O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti boshlang’ich ta’lim fakulteti boshlang’ich ta’lim pedagogikasi kafedrasi boshlang’ich ta’limda pedagogik diagnostika


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati



Download 1,38 Mb.
bet33/104
Sana19.05.2022
Hajmi1,38 Mb.
#604464
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   104
Bog'liq
Ped.diag O\'UM

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
1.Abdullayeva Sh.A. Pedagogik diagnostika va korrektsiya. – T.: “Fan va texnologiyalar” nashriyoti, 2009.
2.Abdullayeva Sh.A., Ro`ziyeva D.I. Pedagogik diagnostika va korrektsiya. – T.: TDPU nashriyoti, 2018.
3.Tolipova J.O. Pedagogik testologiya. – T.:, 2015


7-MAVZU: BOSHLANG‘ICH SINFLARDA O‘QUVCHILARINING AXLOQIY TARBIYALANGANLIK DARAJASINI TASHXIS ETISH
REJA:

  1. O’quvchilarning axloqiy tarbiyalanganligi ko’rsatkichlari va mezonlari.

  2. O’quvchilarning axloqiy tarbiyalanganligini tashxis etish metodlari.

  3. Axloqiy tarbiyalanganlik darajasini tashxis etish vositalari

Tarbiya biz uchun yo hayot,mamot, yo
najot, yo halokat, yo saodat, yo
falokat masalasidir
Abdulla Avloniy
O‘quvchilarning axloqiy tarbiyalanganligi ko‘rsatkichlari va mezonlari. Inson tarbiyasi va uning tarbiyalanganlik darajasi o’z davrining ilmiy-amaliy mezonlari bo’yicha tadqiq etishlik ko’p asrlik fan tarixiga ega. Insoniyatning yer yuziga kelishidan e’tiboran kishilar muayyan sotsiumning a’zosi tariqasida shaxslararo munosabatga kirishishi, muloqot o’matishi, muomala maromiga rioya qilishi lozim, deb belgilanishi tarbiyalanganlik o’lchovlarining vujudga kelishiga sabab bo’lgan. Taraqqiyot, ijtimoiy ong, aql-zakovat. komfortga intilish hissi tarbiyalanganlikning ham harakatlantiruvchisi, ham mexanizmi, ham zarurat ekanligini ta’kidlovchi omil bo’lib xizmat qilgan va bundan keyin ham ko’p funksional vazifani ado etaveradi.
Tarbiya jarayonining mohiyati shu jarayon uchun xarakterli bo’lgan va muayyan qonuniyatlarda namoyon bo’ladigan ichki aloqa va munosabatlarni aks ettiradi. O’zbek xalqining ko’p asrlik ma‘naviy-milliy, madaniy qadriyatlarni, uning odob-axloqini belgilab beruvchi Qur‘oni Karim, Hadisi Shariflar, imom Buxoriy, imom Termiziy, Bahouddin Naqshband, az-Zamaxshariy, Najmiddin Kubro, Ahmad Yassaviy, So’fi Olloyor, Sulaymon Boqirg’oniy kabi mutaffakkirlarning bebaho merosini; Al-Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, A1 Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Mahmud
Qoshg’ariy, Yusuf Xos Hojib, Axmad Yugnakiy, Mirzo Ulug’bek, Amir Temur, Bobur, Alisher Navoiy, Kamoliddin Behzod kabi allomalarning jahon fani va madaniyati xazinasiga qo’shgan ulug’, bebaho hissalarini tadqiq etish va shu asosda yosh avlodni tarbiyalash muxim axamiyat kasb etadi. Axloq-ma‘naviyatning o’zagi, inson axloqi shunchaki salom-alik, yaxshi muomaladangina iborat emas. Axloq-bu, avvalo insof va adolat tuyg’usi, iymon, halollik demakdir. Ajdodlarimiz komil inson haqida butun bir axloqiy talablar majmuasini, Sharqona axloq Kodeksini ishlab chiqqanlar. Ko’hna tariximizning qaysi davrini eslamaylik, din har doim odamlarni o’z-o’zini idora etishga, yaxshi xislatlarni ko’paytirib, yomonlaridan xalos bo’lishiga chorlagan. Har bir insonga, oila, jamoa, xalqqa rahnamo bo’lgan. Kishilarni og’ir sinovlarga bardosh berishga, yorug’ kunlarga intilib yashashga da‘vat qilgan, ishontirgan. Bunday da‘vat o’z navbatida odamlarga kuch-quvvat bag’ishlagan, irodasini mustahkam qilgan, bir-biriga mehr-oqibatini oshirgan. «Demak, din xalq ma‘naviyatining, ma‘rifatining yuksalishiga katta hissa qo’shib kelgan ekan, bugungi davlatchiligimiz haqida so’z yuritganda, rejalar tuzganda dinni eng avvalo, ham milliy, ham umuminsoniy qadriyat sifatida e‘tiborda tutishimiz lozim.
O’zbekiston Respublikasi taraqqiyotining hozirgi bosqichida yoshlarning ma’naviy qiyofasini shakllantirishda, ularni ilm-ma‘rifatli, diyonatli, yuksak axloqli bo’lishlari bilan birga, zamonaviy texnika va texnologiyalarni puxta o’zlashtirib olishlariga katta axamiyat berilmoqda. O’zbekiston Davlati fuqarosining ma‘naviy qiyofasini belgilovchi fazilatlar-vatanparvarlik, insonparvarlik, milliy g’urur, mehnatsevarlik, baynalminalchilik kabilar maktab va o’qituvchining faol ishtirokida, tarbiyaviy ta‘siri ostida shakllanadi. O’qituvchilik kasbi o’z mohiyatiga ko’ra axloqiy xarakterga ega Shuning uchun ham, awalo, muallimning o’zi umuminsoniy va milliy qadriyatlarni puxta o’zlashtirib olishi va axloq bobida shaxsan ibrat bo’lishi zarur. Demak, inson tarbiyasi va uning tarbiyalanganlik darajasi o’z davrining ilmiy-amaliy mezonlari bo’yicha tadqiq etishlik ko’p asrlik fan tarixiga ega. Insoniyatning yer yuziga kelishidan e’tiboran kishilar muayyan sociumning a’zosi tariqasida shaxslararo munosabatga kirishishi, muloqot o’matishi, muomala maromiga rioya qilishi lozim, deb belgilanishi tarbiyalanganlik o’lchovlarining vujudga kelishiga sabab bo’lgan.
Mustaqil, ma’rifiy-madaniy, adolatli va insonparvar jamiyatda yosh avlodni har tomonlama yetuk, axloqli, odobli insonlar sifatida kamol toptirish dolzarb vazifadir. O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonuni, «Pedagogika fani Konsepsiyasi» talablari bilan hamohang ravishda barkamol insonni voyaga yetkazish uchun yoshlarda quyidagi xususiyatlarni shakllantirish lozim:
-ijobiy fazilatlar mohiyati va mazmunini to’g’ri tushunish hamda tahlil qilish, shaxsiy munosabatini bildira olish;
-jamoada уashash, mehnat qilish malakalarini egallash;
-barkamol inson siymosini idrok etish, uning ma’naviy qiyofasini shakllantirish usullarini izlash.
Yoshlarni ma’naviy boy, jismoniy jihatdan sog’lom qilib tarbiyalash maqsadida dastlab, ularning tarbiyalanganlik darajasini aniqlash lozim.

Download 1,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish