O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi Olmazor tibbiyot kolledji



Download 166,5 Kb.
bet27/52
Sana21.05.2022
Hajmi166,5 Kb.
#605381
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   52
Bog'liq
Kattalada-hamshiralik-ishi-2-kurs-4-semestr

III bosqichi: A fazasi – kompensasiyalangan, B fazasi – dekompensasiyalangan.
Klinik manzarasi. Funksional buzilishlar bosqichida bosh og’rishi (doimiy emas, aksariyat asabiy zo’riqishlar so’ngida yoki ulardan keyin), vaqti-vaqtida bosh aylanishi, serjahllik, yaxshi uxlay olmaslik qayd qilinadi.
Arterial bosim ko’tarilishi muttasil emas, odatda havotirlanish, charchash bilan bog’liq. Bu davrda arterial bosim raqamlari normal raqamlardan unchalik oshmagan.
Arterial bosimni har ikkala qo’lda 2-3 martadan o’lchash tavsiya etiladi. Bu aniq raqamlarga erishishga imkon beradi. Bir marta o’lchanganda bemorning hayajonlanishi va tomirlarining reflector qisqarishi sababli sfigmomanometr ko’rsatkichlari arterial bosimning haqiqiy qiymatidan yuqori bo’lishi mumkin.
II va III bosqichda sanab o’tilgan shikoyatlar doimiy bo’lib qoladi, arterial bosim – barqaror ko’tarilgan bo’ladi. Bu bosqichlarda pulsning tezligi, tarangligi (tomirlarning sklerotik o’zgarishi, yurak chegaralarining chapga kengayganligi - chap qorincha gipertrofiyasi) qayd qilinadi. Ko’z tubi tekshirilganda tomirlardagi sklerotik o’zgarishlar (arteriyalar toraygan, va egri-bugri, venalar esa reflector kengaygan), ko’krak qafasi rentgenogrammasida yurakning chapga kengaygani va aortaning kengaygani qayd qilinadi. EKG da aterosklerotik kardioskleroz belgilari topiladi (levogramma: R tishcha I standart usulda va chuqur S tishcha III standart usulda).
Kasalik riviojlanishining miya tipida bosh aylanishi, kuchli doimiy bosh og’rig’I qayd qilinadi, me’da qon aylanishi buzilishi, insult yuz berishi ehtimol. Yurak tipida – miokard infarkti rivojlanishi ehtimol tutilgan aterosklerotik koronarosklerozga xos sub’ektiv va ob’ektiv simptomlar bo’ladi. Nihoyat buyrak funksiyasi buzilganda buyrak yetishmovchiligi hodisalari asta-sekin rivojlanadi.
Gipertaniya kasalligi kechishida ko’pincha gipertonik kriz nomini olgan holat – kasallikning yangi simptomlari paydo bo’lishi yoki mavjud simptomlarining kuchayishi bilan xarakterlanadigan holat kuzatiladi. Turli noqulay tashqi ta’surotlar (o’ta toliqish, qattiq hayojonlanish, issiqlab ketish, ko’p ichkilik ichish, chekish) yoki gipertoniya kasalligi rivojlanishidagi muayyan qonuniyatlar sababli birdaniga bosh aylanishi paydo bo’ladi, bosh og’rig’I kuchayadi, arterial bosim anchagina ko’tariladi. Ba’zan ko’ngil ayniydi, bemor qayd qiladi, birdaniga holsizlanib qoladi, hushdan ketadi. Miyada qon aylanishi buzilishi natijasida harakatlar, nutq buzilishi yuz berishi mumkin. Og’ir hollarda miyaga qon quyiladi (insult). Gipertoniya krizi “Yurak tipi” bo’yicha rivojlanishi mumkin, bunda yurak toj tomirlari spazmi bilan birga miokard infarkti yuz berishi ehtimol tutilganda yurak soxasida qisadigan og’riq asosiy symptom hisoblanadi.
Gipertoniya kasalligi kechishi bo’yicha havfsiz (asta-sekin kechadigan) yoki havfli (tez kechadigan) bo’lishi mumkin/ simptomatikasi haqida aytilgan fikrlarning hammasi gipertoniya kasalligining havfsiz variantiga taalluqli. Havfli varianti avvalo tez va og’ir kechishi bilan ajralib turadi, bu formasining davomliligi 2-3 yil, ba’zan esa bir necha oy davom etadi.
Kasallikning bu formasi kuchli bosh og’rig’I, bosh aylanishi kabi asosiy klinik belgilar bilan namoyon bo’ladi. Frterial bosim raqamlari juda yuqori. Kasallik boshlangandan keyin tez orada yurak-tomirlar sistemasining organic o’zgarishlari topiladi. Ko’z tubi anchagina buziladi, chap qorincha gipertrofiyaga uchraydi. Kasallik go’yo hech qanday bosqichlarni bosib o’tmaydi, aniqrog’I birdaniga III bosqich- organic o’zgarishlar bosqichi rivojlanadi. Aksariyat tez vaqt ichida buyrak yetishmovchiligi bilan shishlar rivojlanadi, ko’rish funksiyasi izdan chiqadi, siydikda talaygina patologik o’zgarishlar, anemiya paydo bo’ladi. Gipertoniya kasalligining havfli formasiga qunt bilan yaxshi davo qilinganda u havfsiz formaga o’tishi mumkin.
Davosi. Funksional buzilishlar bilan o’tadigan boshlangach, I bosqichda davolash asosini bemor uchun mehnat va turmushning optimal sharoitlarini yaratish, sedativ (tinchlantiruvchi) vositalar (Baxterev miksturasi, valeriana preparatlari) tayinlash tashkil etadi. Uyqu yomon bo’lganda uxlatuvchi dori (barbituratlar: uyqudan 20-30 min oldin 0,1-0,2 g dan fenobarbital yoki 1-2 tabletka seduksen, eleneum) tavsiya qilinadi. Bemor o’z ixtisosi bo’yicha ishini davom ettiradi yoki uning birmuncha yengil (asabni ortiqcha charchatmaydigan va jismoniy jihatdan og’ir bo’lmagan) ishga o’tishiga to’gri keladi.
Funksional buzilishlar bosqichida yirik korxonalarda tashkil qilinadigan sanatoriy – profilaktoriyda bo’lish katta foyda beradi. Bu yerda bemor vaqtini ishdan keyin yarim kasalxona sharoitlarida o’tkazishi mumkin, u yaxshi dam olish, uxlash, parxez ovqatlar bilan ta’minlanadi, sedativ vositalar bilan davo qilinadi va hakazo. Suv bilan davolash kurslar bilan yiliga bir necha marta olib boriladi.
II - o’tuvchi bosqichida ozroq muddatga (3-4 hafta) kasalxonaga yotqizish maqsadga muvofiq, bemor arterial bosimni pasaytiradigan dori-darmonlar (papaverin kuniga 2 marta 0,04 g dan, 1% li dibazol eritmasidan teri ostiga yoki mushak orasiga 1 ml dan, eufillin 0,3 g dan shamchalarda va hakazo) tayinlanadi. Hozirgi vaqtda rauvolfiya preparatlari: razerpin (rausedil, serpazil, adelfan), raunatin, metildofa (dopegin), vinkapan, apressin (depressan) va shu kabilar keng qo’llaniladi.
Magniy sulfat (10 ml 20% li eritmasi mushak orasiga) yaxshi naf beradi. Gipertoniya kasalligi zaminida yurak-tomirlar yetishmovchiligi rivojlanganda bemorlarga ayrim preparatlar (masalan, strofantin) ni ehtiyotlik bilan tayinlash lozim.
Natija yetarli bo’lmaganda ko’pgina bemorlarga benzogeksoniy, pentamin – 1 ml dan mushak orasiga (venaga yuborish ham mumkin) qo’llaniladi. Gangliylarni blokada qilinadigan vositalar yuborish meditsina hodimining tinmay kuzatib borishini talab etadi, chunki arterial bosim keskin pasayib ketishi va toj tomirlar yoki (va) miya qon aylanishining buzilishiga olib kelishi mumkin.
Gipertonik kriz vaqtida eng avvalo bemorga jismoniy va ruhiy osoyishtalikni ta’minlash kerak (o’rinda yotish rejimi, sokinlik). Bemor yotgan xonadagi chiroq, yorug’ bo’lmasligi lozim. Uning oyoqlarida grelka yoki gorchichniklar qo’yiladi, boshiga muz qo’yib qo’yiladi yoki sovuq, suvga xo’llangan, vaqti-vaqtida alishtirib turiladigan sochiq qo’yiladi. Bunda bemorning sovqotib qolmasligi uchun hamma ehtiyot choralarini ko’rish lozim. Mushak orasiga 20 mg gacha 25% li magniy sulfat eritmasi yoki venaga 1 ml 1% li dibazol eritmasi yuboriladi.
Gipertoniya krizida ko’pincha chakka suyaklarining surgichsimon o’siqlariga zuluklar solinadi. Bitta zuluk 10 ml qon so’radi, zuluk ko’chib tushgandan so’ng taxminan 30 ml qon oqadi (u qon chiqaribgina qolmay, balki qonga maxsus modda –qon ivish prottsessini pasaytiradigan girudin ajratadi). 5-6 ta zuluk solish maqsadga muvofiq. Zuluklar og’riqni kamaytiradigan, chalg’ituvchi ta’siriga ega bo’lib, bosh og’riganda yaxshi yordam beradi. Zuluklarning yaxshi xossasi yana shundan iboratki, ular qonni qon olishdagiga qaraganda sekinroq chiqaradi. Asta-sekinlik bilan qon olish bundan afzaldir.
Meditsina hamshirasi zuluk solish qoidalarini bilishi kerak. Zuluklar dorixonalarda oqar suvli bankada saqlanadi. Zuluk solishdan oldin u qo’yiladigan joyni iliq suv bilan sovunlab yuviladi (spirt bilan artish tavsiya qilinmaydi). Og’iz tomoni bilan teriga qo’yilgan zuluk qon so’ra boshlaydi va so’rib bo’lganidan keyin o’zicha tushib, o’rnida qonab turadigan kichik jarohat qoladi. Zuluk ko’chib tushgandan so’ng jarohatga steril bog’lam qo’yish zarur. Jarohardan uzoq vaqt qon oqib turadigan bo’lsa, uni bint bilan bog’lab qo’yiladi.



Download 166,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish