Anacanthotermes avlodiga mansub qanotli termit belgilarining
o‘lchamlari (mm hisobida)
№
|
Belgilari
|
A.ahngerianus
|
A.turkestanicus
|
1
|
Uzunligi (qanoti bilan)
|
26,0-29,0
|
24,3-25
|
2
|
Uzunligi (qanotsiz)
|
12,0-14,0
|
12,0-14,0
|
3
|
Boshining kattaligi
|
3,0-3,2
|
3,0-3,2
|
4
|
Boshining kengligi
|
2,4-2,8
|
2,3-2,5
|
5
|
Old qanoti uzunligi
|
22,3-24,0
|
22,0-22,2
|
6
|
Orqa qanotining uzunligi
|
22,0-23,0
|
20-21
|
7
|
Old qanoti kengligi
|
5,0-5,5
|
4,5-5,0
|
8
|
Orqa qanotining kengligi
|
5,5-6,0
|
4,5-5,0
|
A.ahngerianus tur qanotli tabaqalari A.turkestanicusdan tanasining uzunligi,(qanoti bilan) boshining kengligi hamda qanotlarining o‘lchami bilan farq qilsa, qanotsiz tabaqaga mansub termitlar tanasining uzunligi va boshining kattaligi belgilari bilan o‘xshashligi qayd qilindi. 2.1.2 jadval.
2.2. TERMITLARNING TARQALISh MANBALARI
Turkiston termitiga oid materiallar Xorazm vohasining Xiva shahri (Mevaston va Yangi turmush mahallalari), Urganch tumani (Oq oltin shirkat xo‘jaligi) qishloqlarida, Ellikqal’a tumanlaridan shuningdek Baday to‘qay qo‘riqxonasi muntazam ravishda yig‘ib borildi.
Yuqorida qayd etilganidek, termitlar asosan ularning inlaridan, butasimon њsimliklar ildiz tizimlaridan, daraxtlar poyasidan, termitlar loyi bilan suvalgan yarim quruq va qurigan њsimliklardan, toshlar va tuyoqli hayvonlar tezagi ostidan, hamda bino, inshootlarning yog‘och qismlaridan yig‘ildi.
Ularning asosiy tarqalish manbalari Qizilqum va Qoraqum, qirlar, њzlashtirilan еrlar, shuningdek qabristonlar hamda xarobalar ekanligi kuzatildi.
Termitlarning turar joy binolarida tarqalishi њrganish tadqiqotlari Xivadagi “Mevaston” mahallasi aholi turar joylarida, Ichon qal’a hududidagi xonadonlarda, Beruniy tumani “Ozod” shirkat Xo’jaligida hamda Urganch tumani “Oq oltin” shirkat xњjaligi va boshqa aholi turar joylarida olib borildi.
Binolarda termitlarning tarqalishi xususiyatlari њrganilganda, devorlar, pol osti, tom, shift oraliqlarida, issiqlik manbalari atrofida termitlar koloniyalar mavjudligi qayd qilindi.
Tajriba uchun ajratilgan xonadonlar devorlari ichi 40 sm kenglikda ochib kњrilganda bu еrda mavjud termit koloniyalarning 65% lichinka, 29% ishchi, 5% nimfa va 1% navkar tabaqalariga ta’lluqligi qayd qilindi.
Ellikqal’a tumani Bњston shahri atrofida joylashgan Qavat qal’a xarobalari tekshirilganda u еrda termit populyatsiyasi juda zichligi, ya’ni 100 m2 maydonda 5-6 ta termit uyasi uchrashi qayd etildi. Qal’a yaqinida joylashgan 25 ta xonadonning barchasi termitlar bilan њrtacha va kuchli zararlanganligi aniqlandi. Mart oxiri, aprel oylarida olib borgan kuzatishlarimiz shuni kњrsatdiki, Qavat qal’adan erta bahorda termitlarning kњchib uchishi tufayli qanotli termitlar bevosita turar joy, hovli va tomlarda tњpladi, sњng qanotlarini sindirgach shu joylarda yangi uya qura boshlashi kuzatildi.
Shuningdek Qabriston va undagi masjid, hujralar ham termit bilan zararlanganligi qayd etildi. 2001 yil oktyabr oyida masjid devorining 0,5 m2 qismi ochib kњrildi. Natijada bu еrda 3216 ta termitlarning turli faza va tabaqalari borligi ma’lum bњldi. Shulardan 1820 tasi lichinka, 1200 tasi ishchi, 186 tasi qanotli tabaqa, shuningdek 4 ta nimfa 6 tasi navkarlardan iborat edi. Devorlardagi ayrim kameralarning har birida 100-150 tagacha (bitta kamerada) termit tuxumlari borligi aniqlandi.
Xorazm vohasining qadimiy tarixiy yodgorliklarida, jumladan Ichon qal’a, Dishan qal’a (Xiva), Kat qal’a (Beruniy), Ayazqal’a (Ellikqal’a), Guldirsin (Ellikqal’a) kabi jami 8 ta tarixiy obidalarda keng kњlamda nazorat va kuzatish ishlari amalga oshirildi.
Bu joylarda termitlarning bor yo’qligini aniqlash maqsadida, har bir obidaning bino ostonasi, devorlari, darvoza, eshiklari, sinchlari, tokcha va oyna romlari, yog‘och ustunlari, shift va tomlari, g‘isht, tosh ostlari sinchkovlik bilan tekshirib chiqildi. Tadqiqotlarda mavjud 13 ta tarixiy qal’a va ziyoratgohlardan 10 tasida Turkiston termiti tarqalganligi qayd qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |