Yurak qon- tomir sistemasi kasaliklarining tekshirish usullari.
S O’ R A B S U R I SH T I R I SH - qon aylanish sistemasi zararlangada kasal hansirash, vaqti-vaqti bilan bo’g’ilib qolish, yurak o’ynog’i va yurak ishida to’htalish bo’lib turishi, yurak sohasi hamda to’sh ortidagi og’riqlar, yo’tal qon tuflash, badanida shishlar borligidan nolidi. Yurak tomirlar sistemasi kasaliklarda bemorlarda markaziy nerv sistemasiga aloqador funksional o’zgarishlar kuzatiladi, bular darmonsizlik, tez charchab qolish, uyqu buzulishi, bosh og’rig’I va bosh aylanishi ko’rinishida bo’ladi. hansirash ko’pincha chap qorincha yetishmovchiligining alomati bo’lib hisoblanadi. Yetishmovchilikning asosiy dastlabki davirlarida odam jismonan zo’r berganida, tez yurganidam, zinadan ko’tarilib chiqqanda hansiraydi. Yurak kasalliklarida hgansirash paydo bo’lishining sababi – gazlar almashinuvi buzilib, chala oksidlangan mahsulotlarning qonda to’planib qolishidir. Bo’g’ilish hurujlari : odatda kechasi tutilib qoladi. Bo’g’ilish huruji tutgan mahalda bemor birda havo yetishmay qolganini sezadi, ko’kragida g’ar – g’araga o’hshagan hirillashlar paydo bo’ladi, qon aralash balg’am tushadi. Yurak sohasidagi og’riqlar turli sabablarga ko’ra paydo bo’ladi. bemor so’rab – surishtirilganda og’riqlarning aniq joyi, tabiati, qancha davom etishi, qay tariqa o’tishi, tarqalishi, qanday sharoyitlar paytida paydo bo’lishini bilib olish zarur. Yurak kasalliklari mahalida shishlar o’ng qorincha yetishmovchiligining ifodasidir. Avvaliga shishlar kechga yaqin borib paydo bo’ladi, tuni bilan esa yoqolib ketadi. Shishlar paydo bo’lganida birinchi galda venalar bilan kapilyarda o’tkazuvchanlik kuchayib, qondan to’qimalarga suyuqlik o’tadi.
So’rab – surishtirish yordamida bemorning turmush tarzidagi zarur voqealar ham aniqlab olinadi.bunda ilgari boshidan kechirgan kasalliklari, mehnat va turmush sharoitlari, zararli odatlarni o’rganish to’g’risidagi malumotlarni qo’lga kiritish kerak. Ayollarda homiladorlik va tug’uruqlarning qanday o’tganligini aniqlab olish lozim, chunki qon aylanish sistemasi kasalliklarining belgilari an shunday davirda paydo bo’ladi.
Bemor ko’zdan kechirilganda hammadan avval uning vaziyati, teri qoplamlarining rangiga ahamiyat beriladi. Yurak yetishmovchiligida bemor qaddini ko’tarib yotishga majbur bo’ladi. lablar va ko’zga ko’rinib turadigan shilliq pardalar sianozi, hansirash, yurak yetishmovchiligidan darak beradi, yurak yetishmovchiligining harakterli alomati- shishdir. U teri osti yog’ klichatkasida bir tekis suyuqlik to’planib qolish oqibatida ham, qorin bo’shlig’ida suyuqlik to’planib qolishi (assit) oqibati bo’lishi mumkin. Shish ko’pincha (ayniqsa yurak yetishmovchiligining dastlabki davirlarida) oyoqlarda bo’ladi, bazan u odam dam olgani yoki kechasi uhlab turganidan keyin tez yoqolib ketadi. Bunday shish bazan terining oziqlanishini izdan chiqaradi, natijada terining o’sha joylari yoriladi, moddalaydi, yar bo’lib ketadi. Shish paydo bo’lganida qon dimlanib qolishi va mayda qon tomirlar o’tkazuvchanligining buzilishi katta ro’l o’ynaydi. Shishga bir necha usullar bilan abyektiv baho berish (uning bor yo’qligini, qayerga kelganini aniqlab olish) mumkin. Bemor og’irligini muntazam ravishda tekshirib turish, diurezni (chiqqan siydikni hisobga olib borish), qorin aylanasini o’lchash va boshqalar shular jumlasidandir. Yurak sohasi ko’zdan kechirilganda do’ppayib chiqib turgan joy (yurak yoki aorta anevrizmasi ) borligini yurak uchi zarbining ancha kuchayganini bilsa bo’ladi. Bazan yirik tomirlar (uyqu arteriyalari)ning zo’r berib urib turgani ma’lum bo’ladi. arteriyalarning egri – bugri va zich bo’lib qolganini sklerotik jarayonida kuzatiladi. Yurk sohasi palpatsiya qilib ko’rilganda bazan yurak yoki yurak uchining zarbi seziladi (chap qorinchaning zo’r berib urib turishi ). Yurakni palpatsiya qilish yo’li bilan “mushuk hirillashi ” degan simptom bor – yo’qligini aniqlasa bo’ladi. bu simptom yurakning o’ng bo’lmachasi bilan chap qorinchasi o’rtasidagi teshik torayib qolganida uchraydi (yurak parogining bu hili chap bo’lmacha – qorincha teshigi stenozi yoki mitral stenoz deb ataladi). Perkutor tovush yurak bilan o’pka ustida har hil bo’ladi. o’pkada havo bo’lganidan, o’pka ustidan ancha qattiq tovush chiqsa, qattiqqina muskulli a’zo bo’lmish yurak ustidan bo’g’iq tovush chiqadi.
Biror- bir yurak bo’limi chegaralari (masalan, aorta klapani yetishmovchiligida ayniqsa yurak chap qorinchasining ancha kengaygani) yoki yurakning umumiy chegaralari kengayib ketganini (sezilarli yurak yetishmovchiligi payitida kuzatiladigan “ho’kiz yurak” degan narsa) perkussiya yordamida aniq2lab olish mumkin.
Auskultatsiya diagnostikasining keng rasim bo’lgan usulidir yurak fanendaskop yoki stetaskop bilan eshitib ko’riladi. No’rmada ikkta yurak toni eshitiladi: I sistolik ton yurak qisqarib (sistola), chap bo’lma- qorincha klapini bilan o’ng bo’lma – qorincha klapinlari bekiladigan va miokard tarang tortadigan payitda yuzaga kelsa, II diastolik tom diastola vaqtida paydo bo’ladi va aorta klapani bilan o’pka stvoli klapani bekilishidan kelib chiqadi.
I ton bilan II ton orasidagi interval (o’rtasida o’tadigan vaqt ) II ton bilan I ton orasidagi intervalga qaraganda qisqaroq bo’ladi. yurakdagi u yoki bu patologik o’zgarishlar sababli yurak to’nlari o’zgarib qolishi mumkin. Masalan, miokard zaifligida to’nlar bo’g’iq bo’lib qoladi. Diastolik ton askari arterial bosimning ko’tarilib ketishidan paydo bo’ladi. sog’lom odamda yurak tonlari yetarlicha qattiq, jarangdor bo’lib eshitiladi. Yurak kasalliklarida, miokard zaifligida yurak tonlariu bo’g’iq bo’lib qoladi. Biroq, yurak tonlarining yurak kasalliklari tufayli bo’g’iq bo’lib qolganini talaygina yog’ borligi sababli ko’krak qafasi qalin ketganidan – to’nlarining sekin bo’lib qolganidan farqlash kerak.
Bir qancha yurak kasalliklarini aniqlash uchun auskultatsiya mahalida topiladigan yurak shovqinlari katta ahamiyatga ega. Bunday shovqinlar miokard yoki yurak klopani aparatidagi arganik, shuningdek o’tkinchi o’zgarishlar munosabati bilan paydo bo’lishi mumkin.
Masalan, chap bo’lma – qorincha klapini revmatik jarayondan zararlanganda klapan tavaqalarining to’l beklishiga to’sqinlik qiladigan nuqson paydo bo’ladi. klopin yetishmovchiligi deb shunga aytiladi, bunda qorincha sistolasi vaqtida chap qorinchadan qon aorta o’tibgina qolmay, balki chala bekilgan nuqsonl klapin orqali orqaga ham qaytadi – chap bo’lmaga qaytib tushadi. Shunday qon aylanishi sistolik deb ataladigan shovqin paydo bo’lishiga olib keladi.
Fiziologik shovqinni miokard yoki yurak klapinlarining birinchi bo’lib zaralanishiga aloqador bo’lmagan ba’zi holatlarda uchratish mumkun. Masalan, o’smirlik shovqini degan shovqin ko’p uchraydi, u organizmning tez o’sib borayotganiga bog’liq bo’ladi. yosh ulg’ayishi bilan bu shovqin yoqolib ketadi va arganik o’zgarishlarga bog’liq bo’lmaydi. Yurakning nervlar bilan idora etilishi buzilganida, ayniqsa tahikardiya vaqtida, jismoniy zo’riqishdan keyin davo qilsa yoqolib ketadigan sistolik tovush paydo bo’ladi. endokrin sistemaning bir qancha patologik holatlari yurakda ikkilamchi o’zgarishlar va sisrolik tovush paydo bo’lishi bilan birga davom etadi (masalan, tiriotksikoz).
Diastolik shovqin aorta klapini yetishmovchiligida kelib chiqadi, bunda diastola vaqtida qon jips bekilmay qolgan klapinlar orqali chap qorinchaga yana qayitib tushadi. Diastolik shovqin chap bo’lmacha bilan qorincha o’rtasidagi teshik stenozi paytida eshitiladi, bunda chap bo’lmachadan chap qorinchaga qon qiyinlik bilan o’tadi.
P U L S - yurak qisqargan mahalda undan qon otilib chiqishi tufayli arterial devorning dam- badam tebranib turishi, tomirlarning urib turishidir. Puls harakteri (soni, ritmi, yani maromi, to’lishuvi, tarangligi, tezligi)ni aniqlash uchun bilak kaft bo’g’imi sohasida o’ng qo’lning 4 ta barmog’i bilan bilak arteriyasini paypaslab topib, shu arteriyani bilak suyagi sal bosib turiladi. Solishtirib turish uchun ikkala blak arteriyasi paypaslab ushlab ko’riladi. Pulsni chakka arteriyalarida ham, uyqu arteriyalarida ham aniqlasa bo’ladi.
Puls to’lqining hosil bo’lish mehanizmi mana bunday: chap qorinchadan aortaga otilib chiqadigan qon arteriyalariga tarqalib ularni to’ldiradi. Sog’lom odamda puls soni minutiga 60-80 zarbini tashkil etadi, ritmi odatda raso bo’ladi, ya’ni ayrim puls zarblari baravar vaqt oralab kelib turadi. Bilak arteriyasining qon bilan to’lishuvi pulsni aniqlash uchun yetarlidir.
Puls tarangligi arteriya devorining tarangligi, tonusining holatidir. Taranglik anchagina bo’lib, masalan, bilak arteriyasining urib turishi to’xtaguncha uni bosish uchun ma’lum darajada kuch talab qilinadigan mahallarda puls tarang yoki to’lqini tarangligi kuchaygan deb ataladi (masalan, arteriyalar sezilarli darajada sklerozga uchraganida)
Puls tezligi (minutdagi puls zarblari sonini hisoblab chiqariladigan pulsdan, ya’ni tomir urishidan farq qilib) puls to’lqining ko’tarilish tezligi (jadalligi)ni hisoblashdir.
Pulsga ob’yektiv baho berish uchun sfemograf degan alohida asbobdan foydalaniladi, shu asbob yordamida puls egri chizig’i-sfigmogramma qora qilib dudlangan qog’ozga yozib olinadi. Har bir meditsina hodimi bilak arteriyasidan puls harakterini aniqlashni bilishi kerak. Masalan, ipsimon degan puls yurak faoliyatining ancha yomonlashib qolgani va zudlik bilan davo-choralarini ko’rish zarurligini bildiradi. Yurak qisqarishlari ritmining buzilishi-aretmiyalarni aniqlash uchun pulsni tekshirib ko’rish ayniqsa muhimdir. Aretmiyalar yurakning funksional o’zgarishlariga ham (ekstrasistoliya), organik kasalliklariga ham (titroq aretmiya, blokada) bog’liq bo’lishi mumkin.
Arteriyal bosim sistola va diastola vaqtida arteriya devoraga qondan tushadigan bosimdir. Arteriyal bosim sfigmomanametr-Riva-Rochchi aparati yordamida Korotkov usulida aniqlanadi.
Bemorning yelkasiga rezina manjet o’raladi. Yumshoq to’qimalar va arteriyani bosish uchun uni havo bilan to’ldiriladi. Fonendoskop tirsak arteriyasining to’nlari eshitiladigan joyiga, tirsak bo’g’imiga qo’yiladi. Manjetkadan havoni chiqarib turib, shu bilan bir vaqtda tirsak arteriyasini to’nlariga quloq solib turiladi. Dastlabki tonlar paydo bo’lishi sistolik (maksimal) arteriyal bosimga tog’ri keladi, uning shu vaqtda qanchaligi simobli manometrdagi raqamlarga qarab bilib olinadi. Eshitiladigan to’nlar yo’qolib ketishiga qarab diastolik (minimal) arteriyal bosim raqamlari aniqlab olinadi.
Sog’lom odamda sistolik arterial bosim simob ustuni hisobida 115 mm dan to 145 mm gacha, diastolik bosim esa simob ustuni hisobida 60 mm dan 95 mm gacha bo’lishi mumkin. Arterial bosim darajasi bir qancha shart-sharoitlariga: odamning konstitutsiyasiga, yoshiga, his hayajonlari bor yo’qligiga ovqat yegan yemaganligiga, jismoniy jihatdan zo’riqqan-zo’riqmaganiga bog’liq bo’ladi ( odam hayajonlagani, ovqat yeganidan keyin arterial bosim ko’tariladi, dam olgandan keyin pasayadi). Sistolik arterial bosimning simob ustuni hisobida 145 mm dan va diatolik bosimning simob ustuni hisobida 95 mm dan baland bo’lishi gipertenziya bor degan fikrga olib kelishi kerak.(agar bosim tez-tez shunday raqamlarga yetib turadigan bo’lsa). Sistolik arterial bosim simob ustuni hisobida 100mm dan va diastolik bosim simob ustuni hisobidan 55mmdan past bo’lsa, bunday arterial bosimni gipotenziya deb hisoblash zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |