Interpretatsiya. Barcha axborotlarni uning muhimligiga qarab, yaxlitlash, butunni tashkil qilish pedagogika interpretatsiya deb ataladi. O'qituvchi nuqtayi nazari va kutganidan tashqari muayyan vaqt ichida to'plangan axborotlarga ham baho berib borishi kerak. Axborotlar tizimlshtirilgan, tanqidiy baholangan, umumlashtirilgan kontseptsiya tarzida bo'lishi lozim. Bu axborot turli manbalardan: o'qituvchilar tajnbasidan, ota-onalarga ko'rsatma, biografik ma'lumotlar, shaxsiy kuzatishlar, sinf, guruh ishlari, testlar, Internet, ma'lumotnomalar, o'quv adabiyotlari, davriy nashrlardan olinishi mumkin. Interpretatsiya jarayoni faqat o'qituvchining shaxsiy interpretatsiyasi asosida yoki unga ob'yektiv metodlar yordamida olingan o'zgalar kuzatishlari natijalarini ham hisobga va e'tiborga olgan holda tashkil etilishi bilan farq qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
1.Abdullayeva Sh.A. Pedagogik diagnostika va korrektsiya. – T.: “Fan va texnologiyalar” nashriyoti, 2009.
2.Abdullayeva Sh.A., Ro`ziyeva D.I. Pedagogik diagnostika va korrektsiya. – T.: TDPU nashriyoti, 2018.
3.Tolipova J.O. Pedagogik testologiya. – T.:, 2015.
6-MAVZU: BOSHLANG’ICH SINF O‘QUVCHILARNING AQLIY RIVOJLANISH DIAGNOSTIKASI
REJA:
1.O’quvchilarning aqliy rivojlanishining yosh xususiyatlari.
2.O’quvchilarning aqliy rivojlanishini tashxis etish mezonlari.
3.O’quvchilarning aqliy rivojlanishini tashxis etish metodikasi.
Asosiy tushunchalar: aqliy rivojlanish, о’guv faoliyati, faollik, layoqat, nutq, diqqat, idrok, xayol, xotira. tafakkur, ehtiyoj, tasavvur, ishonch, individual xususiyatlar, munosabat uslublari: avtoritar. imperativ, demokratik, liberal.
«Aql» kategoriyasini pedagogik diagnostika doirasida talqin qilinishi.
Ayrim ilmiy adabiyotlarda «aql», «intellekt», «ilmga chanqoqlik» tushunchalari bilan bir xil ma’noda ishlatiladi. Aslida pedagogik diagnostika nuqtai nazaridan ushbu tushunchalar o’rtasida mohiyatan farq bor. Aql - (lotin tilida: “rationales”, yunoncha: “ nus”, “f r o n e s i s arab tilida: “alaql”- “asoslangan maqsadga muvofiq”) - inson uchun o 'у lash, fikrlash, anglash va xotirlash, xulosa chiqarish imkonini beradigan qobiliyati, noyob ma'naviy xodisa. “Aql” va “aqliy faoliyat” talablari qadimgi yunon falsafasiga borib taqaladi. “Aql” tarozisi Aflotun va Arastu falsafasida keng ishlatilgan. Arastu nazariy va amaliy aqlni “nus” va “fronesis”, “sust va faol” shakllarga ajratadi. Arastu talqiniga ko ra, aql avvaliga ilk moddiy negizga o'xshab shaklsiz bo'lgan va voqelikni idrok qilish jarayonida doimiy faol Aql shakllanib, taraqqiy etib brogan hamda voqelikni anglashning samarali vositasiga aylangan. O'rta asrlardagi Sharq falsafiy tafakkurida aql to'g'risidagi ta'limotlar, Aflotun, Arastu va Plotinning falsafiy merosidan ta'sirlangan va shakllangan. Masalan, G'azzoliy Alloh va ilohiylik bilan bog'liq masalalarni to'la-tukis idrok etishga aql ojiz ekanini ta'kidlaydi. Chunki Allohni, gayb ilmlarini faqat naql va ilohiy tuyg'u orqali bilish mumkin. Inson o'z aqli bilan hamma narsaning mazmun mohiyatiga etishga imkoni bo'lganida vahiy orqali zarur ilohiy ko'rsatmalar kelishiga hojat qolmagan bo'lar edi. G'azzoliy “Aql o'zining ojiz va notavonligini tushunib yetish uchungina kerak xolos” 1,- degan xulosaga keladi.
Abu Ali ibn Sinonmg peripatetik falsafiy qarashlarida: “Kalom aqlnmg cheksiz imkoniyatlarini inkor etmaydi, chunki uningcha, Allohning o'zi oliy Aql va donishmandliknmg yagona sohibidir. Uning aqli oldida oddiy insonning aqli ojizdir. Shunday ekan, Allohning aqli va Alloh to'g'risidagi bilim bir-biridan tubdan farq qiladi. Ammo inson aqlining mavqeyi muximdir. Aql tufayli inson o'z his- tuyg’ularini, olingan xabarlarni muayyan tartibga keltiradi, ularning chin yoki yolg'on ekanini aniqlaydi. Xoliq tomonidan yaratilganni (xaqni) bilib boradi. Lekin
kishi muammolar mohiyatiga chuqur kirib borar ekan, unda aqlning imkoniyatlariga shubha paydo bo'la boshlaydi. Bu esa, iymon-e'tiqod uchun xavflidir”. Tasavvuf tariqatlari aqlning imkoniyatlarini, zohiriy jarayonlarini bilish bilan chegaralab qo'yadi. ’’Botinni, Haqni anglashga faqat qalb, qalbning holati da'vo qila oladi”, deb uqtiradi tariqat namoyondalari. Ibn Rushd falsafasida: “Aql tarozisi muhim maqomga ega. Ularga ko ra inson aqli dastavval sust aql ko'rinishida namoyon bo'ladi. U ashyo va hodisalarni bilish jarayonida orttirilgan aql sohibiga aylanadi. Bunday holatda uning qarshisida g ov bo'lishi mumkin emas. Jonli mulohaza oddiy narsa va hodisalarning muhim bo'lmagan xossa va xususiyatlari (aksidenstiya-araz)ni kashf etish bilan chegaralansa, aql esa, aksincha, ularning tub mohiyatini anglashni maqsad qilib qo'yadi. Aqlning qarshisida o'tmish, hozirgi davr va kelajak bab-barobardir. Aql makon va zamonda cheksizdir”.
Abu Nasr Forobiyning fikricha: “Ezgu fikr, donishmandlarning durdona g'oyalariga mangulik muhri bosilganidek aql ham abadiydir” . Alisher Navoiy asarlarida vaqf tushunchasi bilan bog'liq quyidagi iboralarni uchratamiz: “Aql ahli hushyor ong egalari; Aql dehqoni-tajriba va mulohaza egasi, tajribali ongli kishi; aql ko'yi - aql idrok yo'li; aql mezoni-ong, aqlning o'lchovi tarozisi; aql muhandislari donishmandlar, olimlar, bilimdonlar; aql oldida - ongli tushunish bo'yicha, aqlan; aql piri-tafakkur ustozi-farosatli kishilar; aql sarrofi- aql zargari, aqlning baholovchisi. Aql o'yini-miya, fikm xayol; aql xirmoni- aql mujassamligi; aql chirog'i- aqlning kuchi, aqlning quvvati; aql eshigi- aqlning yo'li, ongli yo'l; aql o'ti-zehn o'tkirligi, hushyorlik; aql hushi-bunga izoh hojat emas. Aql hisobi-ong doirasi, chegarasi. Aqldan begona-telba; aqli javohirshunos- yetuk, komil va so'zning yashirin sirlarini yaxshi tushunadigan nozikta'b kishilarning idroklisi; aqli zoyil-aqli ketgan kishi; aqli zulmoniy-xira aql, o'tmas zehn; aqli kuni-eng yetuk aql; aqli maslabatbin-maslahat ko'rsatuvchi, to'g'ri yo'l va to'g'ri fikrga yo'llovchi aqjl. Aqli musharraf-sof, sharafli aql; aqli mustaqim-ikkilanmaydigan. To'g'ri aql egasi qat'iy fikrli odam; aqli musohib-fahm farosatli kishi; aqli oz- aqldan adashmoq; aqli saloh-to’g’ri,sog’lom fikr; aqli sarkash-itoatsiz,o’jar, qaysar,bo’yin tovlovchi aql; aqli sitamkori-jabr-zulum qiluvchi, jafo yetkazuvchi. Aqlu fahmi hurdadoi-nozik aql-fahm; aqli xudbin-faqat o’zini o’ylaydigan shaxs; aqli xurdabin-sezgir.nozik aql va h.k. Alisher Navoiy «aql» tushunchasini «bilimdonlik»dan kengroq ta’riflab, “aql” so’zining 27 darajasi va 27 sifatini ajratadi. Ushbu sifatlardan eng muhimi va ijobiylari bevosita bilimdonlikka aloqadordir. Demak, aqlning o’zi bitta, lekin odamlarning aqliy darajasi ko’pdir, barcha odamlar aqlga ega ekanliklari bilan bir xildir,lekin ular aqliy darajasiga ko’ra bir-biridan farq qiladi. Yer yuzida qancha odam bo’lsa, hammasi aql darajasi bilan o’zgalardan farq qiladi. Dunyoda nekbin aql egalari va xudbin aql egalari bor. Nekbin aql egalaridagi aql insoniyatga ezgulik keltiradi, xudbin aql egalaridagi aql esa faqat o’z egasiga naf keltiradi. Aql bobidagi misollarni boshqa mutafakkir va allomalar asarlaridan ham ko’plab keltirish mumkin.O’rta asrlarda Sharq mamlakatlari falsafasida “Aql al-fa’ol” degan tushuncha qo’llangan, U islom dunyosida hozir ham muomalada Forobiy, ibn Sino, ibn Rushdning falsafiy ta’limotlanda Aql al-fa’ol olamning vujudga kelishida-dunyoviy aql shaklida birinchi sabab-Allohdan kelib chiqadi. Bu dunyoviy aql insondagi individual Aqlning yuzaga kelishi va rivojiga ta’sir etib turadi. Har bir inson aqli o’z navbatida dunyoviy aql bilan birlashishga intiladi. Insonning shaxsiy aqli olamni borgan sari chuqurroq bilib,bir necha bosqichlarni bosib o’tadi. U mutlaq bilimlar, ya’ni olamning ibtidosi va asosi haqidagi bilimlarni o ’zlashtirgandan so’ng dunyoviy aql bilan birlashadi uni boyitadi.
Shaxsiy aqliy bilim bilan boyigan dunyoviy aql yana inson aqlining rivojiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Sharqning ilg’or mutafakkirlari “Aql al-fa’ol” ta’limoti asosida aqlning qudratini, uning ob’yektiv mazmunini, olam taraqqiyotidagi ahamiyatini isbotlashga harakat qiladi. Dunyoviy aql bilan inson shaxsiy aqlining munosabati haqidagi ta’limot jamiyat ma’naviy madaniyatining uzluksiz boyib borishi;, inson aql zakovatining ilm-ma’rifatga qo’shgan hissasi bilan mangulikka erishishi, har kim tirikligida kelgusi avlodlarga ilm-madaniyat sohasida meros qoldirishi uchun intilishi zarurligi haqidagi fikrlarni ifoda etadi. Hozirgi zamon falsafiy tafakkurida ratsionalizm (Aqlga urg’u berish) va sensualizm (jonli mushohadaparastlik) kabi yo’nalishlar bir-biridan farq qiladi.
Bugungi kunda inson aqlini o’rganish,u bilan bog’liq sir-sinoatlarni tadqiq etishga nihoyatda katta ahamiyat berilmoqda. Dunyoda globallashuv jarayonlari, axborot oqimi muttasil kurashayotgan hozirgi davrda faqat aql-idrok, ezgu g’oyalarga e’tiqod va yuksak ma’naviyat insonnmg asl tabiatini saqlab qolishi mumkin ekani tobora yaqqol ayon bo’lmoqda
Do'stlaringiz bilan baham: |