O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti boshlang’ich ta’lim fakulteti boshlang’ich ta’lim pedagogikasi kafedrasi boshlang’ich ta’limda pedagogik diagnostika



Download 1,38 Mb.
bet34/104
Sana19.05.2022
Hajmi1,38 Mb.
#604464
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   104
Bog'liq
Ped.diag O\'UM

«Tarbiyalanganlik-jamiyatda qabul qilingan axloqiy normalarga bo’ysunish va o’zgalarning nafratini qo’zg’atadigan hatti-harakatlardan o’zini tiya bilish». Abdulla Avloniyning fikricha,:». . xulq-nafsning suvrati» bo’lsa, Hamza Hakimzodaning ta’riflashicha: «Axloq xulqni ja ’midur. Axloq ikki qism o’lur. Biri axloqi husniya(yaxshi xulqlar), ikkinchisi axloqi zamima( yomon xulqlar)dur. Axloqi husniya insoniyat olamining bir gulshanidirki, anda hayo, hilm, saxo, qanoat, rizo, shukr, sabr| tavba, sidq, tavoz’u, ajz, faqrga o’xshash adolat gullari bila muzayyan va muattar o’lur. Axloqi zamima bir sho’razoredurki, oni aksincha jafo, zulm, hasad, kibr, kufr, tama’, g ’azab, nifoq, gasb, namima, kizb, bo’hton, g’iybat, buixl, xiyonat, isrof, hirs, poyriq, ta’jil, fitna, hosil; bunga o’xshash turiu qabohat nimarsadan boshqa shaylar ko’karmaslar»1. Demak, tarbiyalanganlik barcha ijobiy xulqlarni o’zida mujassamlashtirib, salbiy xulqlardan forig’ bo’lish demakdir. Yoshlarda axloqiy xislatlar bilan birga, umuminsoniy fazilatlarni, ma’naviy sifatlarni tarbiyalashda pedagogik diagnostika va kooreksiyalash faoliyatiga murojaat etish zarur. Buning uchun, eng awalo, inson fazilatlarming o’zaro munosabatlarini va o’rnini aniqlab olmoq lozim. Ma’naviyat esa aqliy, axloqiy, huquqiy, iqtisodiy va siyosiy bilimlar zamirida shakllanadi. Mazkur bilimlar o’z navbatida inson ijobiy sifatlarining kamol topib, boyib borishiga olib keladi.
Tarbiyalanganlikning asosiy belgilari quyidagilardan iborat, deb hisoblaydi mutafakkir Alisher Navoiy:
— jahl chiqqanda o’zini bosa olish; har bir ishni qilganda «yetti o’lchab bir kesish”; sir saqlay olish, mulohaza qilib, ayrim gaplarni ichga yutish;
— doimo ishonch bilan yashash va olg’a intilish; andisha chegarasidan chiqmagan holda dadil bo’lish;
— bir ishni boshlagandan keyin uni oxiriga yetkizmay qo’ymaslik
— topgan-tutganini tejab-tergab sarflash va hokazolar.
Az-Zamaxshariyning fikricha, tarbiyalanganlikning o’nta nishonasi farqlanadi:
— birinchisi- xalq to’g’ri deb topgan narsani noto’g’ri deb qaramaslik;
— ikkinchisi — o’z nafsiga erk bermaslik;
— uchinchisi —birovdan ayb qidirmaslik;
— to’rtinchisi — yomonlikni yaxshilikkayo’yishlik;
— beshinchisi — agar gunohkor uzr surasa, uzrini qabul qilish;
— oltinchisi — muxojirlar hojatini chiqarish;
— yettinchisi — el g’amini yeyish;
— sakkizinchisi — o ’z aybini tan olish;
— to’qqizinchisi — el bilan ochiq yuzli bo’lish;
— o ’ninchisi — odamlar bilan shirin muomalada bo’lish3.
«Xushxulqli, yaxshi tarbiya ko’rgan kishi yaqinlari, yoru do’stlari uchun misli o’chmas chiroqdirV-deb yozadi Servantes. Demak, har bir tarbiyachi birinchi navbatda o 'z faoliyatini va unda ko'zda tutilgan maqsadni aniq tasavvur eta olishi, bu maqsadning muhimligini tushunishi lozim.
O'qituvchilarning umumiy madaniyat va tarbiyalanganlik darajasini oshirish uchun optimal pedagogik-psixotogik vaziyatlarni tashkil qilish, fanlararo integratsiyalashuv jarayonini ta’minlashda taqdim qilinayotgan o'quv materiallarning sifat ko'rsatkichini oshirish lozim. Bundan tashqari, o'quvchilarning tarbiyalanganlik darajasini o'stirish uchun ularda: axloqiy kategoriyalarni anglash, idrok qilish va ijtimoiy hayotda amal qilish tarbiya maqsadining kafolatlagan natijasidir. Bu esa o'z navbatida mustaqilligimizni qadrlay oladigan, o'zligini, jamiyat, davlat va oila oldidagi mas’uliyatni anglaydigan yetuk shaxsni shakllantirish kabi vazifalar bilan bog'liq jarayondir. Qanday odamm tarbiya qilish darkor, tarbiya natijasida inson qanday bo'lishi kerak, degan savollarni avvaldan tasavvur etish zarar. Bunda pedagogic diagnostika katta ahamiyami kasb etadi.
Abu Rayhon Beruniy insonning kamolotga etishishida ilmu ma’rifat, san’at va amaliyot muhim ahamiyat kasb etmasada, nasi - nasab, ijtimoiy muhit va turmush qonuniyatlari ham katta ta’sir kuchiga ega ekanligini ta’kidlaydi. Uning fikricha, inson kamolga etishuvining eng muhim omillari ilm ma’rifatli bo’lish va yuksak axloqiylikdir. Axloqiylikning belgilari: yaxshilik, to’g’rilik, adolat, kamtarlik, saxovat, oliyjanoblik, do’stlik va hamkorlik, mehnat, poklik, go’zallikka intilish kabilardir.
Alisher Navoiy bolaning voyaga yetishida, kamol topishida tarbiyaning kuchi va qudratiga alohida e’tibor beradi. Ta’lim natijasida bolaning foydali va yetuk kishi bo’lib usishiga ishonadi. “...Yosh bola yaxshi nima-yu, yomon nimaligining farqini bila olmaydi, chunki uning tushunish, fikrlash, muhokama qilish qobiliyati o’smagan bo’ladi. Shu sababli, u o’z xususiyatiga binoan salbiy ta’sir natijasida yaramas, noto’gri yo’ldan ketishi mumkin. Demak, bolani juda kichik yoshidan boshlab tarbiyalamoq kerak.
Tarbiya insonga o ’zida yaxshi odat va fazilatlar paydo qilishga yordam beradi. Alisher Navoiy tarbiyaning kuchiga e’tibor berish bilan birga, kishining qanday odam bulib voyaga yetishiga kursatadigan boshka omillarni xam unutmadi. Shirin so’z xar bir kishi uchun eng yaxshi fazilatdir. Dag’allik, qo’pollik bilan muomala qilish eng yomon xislatdir. Yomon xulqlilar yolg’iz o’zlarigagina emas, balki xalqqa xam zarar yetkazadilar” . Alisher Navoiy laganbardorlikni, xushomadgo’ylikni yomon xislat deb biladi. Ota-onalarni o’z bolalarini chin insonga xos bo’lgan eng yaxshi fazilatlar egasi qilib tarbiyalashga da’vat etadi. Alisher Navoiyning fikricha, tarbiyaning maqsadi — yosh avlodni xalqparvar, bilimli, eng yaxshi fazilatlarga ega kishi qilib уetishtirishdir. Navoiy injik, yalqov, yomon xulqli bolalarni xam tarbiya va o’qitish yo’li bilan tuzatish mumkinligiga ishonch bildiradi.
Navoiyning fikricha, odob — odamning oliyjanob fazilatlaridan biridir. Odobli kishi ochiq yuzli, xushmuomala, yoqimli bo’ladi. Bunday kishilar uchun ikki yuzlamachilik, qo’pollik yotdir. Odobli odam doimo xurmat va izzatda bo’ladi. Ota-ona, aka-uka, opa-singilni, do’stlarni xurmat-izzat qilmok, — xar bir odobli kishining burchidir. Demak, ajdodlanmiznmg ma’naviy me’rosida xam axloqiy tarbiya masalalan muhim o’rin tutadi. Ulardan zamonaviy pedagogik diagnostika asoslarini rivojlantirishda, Sharqona tarbiya masalalarini hal etishda foydalanish ahamiyatlidir.

Download 1,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish