Kasallik profilaktikasi
O’tkir gepatlarni oldini olish, alkogolizmga barham berish, ishlab chiqarishdagi va uy-ro’zg’ordagi toksik moddalar ta’sirini bartaraf qilishga, o’tkir va yarimo’tkir gepatitlarni davolash hisoblanadi.
Jigar sirrozi. Jigar sirrozi surunkali jigar hastaligi bo’lib, jigar hujayralari halok bo’lishi va biriktiruvchi to’qimaning o’sib ketishi, morfologik jihatdan jigarning bujmayib qolishi va faoliyatining keskin buzilishi bilan xarakterlanadi.
Sabablari.:
Surunkali gepatit, viruslar ta’sirida, dorilarning zaharli ta’sirida, spirtli ichimliklar ta’sirida, ovqat ratsionida oqsil va vitaminlar yetishmovchiligida, ichki sekretsiya va moddalar almashinuvi buzilishi.
Jigar sirrozining klinik manzarasi.
Har xil sindromlardan iborat:
Asab buzilishi;
Jigar hujayralari faoliyatining buzilishi;
Jigar hujayralarining yallig’lanishi, nekroz alomatlari;
Jigarda immune yallig’lanish;
O’t yo’llari faoliyatining buzilishi (xolestatik sindrom);
Hazm a’zolari faoliyatining buzilishi (dispeptik sindrom).
Taloqning kattalashishi (gipersplenizm);
Gemorragik sindrom;
Gepato- splenomegaliya.
Klinik belgilari.
Portal sirroz eng ko’p ychraydigan jigar sirrozi bo’lib,bu kasalliklar ichida 40% ni tashkil qiladi. Bemorda tez charchash, quvvatsizlik, ish faoliyati pasayishi kuzatiladi. Sekin-asta ishtaha pasayadi, ko’ngli ayniydi, qusadi, ichi buziladi. O’ng qovurg’a tagida og’riq kuzatiladi. Sekin-asta qorin kattalashadi, oyoqda shish paydo bo’ladi.qon ketish alomatlari paydo bo’ladi. Ba’zan badan sarg’ayadi, terida qon tomir “yulduzchalari” paydo bo’ladi. Bemorlarda ozish, ko’krak va qorinning oldingi qismida vena qon tomirlarining bo’rtib ko’rinishi, qorinda suv yig’ilishi, taloqning, jigarning kattalashishi kuzatiladi.
Davolash.
Jigar sirrozini davolash quyidagilarga qaratiladi:
Kasallikni keltirib chiqaradigan sabablariga (surunkali gepatit, o’t yo’llari
kasalliklari) va boshqa sabablarga qarshi davolash;
Kasallikning rivojlanish jarayoniga ta’sir ko’rsatish (immune holatiga, jigar hujayralari, modda almashinuvini yaxshilash, asosiy katta vena bosimini pasaytirish, taloqning kattalashishi, faoliyatining oshganligi va zardob yig’ilib qolishiga qarshi kurashish).
Kasallik asoratlariga qatshi kurashish (qon ketishini to’xtatish, jigar komasini davolash).
Jigar hujayralarida moddalar almashinuv jarayonlarini yaxshilash uchun: sinepar, essensiale, Lif-52, oqsil preparatlari, kaliy tuzlari va boshqalar beriladi.
Yallig’lanishga qarshi va immunodepressant ta’sir ko’rsatadigan davo- pretmizolon, deksometazon, azotiopirin.
Umumiy quvvatlantiruvchi va simptomatik davo (vitaminlar, glyukoza, yurak preparatlari) berilib borilishi yaxshi natija beradi.
Qorinda suyuqlik yig’ilganda tuzsiz ovqat iste’mol qilish, suyuqlikni cheklash, siydik haydovchi preparatlar va boshqalar qilinadi. Punksiya yordamida suyuqlik chiqarib tashlanadi.
Kasallik asoratlarining oldini olish chora-tadbirlari olib boriladi.
Qizil o’ngach va oshqozon venalaridan qon ketganda:
qon quyish
venaga aminokapron kislota tomchilab yuborish
venaga kaltsiy xlorid yuborish
vena tomiridagi bosimni pasaytirish uchun venaga 5%li 100 ml glyukozaga pitiutrin yoki vasopressin qo’shib yuboriladi.
Bu tadbirlar yordam bermasa jarroxlik yo’li bilan to’xtatiladi.
Kasallik oqibati.
Jigar serrozi batamom tuzalmaydi, lekin sekin-asta davom etishi mumkin.
Kasallikning oldini olish.
Avvalo kasallikni kelib chiqish sabablarini yo’qotish
Surunkali gepatit va jigarning yog’ bosgan distrofiyasini o’z vaqtida davolash
Serroz avj olishini to’xtatish va asoratlarining oldini olish.
Do'stlaringiz bilan baham: |