Surunkali agressiv gepatit
Portal yo’llar va jigar parenximasining shikastlanishi, jigar distrofiyasi boshlanib, fibros avj olishi bilan harakterlanadi. Jigar kattalashgan, yuzi noteks, bo’lakchalarning tuzilishi aynagan bo’ladi. Surunkali persistlovchi gepatit yallig’lanishi portal yo’llarda joylashgan bo’lib, sekinlik bilan o’tadi, jigar bo’lakchalarining tuzilishi saqlanib qoladi. Jigar hujayralari nekrozga uchramaydi. Surunkali xolestatik gepatitda o’t kapilyarlarida o’t dimlanib qolishi mumkin.
Simptomatikasi.
Surunkali agressiv gepatit uchta sindrom – astenovegetativ, dispeptik sindrom va jigar yetishmovchiligi bilan o’tadi. Astenovegetativ sindrom uchun darmonsizlik, bosh og’rishi, uyquning buzilishi, asabiylik kiradi. Dispeptik sindromga – ishtaxa yo’qolishi, ko’ngil aynish, qayd qilish, qorin dam bo’lishi, ozib ketishni o’z ichiga oladi.
Jigar yetishmovchiligiga – qon ketishi, kaftlar eritemasi (jigar kaftlari), badanda yulduz nusha toshmalar paydo bo’lishi, vaqti- vaqti bilan badanning sarg’ayishi, astsit paydo bo’lishi, jigarning qovurg’a ravog’idan 5-8 sm pastga tushishi bilan o’tadi – remissiya paytida badandagi sariqlik yo’qolib, jigar kichrayadi. Agressiv gepatit retsediblar bilan o’tadi. Bemorlarning 20-40 foizida jigar serrozi rivojlanadi.
Laborator tekshiruvlar EChT ni tezlashuvi va dispratennemiya, ya’ni Ambulinlar kontsentratsiyasi pasayib, globulinlar ko’payishi aniqlanadi.
ALT va AST fermentlar aktivligi, bilurubin miqdori ortadi. Radioaktiv oltin bilan olingan skanogrammalarda jigar rasmi suyuq bo’lib ko’rinadi.
Persistlovchi surunkali gepatitda klinik manzara agressi gepatitdagidek ifodalangan bo’lmaydi. Ko’p hollarda kasallik zimdan o’tib, faqat tekshiruvlar paytidagina aniqlanadi. Bemor yog’li ovqat yeganda o’ng qovurg’a ostida og’irlik xissi, ko’ngil aynashdan shikoyat qiladi. Laborator ko’rsatkichlar birmuncha o’zgaradi. Persistlovchi surunkali gepatit nohush faktorlar ta’siri ostida (alkogolizm, intoksikatsiya, ovqat toksikoinfektsiyasi, oziq-ovqatlarda vitamin va oqsillarning yetishmasligi) kasallikning zo’rayishi kuzatiladi. Aksincha bemorlarning to’g’ri davolanishi va parvarishi kasallikni stabillashuviga olib keladi.
Holestatik gepatit asosan o’t tosh kasalligi, o’t yo’llari disneneziyasi, o’t yo’llarining parazitlar kasalliklari sababli kelib chiqadi. Kasallikning bu turida o’t yo’llarida o’t dimlanib qolishi va uni gepatotsitlarni zararlanishi kuzatiladi.
Xolestatik gepatitning asosiy belgilari –
Qayd qilish, teri qoplamlari va ko’z scleralarini sarg’ayishi, badan qichishuvi hisoblanadi. Jigar 2-3 sm gacha kattalashadi, qattiq qirrasi silliq bo’ladi. Bemorning qon zardobida bilurubin, ishqoriy fosfataza, xolesterin miqdori ko’payib ketadi, gipergommaglobullikemiya kuzatiladi. Kasallik keltirib chiqaruvchi sabab bartaraf etilmasa, kasallik zo’rayib, 5-10 yilda jigar serroziga olib keladi.
Bemorlarni davolash va parvarish qilish.
Surunkali agressiv va persistlovchi gepatit bilan og’rigan bemorlar remissiya davrida asosan 5 a parxez stoliga rioya qilishlari, sog’lom turmush tarziga rioya qilishlari kerak. Bemorlarga hayvon yog’lari, alkogol ichimliklar, ziravor, o’tkir ovqatlar berilmaydi. Kasallik zo’rayganda bemorlarga 5 a parxez stoli, yotoq rejimi tayinlanadi. Ularga yetarli miqdorda oqsil va vitaminlarga boy bo’lgan ovqatlar beriladi (sutkasiga 100-120 g oqsil)
Jigardagi almashinuv protsesslarini yaxshilash uchun vitaminlar - Vb Vb,V12 askorbinat kislota, nikotin kislota, kokarbiklaza, aminokislotalar, jigar va oqsil gidrolizatlari buyuriladi.
Aminokislotalar: linoat kislota, lipamid, glyutaminat kislota 1 tabletkadan 3-4 mahal beriladi.
Jigar gidrolizatlaridan: essensiale, vitogepat, sirenar, karsil, liv-52 buyuriladi.
Oqsil gidrolizatlaridan: gidrolizin, aminopeptin, aminoprovin buyuriladi.
Yallig’lanishga va immunodepressiv ta’sir ko’rsatish uchun garmonal preparatlar prenizolon sutkasiga 20-30 ml dan, kichik dozalarda delagil 0,25 – azotlaprin beriladi. Dezintoksikatsiya maqsadida: gemodez, natriy xloridning fiziologik eritmasi 5% glyukoza buyuriladi.
Xolestatik gepatitda o’t haydovchi vositalar: allokol, degdroxolat kislotasi beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |