O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o. Murtazayev, F. Axrorov qishloq xo’jaligi


Dehqon xo’jaligini tashkil etish tamoyillari va sharoitlari, uning mulki, ishlab chiqarish faoliyati va samaradorligi



Download 1,75 Mb.
bet29/196
Sana16.06.2021
Hajmi1,75 Mb.
#68203
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   196
Bog'liq
qishloq xo'jalik iqtisodiyoti (копия)

6.Dehqon xo’jaligini tashkil etish tamoyillari va sharoitlari, uning mulki, ishlab chiqarish faoliyati va samaradorligi

Dehqon xo’jaligining a’zolariga xo’jalik ishlab chiqarish faoliyatida qatnashuvchi er-xotinlar, bolalar, ota-onalar, qarindoshlar va boshqa shaxslar kirishi mumkin. Dehqon xo’jaligining boshlig’i, uning davlat, kooperativ va boshqa korxona, tashkilotlar, shuningdek alohida fuqarolar oldidagi manfaatlarini himoya qiluvchi, asosiy ish joyi shu yer bo’lgan, xo’jalikda sistemali ravishda band bo’lgan va zaruriy professional tayyorgarlikkga ega bo’lgan mehnatga yaroqli a’zolardan biri bo’lishi mumkin. Yuqorida qayd etilgan qonunning 4-moddasida (Dehqon xo’jaligi boshlig’i) «Dehqon xo’jaligining boshlig’i vaqtincha mehnat qobiliyatini yo’qotgan taqdirda yoki uzoq vaqt bo’lmaganda u o’z majburiyatlarini bajarish vakolatini shu xo’jalik a’zolaridan biriga, dehqon xo’jaligining a’zosi bir kishidan iborat bo’lganda esa, shartnoma asosida—ushbu moddaning ikkinchi qismi talablariga javob beradigan har qanday shaxsga berishga haqlidir» deyilgan.

Dehqon xo’jaligi davlat kooperativ va boshqa xo’jalik yuritish shakllari qatorida agrosanot sferasiga kiruvchi teng huquqli va mustaqil xo’jalik yuritish shakli hisoblanadi. U o’z faoliyati yo’nalishini, ishlab chiqarish strukturasini va hajmini, mahsulot sotish kanallarini o’zi mustaqil aniqlaydi, qo’shma faoliyatda, shu jumladan xorijda sheriklarni o’zi tanlaydi, ishlab chiqarish jarayonini tashkil qiladi. Dehqon xo’jaligi davlat bilan, kooperativ va boshqa korxona hamda tashkilotlar bilan, alohida fuqarolar bilan iqtisodiy munosabatlarni shartnoma asosida amalga oshiradi, savdo operasiyalarini pullik va naqd pulsiz hisob-kitob qiladi, soliqlarni to’laydi, byudjetga to’lovlarni amalga oshiradi. Ijtimoiy sug’urta fondi va boshqalarni amalga oshiradi. Dehqon xo’jaligi birlashmalar, ittifoqlar, konsorsiumlar qo’shma va boshqa korxona va tashkilotlar ta’sischilari va qatnashchilari bo’lish, shuningdek, qimmatbaho qog’ozlarni sotib olish va sotish huquqiga ham egadir. Dehqon xo’jaligining ishlab chiqarish, tijorat va boshqa faoliyatlariga davlatning va boshqa organlarning aralashuvi qonun bilan ta’qiqlanadi. Ba’zi holatlar bundan mustasno.

Dehqon xo’jaligini tashkil qilish huquqiga mamlakatning har qanday fuqarosi ega. Faqat undan hohish va maxsus qishloq xo’jalik bilimi va malakasi, qishloq xo’jalikda amaliy ish tajribasiga ega bo’lishi yoki maxsus tayyorgarlikni o’tashi talab etiladi. Dehqon xo’jalik tashkil etish to’g’risidagi fuqarolarning arizasi, jamoa boshqaruvi raisi, jamoa xodimlari va a’zolari umumiy yig’ilishida va tuman hokimiyati tomonidan ko’rib chiqiladi. Dehqon xo’jaligining egasi yerga egalik qilish, undan foydalanish to’g’risidagi davlat akti berilgandan keyingina yoki yerni ijaraga berish to’g’risidagi shartnoma tuzilgandan keyingina tashkil etilgan hisoblanadi. Dehqon xo’jaligi xususiy mulk qilib ham, umrbod meros qilib ham yoki yerni ijaraga berish yo’li bilan ham tashkil etilishi mumkin. Yerdan foydalanish turlarini (egalik qilish yoki ijara) tanlash huquqi dehqon xo’jaligiga beriladi. Dehqon xo’jaligiga yer uchastkasi davlat yer zahirasidan, davlat o’rmon fondidan, davlat kooperativ va boshqa korxona va tashkilotlar yerlaridan berilishi mumkin. Ularga beriladigan yerlarning miqdori jamoa xo’jaligi yoki tuman hokimiyati tomonidan, mahalliy sharoitni hisobga olgan holda, qishloq xo’jalik faoliyatining turiga va berilgan yerni eng muhimi, dehqon xo’jaligining shaxsiy mehnati asosida ishlov berishiga qarab aniqlanadi. Dehqon xo’jaligiga yerdan foydalanish huquqi bilan bir qatorda u yerdagi boshqa tabiiy, suv va boshqa resurslardan, shu xo’jalikning shaxsiy ehtiyojlariga foydalanish huquqi beriladi. Dehqon xo’jaligiga berilgan yerning miqdori va uning chegarasi, faqat yerdan foydalanish huquqi davlat akti berilgan dehqonning ixtiyori bilangina o’zgarishi mumkin. Dehqon xo’jaligi zaruriyat tug’ilganda yer egasidan qo’shimcha yerni ijaraga olishi mumkin. Boshqa tomondan uzrli sabablar bo’lganda, o’ziga ajratilgan uchastkasidan ma’lum bir qismini, malum bir muddatga ijaraga berishi mumkin. Shuningdek yer uchastkasi jamoa yoki hokimiyat roziligi bilan almashtirilishi mumkin. Yerga egalik qilish va yerdan foydalanish pullidir. Dehqon xo’jaligidan yer solig’i, yer uchastkalarining joylashishi va sifatiga qarab aniqlanadi hamda yer solig’i yoki ijara haqi shaklida olinadi. Soliqlar to’lash tartibi va stavkasi mamlakatda harakatdagi tartib asosida o’rnatiladi. Ular tomonidan yer uchun to’lovlarga quyidagi imtiyozlar berilishi mumkin: ma’lum bir muddatga butunlay yoki qisman ozod qilish, to’lovlarni kechiktirish, yer solig’ining stavkasini pasaytirish. Dehqon xo’jaligi yer bilan birga o’zining xususiy mulkida, uy-joy, xo’jalik va boshqa qurilishlar, mahsuldor va ishchi hayvonlar, parrandalar, asalarilar, boshqa hayvonlar, ekinlar va daraxtlar, qishloq xo’jalik texnikasi va inventarlar, transport vositalari, boshqa asosiy va moddiy oborot vositalari, shuningdek qishloq xo’jalik ishlab chiqarishining mustaqil yurgizish, qayta ishlash va mahsulot sotish uchun kerakli resurslarga ega bo’lishi mumkin.

Yuqorida ko’rsatilgan mulklardan qanday foydalanish dehqon xo’jaligining o’ziga bog’liq. Faqat ba’zi hollardagina davlat mulki qonun bo’yicha o’rnatilgan sud qarori bilangina olib qo’yilishi mumkin. Dehqon xo’jaligi a’zolaridan biri chiqib ketmoqchi bo’lsa, ishlab chiqarish vositalari tarkibidan natura (agar uning shaxsiy mulki bo’lmasa shu vosita) shaklida bo’lib olib ketishi mumkin emas, faqat pul shaklida, unga tegishli bo’lgan qismi kompensasiya qilinadi. O’zlashtirilmagan hududda, qaysiki ishlab chiqarish va noishlab chiqarishga taalluqli obyektlar bo’lmasa, dehqon xo’jaligini tashkil qilishda uning birlamchi qurilishini to’lig’icha yoki qisman davlat o’ziga olishi mumkin. Bunday holatda mablag’ va qurilgan obyektlar dehqon xo’jaligining mulkiga aylanadi.

Dehqon xo’jaligi o’z manfatlaridan kelib chiqib, ishlab chiqarish dasturini o’zi mustaqil ishlab chiqadi. U barcha yetakchi tur faoliyatlarini saqlab qolgan holda (qishloq xo’jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash va sotish) harakatdagi hujjatlarda ta’qiqlanmagan barcha faoliyat turlari bilan shug’ullanishi, shuningdek ixtiyoriy ravishda davlat buyurtmasini bajarishni o’z zimmasiga olishi mumkin. Dehqon xo’jaligi ixtiyoriy ravishda kooperativlarga, jamiyatlarga, ittifoqlarga, uyushmalarga birlashishi, kooperativ, aksionerlik (hissadorlik) va boshqa tashkilotlar faoliyatida ishtirok etishi va tegishli daromadini olishi mumkin.

Ular shuningdek, o’z xohishlariga ko’ra har qanday tashkilot tarkibidan chiqishlari mumkin. Bunday holatda ular tegishli mulkning bir qismini, natura yoki pul shaklida olish huquqiga ega bo’ladilar. Dehqon xo’jaligining faoliyati asosan, xo’jalik a’zolarining shaxsiy mehnatiga asoslanadi. Shuningdek ishlarni bajarishda zaruriyat tug’ilganda mehnat shartnomasi asosida boshqa shaxslarni jalb qilishi mumkin. Ijtimoiy sug’urta va ijtimoiy ta’minot sohasida dehqon xo’jaligi a’zosiga ham, chetdan jalb qilingan shaxsga ham bir xil huquq beriladi. Dehqon xo’jaligida ishlangan vaqt umumiy va uzluksiz ish stajiga qo’shiladi. Dehqon xo’jaligi o’z mahsulotini sotish va foydalanishni ichki va tashki bozorda shartnomali baholarda mustaqil amalga oshiradi: u o’zi ishlab chiqargan va yetishtirgan qishloq xo’jalik va boshqa mahsulotlarni tayyorlov, qayta ishlovchi va boshqa har qanday korxona va tashkilotlarga, do’kon yoki bozorda sotish huquqiga ega. Mahsulot sifati, sanitariya holati va boshqa parametrlar bo’yicha dehqon xo’jaligi barcha me’yorlariga rioya qilishi kerak.

Dehqon xo’jaligi traktor, yuk avtomobillari, boshqa qishloq xo’jalik texnikalari, qurilish materiallari, uskunalar, xom-ashyo, o’g’it va boshqa asosiy va moddiy oborot vositalarini davlat, kooperativ korxona va tashkilotlardan ulgurji savdo va boshqa muassasalardan sotib olish (sotib olish, almashtirish, yollash, ijaraga olish, prokatga olish) huquqiga ega. Dehqon xo’jaligiga sotiladigan mahsulotlar, tovarlar, har qanday ishlab chiqarish vositalar bahosi, davlat va qishloq xo’jalik kooperativ korxonalari uchun o’rnatilgan analogik baholardan oshib ketmasligi kerak.

Dehqon xo’jaligi bank muassasalaridan uzoq, o’rta va qisqa muddatli ssudalar olish huquqiga ega. Bunda bank foizlari stavkasi davlat korxonalari uchun o’rnatilgan miqdordan oshib ketmasligi kerak. Davlat va kooperativ tashkilotlar davlat xo’jaligiga ular bilan tuzilgan shartnomaga asosan kredit berishi ham mumkin. Dehqon xo’jaligining pul vositalari, mahsulot (ishlar, xizmatlar) sotishdan olingan pul tushumi, kreditlar, byudjet assignovaniyalari, ehsonlar va boshqa moliyaviy vositalar hisobiga vujudga keladi. Dehqon xo’jaligi faoliyatidan olinadigan pul tushumi, shuningdek dehqon xo’jaligining boshqa pul daromadlari joriy material xarajatlarini (mehnat haqidan tashqari) qoplashga, kengaytirilgan takror ishlab chiqarishga, moliyaviy rezervini vujudga keltirishga, ijtimoiy dasturlarni amalga oshirishda qatnashishga, soliq va to’lovlarni to’lashga, shaxsiy iste’mol (mehnat haqi) maqsadlariga foydalaniladi. Dehqon xo’jaligi soliq to’laydi. Dehqon xo’jaligi solig’ining 3 xil varianti bo’lishi mumkin:

1.Shaxsiy iste’mol maqsadlariga foydalaniladigan dehqon xo’jaligi daromadlarining bir qismi olinadigan soliq vositasi hisoblanadi.

2.Dehqon xo’jaligi qishloq joylarda yer uchastkalari bo’lgan jamoa xo’jaligi a’zolari va boshqa shaxslar uchun o’rnatilgan tartibda va miqdorda yagona yer solig’i to’laydilar.

3.Dehqon xo’jaligi va uning a’zolari, shuningdek mehnat shartnomasi bilan ishlayotganlar, jamoa xo’jaliklari uchun o’rnatilgan tartibda soliq to’laydilar. Dehqon xo’jaligi ijaraga olgan va xususiy ishlab chiqarish vositalarini, shuningdek qishloq xo’jalik ekinlari maydonlarini, ko’p yillik daraxtlarni, ishlab chiqargan mahsulotini, xom-ashyoni, materiallarni va boshqalarni halokatga uchraganda yoki zarar ko’rganda zararni qoplash uchun va qishloq xo’jaligi korxonalari va ijarachilar mol-mulklarini sug’urta qildirish uchun harakatdagi qonunchilik tomonidan o’rnatilgan sharoitlardagi tartibda sug’urta qoplamasini olish uchun, ixtiyoriy ravishda sug’urta qiladilar.

Davlatga dehqon xo’jaligining yer tuzilishi, mehnatni muhofaza qilish, yong’indan saqlash, hayvonlar kasalliklariga qarshi, o’simliklar kasalliklari va zararkunandalariga qarshi kurash, tabiatni muhofaza qilish haqidagi va soliq to’lash haqidagi qonunchilikka rioya qilish sohalaridagi faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish huquqi berilgan. Dehqon xo’jaligi davlat statistika organlariga hisobot beradi va uning to’g’riligi uchun javobgardir. Dehqon xo’jaligidan belgilangandan tashqari hisobotlarni talab qilish ta’qiqlanadi. Umumlashtirilgan holda dehqon xo’jaligi shakllanishining asosiy tamoyillari quyidagilardir:

1.Yerga xususiy mulk, yerga merosli umrbod egalik qilish yoki ijaraga olish sharti bilan yerdan vaqtincha foydalanish.

2.Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini yurgizish, mahsulotni qayta ishlash va sotish uchun zarur ishlab chiqarish vositalarini ijaraga olish yoki xususiy mulk qilib sotib olish.

3.Ishlab chiqarish zaruriyati tufayli boshqa shaxslarni mehnat shartnomasi bilan ishga jalb qilish (harakatdagi cheklanishlarni hisobga olgan holda).

4.Xo’jalik faoliyati turlarini va ishlab chiqarish strukturasini ixtiyoriy tanlash.

5.Ishlab chiqargan mahsulotdan va olingan daromaddan o’z xohishi bo’yicha foydalanish.

6.Boshqa dehqon xo’jaliklari, kooperativlar va davlat korxonalari bilan kooperasiyalarga kirish.

Shuni qayd qilish lozimki, dehqon xo’jaligining barpo etilishi va shunga mo’ljallab hozirgi bosqichda qishloq xo’jaligini rivojlantirish ancha qiyinchiliklar bilan bo’lmoqda. Dehqon xo’jaligining real mustaqilligini chegaralaydigan va ishlab chiqarish faoliyati samaradorligini pasaytiradigan omillarga quyidagilarni keltirish mumkin:

1.Ishlab chiqarish vositalari ulgurji savdosining rivojlanmaganligi va umuman yo’qligi (traktorlar, qishloq xo’jalik mashinalari, uskuna va mexanizmlar, yem, mineral o’g’itlar, yoqilg’i - moylash materiallari va boshqalar.)

2.Qishloqda dehqon xo’jaligi mahsulotlarini sotishda, ularga shartnoma asosida yordam qilishga qaratilgan, savdo-xarid kooperativlarining rivojlangan sistemasining yo’qligi.

3.Dehqon xo’jaligi ishlab chiqarish faoliyatining boshqa korxona va tashkilotlar bilan munosabatlarini tartibga soluvchi huquqiy asoslarning takomillashmaganligi.

Mana shu sabablar tufayli dehqon xo’jaligi ishlab chiqarish vositalarini sotib olish masalasida, mahsulotlarini sotish masalasida o’zlari tashkil topgan qishloq xo’jaligi korxonalarining rahbarlariga murojaat qilishga majbur bo’ladilar. Bu esa ularga bevosita bo’ysunishga olib keladi. Bunday sharoitda dehqon xo’jaligining mustaqilligi qishlok xo’jaligi korxonalari rahbarlari xohishiga qarab ancha cheklanib, rivojlandi.

Statistik ma’lumotlarga ko’ra, respublikada 3,7 mln.ga yaqin dehqon xo’jaliklari mavjud. Dehqon xo’jaliklari 2012 yilda respublika qishloq xo’jaligi yalpi mahsulotining 91,7 % ini bergan. O’rtacha bir dehqon xo’jaligining daromadi 60 ming so’mni tashkil etib, ayrimlariniki 400-500 ming so’mga yetgan. Hozirda 150 ming gektar yerlar imorat uchun band qilingan. Dehqon xo’jaligida hozir paxta ekilmaydi. Dehqon xo’jaliklari g’allaning 18,1% ini, kartoshkaning 75,5% ini sabzavotning 64,1% ini, poliz ekinlarining 46,8% ini, mevaning 41% ini, uzumning 32% ini, go’shtning 94,6% ini, sutning 95,9% ini, tuxumning 54,6 % ini, junning 1,2 % ini, qorako’l terining 40% ini bermoqda. Dehqon xo’jaliklari tomonidan yetishtirilgan mahsulotlarning tovarlilik darajasi ham boshqa turdagi qishloq xo’jaligi korxonalari yetishtirgan mahsulotlardan ancha yuqori ko’rsatkichlarga ega. Jadvalda yillar davomida dehqon xo’jaligining rivojlanish tendensiyalari ko’rsatilgan(4-jadval).


Download 1,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish