O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti boshlang’ich ta’lim fakulteti boshlang’ich ta’lim pedagogikasi kafedrasi boshlang’ich ta’limda pedagogik diagnostika


Sinf (guruh) jamoasining tarbiyaviy imkoniyatlarini tashxis etish metodikasi



Download 1,38 Mb.
bet44/104
Sana19.05.2022
Hajmi1,38 Mb.
#604464
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   104
Bog'liq
Ped.diag O\'UM

Sinf (guruh) jamoasining tarbiyaviy imkoniyatlarini tashxis etish metodikasi. Jamoatchilik topshirig’i. Jamoa bo’lib ishlash, amaliy faoliytt ko’rsatish sinf jamoasini jipslashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu faoliyat sinf jamoasi hayotini mazmundor va qiziqarli qiladi. Sinfdagi barcha O’quvchilarga, qattiqquloq, intizomi bo’sh O’quvchilarga ham jamoat topshirig’i berish kerak.Bu bolalarni meqnatsevarlik, tejamkorlik va tartib-intizomga o ’rgatadi. Sinfdagi faollarni aniqlash . Sinf rahbari dastlabki kunlardanoq O’quvchilarni jamoat topshiriqlari orqali kuzatib boradi. Ular ichidan faol bolalarni tanlab oladi. Shunday ongli, tashabbuskor, tashkilotchi, a’lochi O’quvchilardan sinf faollarini saylaydi.
Jamoat ishini faqat faollar zimmasiga emas, balki barcha O’quvchilar orasida taqsimlash maqsadga muvofiqdir. O’quvchilarni istiqbolga chorlash. Istiqbol - bu yorqin qiziqarli va quvonchli voqealar manzilidir. Sinfda yorqin va jozibador istiqbollarning bo’lmasligi, bu jamoada bir xillik va zerikarli qolatlarni keltirib chiqaradi. Istiqbol odatda, oddiy kundalik ishlar: sinf xonasini jihozlash, kutubxona tashkil etish, musobaqalarga tayyorlanishdan boshlanib, sayr-tomoshalarga chiqish, kino, teatrlarga jamoa bo’lib borish orqali davom ettiriladi. So’ngra murakkabroq istiqbolli vazifalar qo’yiladi: kecha tayyorlash, dramatik to’garak tashkil qilish, olimpiadalarda qatnashish, sovrinlarni («Zulfiya», «Nihol»kabi) qo’lga kiritish uchun harakat qilish kabi.
«Аn’аnа» asli arabcha so’z bo’lib, uzoq zamonlardan beri avloddan-avlodga, otalardan bolalarga o’tib davom etib kelayotgan urf-odatlar, axloq mezonlari, qarashlar va shu kabilardir»10. Bu jamoa hayotiga mustaqkam o’mashib qolgan ijobiy tajribalardir. Turli bayramlarni nishonlash, ijodiy ko’riklar tashkil etish, maktabni bitirganlar bilan uchrashuvlar, tug’ilgan kunlarni muborakbod etish kabi an’an alar bo’lishi mumkin.
Har qanday an’ana sinf o’qituvchi lari va ota-onalar nazaridan chetda qolmasligi kerak. Ular qo’llab-quwatlagan taqdirdagina bu boqiy an’anaga aylanadi. Yaxshi an’ana sinf jamoasining jipslashuviga ko’maklashadi.
Sinf rahbarining ish usullari – bu sinf jamoalari faoliyatini tashkil etish hamda о’quvchilarning ongi va his-tuyg’ulariga ta’sir etish usullaridir. Sinf rahbari tarbiya usullaridan о’z ish xususiyatlarini hisobga olgan holda foydalanadi. Turli xil о’zaro bog’langan majmuani qо’llanish bolalar, о’smirlar va yoshlarning ma’naviy qiyofasi ongi, e’tiqodi, axloqiy tuyg’ulari va xulq-atvorini tarkib toptirishga yordam beradi. Sinf rahbari о’quvchilarni faoliyatga jalb etadi, tarbiya jarayonida alohida о’rin egallandi, bu faoliyat ularning ijtimoiy faolligini tarkib toptiradi. Turli xil jamoa ishlarida о’quvchi ishining ijtimoiy mazmuniga kо’ra bilishga о’rganadi, о’zining tengdoshlari va katta kishilar bilan bо’ladigan munosabat doirasini kengaytiradi, ma’naviy boyliklarni о’zlashtirib oladi. Sinf rahbari ish-faoliyatining asosiy vazifasi shaxsning о’z munosabatlarini va faol о’rnini tarkib toptirishdan, shaxsiy tuyg’ular va axloqiy xatti-harakatlarning muayyan bir yо’lini rivojlantirishdan iboratdir. Sinf rahbarining tarbiyaviy imkoniyatlari о’z-о’zidan namoyon bо’lmaydi. Bunda muayyan usullarni qо’llash zarur. Biz quyida ana shu usullardan eng muhimlarini kо’rib chiqamiz. Faoliyatning biror maqsadga qaratilganligi avvalo barcha ishlarning shaxsning ijtimoiy qimmatli, g’oyaviy-axloqiy sifatlarini tarbiyalashga, sinf jamoasining maqsadga erishishga qaratilganligi sifatida namoyon bо’ladi. Biror maqsadga qaratilganlik yana shunda ifodalanadiki, faoliyatning ijtimoiy ahamiyatli maqsadi о’quvchilarning о’zlari tomonidan qabul qilinadi, anglab olinadi va amalga oshiriladi. Biror maqsadga qaratilganlik о’quvchilarning faolligi va mustaqilligi talabi bilan mustahkam bog’langan. Ijtimoiy faoliyatda faollik kо’rsatish har qaysi yoshdagi о’quvchiga xosdir. Kichik yoshdagi о’quvchi kо’p narsa qilishni istaydi, ammo о’zining imkoniyatlari darajasini bilmaydi, yetarli malaka, sabot-matonat, qat’iylikka ega emas. О’quvchilarni ishga asta-sekin jalb qilish, ularga tobora kuproq mustaqillik berish jamoa hayotining murakkablashib boruvchi meyorlarini egallab olishga yordam beradi. Faollikka va mustaqillikka tayanish har qanday aniq ishni tashkil etish uslubiyotida asosiy talablardan biri sifatida namoyon bо’ladi. Agar о’quvchilar biror kechani о’tkazishga qaror qilgan bо’lsalar, bu qarorga о’zlari kelishgan bо’lishlari kerak u sinf rahbari tomonidan tanlangan parchalarni shunchaki yodlash va uni о’qish bilan almashtirilmasligi, balki kechani tayyorlash jarayonidagi qizg’in va faol ishlar davomida amalga oshirilishi lozim. О’quvchilarni jamoa ishiga jalb qilish yо’li bilan ularning ongi va xulq-atvoriga ta’sir etish jarayoni amalga oshiriladi. Agar о’quvchilar о’z ishlarining ijtimoiy ma’nosini anglasalar, qiyinchiliklarni yengib о’tsalar, ijtimoiy maqsadga erishsalar bu jarayon samarali bо’ladi. Yorqinlik va jо’shqinlik talabidan kelib chiqish sinf rahbari ish faoliyatiga yangicha ruhva mazmun bahsh etadi. Agar о’smirlar oldida yorqin, qiziqtiruvchi maqsad bо’lsa, ular juda kо’p ishlarni amalga oshirishlari mumkin. Sinf an’analari va bayramlarini nishonlash, torlarga, shaharlarga sayoxat qilish qaysi o’quvchini befarq qoldiradi deysiz? Gap bolalarning ko’nglini olish, ular uchun mumkin qadar kо’proq bayramlar uyushtirishda emas, balki sinf jamoasining kundalik hayoti yetarlicha yori;in va jushqin bulishida, ijtimoiy yо’nalish olgan faoliyatda quvonchli kechinmalar paydo bо’lishidadir. О’quvchilarning g’oyaviy-axloqiy jihatdan о’sishi, ijobiy sifatlarning tarkib topishi, shaxsning rivojlanishidagi kamchiliklarning yо’qotilishi – bu tarbiyaviy natijadir. Sinf jamoasi faoliyatiga baho berishda qilingan ishlar miqdori, olingan yorliqlar, mukofotlar soniga qarab-emas, balki о’quvchilar jamoasining tashkil topishida rо’y bergan aniq ijobiy о’zgarishlarga e’tiborni qaratish kerak. Avvalo ijobiy tarbiyaviy natijalarni baholay bilish va shunga intilish – sinf rahbarining uslubiy jihatdan qurollanganligining muhim kо’rsatkichlaridan biridir. Ijtimoiy foydali mehnatni tashkil etish. О’quvchilarning о’z mehnatlarining ijtimoiy ahamiyatini anglab yetish sinf rahbari ishini uslubiy jihatdan tо’g’ri tashkil etilganligini bildiradi. Mehnat qilish orzusi turli sabablar bilan paydo bо’lishi mumkin. Agar sinf rahbari har qanday ishni tashkil etishda ishning ijtimoiy ahamiyatini anglashni nazarda tutuvchi yuksak darajadagi mavzular (sabablar) haqida qayg’ursa, har bir ish о’quvchida mehnatda qatnashishning barqaror kо’nikmalari, unga ehtiyoj tarbiyalanishiga yordam beradi. О’quvchilar jamoasida agar mehnatdan kо’zlangan maqsadning о’zi aniq ifodalangan yuksak ma’noga, kо’tarinki ruhga ega bо’lsa, sinf rahbari osongina mehnat qilish istagini yuzaga keltiradi. Odatda, о’quvchilar о’zlari uchun qiziqarli ish bо’lib kо’ringan mehnat topshiriqlarini bajarishga kirishadilar. Maktab hovlisini tozalash, sinfda о’z-о’ziga xizmat kо’rsatish kabi ishlarda kishini jalb qiladigan narsalar kam. Bu о’rinda sinf rahbari bolalar bajarayotgan ishlarning ahamiyati haqida gapirib berish, ularning umum ishiga qо’shayotgan hissalari nimalardan iborat ekanligini tushuntirishi kerak. Sinf rahbaridan о’quvchilarga shu narsani kо’rsata bilish talab etiladiki, sinf jamoasining ijtimoiy foydali ishlari – о’quvchilarning kattalar bilan birgalikda ishtirok etadigan muhim ijtimoiy ishlarning bir qismidir. Mehnatni tashkil etishda bolalarning yoshini hisobga olib yondoshish talab qilinadi. Bu har bir ma’lum yosh uchun mehnat topshirig’ining og’irengilligini, mehnatning turli darajada anglashilishini hisobga olish demakdir. Mehnat kо’tarinkiligini bajarilayotgan ishning oxirigacha saqlab turish juda muhimdir. Kо’pincha bolalar ishtiyoq bilan ishga kirishib, tezda charchab qoladilar, mehnat turlarini chala-chulpa bajaradilar. О’quvchidan ishni oxirigacha yetkazishni talab qilish, uni о’z kayfiyatini boshqara bilishga о’rgatish, charchashni yengish, zerikish hissini yо’qotish – bularning hammasi mehnatda shaxsning axloqiy mashq qismlari sifatida namoyon bо’ladi. Mehnat topshiriqlari qanday bajarilganligi, jamoaning har bir a’zosi qanday ishlaganligi, ishga qanday munosabatda bо’lganligi, ijodiy tashabbus, zehn, о’rtoqlarcha о’zaro yordam qanday namoyon bо’lganligi bilan qiziqishi ayniqsa muhimdir. Bu masalalarni butun sinf jamoasi bilan muhokama qilish ijtimoiy qimmatli axloqiy sifatlarning tarbiyalanishiga hamda jamoada samimiy va dо’stona munosabatlarning vujudga kelishiga yordam beradi. 205 Ijobiy namunada tarbiyalash sinf rahbari ish faoliyatida juda katta о’rin tutadi. Ijobiy namunalar taqlid qilish uchun yaqqol namuna sifatida juda katta ishontiruvchi va ilhomlantiruvchi kuchga ega. Ibratli misolning tarbiyaviy kuchi bolalarning taqlid qilishga moyilligi va qobiliyatiga asoslangan. Bolalarda yetarli darajada bilim hamda hayot tajribasi bо’lmagani uchun atrof-tevarakdagilarning xatti-harakatini va qiliqlariga diqqat bilan qaraydilar, ularga taqlid qiladilar, katta kishilar о’zlarini qanday tutsalar, ular ham о’zlarini shunday tutishga harakat qiladilar. Ijobiy namunalar tarbiyani yaqqolroq, kо’rsatmaliroq qiladi, uning hayot bilan borliqligining qaror topishiga yordam beradi. Tarbiyaviy ishda ota-onalar, о’qituvchilar, tarbiyachilarning shaxsiy namuna kо’rsatishlari, о’zlaridan katta avlodning eng yaxshi mehnat namunalari, yurt mustaqilligi uchun kurashchilar hayotidan misol sifatida foydalanish ayniqsa muhimdir. Ijobiy namunani idrok qilish hamda о’quvchilarning unga bо’lgan munosabati bolalarning yoshiga – qarab farq qildi. Masalan, 8-10 yoshli о’quvchilarni, g’unchalar hamda kichik yoshli bolalarni yorqin voqealar, mashhur kishilar hayotidan olingan misollar qiziqtiradi, lekin ular hali mustaqil ishlar olib borolmaydilar. Qahramonlik sarguzashtlari bilan qiziqish – kichik о’smirlar, 11-12 yoshli о’quvchilarga xos xususiyatdir. Ular bu haqidagi kitoblarni berilib о’qiydi, kitob qahramonlarining jasoratli, shijoatli, mardonavor ishlariga qiziqadi, atrofdagi kishilarda ana shu sifatlarni qadrlaydi. Botirlik va mardlik о’smir hayotining faol qirralariga aylanadi. U kо’pincha uviy ham kuchli, botir, qо’rqmas, jasoratlarga krdir deb biladi. Bu hol ularni kо’pincha jasoratning faqat tashqi tomoni bilan qiziqishini kо’rsatadi, qahramonliklar qanday maqsadda amalga oshirilganligi va uni keltirib chiqaradigan sabablar bilan borlanmaydi. Bu yoshdagi о’quvchilar chinakam jasoratda yuksak axloqiy soflik, kishilarga bо’lgan cheksiz muhabbat, zо’r samimiylik namoyon bо’lishini har doim ham tushunib yetmaydi. Sinf rahbarining diqqat e’tibori о’quvchilar tushunchasining shunga о’xshash cheklanganligini bartaraf etishga qaratilishi kerak. Katta yoshli о’quvchilar, ya’ni 13-15 yoshdagi о’smirlar qahramon siymosini о’zlarining ichki dunyolariga mos, ongli ravishda ajrata biladilar. Shuning uchun ham tanlash jо’shqin tus oladi. О’zlariga turlituman savollar beradi, о’ziga xos umumlashmalar qilinadi, jasoratning asliy xususiyatlari yo u yо’sin, yo bu yо’sin idrok qilinadi. Suhbatlar, uchrashuvlar, kitobxonlik kechalari, san’at, musiqa, kino asarlari ustidagi bahslar bu borada yaxshi natijalar beradi. О’quvchilarga tarbiya berishda sinf rahbarining shaxsiy namuna kо’rsatishi juda katta ahamiyat kasb etadi. Shuning ham uning sinfdagi xulq-atvori, uning о’quvchilarga bо’lgan muhabbati samimiy bо’lishi kerak. Va nihoyat, о’quvchilarning faoliyati va munosabatida о’rtoqlari namunasining ta’siri ham muhimdir. Tashqi yurish-turish xususiyatlari qabul qilinadi; qiziqishlar, axloqiy jihatdan baho berish, mulohazalar, sevimli mashg’ulotlar, qiziqish va didlar о’zaro bir-biriga ta’sir etadi. Ana shu ishlar jarayonida paydo bо’ladigan о’quvchi an’analari har bir о’quvchining xulq-atvoriga qо’yiladigan talablarni aniqlashtirishga yordam beradi. Ijtimoiy ahamiyatli ishlarda ijobiy namunaga taqlid qilish о’quvchining axloqiy jihatdan mashq qilishiga aylanadi. Topshiriqlar – muhim tarbiyaviy usul hisoblanadi. О’quvchilarning jamoa hayotida qatnashishi ularning faolligiga bog’liqdir. Faollik esa faoliyat jarayonida tarkib topadi va namoyon buladi. Topshiriqlar: - ijtimoiy ahamiyatga qaratilgan natijaga qaratilgan; - jamoaning ijtimoiy hayotida faol qatnashuvchi kishining tashkilotchilik qobiliyatlari va sifatlarini tarkib toptiradi; - bolalarning faol faoliyatga, о’z-о’zini qaror toptirishga bо’lgan intilishini qanoatlantiradi, turli ishlarda faollik kо’rsatish uchun sharoit yaratadi; - bolalar о’rtasidagi munosabatlarning yangi imkoniyatlarini vujudga keltiradi. Topshiriqlar о’quvchilar jamoasiga va ayrim о’quvchilarga berilishi mumkin. Topshiriqning tarbiyaviy ta’siri uning mazmuniga ham, turli yosh va jinsdagi о’quvchilarning bu topshirikdan manfaatdorligiga ham borliqdir. Topshiriqlar turlicha bо’lishi mumkin: tashkiliy topshiriqlar (turli-tuman tashkiliy ishlar, saylovlar, sinf faollarini belgilash va ularni yо’naltirish ishlari); otaliq topshiriqlari (otalikda olingan kichkintoylarga yordam uyushtirish, zavod va jamoa xо’jaligi ishchi-dehqonlariga kо’mak berish; ijtimoiy-ma’rifiy topshiriqlar (bolalar va о’smirlar harakatida qatnashish, devoriy gazeta chiqarish va hokazo); о’quv ishlari bilan borliq topshiriqlar (о’zaro yordam u uyushtirish, imtixon va olimpiadalarga tayyorgarlik qurish, fan kechalari va hokazolar); sport va о’yin topshiriqlari. Topshiriqlarning mohiyati va mazmuniga qarab о’quvchilarning ularga turlicha munosabatda bо’lishni, u yoki bu 1-topshiriqlarning ma’lum darajada ta’sir etishini nazarda tutish kerak. Sinf rahbari bolalarda ojizlik tuyg’ulari paydo bо’lmasligi, ulardagi ishonchsizlikning yо’qolishi, ishdagi ishtiyoqi mustahkamlanishi uchun alohida e’tibor qilishga tо’g’ri keladi.| Shuni ham hisobga olish kerakki, ayrim bolalar topshiriqni bajarishdan mamnun bо’ladilar, har qanday ishdan seskanmaydilar, ba’zi bolalar esa ishga umuman qiziqish sezmaydilar. Bular tarbiyasi ancha qiyin bolalar bо’lib, 1 alohida yondoshishni talab etadi. Hayotda uchinchi toifa о’quvchilar ham bor. Ular jamoada yaxshigina obrо’ga ega bо’lsalarda, о’z kuchiga yetarli ravishda ishonch sezmaydi, uyatchan, tortinchoq bо’ladi, garchi u ishni bemalol uddalay olsa ham о’z zimmasiga kattaroq jamoat ishini olishga botina olmaydi. Bu holatlarning hammasi jamoatchilik obruyining pasayishiga, jamoa aloqalarining bо’shashib ketishiga olib keladi. Jamoaning ijtimoiy hayot darajasi qanchalik yuqori bо’lsa, topshiriqlar mazmuni qanchalik qiziqarli, xilma-xil-bо’lsa, jamoada ba’zi qarama-qarshiliklar oson bartaraf etiladi. Topshiriqlar о’quvchilarni yosh xususiyatlariga javob be-rishi, ularning kuchi yetadigan bо’lishi kerak. О’quvchiga kuchi yetadigan ishni topshirish ayni vaqtda mavjud qiyinchiliklarni yengish imkonini beradi. Qiyinichliklarni yengish esa о’z navbatida irodani tarbiyalaydi. О’yin - yetakchi faoliyat turidir. U tufayli о’quvchi ruhiyatida muhim о’zgarishlar rо’y beradi, shaxs rivojiga katta ta’sir о’tkazadi. О’yin erkin faoliyat bо’lib, u faqat о’yin natijalaridan iborat emas, balki u о’zidan ham quvonch, ham qanoatlanish hissini keltirib chiqaradi, bolalarda faol, ijodiy, shirin kechinmalar hosil qiladi. О’quvchilar bilan olib boriladigan ishda о’yin usulidan turlicha foydalaniladi. Hozirgi paytda о’yin usullaridan dars jarayonida ham keng foydalanilmoqda va yaxshigina natijalarga erishilmoqda. Sinf rahbarining uslubiy mahorati о’quvchilarni о’yin g’oyasi bilan qiziqtira bilishda, о’yinning mohiyati, qoidalari, talablarini tushunib olishda ularga yordam berishda namoyon bо’ladi. Bolalar bilan birgalikda о’yin zarur bо’l-gan hamma narsalarni tayyorlash va ijrochilikni bо’lishda ularda yordam berish lozim. Musobaqalashadigan jamoalarni о’z jismoniy va aqliy tayyorgarligi jihatidan taxminan bir xilda bо’lishiga erishish ayniqsa muhimdir. О’yinda bо’lar-bо’lmasga ma’muriyatchilik qilish, buyruq berish, har qanday ta’qid zararlidir. Bolalarning о’yin faoliyatini tashkil etishda katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bо’lgan о’yinlar mavjudligiga e’tiborni qaratish lozim. Shu bilan birgalikda, shafqatsizliq dag’allik, ortiqcha zо’riqish va qiziqish holatlarini keltirib chiqaradigan, bolalarning sog’ligiga, tarbiyasiga ziyon yetkazadigan kо’ngilochar о’yinlarda ehtiyot bо’lmoq kerak. Ishontirish orqali о’quvchilarning ongi g’oyaviy-axloqiy meyorlar va tushunchalar bilan boyishga erishiladi. Ishontirish usuli birinchi navbatda ongga ta’sir etadi, g’oyaviy-axloqiy tushuncha, qarash, baho berishni tarkib toptiradi. Ma’lumki, e’tiqod, qarash, baho berish xatti-harakatlarning axloqiy talqinlariga aylanadi va pirovardida xulq-atvorga ham ta’sir etadi. О’quvchilarda о’zlari bilib olgan axloqiy talablar darajasida bо’lishga intilish paydo bо’ladi va rivojlanib boradi. Bu intilishni 208 saqlash va mustahkamlashgina emas, balki uni amalga oshishi uchun imkoniyat yaratish muhimdir. О’quvchilarning tо’g’ri sо’zlari va ularning haqiqiy e’tiqodi, qarashlari, baho berishi, xulq-atvori о’rtasida uzilish paydo bо’lganda ishontirish usulining notо’g’ri qо’llanilishi og’zaki tarbiya xavfini keltirib chiqaradi. Bundan soxtalik, ikkiyuzlamachilik, tilyog’lamalik kelib chiqadi, tarbiyaga jiddiy putur yetadi. Bolalarga ma’nosi tushunarsiz, mazmuni qiziqarsiz, ular tomonidan his qilinmagan sо’zlarni tinglashga majbur qilmaslik kerak. Ularning shaxsiy tajribalariga tayanib, yangicha qarash paydo qilishga yordam berish, ishontirish va agar zarur bо’lsa, fikridan qaytarish juda muhimdir. О’quvchilar faoliyatining eng tarqalgan shakllaridan biri sinf majlisi, bolalar tashkilotlari harakatlari, yig’inlari bо’lib, ularda ishontirish usuli keng qо’llaniladi. Bulardan tashqari, tarbiyaviy soatlarda, uchrashuvlarda, axloq muammolariga doir bahslarda, kechalarda, о’quvchilar bilan yakkama-yakka suhbatlarda bu usul qо’l keladi. О’quvchilarning faqat sinf rahbarining suhbat va tushuntirishlari yordami bilangina emas, balki ularning о’z hayotiy tajribalari, kundalik ijodiy faoliyatlari, boshqa kishilar bilan doimiy suratda muomalalari orqali ham tarbiyalash lozim. Yaxshi kitob, yuksak g’oyali san’at asari, qiziqarli radio eshittirishlari, oynai jahon kо’rsatuvlari, sinfdan tashqari о’qishni tashkil etish, gazeta va jurnallar о’qishga о’rgatish ham ishontirish maqsadiga xizmat qiladi. Ammo, ba’zi hollarda odatda о’quvchi biror xatolikka yо’l qо’ygan taqdirdagina tanbeh beriladi, nasihat qilinadi. Bunday suhbatning ishontiruvchi ta’siri juda kam bо’ladi. Sinf rahbarining ishontiruvchi sо’zi katta ta’sir kuchiga egadir. U paydo bо’lgan savolga javob beradi, muammoni oydinlashtiradi, shubha-gumonlarni bartaraf etadi, ma’lum bir yо’l-yо’riqlarni tavsiya etadi. Rag’batlantirish – pedagogik ta’sir kо’rsatish usulidir. О’quvchilarning, bolalar jamoasining xatti-harakatlari va ishlarini ijobiy baholash uning asosini tashkil qiladi. Rag’batlantirishning tarbiyavii ahamiyati shundan iboratki, u о’quvchilar xulq-atvorida ijobiy hislatlarni kо’paytirib, mustahkamlashga yordam beradi. Unda rag’batlantirilgan о’quvchilargina emas, balki butun sinf zaruriy saboq oladi. Buning natijasida о’quvchilar jamoasida ishni yanada yaxshi bajarishga, tartib-intizomli bо’lishga, ishonchni oqlashga intilish yuzaga keladi. Rag’batlantirish maqtash va mukofotlash, ularni quvvatlovchi fikrmulohazalar aytish, ba’zan bosh qimirlatib qо’yish, bosh barmoqni kо’rsatish, jilmayish, ishora qilish shakllarida о’z ifodasini topadi. Rag’batlantirish ijobiy his-tuyg’ular uchun turtki bо’ladi, boladagi о’ziga, о’z kuchiga bо’lgan ishonchni oshiradi, ijobiy jо’shqin kayfiyat uyg’otadi va pirovardida xulq-atvorning ijobiy axloqiy talqinlarini tarbiyalaydi, tо’g’ri ishlar qilish va odobli bо’lish maylini uyg’otish vositasi sifatida namoyon bо’ladi. Agar sinf jamoasi rag’batlantirilayotgan bо’lsa, har bir о’quvchi о’z jamoasi uchun quvonch va iftixor hissini boshidan kechiradi, uning muvaffaqiyatlarini saqlash va rivojlantirishga harakat qiladi. Ammo notо’g’ri rag’batlantirishlar ayrim о’quvchilarda va jamoalarda о’z-о’zidan mag’rurlanish, о’z-о’ziga yuqori baho qо’yish, о’rtoqlariga nisbatan hurmatsizlik kabi salbiy xislatlarni tarbiyalashi mumkin. Maqtov, tashakkur, mukofot jamoa a’zolarining fikr-mulohazalariga asoslangan bо’lsagina kо’zda tutilgan maqsadlarga erishiladi. О’quvchilarning nojо’ya xatti-harakatlariga salbiy baho berish jazolashda о’z ifodasini. topadi. Jizolash о’quvchi-larning yomon xattiharakatlariga qarshi kurashishga yordam beradi va ulardagi zararli odatlarni tag-tubi bilan yо’qotishga imkon turdiradi. Bundan tashqari, u ranjish, uyalish, pushaymon bо’lish, о’z ishlarini qoralash kabi tuyg’ular uyg’otib, xatti-harakatning axloqiy jihatlarini tarbiyalaydi ham. Kо’pgina pedagoglar jazolashni qо’llamasdan turib, о’z о’quvchilari intizomli bо’lishiga erishadilar. Ammo bolalar maktabda yoki oilada intizom va tartibni qattiq buzganlarida ularni e’tiborsiz qoldirib bо’lmaydi. Sinf rahbarlari ogohlantirish yoki tanbeh berish, nomaqbul xattiharakatlarni kо’rsatish, bunday holatlarni qoralash, yanada qattiq jazolash berilishi haqida ogohlantirish, sinf oldida ogohlantirish va boshqa jazo choralarini qо’llaydilar. Hozirgi zamon maktabida rarbatlantirish va jazolashni qo’llash bolalar shaxsini hurmat qilishga asoslangan.



Download 1,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish