Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
1.Abdullayeva Sh.A. Pedagogik diagnostika va korrektsiya. – T.: “Fan va texnologiyalar” nashriyoti, 2009.
2.Abdullayeva Sh.A., Ro`ziyeva D.I. Pedagogik diagnostika va korrektsiya. – T.: TDPU nashriyoti, 2018.
3.Tolipova J.O. Pedagogik testologiya. – T.:, 2015
15-mavzu: Pedagogik korreksiyaning asosiy yo’nalishlari
Korrektsion faoliyatning mohiyati. Pedagoggik diagnostika o’z zamirida korrekstion tadbirlarni nazarda tutadi. Korrektsiya-hayotiy chekinishlarga uchragan bolalar va o'smirlar bilan olib boriladigan aniq faoliyatdir. Bir qator olimlar:R.S. Nemov, D. V. Olshanskiy, G. Broyer, G. Matteslar: “Pedagogik korrektsiya-tarbiya jarayonida yoshlarning ma’naviy-ma'rifiy sohalardagi oldindan yo'l qo'yilgan nuqsonlami bartaraf etish jarayonidir” l- deb hisoblaydilar. N. V. Kuzmina bu jarayonni: «Korreksiyalash jarayoni-o'quvchilaming ongiga, his-tuyg'ulariga ta'sir etuvchi va turli ijobiy qobiliyatlarini shakllantiruvchi faoliyat turidir1» -deb tavsiflaydi. Korreksiyalash ta’sirida o'quvchi-yoshlarning g'oyaviy, axloqiy, irodaviy, estetik xislatlari shakllanadi, tabiatga, jamiyatga ilmiy qarashlari tizimi tarkib topadi, jismoniy kuch-quwatlari mustahkamlanadi va shu bilan birgalikda tarbiya masalalari amalga oshiriladi. Korrektsiya jarayonida yoshlarda jamiyatning shaxsga qo'yadigan axloqiy talablariga muvofiq keladigan xulqiy malaka va odatlari hosil qilinadi. Bunga erishish uchun o'quvchining ongiga (ta'lim jarayonida), hissiyotiga (darsda va sinfdan tashqari ishlarda), irodasiga (faoliyatni uyushtirish, xulqni idora qilish jarayonida) tizimli va muntazam ta'sir etib boriladi. Demak, pedagogik diagnostika va korrektsiya jarayonida bulardan birortasi (tafakkuri, ongi, hissiyoti, irodasi, qarashlari) e'tiboridan chetda qolsa, maqsadga erishish qiyinlashadi. «Muayyan bir maqsadga qaratilgan tarbiya jarayonining mohiyati va vazifalari tarbiyachi tomonidan rejalshtiriladi va tartibga solinadi» - deb yozadi Fleyk Xobson fikricha, muayyan hislatlarni tarbiyalash yoki yo'qotish uchun xizmat qiluvchi manbalar izlab topiladi va belgilangan maqsad uchun xizmat qiladigan nazariy va amaliy manbalarni qaysisini va qayerda ishlatish rejalashtiriladi. Bunday reja asosida olib borilgan tarbiya mohiyati ta'lim - tarbiya tizimini, jamiyat va insonlarning intellektual va jismoniy faoliyatini tashkil qiladi. Demak, pedagogik diagnostika va korrektsiya jarayoni ham reja asosida, tizimli va maqsadli olib borilsa, komil insonni tarbiyalashdek asrlardan beri azaliy orzuni amalga oshirish istiqbollari kengayadi. Uzluksiz ta'lim tizimida pedagogik diagnostika va pedagogik korrektsiya ishlari metodik jihatdan to'g'ri yo'naltirilganda jamiyatning har bir a’zosi ongiga milliy istiqlol g'oyalarini singdirishda, mafkuraviy immunitet hosil qilishda, o'quvchilarning o'zligini anglashda, vatanparvarlikni, millatlararo totuvlikni, diniy bag'rikenglikni, tolerantlikni shakllantirishda hamda komil insonga xos bo'lgan fazilatlarni: sofdillik, to'g'riso'zlik, adolatparvarlik, sahovatlilik, or-nomuslik, tantilik va boshqa sifatlarni tarkib toptirishda ijobiy samara beradi. Pedagogik tashxislash va yoshlarning xulqidagi nuqsonlami korreksiyalash masalalari bugungi kunda salmoqli ahamiyatga ega bo'lib borishi mustaqil O'zbekistonning har tomonlama rivojlanishidan, jamiyat a'zolanning ma'naviy-ma'rifiy hayotida paydo bo'lgan muammolarini hal etilayotganidan dalolatdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |