Tadqiqot materiallari: Turkiston termiti (Anacanthotermes turkestanicus Jacobson,1904), katta Kaspiy orti termiti (Anacanthotermes ahngerianus Jacobson,1904)
II BOB. TADQIQOT NATIJALARI
2.1. TERMITLARINING TUR TARKIBI
Tip: Bugimoyoklilar – Arthropoda
Kenja tip: Traxeyalilar – Tracheata
Sinf: Xasharotlar – Insecta
Kenja sinf: Yuksak taraqqiyotlilar yoki qanotlilar – Pterygota
Bosh turkum: Ortopteroidlar -Orthopteroidea
Turkum: Termitlar – Isoptera
Oila: Termitlar – Hodotermitidae
Avlod: - Anacanthotermes
Tur: Katta Kaspiy orti termiti - A.ahngerianus
Tur: Turkiston termiti - A.turkestanicus
Vohadagi termitlarning turlarini aniqlash yuzasidan ilmiy tadqiqot ishlari 2009-2010 yillar davomida olib borildi. Termitlarni yig‘ish ishlari Xiva shahri (Mevaston va Yangi turmush mahallalari), Urganch tumani (Oq oltin shirkat xo‘jaligi) qishloqlarida Ellikqal’a tumanlaridan shuningdek Baday to‘qay qo‘riqxonasi amalga oshirildi.
Termitlar butalar ildiz tizimidan, daraxt poyalaridan, tosh ostidan, chala yoki to‘liq qurigan o‘simlikka yopishtirilgan loy ostidan, tuyoqli hayvonlar tezaklari ostidan, qurilish materiallarining yog‘och qismlaridan hamda termitlarning еr osti uyalaridan yig‘ildi.
Turkiston termitining statsiyasi o‘tloqi allyuvial tuproqlarga xos bo‘lib, oq bosh (Karelinig cospia), yantoq (Alhagi persorum), sofora (Sophora sp.), va boshqa o‘simliklar statsiyasida uchraydi, kuchli sho‘rlangan tuproqlarda esa kuzatilmaydi.
Katta Kaspiy orti termiti turli xil sho‘ralar (Salsola), bilan siyrak qoplangan taqirsimon tuproqli tekisliklarda hamda, yulg‘un (Tamarix), saksavul (Haloxylon), cherkez (Salsola), kavrak (Ferula) yantoq (Alhagi) va boshqa o‘simliklar o‘sadigan past balandliklardan iborat qumliklarda uchrashi qayd qilindi.
Materiallar kuzatuv va bir qotor termitlar uyalarini qazib ko‘rish natijalariga asosan yig‘ildi. Bundan tashqari kuzatishlar va termitlarning morfologik xususiyatlarini o‘rganish laboratoriya sharoitida ham amalga oshirildi. Nazorat tufayli kuzatilgan ushbu hududlardan 2 xil turga tegishli termitlar yig‘ildi (A.turkestanicus va A.ahngerianus). Bu ikkala tur ham Xorazm vohasi sharoitida o‘rganilmagan edi.
A.ahngerianus va A.turkestanicus turlari bir biriga yaqin tursada, ayrim termit tabaqalarining tuzilishiga ko‘ra bir biridan farq qiladi. Xorazm vohasida tarqalgan termitlarni morfometrik tahlil qilish maqsadida 5 ta statsionar uchastkaning har biridan turli tabaqalariga mansub 100 tadan termit yig‘ildi. So‘ng laboratoriya sharoitida G.G.Yakobson (1904), V.A.Karavaev (1909), I.V.Vasilev (1911), A.N.Luppovalar (1953) tomonidan qayd etilgan ma’lumotlar asosida katta Kaspiy orti va Turkiston termiti tabaqalariga tegishli belgilar aniqlandi.
2.1.1. jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |