Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
1.Abdullayeva Sh.A. Pedagogik diagnostika va korrektsiya. – T.: “Fan va texnologiyalar” nashriyoti, 2009.
2.Abdullayeva Sh.A., Ro`ziyeva D.I. Pedagogik diagnostika va korrektsiya. – T.: TDPU nashriyoti, 2018.
3.Tolipova J.O. Pedagogik testologiya. – T.:, 2015
14-mavzu: Pedagogik testlarni tuzish metodikasi
Asosiy tushunchalar: nazorat, ilmiy asoslanganlik, sifat, o quv jarayonining pirovard natijasi. test, test yo'nalishlari, topshinqlar tizimi, metodik kriteriyalar, javobning kafolatlanishi, ekspertiza, sharhlash, tahlil, о 'zlashtirish, samaradorlik. Test - aniq maqsad asosida muayyan holat darajasini, sifat va miqdoriy ko‘rsatkichlami belgilashga imkon beruvchi sinov vositasi. U inglizcha “test” so‘zidan olingan boiib, sinov, sinash, namuna olish ma’nolarini bildiradi. “Test” tushunchasi texnika, biologiya, meditsina va ximiya sohalarida ham qoilaniladi. Psixologik-pedagogik tadqiqotlarda ma’lum vaqt oralig'ida, topshiriqlami bajarish misolida ma’lum jamoa, guruh va ayrim shaxslaming ahvoli qiyosiy o‘rganiladi. Testlar amaliy psixologiyada ham keng qoilaniladi. Xuddi shu sohada uning metodik kriteriyalari ishlab chiqilib, testni o‘tkazishda qayta ishlash konstruksiyalari ishlab chiqilgan. Pedagogik amaliyotda testning bir qator afzalliklari ko‘zga tashlanadi. Ular quyidagilardir: 1) nazorat uchun vaqtning kam sarflanishi; 2) nazariy va amaliy bilim darajasini ob’ektiv sharoitda aniqlash imkonining mavjudligi; 3) bir vaqtda ko‘p sonli о‘quvchi-talabalar bilan nazoratni tashkil etish mumkinligi; 4) bilim natijalarining o'qituvchi tomonidan qisqa muddatda tekshirilishi; 5) barcha o'quvchi-talabalarga bir xil murakkablikdagi savollar berilib, ular uchun bir xil sharoitning yaratilishi. Test metodi. Ushbu metod o'quvchi-talabalar tomonidan muayyan fan sohasi yoki faoliyat (kasbiy faoliyat) bo'yicha o'zlashtirilgan nazariy bilim va amaliy ko'nikma, malakalar darajasini aniqlashga xizmat qiladi. Test o'z mohiyatiga ko'ra quyidagi savollardan iborat: 1) ochiq turdagi savollar (o'quvchi-talabalaming erkin, batafsil javob berishlari uchun imkon beruvchi savollar); 2) yopiq turdagi savollar (o'quvchi-talabalar “ha”, “yo‘q”, “qisman” yoki “ijobiy”, “qoniqarli”, “salbiy” va hokazo tarzdagi javob variantlarini tanlash orqali savollarga javob beradilar). 31 3) to‘g‘ri javob variantlari qayd etilgan savollar (o‘quvchi-talabalar o‘z yondoshuvlariga ko‘ra to‘g‘ri deb topgan javob vanantini belgilaydilar). Test metodini qoTlashda aniqlanishi zarur boTgan bilim, ko‘nikma va malakalami turkum asosida berilishiga e’tibor berish maqsadga muvofiqdir. Ushbu metodning afzalligi о‘quvchi-talabalar javoblarini aniq mezonlar bo‘yicha tahlil etish imkoniyati mavjudligi hamda vaqtning tejalishi bilan tavsiflanadi. Shu bilan birga, chuqur o‘ylanib tuzilgan topshinqlar asosida tajribada bir necha bor sinab ko‘rilganligi tufayli qisqa vaqt ichida ob’ektiv natijalar olish mumkin. Biroq, ushbu metod ayrim kamchiliklardan ham xoli emas. Chunonchi, aksariyat holatlarda javoblar yozma ravishda olinadi, shuningdek, o'quvchi-talaba taklif etilayotgan javob variantlardan birini tanlashi zarur. Shu bois о‘quvchi-talaba o‘z fikrini batafsil ifoda etish lmkoniyatiga ega emas. Odatda barcha tekshiruvchilar tomonidan amalga oshirilgan nazorat shakli va metodlari ham test metodiga kiradi. Nazoratning test metodi ilmiy asoslarga qurilgan bo‘lib, u ma’lum talab va qonun-qoidalar zamirida olib boriladi. Test metodi pedagogik diagnostika metodlari orasida eng qulayi hisoblanib, bu metod har jihatdan sifatli ma’lumot berishi bilan ajralib turadi. Test, asosan, psixolog olimlar tomonidan ishlab chiqilgan va amaliyotga tadbiq etilgan. Test sinovi muntazam takomillashib boradi. Masalan, nemis olimi Linner “Test shaxsning turli holatlarini, shaxsiy xususiyat, imkoniyat va qobiliyatlarini aniqlovchi metoddir”, deb ta’nflaydi. Test metodi chinakamiga pedagogik diagnostika metodi bo‘lib, u o‘quv jarayonining pirovard natijasini ob’ektiv aniqlab berishga qodir mezon hisoblanadi. U doimo tahlil asosiga qurilib, aynan, shu xususiyatiga ko‘ra, pedagogik jarayon natijalarining takomillashib bonshiga yordam beradi. Yuqorida bayon etilgamdek, test ham baholash, ham pedagogik diagnostika hisoblanadi. 0 ‘quvchi-talabalar bilimini bu usulda baholash chet davlatlarda 1930- yilda boshlangan boTib, keyingi vaqtlarda, mustaqillik yillarida u bizning ta’lim jarayonimizda ham keng qo‘llanilmoqda va hozirgi davrda o‘quvchi-talabalar bilimini baholashda asosiy mezon sifatida qaralmoqda, foydalanilmoqda. Pedagogik testning maqsad va mohiyati Pedagogik test o‘ziga xos topshinqlar tizimi shakllari bo‘lib, ma’lum bir mazmunni qamrab oladi. Uning qiyinchiliklan borgan sari murakkablashib boradi. U topshinqlar tizimining о‘quvchi-talabalar tomonidan o‘zlashtirilganligi sifatini ob’ektiv baholash imkonini yaratadi. Pedagogik testlaming kriteriyalari ishlab chiqilgandan keyin unga ayrim aniqliklar kiritilib, barcha testlarda qo‘llanishi mumkin. Test o‘lchov vositasi sifatida ishlatilgani tufayli u qat’iy, aniq metodik talablarga javob berishi kerak. Tasodifiy topshinqlar to‘plamini testda qoTlash mumkin emas. Testlardan universal va keng qamrovli vosita sifatida 0‘quvchi-talabalaming tarbiya topganligini aniqlash mumkin emas. Testning har bir topshing‘i va bevosita barcha test savollari bir xil tipdagi, yo‘nalishli bo‘lib, ularning sifat ko‘rsatkichlarini aniqlashga qaratilgan savollar kompleksida belgilar soni qancha kam boisa, uning 32 natijalari haqiqatga shuncha yaqin bo‘ladi. Agar savollar kompleksida bittagina aniqlovchi bo'lsa, testning funksiyasi shuncha aniqlikda boiadi. Test metodi o ‘z qo‘Uanishiga ma’lum darajada chegaralangan bo‘ladi. 0 ‘quvchi-talabalaming tarbiya topganlik xarakteristikasi shu darajada ko"p qirrali va murakkabki, test metodlari ulami aniq darajada belgilab berolmaydi. Testlar ta’limiy xulosalar bilan birga texnologik vaziyatning istiqboli va harakat yo‘nalishini belgilab beradi. Shunga ko‘ra testlar quyidagilarga boiinadi: 11-chizma. 0 ‘qituvchi o‘z ish faoliyatida birinchi bor testga murojaat etganda quyidagi muhim vazifalargao‘z e’tibormi qaratishi kerak: 1. Testning topshiriqlarini mantiqiy ketma-ketlikda aniq ishlab chiqish va shakllantirish. 2. Testdan ishonchli javob olinishi kafolatini ta’minlash. 3. Testning qoniqarli darajada talab va qoidalarga rioya qilinganligi. Shakllantnilgan testlar ilmiy-pedagogik jihatdan asoslangan bo‘lishi kerak. Ular shunday metodlarga suyangan bolishi kerakki, Davlat ta’lim standartlariga mos bo‘lgan xolis, ishonchli va qayta o‘z isbotini topishi kafolatlanishi lozim. Testlardan olingan javoblaming qayta o‘z tasdig‘ini topishi testlaming metod va vositalari to‘g‘ri tuzilganligidan dalolat beradi. Bunda javobning tasdig‘ini topish tashqi analog mezonlarga asoslanib, isbotlanishi mumkin bo‘lishi kerak. 33 Test tekshiruvlarini o‘tkazishda topshinqlar to‘plami muhim g‘oyalami o‘z ichiga olishi, metodologik jihatdan o ‘quvchi-talabaning haqiqiy bilimini xolisona aniqlab berishi iozim. Olinayotgan pedagogik informatsiyalarning aniqligi test o‘tkazilayotgan vositalarga ko‘p jihatdan bog‘liq. Xulosa shuki, testlar qanchalik aniq, mantiqiy ketma-ketlikda, ishonchli, tajribada tasdiqlangan bo‘lsa, uning natijalari ham kafolatiangan boiadi. Test savolnomalanni ishlab chiqish va shakliantirishda quyidagi muammolarga e’tibor qaratilmog'i kerak: Birinchidan, savolnomalarning javoblari “ha” yoki “yo‘q” deyishga mo‘ljallanishi. Ikkinchidan, savolnomalar “ishonmayman”, “bilmayman”, “qiynalaman” kabi so'zlarga moMjallanmasligi. Uchinchidan, savoinomada kutilayotgan javob aniq va ravshan bo‘lishi, boshqa tashqi mezonlar bilan o‘lchanganda o‘zini qayta tasdiqlash mumkin bo‘lishi kerak. To‘rtinchidan, olingan javoblarda bitta to‘g‘ri javob ko‘zda tutilib, uning boshqa analogi boimagani ma’qul. Beshinchidan, savolnoma to‘plamlan darsliklardagi mavzu mazmunini o‘z ichiga olib, standart talablari doirasida boMishi kerak. Oltinchidan, har bir test o‘z ichiga to‘rttadan kam bo‘lmagan savollardan iborat bo‘lib, ularda ayrim hollarda 2-3 ta to ‘g‘ri javob bo‘lishi mumkin. В unday hollarda javoblaming birida to‘g‘ri javoblar jamlanmasi beriladi. Test tuzish jarayoni, uning llmiy asoslanganligi, qayta ishlamshi, takomillashtirilishi bir qator bosqichlarda amalga oshiriladi: 1) test o‘tkazishning maqsadini aniqlash, test turini tanlash, uni tuzishga yondoshuvni belgilash; 2) o‘rganilayotgan mavzu mazmunini tahlil etish, uning sifat ko‘rsatkichlarini aniqlab olish; 3) testning strukturasini aniqlash, topshiriqlaming joylashish strategiyasini belgilash; 4) testni kasbga moslab ishlab chiqish; 5) testning savolnoma hajmini va unga sarflanadigan vaqtni aniqlash; 6) testdan oldingi vazifalami aniqlashtirish; 7) test va uning topshinqlarini tanlash, tanlangan strategiya asosida ulaming orentirovkasini, qiyinlik darajasim, mualliflik bahosini belgilab chiqishi; 8) test oldi topshinq va testlaming mazmunini ekspertizadan o‘tkazish; 9) test oldi topshiriqlar shakllarining ekspertizasi; 10) ekspertiza xulosalarini, topshinq va uning mazmunini qayta ishlash; 11) aprobotsiyadan o‘tkaziladigan testlaming metodikasini ishlab chiqish; 12) testlami aprobotsiyadan o‘tkazuvchi instruksiyalar ishlab chiqish; 13) testlami aprobotsiyadan o‘tkazish; 14) empirik natijalami to‘plash, 15) bajarilgan test natijalarini statik tahlildan o‘tkazish; 16) test savolnomalarining tahlillari asosida sharhlami tahlil qilish va bu orqali uning sifatini oshinsh; 17) topshinqlar shaklini, uning mazmunini tahlillar asosida korreksiyalash; 18) testnmg oson yoki qiyinlik darajasi hamda benlgan vaqtni qayta ko‘rib chiqib, uni optimallashtirish. 0 ‘zlashtirishga qaratilgan testlar 0 ‘zlashtirish nima va u qanday aspektlarda namoyon boiadi? 1. 0 ‘zlashtirish - bu o‘quvchi-talabaning fanlar kesimida davlat standartlarini o‘qib-o‘rganib, egallagan bilim, ko‘nikma va rnalakalari bo‘yicha erishgan natijalari. 2. 0 ‘zlashtirish - bu o‘quvchi-talabaga davlat, jamiyat va ta’lim muassasasi tomonidan qo‘yilgan talablarga erishish. 3. 0 ‘zlashtirish o‘quvchi-talabaning mavzu mazmuni, boblar, paragnflar bo‘yicha tushuncha, bilim, ko‘nikma va malakalami mu ay у an davrda o‘rganish uchun qilgan mehnati natijasi. 0 ‘qituvchining dars sifati va samaradorligiga baho quyidagi ko‘rsatkichlar asosida o‘rganiladr. - o‘qituvchming darsni ta’lim jarayonida aniq maqsadga yo‘naltirganligi; - o‘quvchi-talabalar bilan uning o‘zaro samimiy, do‘stona munosabat va muloqotlarni o‘mata olganligi; - darsning o‘quvchi-talaba shaxsiga individual yondoshilganligi; - o‘quv jarayoniga tabaqali yondoshuvi; - ta’lim mazmunini va o‘qitish metodlarini o‘quvchi-talabalaming bilish qobiliyatlariga moslashtira olganligi; - o‘quvchi-talabalarda umum o‘quv malaka va ko‘nikmalami shakllantirishi, ulami ta’lim mazmuniga qiziqtirishi, motivlami hosil qilganligi; - o‘quvchi-talabaning tushunishi, diqqat bilan tinglashi uchun bor imkon va kuchini sarf etishi; - o‘quvchi-talabalaming umummalaka va qobiliyatlarini rivojlantirishi; - o‘quvchi-talabani adolatli, xolisona, haqqoniy baholash va uning olgan baholarini amaliyotda qo‘llay olishi; - o‘quvchi-talabalaming milliy g‘oya, ma’naviy-ma’rifiy va madaniy jihatdan tarbiyalanganligiga erishishi. Yuqoridagilardan ma’lumki, ta’lim markazida inson, shaxs turadi va barcha ta’limiy jarayonlar uning qobiliyati, imkoniyati, ehtiyojiga qaratiladi. Pedagogik diagnostika esa ana shu intilish, mehnat faoliyati samarasini ham ijobiy, ham salbiy jihatdan belgilab beradi. Egallangan bilimlami qiyoslash, solishtirish, samaradorlikni, kamchilik va nuqsonlami belgilashda uning imkoniyati nihoyat darajada katta naf keltiradi. Oli Kyuforker ta’lim muassasalarida amalga oshiriladigan testni 3 ko‘rinishga bo‘ladi. Ular quyidagilar: 1. 0 ‘zlashtirishni muayyan bir davr ichida aniqlovchi test (masalan, turli sertifikatlar olish uchun topshiriladigan testlar). 2. 0 ‘quv qo‘llanmasining ma’lum bir qismi, bo‘limi va bobdan olingan axborotlaming qav darajada o‘zlashtirilganligini aniqlovchi test. 3. 0 ‘quv dasturi yoki darslikdagi bir qism mashg*ulotlar o‘tkazilgandan keyingi o‘quvchi-talaba obzlashtirishidagi yutuq va nuqson tamoyillarim aniqlash testi. Amaliyotda o‘zlashtirishga qaratilgan testlar tobora kengroq o‘nn olib bormoqda. Biz quyida o‘zlashtirishga qaratilgan testlami keltiramiz. Ular: 35 • Muayyan predmetni o‘zlashtirishga qaratilgan testlar. • 0 ‘zbek tilini o‘zlashtirishga qaratilgan testlar. • Chiroyli vozuvni belgilashgayo‘naltirilgan testlar. • 0 ‘qish tezligi va texmkasmi belgilovchi testlar • So‘z boyligini aniqlovchi testlar. • Bolaning rivojlanishini belgilovchi testlar. • Bolaning ta’lim muassasasi (maktab)ga tayyorligini aniqlovchi testlar. • Bolaning intellektual faoliyatini aniqlashga qaratilgan testlar. • Bolaning didaktik ko‘nikma va malakalarini belgilovchi testlar. • Bolaning ma’naviy tarbiyalanganligini belgilovchi testlar. To‘plangan bilimlarni sinash uchun savollar: 1. Test metodini ta’riflang. 2. Test metodi shaxs rivojiga qanday hissa qo‘shadi? 3. Test metodining ob’ektivligini tasdiqlovchi faktomi tushuntirmg. 4. Test metodim qo‘llashda nimalarga e’tibor berish kerak? 5 Testlaming o‘ziga xos yutuq va kamchiliklarini tushuntiring. 6. Test metodi yo‘nalishlarini sanab bering. 7. O'qituvchi birinchi bor testga murojaat etganda qanday muhim vazifalarga e’tibor qaratishi kerak? 8. Test tuzish jarayonining bosqichlarini birma-bir sanab, izohlab bering. 9. 0 ‘zlashtirish nima? U qanday ko‘rimshlarda namoyon bo‘ladi? 10. 0 ‘qituvchimng dars sifati va samaradorligiga baho qanday ko‘rsatkichlar asosida o‘rganiladi? 11. Oli Kyuforker tomonidan aniqlangan va o‘zlashtmshga qaratilgan testlami izohlab bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |