O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o. Murtazayev, F. Axrorov qishloq xo’jaligi


-jadval Respublika fermer xo’jaliklari faoliyatining asosiy ko’rsatkichlari (2005-2012 yy.)*



Download 1,75 Mb.
bet25/196
Sana16.06.2021
Hajmi1,75 Mb.
#68203
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   196
Bog'liq
qishloq xo'jalik iqtisodiyoti (копия)

2-jadval

Respublika fermer xo’jaliklari faoliyatining asosiy ko’rsatkichlari (2005-2012 yy.)*




2003

2004

2005

2006

2007

2008

2009

2010

2011

2012

Fermer xo’jaliklari soni (yil oxiriga),ming

87,6

103,9

125,7

189,2

217,1

218,6

103,1

66,1

69,2

70,8


Biriktirilgan

yer maydoni,

ming ga


2148,1

2935,4

3775,3

4953,2

5787,8

5896,6

5828,5

5826,8

5841,0

5854,3

Bir fermer xo’jaligiga to’g’ri keladi,ga

24.5

28.2

30.0

26.2

26.7

27.0

56.5

80.1

84.4

82.7

Qishloq xo’jalik mahsuloti,mlrd.sum

615.1

857.7

1453.5

2367.5

3111.0

3686.0

4822.6

5962.8

7505.1

8377.2

Ekin maydoni,

ming ga


1401.9

1762.6

2140.7

2710.6

2996.8

3045.2

3053.3

3143.0

3063.4

3082.6

Shu jumladan:































Donli ekinlar

680.3

805.3

932.0

1181.5

1274.0

1300.3

1353.9

1422.4

1362.4

1381.6

Texnika ekinlari

590.0

816.6

1034.9

1280.1

1442.3

1466.3

1396.0

1381.1

1364.7

1352.6

Ulardan paxta

573.0

793.2

1015.4

1268.4

1427.1

1403.2

1331.2

1320.8

1318.0

1297.2

Kartoshka va sabzavot – poliz ekinlari

36.8

36.8

39.5

69.6

83.0

89.1

91.5

101.2

100.0

108.1

Kartoshka

2.2

3.3

2.9

5.2

7.9

9.9

10.5

15.7

15.8

15.0

Sabzavot

17.5

19.0

21.7

45.0

53.6

56.5

58.1

59.1

58.9

63.5

Poliz ekinlari

17.0

14.4

14.8

19.4

21.4

22.7

22.9

26,4

25,3

29,6

Oziqa ekinlari

94,9

104,0

134,3

179,4

197,4

189,5

211,9

238,3

236,3

240,3

Qishloq xo’jalik mahsulotlari ishlab chiqarish, ming tonna































Paxta

1061,5

1825,1

2460,5

3110,3

3645,3

3371,0

3375,9

3384,5

3483,5

3439,4

Don (ishlovdan keyingi vaznda)

2201,4

2717,7

3550,5

4662,5

5284,1

5226,2

5922,8

6032,7

5670,8

6064,5

Kartoshka

33,5

44,5

45,9

108,3

178,6

226,5

277,0

337,2

397,7

487,3

Sabzavot

353,5

389,7

480,3

1305,4

1567,8

1718,5

1997,3

2215,8

2474,4

2732,9

Poliz ekinlari

177,8

174,1

205,7

325,7

415,6

461,9

536,5

595,9

653,6

730,9

Go’sht (tirik vaznda)

18,7

22,6

22,7

24,3

29,8

32,4

35,4

37,8

41,0

45,1

Sut

83,5

88,8

94,7

111,2

125,4

151,6

190,9

205,0

230,1

256,8

Tuxum, mln. dona

60.2

77.4

71.6

76.7

88.8

157.3

228.1

288.1

374.5

464.6

Jun (fizik vaznda), tonna

325

395

601

895

1152

1285

1439

1715

1938

2105

* O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi. Yillik statistik to’plammateriallari. Toshkent 2013.
Tahlil etilayotgan davrda, fermer xo’jaliklari soni 2003 yildagi 87,6 mingdan 2012 yilda 70,8 minggacha o’zgargan, biriktirilgan yer maydonlari shu davrda 2148,1 ming ga.dan 5854,3 ming ga.gacha ko’paygan. Bu 2,7 marta ko’p demakdir. Fermer xo’jaliklari maydonlari optimal holatga keltirilib, o’rtacha 1 fermer xo’jaligiga to’g’ri kelgan yer 24,5 ga.dan 82,7 ga ga oshgan.

