Oilaning iqtisodiy, reproduktiv, tarbiyaviy va kommunikativ vazifalari. Har qanday zamon va makonda ham oilaning zimmasiga shaxs kamolotini ta’minlash borasida muayyan vazifalar yuklatiladi. Oila zimmasiga muayyan vazifalarning yuklatilishida jamiyat taraqqiyoti, u tomonidan shaxs kamolotiga qо‘yiladigan talablar, aholining ijtimoiy turmush tarzi, shaxslararo munosabatlar mazmuni, davlat siyosati hamda milliy rivojlanish maqsadlari inobatga olinadi.
Zamonaviy sharoitda oilalarning hayoti va faoliyati quyidagi vazifalarni ijobiy hal qilishga yо‘naltiriladi:
- iqtisodiy;
- reproduktiv;
- tarbiyaviy;
- rekreativ;
- kommunikativ;
- regulyativ;
- feliotsitologik;
- relaksatsiya1.
Quyida zamonaviy oilalar tomonidan shaxs kamolotini ta’minlash borasida hal qilinadigan vazifalarning mohiyati yuzasidan batafsil sо‘z yuritiladi.
1. Oilaning iqtisodiy vazifasi. Barcha davrlarda ham oilaning iqtisodiy vazifalarni ijobiy hal qilish imkoniyatiga ega bо‘lishiga alohida e’tibor qaratib kelingan. Zero, oila iqtisodiyoti va uning ma’naviy-axloqiy qiyofasi uning mavjudligini ta’minlovchi muhim omillar sanaladi. Bozor munosabatlari sharoitida esa oilaning iqtisodiy vazifasini muvaffaqiyatli ado etish layoqatiga ega bо‘lishi yanada muhim ahamiyatga ega.
Iqtisodiy vazifalari sirasida oila iqtisodiyoti va byudjetini shakllantirish, oila daromadini rejali sarflash, oilaning kundalik xarajatlarini amalga oshirish, oilaviy ehtiyojlar uchun mablag‘ yig‘ish, oila xо‘jaligini yuritish, moddiy ne’matlar ishlab chiqish kabilar alohida о‘rin tutadi.
Har qanday oila о‘zining iqtisodiyoti va byudjetiga ega bо‘lishi zarur. О‘z iqtisodiyoti va byudjetini shakllantirishda oilaning asosiy hamda qо‘shimcha daromad manbalariga egaligi muhim ahamiyatga ega. Oila a’zolarining asosiy daromadi ularning doimiy ish joyidan oladigan oylik maoshlari, izchil olib turiladigan nafaqalar (keksalik yoki bolalik nafaqalari) yoki talaba bо‘lgan oila a’zolarining stipendiyalari kabi manbalar negizida shakllanadi. Oila byudjetini shakllantirishga hissa bо‘lib qо‘shiladigan qо‘shimcha daromad manbalari esa – tomorqa, issiqxona yoki yordamchi xо‘jalik (chorva mollari, parrandalar)dan olinadigan meva, sabzovot hamda sut mahsulotlari, oilaviy tadbirkorlik (hunarmandchilik, maishiy xizmat kо‘rsatish)ni tashkil etish hisobiga topiladigan pul mablag‘lari, “suyunchi puli”, turli mukofot pullari, oila a’zolarining asosiy bо‘lmagan ish joyidan oladigan maoshlari sanaladi.
Oila iqtisodiyotini shakllantirishda ota-onalarning iqtisodiy bilimlarga egaliklari, inson mehnatining mahsuli bо‘lgan pul mablag‘lariga nisbatan ham о‘zlarida, ham farzandlarda ijobiy munosabatni shakllantira olishlari muhim ahamiyatga ega.
Bozor munosabatlari sharoitida esa, aksincha, oila a’zolari – ota-onalar, farzandlarning ishbilarmonligi, tadbirkorligi, yaratuvchanligi hamda ushbu sifatlarga egalik asosida qо‘shimcha moddiy daromad manbalarini yaratishlari qо‘llab-quvvatlanadi. Binobarin, qо‘shimcha daromad oilaning farovonligini ta’minlaydi, farzandlarning har tomonlama sog‘lom, baquvvat bо‘lib о‘sishlari, chuqur bilim olishlari uchun zarur, qulay shart-sharoit yaratib berilishini ta’minlaydi. Ota-onalar о‘z tadbirkorliklari evaziga farzandlarining shaxsiy qobiliyatlarini yanada rivojlantirishga muvaffaq bо‘ladilar. Iqtisodiy bilim, tadbirkorlik, ishbilarmonlik, tejamkorlik sifatlariga ega ota-ona oila muhitida farzandlarning bozor munosabatlariga tо‘laqonli moslasha olishlariga erishadi.
Oila iqtisodiyotini yaratishda ota-ona va farzandlarning birgalikda uy xо‘jaligini yuritishlari, tomorqa va yordamchi xо‘jalik mahsulotlarini yetishtirishlari, hunarmandchilik buyumlarini tayyorlashlari kо‘p tomonlama ahamiyatga ega. Birinchidan, oila a’zolarining birgalikda mehnat qilishlari hamjihatlilik, birlikni qaror toptiradi, ikkinchidan, farzandlarda mehnatga ijobiy munosabat shakllantiriladi, ularda mehnatsevarlik xislati tarbiyalanadi, uchinchidan, bolalar о‘zlari mehnat qilar ekanlar, о‘zgalarning mehnatini qadrlashga о‘rganadilar, tо‘rtinchidan, oila sharoitida tayyorlangan, yetishtirlgan mahsulotlarni sotish jarayonida bolalarning iqtisodiy tushunchalari kengayadi, savdo kо‘nikma, malakalarini о‘zlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |