O‘quvchilarning aqliy rivojlanishini diagnostika qilish. S.A. Rubinshteyn, B.G. Ananev birinchilar qatorida o’quvchilarning umumiy aqliy rivojlanishini, umumiy intellektini tadqiq qilish bilan shug’ullanishdi. B.G. Ananev o’quvchining o’qish va mehnatdagi muvaffaqiyatini o’rganishga kirishdi N.S. Leytes avvalo aql sifatlarini o’z ichiga oluvchi umumiy aqliy qobiliyatlar (garchi ular jiddiy ravishda iroda va emotsional xususiyatlarga bog’liq bo’lsa ham) o’quvchining nazariy bilish va amaliy faoliyat imkoniyatlarini xarakterlab berdi. O’quvchi intellekti eng muhim narsa va hodisalar o’rtasidagi bog’lanish va munosabatlarni aks ettirish hamda shu bilan voqelikni ijodiy ravishda qayta o’zgartirish imkoni bilan tavsiflanadi. N.S. Leytesning ko’rsatib o’tishiga qaraganda, oliy nerv faoliyati xususiyatlarida aktivlik va o ’z-o’zini tartibga solishning ayrim shart- sharoitlari yashiringan bo’lib, bular umumiy aqliy qobiliyatlarni tarkib toptirishning muhim ichki shartlaridan biridir. «Aqliy, intellektual tarbiya orqali bolalarda tabiatdan berilgan aqliy kuchlar sezgilar, ruhiy holatlar, biluvchanlik va faoliyat erkinligini rivojlantirish natijasida insonda mustaqil fikr yuritib, oldiga maqsad qo'ya olish hamda ko'zlagan maqsadiga yetishish qobiliyati shakllantiriladi».
Ingliz mutafakkiri Jon Lokk o'zining «Tabiat qonuni borasidagi tajribalar asarida» «Agar hissiyotdan aqlga narsalar qiyofasi yetkazib berilmasa, u holda tafakkur uchun hech qanday material berilmagan bo'ladi va aql bilishni taraqqiy ettirishi borasida tosh, yog’och, qum va hokazo qurilish materiallarisiz me’mor bino qurishda qanchalik ish qila olsa, shunchagina ish bajaradi»-, deb ta’kidlaydi. O’quvchilarning aqliy rivojlanishini diagnostika qilishda G. Gilford, Ayzenk, I. Rogov metodikalari va testlariga murojaat etish hamda ularda bilishga oid qiziqishlarini rivojlantirishga qaratilgan motivatsion- qiziqarli tomonlariga ko'proq
e’tibor berish lozim.
Ta’lim jarayonida yoshlarning intellektualligini va mustaqil fikrlay olish qobiliyati darajasini diagnostika qilish. Ta’lim jarayonini diagnostikasiz boshqarish mumkin emas.Ta’lim diagnostikasi ko'p hollarda yosh avlodda u yoki bu hislatlarni (chidamlilik, iroda, qunt va boshqalar) ham aniqlaydi. Diagnostika odatdagi an’anaviy o'quvchilar bilim va qo'nikmalarini tekshirishdan farq qiladi. Diagnostika natijalarni unga erishish yo'llari, vositalari bilan bog'liq holda ко'rib chiqadi. Diagnostika o'z ichiga nazorat, tekshiruv, baholash, statistik ma’lumotlarni
to'plash, ularni tahlil qilish, dinamikani ko'rsatish, voqealarning keyingi rivojini bashorat qilish kabilarni qamrab oladi. Ko'pchilik ota-onalaro'z bolalarining intellektual rivojlanishlarini boshqa bolalar bilan solishtirib ko'rishadi. Psixolog, tibbiyot xodimlaridan maslahat so'rashadi. Lekin pedagogik diagnozga, mutaxassisning tashxisiga kamdan-kam murojaat etishadi.
Bolaning kamoloti quyidagilardan kelib chiqadi:
1. Jismoniy va ruhiy rivojlanish o'rtasida mustahkam aloqa mavjudligidan.
2 .Bolaning maktab talabiga tayyor bo'lishi awalo rivojlanishning ichki jarayonlariga bog 'liqligidan.
3. Bu yetilishning muhim ko 'rsatldchi vizual differensial qabul qilishning yetilishi, obrazlarga ajratish qobiliyatining borligidan.
4. Maktabda bolaning fanlarni yaxshi o'zlashtirmasligi uning intellectual rivojlanishi pastligidan emas, balki maktabga yetarli darajada tayyor emasligidandir.
«Bolaning maktabga yetarli darajada tayyor bo'lmasligi natijasida o'qish bola uchun juda og'ir yuk bo'ladi va bu yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Maktabga tayyorgarligi yetmagan bolalarni maktabga bermasdan, balki ularni maktabga tayyorlash kerak1». O'quv muassasalarida tahsil oluvchilarning intellektuallik darajasi quyidagi yo'nalishlar bo'yicha farqlanadi va hisobga olinadi:
Jismoniy kamolotga erishganlik yo'nalishi;
Intellektual yo'nalish (differensiyalash qobiliyati, miqdor va ko'plikni tushunishning darajasi, xotiraning rivojlanish darajasi.
Mehnatga munosabati (vazifani bajarishga tayyorgarligi, diqqat va chidamni boshqara olishi).
Ijtimoiy yo'nalish (tarbiyachilardan hissiy mustaqilligi, guruh bilan munosabatga kirisha olish) va h.k.
Bolaning bilim olishga tayyorgarligi quyidagilar orqali tadqiq qilinadi:
shifokor tekshiruvi orqali,
maktabga tayyorgarlikni aniqlovchi test o'tkazish orqali,
test jarayonida bolaning xulqini kuzatish orqali,
- oldingi rivojlanishi haqida axborot to'plash va uni o'rganish orqali,
- bolaning ota-onalari bilan suhbat orqali.
Insonning intellektual rivojlanishini o'rganish hozirgi kunning muhim masalalaridan bo'lib kelmoqda. Bu borada juda ko'plab ilmiy ishlar qilindi, tadqiqotlar olib borilmoqda. Lekin mazkur masalani o'rganishda hanuzgacha yuksak natijaga erishilganicha yo'q.
Do'stlaringiz bilan baham: |