Bu o’zgarish tendensiyasi barcha qishloq xo’jaligi ekinlarining maydonlarida ham ro’y bergan va ularning yalpi hosillari ham oshib borgan. Bu holat fermer xo’jaliklarining tobora rivojlanib borayotganliklaridan dalolat beradi.

Keyingi yillarda fermer xo’jaliklari nafaqat qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi va uning samaradorligini oshiruvchi subyekt sifatida, balki yangi ish o’rinlarini yaratuvchi va mehnat resurslarini ish bilan ta’minlovchi subyekt sifatida ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Aynan keyingi yillarda amalga oshirilgan maqbullashtirish jarayonining asosiy maqsadi ana shu muhim va dolzarb masalaga qaratilgan. Umuman, fermer xo’jaligining yer maydonini maqbullashtirish — yer-suv resurslaridan yanada oqilona foydalanish va fermer xo’jaligining moliyaviy barqarorligini ta’minlash maqsadida uning yer maydoni hajmini o’zgartirish demakdir.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 31 yanvardagi “Fermer xo’jaligi yer maydonini maqbullashtirish va uni tugatish tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 22-sonli qarori qabul qilingan. Bu qaror, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «O’zbekistonda fermerlik faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish va uni rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida» 2012 yil 22 oktyabrdagi PF-4478-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda fermer xo’jaliklarining yer maydonlarini maqbullashtirish jarayonida ularning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlash, fermer xo’jaliklarini tugatishda qonunchilik normalariga rioya etish kafolatlarining ishonchli tizimini yaratish maqsadida qabul qilingan. Ixtiyoriylik asosida amalga oshirilgan maqbullashtirishdan so’ng fermer xo’jaligida qolgan yer maydoni «Fermer xo’jaligi to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan minimal miqdordan kam bo’lmasligi kerakligi, dehqonchilik mahsuloti yetishtirishga ixtisoslashtirilgan fermer xo’jaligi uchun ijaraga beriladigan yer maydonining eng kam o’lchami paxtachilik va g’allachilik uchun — kamida 30 gektar, bog’dorchilik, uzumchilik, sabzavotchilik va boshqa ekinlar yetishtirish uchun — kamida 5 gektar bo’lishi va fermer xo’jaligi yer maydonini maqbullashtirishda yer maydoni konturlarining yaxlitligi buzilishiga yo’l qo’yilmasligi qat’iy belgilab qo’yildi.

2015 yilgi fermer xo’jaliklari yerlarini qaytadan maqbullashtirish jarayoni asosan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 2 martdagi 40-sonli qaroritahriri talablari asosida surunkasiga zarar bilan ishlayotgan fermer xo’jaliklarini tugatish va ularni ekin maydonlari tarkibi bo’yicha ko’rib chiqish maqsadida amalga oshirildi. Fermer xo’jaligini ixtiyoriylik asosida tugatish O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini to’xtatish tartibini takomillashtirish to’g’risida» 2007 yil 27 apreldagi PQ-630-son qaroriga muvofiq amalga oshirildi. Ularning qarzlarini to’lash tugatuvchi tomonidan xuddi shu qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini to’xtatish tartibi to’g’risidagi Nizomga muvofiq amalga oshirildi. Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 15 dekabrdagi 362-sonli “Fermer xo’jaliklarini yuritish uchun berilgan yer uchastkalari maydonlarini maqbullashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”qaroriga asosan amalga oshirilgan ishlar natijasida, respublikada fermer xo’jaliklari soni 17556 taga ko’payib yoki 101070taga yetdi, ularning o’rtacha yer maydoni 36,1 gektarni tashkil qildi. Quyidagi jadvalda ana maqbullashtirish natijasining yakuniy ko’rsatkichlari tahlili keltirilgan (3-jadval).

Demak, maqbullashtirish natijasida o’rtacha 1 fermer xo’jaligiga to’g’ri kelgan yer uchastkasi: paxtachilik va g’allachilikka ixtisoslashgan xo’jaliklarida – 36,1 ga., sabzavotchilik va polizchilik xo’jaliklarida - 8,1 ga., bog’dorchilik va uzumchilik xo’jaliklarida - 6,8 ga., chorvachilik xo’jaliklarida – 31,2 ga va qishloq xo’jaligining boshqa yo’nalishlariga ixtisoslashgan xo’jaliklarda 8,3 ga.bo’lishi belgilab quyilgan.




Download 1,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish