SAVOLLAR
1. O’pka gangrenasi bilan og’rigan bemorlarda hamshiralik parvarishi:
--Etiologiyasi;
--Klinikasi va kechishi;
--Davosi;
--Profilaktikasi;
--Hamshiralik parvarishi.
2. O’pka absessi bilan og’rigan bemorlarda hamshiralik parvarishi:
--Etiologiyasi;
--Klinikasi va kechishi;
--Davosi;
--Profilaktikasi;
--Hamshiralik parvarishi.
3. Plevrit bilan og’rigan bemorlarda hamshiralik parvarishi:
--Etiologiyasi;
--Klinikasi va kechishi;
--Davosi;
--Profilaktikasi;
--Hamshiralik parvarishini olib borish.
Adabiyotlar:
1. «Ichki kasalliklar» B.U.Yo’ldoshev, 1996
2. «Ichki kasalliklar» G’O’Haydarov 2002 y.
Mavzu№ 13: Qon aylanish a’zolari kasalliklari bilan og’rigan bemorlarda hamshiralik parvarishi.
Reja:
1.Yurak va qon tomir tizimining tuzilishi va vazifalari.
2.Bemorlarga hamshiralik parvarishini ko’rsatishni.
Yurak qon -tomir sistemasi.
Yurak qon- tomir sistemasining qisqacha anatomik-fiziologik xususiyatlari.
Yurak qonni harakatlantirib, uni inson a’zolari va to’qimalariga yetkazib berib turadigan a’zodir. U oldingi ko’ks oralig’ida joylashgan bo’lib, sog’lom odam yuragining asosi chap tomonda II qovurg’a damida tursa, uchi V qovurg’a oralig’ida turadi. Yurak hajmi 250-300 g ni tashkil etadi. Uzunasiga ketgan to’siq bilan yurak chap va o’ng nimtaga bo’linadi. Har bir nimtasi yurak bo’lmachasi bilan yurak qorinchasiga bo’linadi.
Yurak 3 qavatdan: ichki- endokard, o’rta- miokard, tashqi- perikarddan tashkil topgan. Endokard yurak bo’lmachalari bilan qorinchalari bo’shliqlarining ichki yuzasini qoplab turadigan endotiman hujayralardan iborat yurakning bir bo’shlig’I ikkinchisiga aylanadigan joyida endokard qalin tortib, burmalar hosil qiladi, yurak klapanlari deb shularga aytiladi. Miokard-yurakning o’rta qavati bo’lib. O’ng qorincha miokardi chapnikiga qaraganda sustroq rivojlangan. Qorinchalari muskul qavati bo’lmachalarinikiga qaraganda ancha qalinroq bo’ladi. miokard tolalari bir biri bilan chalkashib qo’zg’alishi bilan qisqarishning butun yurakka bir laxza ichida tarqalishi uchun sharoit yaratadi. Perikard-ichki va tashqi varaqlardan tashkil topgan. Bu varaqlar orasida bo’shliq bor, shu bo’shliqda doimo 20-30ml serroz suyuqlik bo’ladi. tana pastki qismlarining venalaridan kelgan qon pastki kovak venaga, yuqori qismlardan kelgan qon esa yuqori kovak venaga quyiladi. Bu venalarning ikkalasi o’ng bo’lmachaga quyiladi. So’ngra venoz qon o’ng qorinchaga o’tadi, undan esa o’pka arteriyasi orqali o’pkaga o’tadi.
O’pka arteriyasi o’pkada tobora mayda tomirlarga, pirovard natijada alveolalarni o’rab turadigan kapillyarlarga bo’linadi. Mana shu yerda venoz qon kislorod bilan to’yinadi. So’ngra kapillyarlar bir-biri bilan tutashib, o’pka venalarini hosil qiladi. Bu venalardan arterial qon chap bo’lmachaga, undan chap qorinchaga tushadi. Kislorod bilan to’yingan qon chap qorinchadan aota va arteriyalar tarmog’i orqali butun organizmga tarqaladi. Arteriyalar kichikroq kalibrdagi tomirlarga bo’linib borib, kapillyarlar bilan tugallanadi. Kapillyarlarning diametri 7-8 mkm ni tashkil etadi. Kapillyarlardan oqib kelgan qon kislorod va oziq moddalarni hujayralarga beradi va ishlangan mahsulotlarni o’ziga singdirib oladi. Kapillyallarning arteriyal va venoz tirsagi bor. Kapillyarlarning ko’pgina qismi odatda puchaygan holatda bo’lib, dam olib turadi. Puchayib turgan shu kapillyarlar jismoniy zo’riqish paytida qon bilan to’lishadi. Organizmdagi barcha a’zo va to’qimalar kapillarlaridan qon venalariga yeg’iladi va ular o’ng bo’lmachaga oqib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |