Profilaktikasi:
Ratsional ovqatlanish tartibiga rioya qilish
Fizkultura bilan shug’ullanish
Yog’almashinuvi buzilishining oldini olish
Badandagi infektsiya o’chog’ini yo’qotish kerak
Surunkali xoletsistit.
Surunkali xoletsistit – o’t qopining surunkali yallig’lanishidir. Surunkali xoletsistit o’tkir xoletsistitdan so’ng kelib chiqadi, ammo ko’proq mustaqil ravishda va asta-sekin o’t-tosh kasalligi asosida kelib chiqadi. Ko’pincha surunkali xoletsistit sekretoryetishmovchilik bilan o’tadigan gastrit, surunkali pankreatit va hazm a’zolari kasalliklari hamda semirish kasalligi bo’lgan bemorlarda uchraydi. Surunkali xoletsistitlarni tibbiy jamoatchilik tomonidan qabul qilingan tasnifi mavjud emas. Quyida A.M.Nogaller (1979) taklif qilgan tasnifini keltiramiz:
Og’irlik darajasi bo’yicha:
yengil turi
o’rtacha og’ir turi
og’ir turi
Kasallikning kechish bosqichlari bo’yicha:
qaytalanishi
pasayib boruvchi qaytalanishi
remissiya davri (barqaror va beqaror)
Asoratlanishi bo’yicha:
asoratlanmagan
asoratlangan
Kechish turlari bo’yicha:
qaytalanuvchi
sust kechuvchi
almashinuv kechuvchi
Klinik ko’rinishi:
Surunkali xoletsistit bilan og’rigan bemorlar o’ng qovurg’a ostida to’mtoq og’riqlarni sezadilar, bu og’riqlar doimiy bo’lib, yog’li va qovurilgan ovqat iste’mol qilganda 1-3 soatdan keyin paydo bo’lib, yuqoriga, o’ng yelkaga, bo’yinga, o’ng ko’krakka tarqaladi.
Dispeptik o’zgarishlar: og’izda taxir va metal mazasini sezish, havo bilan kekirish, ko’ngil aynishi, meteorizm,defekatsiyaning buzilishi, qabziyatning ich ketishi bilan almashinib turishi kuzatiladi. Nevrasteniya belgilari: ta’sirchanlik, uyqusizlik bo’ladi.
Sariqlik kam uchraydi, asosan jigarning ikkilamchi shikastlanishida qorin soxasi paypaslab tekshirilganda va perkussiya meteorizm aniqlanadi. Qorinning yuzaki palpatsiyasida, qorin oldingi devorida o’t pufagi soxasida og’riq va sezuvchanlik aniqlanadi. Qorin pressi mushaklarining qarshiligi (rezistentligi) oshadi.ko’pincha og’riq bilan ifodalanuvchi Myusse-Georgiyev, Grekov-Ortner, Obraztsov-Merfiy, Vasilenko belgilari musbat bo’ladi.
Surunkali xoletsistit asoratlari surunkali gepatit, xolangit rivojlanadi, jigar kattalanishi mumkin. Palpatsiya jigar chetlari zichlashgani va og’riq seziladi. Surunkali xoletsistitda duodenal zondlash katta ahamiyatga ega: o’tning “V” portsiyasini olish qiyinlashadi, chunki o’t pufagining konsentratsiyalash hususiyati va pufakchaning reflector faoliyati buzilishi kelib chiqadi. O’tning “V” portsiyasi “A”, “S” portsiyasidan ko’ra xiraroq va takror bo’ladi.
Xolitsistografiyada o’t pufagi shaklining o’zgarganligi, rentgenogramma uning ko’rinishi aniq emasligi ko’rinadi.
Ultratovush bilan tekshirilganda uning devorlarining kattalashganligi va unda konkrementlar yo’qligi aniqlanadi.
Kechishi:
Lagent
Takrorlanuvchi
Og’ir kechadigan-yiringli bo’ladi
Asoratlari.
Surunkali xolangit, gepatit qo’shiladi. Pankreatit bo’ladi, chunki 70 % hollarda umumiy o’t yo’li va pankreatik yo’llar o’n ikki barmoq, ichakdka tushishi oldidan qo’shiladi. Yallig’lanish jarayoni o’t pufagida toshlar yirilishiga olib keladi.
Davolash:
Davo terapiyasining maqsadi:
Infektsiyaga qarshi kurash
Og’riq sezgirlarini yo’qotish, o’t chiqarish yo’llari spazmining oldini olish
O’t haydovchi vositalarni qo’llash.
Ta’sir doirasi keng antibiotiklar: jletetrin, eritromitsin. ampitsillin, monomitsin beriladi
Sulfanilamid preparatlari: sulfademizin, sulfpiredozon ishlatiladi. O’t yo’llari diskineziyasini yo’qotish uchun spazmolitiklar va xolinolitiklar beriladi.
Yallig’lanish jarayoni tugayotgan davrda fizioterapevtik muolajalarni o’ng qovurg’a ostiga qo’yish tavsiya etiladi. (diatermiya, UVCh, induktotermiya), o’t haydovchi dorilar: alloxol. Degidroxol. Xolenzim. O’simliklardan tayyorlangan o’t haydovchilar: qaynatma (250 ml suvga 10 gr)”Bessmertnik” guli. Makkajo’xori popuklari qaynatmasi va damlamasi (250 mk suvga 10 mg) 1 kundA 3 MARTADAN 1 osh qoshiq
Sulfat magniy eritmasi, karlovar tuzi, sintetik o’t haydovchi preparatlar: oksafenamid,sikvalon, nikodinni ichish tavsiya qilinadi.
Tayanch iboralar:
O’tkir xoletsistit- o’t qopining o’tkir yallig’lanishidir, uning rivojlanishida mikrob florasining o’t qopi devoriga ko’proq gemotogen yo’l bilan tushib, shikastlanishi
Surunkali gepatit- polietiologik kasallik bo’lib, jigar to’qimasida yallig’lanish-distrofik xarakterlanadi.
kuzatiladi.
Jigar sirrozi surunkali jigar hastaligi bo’lib, jigar hujayralari halok bo’lishi va
biriktiruvchi to’qimaning o’sib ketishi, morfologik jihatdan jigarning bujmayib kuzatiladi.
qolishi va faoliyatining keskin buzilishi bilan xarakterlanadi.
Xoletsistit –o’t pufagining yallig’lanishidir. Bu kasallik ko’p tarqalgan bo’lib, ayollarda tez-tez ucrab turadi.
Adabiyotlar:
1.«Ichki kasalliklar» B.U.Yo’ldoshev, 1996
2. «Ichki kaslliklar» G’O’Haydarov 2002 y.
3.’’Terapiya’’ M.F.Ziyayeva 2001 y
Atipik- hos bo`lmagan belgi.
Atrofiya- hujayralar, to`qimalar va a`zolarning hajm jihatdan kichrayib qolishi.
Dekompensasiya- moslashuv mehanizmlarini buzilishi.
Distrofiya- to`qimalar oziqlanishining miqdor sifat jihatdan buzilishi.
Savollar
1.Terapevtik kasalliklar haqida tushuncha.
2.O’tkir terapevtik kasalliklar.
3.Surunkali terapevtik kasalliklar.
4.Hamshiralik parvarishining maqsadi, hamshiraning o’rni va vazifalari.
5.O’tkir kasalliklarning kechishi va hamshiralik parvarishi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.G.O.Xaydarov “Ichki kasalliklar” 2002 yil.
2.B.U.Yo’ldoshev “Ichki kasalliklar” 1996 уil.
Do'stlaringiz bilan baham: |