O’t pufagining yallig’lanishi (xoletsistit)
Xoletsistit –o’t pufagining yallig’lanishidir. Bu kasallik ko’p tarqalgan bo’lib, ayollarda tez-tez ucrab turadi.
Etiologiyasi
Xoletsistitning kelib chiqishida har xil bakteriyalar katta ahamiyatga egadirlar: (ichak tayoqchasi, stafilokk, enterokk, streptokokk) ba’zi hollarda lyamblioz ham ta’sir qiladi.
Hozirgi vaqtda xoletsistitning kelib chiqishida virusli nazariyaning ham ahamiyati borligi isbotlangan.
Toksik va allergik tabiatga ega bo’lgan xoletsistitlar uchraydi, o’t pufagiga mikrob florasining kirishi quyidagi yo’llar bilan sodir bo’ladi:
Enterogen – ichak orqali
Gemotogen (qon orfli) ayrim infeksiya o’choqlaridan
Limfogen (limfa tomirlari orqali).
O’t pufagiga mikrob florasining tushishi hamma vaqt yallig’lanish jarayoni darxol olib kelavermaydi.
Xoletsistit kelib cjiqishda asosiy moyillik qiluvchi omil o’t pufagi dimlanishi hisoblanadi. O’t toshlari, o’t chiqaruvchi yo’llarning buralib qolishi va siqilishi, o’t pufagi va o’t chiqarish yo’llarining diskineziyasi hamda o’t pufagi va yo’llarning anatomic tuzilishidagi har xil nuqsonlar o’t dimlanishiga olib keladi.
O’t yo’llari tonusi va harakat funksiyasining buzilishi, turli xil emotsional holatlar, endokrin va vegetative tizimlar faoliyatining zararlanishi, har xil kasalliklar natijasida ovqat hazm qilish tizimining patologik o’zgargan a’zolaridan kelib chiquvchi turlicha reflekslar ta’sirida yuzaga keladi. Uning o’t yo’llari pufagida dimlanib qolishiga yana ichki a’zolarining tushishi, homiladorlik, kam harakatlik vaqtida ovqatlanmaslik kabi omillar ta’sir etadi. O’t-tosh kasalligi asosida xoletsistitning kelib chiqishi bir qancha ta’surotlarga borliqdir. Bular o’t pufagi devorining doimo toshlardan ta’sirlanishi, o’t-tosh kasalligiga ikkinchi kasallik bo’lib qo’shilgan o’t pufagining diskeneziyasi hisoblanadi, bundan tashqari, infektsiya o’t toshlariga joylashib olib, o’t pufagida yallig’lanish jarayonini chaqiradi, o’t yo’llarining diskineziyasida pankreatik shiraning shu yerga tushishi sababli shiradagi tripsinni sitokinazalar ta’sirida aktivlashishi natijasida xoletsistit rivojlanishiga olib keladi. O’t pufagida yallig’lanish jarayonining birdaniga kelib chiqishiga ko’p ovqat yeyish, ayniqsa juda yog’li va o’tkir ovqat iste’mol qilish, sovuq qotish, boshqa organlardagi yallig’lanish jarayoni ham ta’sir qiladi. Xoletsistitlar:
O’tkir
Surunkali bo’ladi.
O’tkir xoletsistit.
O’tkir xoletsistit o’t qopining o’tkir yallig’lanishidir, uning rivojlanishida mikrob florasining o’t qopi devoriga ko’proq gemotogen yo’l bilan tushib, shikastlanishi kuzatiladi. Kasallik rivojlanishida qopchadagi o’t toshlari, qon aylanishining buzilishi, bo’yinchasining buklanib qolishi, o’tning turrungligi, me’da osti shirasining o’t yo’llariga tushishi ahamiyatli.
Patologoanatomik ko’rinishi.
O’tkir xoletsistit: kataral,flegmonali, gangrenali xoletsistitlarga bo’linadi.
O’tkir kataral xoletsistitda o’t pufagining shilliq qavati shishadi, qizaradi, epiteliysi ba’zi joylarda yirilgan bo’lib, gistologik tekshirilganda uning qizargani, yallig’langani, shishganligi va shilliq hamda shilliq osti qavatlarining leykotsitlar bilan infiltratsiyasi aniqlanadi.
Yiringli xoletsistitda o’t pufagi ko’pincha taranglashadi, tortiladi, uni o’rab turuvchi qorin parda xiralashadi, fibrinli pardalar bo’lishi mumkin, pufak bo’shlig’ida esa yiring to’planadi. Shilliq qavati shishgan, ba’zi joylarda eroziyalangan, shish va yallig’langan infiltrate o’t pufagi devorining hamma qavatlarini o’z ichiga oladi va unda abstsesslar paydo bo’ladi.
Flegmonali xoletsistitda o’t pufagi devoir barcha qavatlarining segment yadroli leykotsitlar bilan diffuz infiltratsiyasi yaqqol namoyon bo’ladi, shilliq qavat nekrozi va yemirilishi yuz beradi, ba’zida esa devorining teshilishi ham kuzatiladi.
Gangrenali xoletsistitda nekrotik jarayon o’t pufagi devorining barcha qavatlariga tarqaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |