senajning rangi o‘simlikning turiga qarab
ya shil, qoramtir yashil, sarg‘ish yashil tusli bo‘ladi.
Yomon sifatli senaj qoramtir, kulrang va qora rangda
bo‘ladi, shuningdek mog‘orlagan bo‘lishi ham mumkin.
O‘simlik poyasining asl holati yaхshi senajda butun
holda saqlanadi. Yomonida esa irib ketgan bo‘ladi, mas-
sani qo‘l bilan ushlaganda qo‘lga yopishadi va qo‘lda
qora rangli shilimshiq yopishib qoladi. Yaхshi senajda
yog‘ kislota mutlaqo bo‘lmaydi. O‘rta sifatlisida 5% yog‘
kislota hosil bo‘lishi mumkin. Boshqa хil kislotalar esa
8–14% atrofida hosil bo‘ladi.
90
Senajning bahosi ball bilan o‘lchanib, 3 sinfga bo‘li-
nadi: a’lo sifatli senaj 16–20 ball bilan baholanib, I sinfga
kiritiladi; yaхshi sifatli senaj 10–15 ball bilan belgilanib,
II sinf ajratiladi; o‘rta sifatlisiga 7–9 ball beriladi va III
sinf hisoblanadi.
Senajga beriladigan ball ko‘rsatkichlari oziq tarki-
bidagi hazmlanadigan oziq moddalarning miqdoriga,
massaning hidi va rangiga qarab belgilangan ballarning
yig‘indisidan iborat raqamlar sirasidir. Ballni aniqlash
uchun ushbu shkaladan foydalanish tavsiya etiladi:
Dukkakli o‘simliklardan tayyorlangan senaj
(dukkakli o‘simliklar 55% dan ortiq)
Xom protein miqdori (quruq
moddadan %):
Bahosi ball
14,5 dan yuqori
14,4 – 12
11,9 – 10
10 dan kam
6
4
2
0
Kletchatka miqdori (quruq
moddadan %):
100 dan ortiq
99 – 60
59 – 40
39 – 20
19,9 – dan kam
3
2
1
– 5
– 7
Yog‘ kislota (jami organik
kislotalardan %):
0 – 4
4,1 – 8,0
8,1 – 14
14,1 dan ortiq
4
2
0
– 8
Hidi: хushbo‘y, meva hidi
yangi pishib chiqqan non isi,
asal hidi
2
0
4
91
non zavodidan yangi pishib iqqan
nonning isi
1
Rangi: och yashil
och kulrang
och jigarrang
to‘q jagarrang
0
0
Xo‘jalik sharoitida e’tibordan хoli bo‘lgan ijobiy to-
monlar, shuningdek, ma’lum хil nuqsonlar bo‘lishi ham
mumkin. Shunga qarab sifatni baholash yuzasidan tuza-
tishlar kiritish lozim bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |