Nominal shkala- bu shkala bo'yicha tashxis quyilganda o'quvchi-yoshlarning sifatlovchi belgilanga qarab qo'yiladi. Bunda musiqaviy qiziqishlarni, matematik qobiliyatlarni, sportga qiziqishini, san’atga ishqibozligini differensiatsiya qilish mumkin. Masalan, o'quvchi-yoshlarning san’atga bo'lgan qiziqishlari yaqqol namoyon ekanligini belgilash uchun, shaxsni sifatlovchi belgilarga mos gradatsiyalangan iboralardan foydalanish mumkin. Demak, bunday hislatlarni turkumlash (A=V yokiA=V, V=V) qandaydir belgisiga ko'ra shundaylik va farqlik tomonlari, ya’ni belgining sifat xususiyatlari muhimligini ta’kidlash joizdir. Nominal shkalalash-o' lchashning eng «past» shkalasi. Bunday o'lchashda raqamlar nisbatan kam ishlatilib, biror kategoriyaga mansublikni aniqlash mumkin. Nominal shkalada modal o'lchov(miqdor), ya’ni eng ko'p uchraydigan o'lchov bo'ladi. Agar sinfda 14 nafar bolaning bittadan singlisi yoki ukasi bo'Isa, 11 ta bolaning ikkitadan singlisi yoki ukasi bo'Isa, 5 ta bolaning uchtadan, 4 ta bolaning to'rttadan, 3 ta bolaning beshtadan aka- ukalari bo'Isa, 4ta bola oilada yagona farzand bo'Isa, bunda 14 (ya’ni bittadan singlisi yoki ukasi borlar) modal miqdor hisoblanadi.
Tartibni aniqlovchi shkala. Tashxislash metodlarini konstruksiyalaShda tartibni aniqlovchi shkalalardan foydalanish mumkin. Masalan, o' quvchilarning guruhlarda muloqotga kirishuvchanligini aniqlash uchun ular to’g'risida «xomaki» material to'plash zarur. So'ngra «xomaki» materialdan yoshlarning kirishuvchanlik darajasini aniqlashga zamin yaratiladi.
Intervallar shkalasi To'g'ri intervallar faqat intervallar shkalasida bo'lishi mumkin. Agar A buyum 25 gradus darajada, В buyum 50 gradus temperaturada bo’Isa ular o'rtasidagi miqdor 75 gradus va 100 gradus temperaturadagi buyumlar о‘rtasidagi farq qatori, ya ni har bir farq 25 gradusni tashkil qiladi. Lekin biz 50 gradus 25 gradusdan ikki barobar issiq degan xulosani chiqara olmaymiz. Intervallar shkalasi turli miqdorlarning proporsiyalari haqida xulosa chiqarishga yordam bermasada, biz о’rtacha arifmetik miqdorni topishimizga yordam beradi. Bu shkala nominal va tartibli shkaladan ancha ustun bo'lib hisoblanadi Munosabatlar yoki proporsiyalar shkalasi. Munosabatlar shkalasi proporsiyalar haqida xulosa chiqarishga (ikki barobar ko'p, ikki barobar kam, to’rt barobar og'ir kabi) imkon beradi. Buni uzoqlikni (metr, santimetr kabi) va og'irlikni (kilogramm, gramm) o'lchovlarida ko'rishimiz mumkin. Agar doskaning uzunligi 3 metr bo'lsa, u 1,5 metrlik doskadan ikki barovar uzun. Yoki 170 grammlik buyum 100 grammlik buyumdan 1,7 barovar og' ir. Bu shkala yordamida barcha statistik hisoblar olib boriladi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, nominal shkalada modal miqdomi, ya’ni eng ko'p uchraydigan o'lchovni ko rsatish mumkin. Tartib shkalasi ikki tomonda ham teng miqdordagi o'lchov qoladigan medianani topishga yordam beradi. Intervallar va munosabatlar shkalalari o'rtacha arifmetik o'lchamni topishga yordam beradi. Shunday qilib, ta’limning o'ziga xos tomoni, u tarbiyani ijtimoiy hodisa sifatida pedagogik faoliyat, shaxsning shakllanishini o'ziga birlashtirib, ana shu uchta asoslardan real pedagogik jarayonni tuzadi, bu jarayon turli ta’lim-tarbiya konsepsiyalari, nazariyalari yordamida loyihalashtiriladi va ta’lim tizimi muassasalari da tatbiq etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |